scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YURIDIK TERMINOLOGIYA VA UNING O'ZIGA XOSLIGI

Urayimov Ulug'bek Sarvarbek o'g'li

Abstract

YURIDIK TERMINOLOGIYA VA UNING O'ZIGA XOSLIGI

Full text

405 YURIDIK TERMINOLOGIYA VA UNING O‘ZIGA XOSLIGI LEGAL TERMINOLOGY AND ITS CHARACTERISTICS Urayimov Ulug‘bek Sarvarbek o‘g‘li O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti 1-bosqich talabasi Annotatsiya. Maqola yurudik terminologiyasi, uning leksik, morfologik, sintaktik xususiyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, yuridik terminologiyasining uslubiy xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar: termin, yuridik terminologiya, leksika, qonun, xujjatlar, farqli jihatlar, o‘xshashlik. Abstract. The article discusses legal terminology, its lexical, morphological, syntactic features. It also provides information on the methodological features of legal terminology. Keywords: term, legal terminology, lexicon, law, documents, differences, similarities. Аннотация. В статье рассматривается юридическая терминология, её лексические, морфологические и синтаксические особенности. Также представлена информация о методологических особенностях юридической терминологии. Ключевые слова: термин, юридическая терминология, лексика, право, документы, различия, сходства. Barcha kishilar bir-biri bilan til orqali muomalada bo‘lgani singari, qonun ham o‘z hukmini til vositasida kishilar ongiga yetkazadi, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Har qanday mamlakatda ma’lum bir til davlat tili qilib belgilanadi, davlatning butun faoliyati mana shu davlat tilida olib boriladi, shu jumladan, davlat qonunlari ham dastlab shu tilda qabul qilinib, so‘ngra, zarurat bo‘lsa, o‘zga tillarga tarjima qilinadi. Yuridik til davlat tilining fonetik, leksik, grammatik jihatdan ma’lum bir normaga solingan yozma adabiy tili asosida ish ko‘radi. Ayrim ilmiy adabiyotlarda tor doiraga mo‘ljallangan va tor sohaga xizmat qiladigan sohalarning ixtisoslashgan tili haqida gap boradi, masalan, hozirgi zamon fizika-atom tili yoki matematik til. Bu soha o‘zining tor doiradagi kishilarga tushunarli bo‘lgan lug‘at zaxirasiga ega. Uni hamma ham tushunavermaydi. Shuning uchun bu sohaga xizmat qiluvchi tilni ixtisoslashgan til deb atash mumkindir, lekin yuridik tilni ixtisoslashgan til deb bo‘lmaydi, chunki qonun ijtimoiy hayotning hamma sohalariga tegishli bo‘ladi. U barcha insonlarga xizmat qiladi. Shunga ko‘ra u asosan yuridik terminlar asosida ish ko‘rsa-da, uning lug‘at tarkibida umumiste’moldagi so‘zlar asosiy o‘rin tutadi. Bundan tashqari, yuridik terminlar boshqa soha terminlariga nisbatan xalqqa yaqin bo‘ladi. Masalan, matematika, tibbiyot, fizika sohalarining terminlarini hamma ham tushunavermaydi, lekin kishilar kundalik faoliyatida har soat va minutda huquqqa, 406 qonunga duch kelganligi tufayli, yuridik terminlar keng ommaga tushunarli bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan yuridik tilni milliy adabiy tilning bir tarkibiy qismi sifatida baholamoq kerak. Ilmiy adabiyotlarda yuridik til, xususan, qonun tili tushunchasiga turlicha sharh beriladi. Huquqshunos olim T.Gizberta-Strudniskiy tilning ma’lum bir hudud bo‘yicha dialekt va shevalarga bo‘linishi masalasini hal etayotib, tilni ma’lum bir sohalar bo‘yicha qo‘llanishi haqida to‘xtalib, “yuridik til” tushunchasini sof lingvistik nuqtai nazardan tushunmaslikni ta’kidlaydi 1 . Bu fikrga ko‘pgina huquqshunoslar qarshi fikