XX ASRNING IKKINCHI YARMI ARAB BOLALAR ADABIYOTINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Abstract
XX ASRNING IKKINCHI YARMI ARAB BOLALAR ADABIYOTINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Full text
387 XX ASRNING IKKINCHI YARMI ARAB BOLALAR ADABIYOTINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF ARAB CHILDREN'S LITERATURE IN THE SECOND HALF OF THE 20TH CENTURY ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ АРАБСКОЙ ДЕТСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ ВО ВТОРОЙ ПОЛОВИНЕ XX ВЕКА Oripova Dilfuza Mirqodir qizi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arabshunoslik oliy maktabi, adabiyotshunoslik yo’nalishi, 1-bosqich magistri Ilmiy rahbar: f.f.d.,dots. D.Muхiddinova [email protected] Annotatsiya: Bo‘limda XX asr o‘rtalaridan XXI asr boshlarigacha arab bolalar adabiyotining shakllanish va rivojlanish jarayoni yoritiladi. Mustaqillik harakatlari, ta’lim islohotlari va savodxonlikning ortishi natijasida bolalar adabiyoti mustaqil yo‘nalishga aylangani, mavzularning diniy-axloqiy doiradan milliy uyg‘onish, ozodlik, tinchlik, mehnat va psixologik kechinmalargacha kengaygani tahlil qilinadi. Sulaymon al-Isa, Samih Qosim, Bayoti, Hanna Mina va Mari Ajami kabi ijodkorlar asarlarida bolaga faol shaxs, millat kelajagi sifatida yondashuv kuchaygani misollar orqali ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Arab bolalari rivojlanish kengashi va xalqaro loyihalarning adabiyot taraqqiyotiga ta’siri yoritilib, arab bolalar adabiyotining mazkur davrda ma’naviy, tarbiyaviy va badiiy jihatdan yuksalgani haqida umumiy xulosa beriladi. Kalit so‘zlar: Arab bolalar adabiyoti; pedagogik she’riyat; janrlar tizimi; zamonaviy bolalar adabiyoti; raqamli adabiyot; Аннотация: В данной статье рассматривается развитие современного арабского детского литературы с середины XX до начала XXI века. Подчёркивается влияние политической независимости, образовательных реформ и роста грамотности на формирование детской литературы как самостоятельного направления. Тематика расширяется от нравственнорелигиозных мотивов к национальному самосознанию, свободе, миру и психологическому реализму. На примере произведений Сулеймана аль-Иссы, Самиха аль-Касима, аль-Байяти, Ханны Мина и Марии Аджами показано укрепление гуманистического и ориентированного на ребёнка подхода, а также роль культурных организаций в развитии этой области. Ключевые слова: арабская детская литература; периодизация; педагогическая направленность; эстетика; современный этап; цифровые тексты; Abstract: This article provides the development of modern Arabic children’s literature from the mid-20th to the early 21st century. It highlights how political independence, educational reforms, and rising literacy shaped children’s literature as an independent field, expanding its themes from moral didactics to nationalism,
388 freedom, peace, and psychological depth. Through the works of Sulayman al-Isa, Samih al-Qasim, al-Bayyati, Hanna Mina, and Marie Ajami, the study shows the emergence of a child-centered, humanistic literary vision, as well as the institutional support provided by Arab cultural organizations. Keywords: Arabic children’s literature; periodization; pedagogical orientation; aesthetics; contemporary stage; digital texts; multimodal literature; XX asrning ikkinchi yarmi arab bolalar adabiyotining shakllanishi va jadal rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda arab mamlakatlarida savodxonlikning ortishi, mustaqillik jarayonlari, madaniy siyosatning kuchayishi, maxsus bolalar nashriyotlarining tashkil topishi va xalqaro hamkorlikning kengayishi bolalar adabiyotining mazmun va shakl jihatdan yangilanishiga sabab bo‘ldi. Adabiyotda bolaning shaxs sifatida tasvirlanishi, psixologik tasvirning chuqurlashuvi, vatanparvarlik, tinchlik, tabiat, ekologiya va ijtimoiy mavzularning kengayishi ushbu davrning asosiy belgilaridan bo‘ldi So‘nggi yillarda Ahmad Zalat, Nabiyla al Haffor, Samira Abu Rayya, Nasrin Rizvon, Muhammad Ubeydulloh, Zuhayr G‘anim 51 kabi arab olimlari bolalar adabiyotining nazariy asoslari, estetik prinsiplari, davrlashtirilishi va zamonaviy rivojlanish jarayonlarini chuqur ilmiy tadqiq qilgan holda, uning aniq tarixiy-badiiy mezonlar asosida izohlab berdilar. Ularning ilmiy qarashlarida ushbu davrlar arab jamiyatida sodir bo‘lgan ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, psixologiya va pedagogika fanlarining modernizatsiyalashuvi, matbuot va axborot texnologiyalarining taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq holda shakllangani alohida urg‘u bilan ta’kidlanadi. Bu davr arab bolalar adabiyotining pedagogik yo‘nalishi mustahkamlangan, estetik fazilatlar qayta talqin qilingan bosqich bo‘lib, unda bolalarning ruhiy qabul qilish imkoniyatlariga mos obrazlar, she’riy va nasriy shakllarning psixologik tabiati chuqur o‘rganilgan. Mazkur bosqichda adabiy maktablar shakllanib, bolalar uchun yozilgan matnlar estetik tajribalar va badiiy innovatsiyalar bilan boyidi. Shunga qaramay, arab bolalar adabiyotining mazkur bosqichini chuqur ilmiy asosda qiyosiy o‘rganish, ularning poetik, pedagogik va texnologik yo‘nalishlarini aniqlash, davrlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlarini izohlash hali yetarli darajada tizimlashtirilmagan masala bo‘lib qolmoqda. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Shu bois mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi — arab bolalar adabiyotining rivojlanish mexanizmlarini, ularning janriy-mavzuviy ko‘rinishlari, estetik tamoyillari, pedagogik funksiyalari va raqamli o‘zgarishlar bilan boyigan zamonaviy xususiyatlarini ilmiy asosda tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati shundaki, unda arab bolalar adabiyotining mazkur bosqichi ilk bor yagona konseptual yondashuv asosida o‘rganilib, har bir davrning ijtimoiy-madaniy negizi, estetik imkoniyatlari va pedagogik talablari tizimli ravishda yoritiladi. Bu esa arab bolalar adabiyoti tarixining zamonaviy bosqichini ilmiy-nazariy 51 51 ٢٠١٠ ،ةقراشلا .يبرعلا نطولا يف لفطلا بدأ .اير وبأ ةريمس. قشمد .يبرعلا لفطلا بدأ خيرات .راّفحلا ةليبن٢٠٠٣ . د .مناغ ريهز ،ةرهاقلا .يبرعلا لفطلا بدأ يف تاسار٢٠١٦ . ،ةرهاقلا .ثيدحلا يبرعلا بدلأا يف لافطلأا بدأ .طلعز دمحأ١٩٩٢ . ،توريب .لافطلأل يبرعلا رعشلا .ناوضر نيرسن٢٠٠٩
389 jihatdan mukammal tushunish, uning keyingi rivojlanish istiqbollarini belgilash imkonini beradi. Zamonaviy arab bolalar adabiyotining shakllanishi va takomillashuvi (XX asr o‘rtalaridan XXI asr boshlarigacha) XX asr o‘rtalaridan boshlab arab dunyosida bolalar adabiyoti mustaqil adabiy yo‘nalish sifatida shakllandi. Bu davrda arab mamlakatlari siyosiy mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, milliy o‘zlikni tiklash, yangi ta’lim tizimini qurish, ma’naviy qadriyatlarni bolalar ongiga singdirish jarayonini boshdan kechirdi. Shu bois arab bolalar adabiyotining bu bosqichi milliy uyg‘onish, sotsial-realistik yondashuv va psixologik chuqurlik bilan ajralib turadi. XX asr o‘rtalarida arab dunyosida yuz bergan siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar — mustaqillik harakatlari, ta’lim islohoti, ommaviy savodxonlik faoliyati — bolalar adabiyotiga kuchli turtki berdi. Misr, Suriya, Falastin, Iroq va Livanda bolalar uchun maxsus nashriyotlar, jurnallar, adabiy tanlovlar tashkil etildi. Misrda “Samir jurnali” 52 (ريمس ةلجم) va “Mikki jurnali” 53 (يكيم ةلجم) bolalar uchun eng mashhur nashrlar bo‘ldi. Arab adabiyotshunosi Abdul Hamid Yusuf o‘zining “Arab diyorida bolalar adabiyoti” 54 (يبرعلا نطولا يف لافطلأا بدأ) asarida bu davrni quyidagicha ta’riflaydi: “XX asrning ikkinchi yarmi arab bolalar adabiyotining mislsiz gullab-yashnash davri bo‘ldi, chunki u milliy va insonparvar tarbiya vositasiga aylandi.” Bu davrda arab bolalar adabiyotining tematik ko‘lami kengaydi. Dastlabki diniy va axloqiy motivlar bilan bir qatorda, fan, tabiat, ekologiya, texnika, tinchlik, urush, erkinlik, va orzu-umidlar mavzulari paydo bo‘ldi. Shoirlar va yozuvchilar bolani endi sust qabul qiluvchi emas, balki faol tafakkur egasi sifatida tasvirlashga harakat qildilar. Masalan, Sulaymon al-Isa arab bolalar adabiyotining eng mashhur shoirlaridan biri bo‘lib, uning she’rlari arab bolalarining ma’naviy tarbiyasida muhim o‘rin tutgan. U o‘zining “Bolalar devoni” 55 (لافطلأا ناويد) nomli she’riy to‘plamida bolani millat kelajagi sifatida ulug‘laydi. Uning “Men Vatanimni sevaman” ( ينطو بحأ) she’ridan parchada shunday satrlar bor: ،ُهرون يبلق يف ُلمحأو ،ينطو بحأ اهيعارذ نيب اهلفط ُّملأا ُلمحت امك. Tarjima: Men Vatanimni sevaman va uning nurini qalbimda ko‘taraman, xuddi ona bolasini bag‘rida ko‘targani kabi Bu satrlar orqali shoir bolaning vatanga muhabbatini ona mehriga qiyoslaydi. Arab adabiyotshunosi Mahmud Samro ta’kidlaganidek: “Sulaymon al-Isa she’rni bolalar qalbiga milliy va insoniy qadriyatlarni singdirish vositasiga aylantirgan.” 56 Shuningdek, Falastinlik shoir Samih Qosim va Iroq shoiri Abdulvahhob Bayoti bolalar uchun yozgan asarlarida ozodlik, urush va tinchlik mavzularini poetik shaklda ifodalaganlar. Bu yo‘nalish arab bolalar she’riyatida realistik ruhning kuchayishiga olib keldi. 52 م 1956 ،ةرهاقلا ،للاهلا راد ،ريمس ةلجم 53 م1958 ،ةرهاقلا ،للاهلا راد ،يكيم ةلجم. 54 م1999 ،يبرعلا ركفلا راد :ةرهاقلا ،يبرعلا نطولا يف لافطلأا بدأ ،فسوي دماح دمحأ 55 م1978 ،برعلا باتكلا داحتا :قشمد .لافطلأا ناويد .ىسيعلا ناميلس 56 72–45 .ص ،1984 ،تيوكلا ،3 ددعلا ،14 دلجملا ،ركفلا ملاع ةلجم ،»ةلوفطلا رعاش ىسيعلا ناميلس« ،ةرمسلا دومحم
390 XX asr o‘rtalaridan boshlab arab bolalar adabiyotida psixologik tahlil va bolaning ichki kechinmalarini tasvirlash kuchaydi. Bu tendensiya g‘arb adabiyoti, xususan, rus adabiyoti (Lev Tolstoy, Maksim Gorkiy) ta’sirida shakllandi. Ammo arab yozuvchilari uni milliy ruh bilan boyitganlar. Suriyalik yozuvchi Hanna Mina o‘zining “Dengizchi hikoyalari” 57 ( راحب ةياكح) hikoyalar to‘plamida bolalarning mehnatsevarligi va hayotga bo‘lgan mehrini tasvirlaydi. U o‘z asarlarida shunday yozadi: «لمعلاو لملأا فرعي لب ،فوخلا فرعي لا يتيرق يف لفطلا.» (Mening qishlog‘imdagi bola qo‘rquvni emas, balki umid va mehnatni biladi.) Shuningdek, Livanlik adiba Mari Ajami bolalar adabiyotiga psixologik realizmni olib kirgan. Uning “Kelajak qiziga maktub” 58 to‘plamida bola dunyoqarashi, orzu va qo‘rquv, mehr va yolg‘izlik kabi hissiy holatlar juda tabiiy tasvirlanadi. Bu davrda arab mamlakatlarida bolalar adabiyotini rivojlantirish maqsadida davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyat olib bordi. • 1970-yillarda “Arab bolalari rivojlanish kengashi” 59 )ةيمنتلاو ةلوفطلل يبرعلا سلجملا ) tashkil topdi. • 1980-yillarda esa UNICEF bilan hamkorlikda arab dunyosida bolalar uchun kitoblar nashr qilish, adabiy tanlovlar o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yildi. • Bayrut, Damashq, Qohira shaharlarida bolalar adabiyoti bo‘yicha xalqaro anjumanlar o‘tkazila boshlandi. Suriyalik adiba Dulal Hatim “Bolalar arab adabiyotining rivojlanishi” ( بدأ روطت يبرعلا لفطلا) 60 asarida bu jarayonni quyidagicha ifodalagan: “Arab nashriyotlari bolalar adabiyotiga endi badiiy hasham emas, balki madaniy va tarbiyaviy zarurat sifatida qaray boshladi.” Xulosa qilib aytganda, XX asrning ikkinchi yarmi arab bolalar adabiyotining shakllanishi va takomillashuvida tub burilish davri bo‘ldi. Mustamlakachilikdan xalos bo‘lish, ta’lim tizimidagi islohotlar, savodxonlikning kengayishi va milliy uyg‘onish jarayoni bolalar adabiyotining mustaqil yo‘nalish sifatida qaror topishiga zamin yaratdi. Bu davrda mitik-diniy va axloqiy mavzular bilan bir qatorda, fan, tabiat, urush va tinchlik, erkinlik, orzu-umid, mehnat, ekologiya kabi mavzular kengaydi va mazmun jihatidan murakkablashdi. Sulaymon al-Isa, Samih Qosim, Abdulvahhob Bayoti, Hanna Mina, Mari Ajami kabi ijodkorlar bolani faqat tarbiya obyekti sifatida emas, balki mustaqil fikr egasi sifatida tasvirlab, arab bolalar adabiyotining poetik-estetik mezonlarini yangi bosqichga ko‘tardilar. She’riyat va nasrda psixologik tahlil, realizm, milliylik va insonparvarlik g‘oyalarining kuchayishi adabiyotning badiiy qimmatini oshirdi. Shuningdek, 1970–1980-yillardan boshlab “Arab bolalari rivojlanish kengashi”, UNICEF bilan hamkorlikdagi dasturlar, maxsus nashriyotlar va xalqaro anjumanlar arab bolalar adabiyotini tizimli qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Natijada arab bolalar adabiyoti mazmun, shakl va vazifa jihatidan yangilandi, milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan, bolalar tafakkuriga mos badiiy makon shakllandi. 57 1983 ،بادلآا راد ،راحب ةياكح ،ةنيم انح 58 يرام ،يمجع “ةلاسر ىلإ ةنبا دغلا”، ةلجم ،سورعلا ،قشمد 1921 59 سلجملا يبرعلا ةلوفطلل ،ةيمنتلاو سسأت ماع 1987م يف ةرهاقلا ةردابمب نم ريملأا للاط نب دبع زيزعلا لآ دوعس 60 للاد متاح. روطت بدأ لفطلا يبرعلا. ةرهاقلا: راد ركفلا ،يبرعلا 2015
391 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. يف لافطلأا بدأ .طلعز دمحأ ،ةرهاقلا .ثيدحلا يبرعلا بدلأا١٩٩٢ . 2. ،قشمد .يبرعلا لفطلا بدأ خيرات .راّفحلا ةليبن٢٠٠٣ . 3. ،توريب .لافطلأل يبرعلا رعشلا .ناوضر نيرسن٢٠٠٩ . 4. ،ناّمع .ةرصاعملا ةيلوفطلا ةديصقلا .الله ديبع دمحم٢٠١٢ . 5. ،ةقراشلا .يبرعلا نطولا يف لفطلا بدأ .اير وبأ ةريمس٢٠١٠ . 6. ناغ ريهز ،ةرهاقلا .يبرعلا لفطلا بدأ يف تاسارد .م٢٠١٦ . 7. ،سنوت .ةيلوفطلا ديشانلأا .يباشلا مساقلا وبأ١٩٥٣ . 8. ،ةرهاقلا .ةلوفطلاو ةغللا .داّقعلا دومحم سابع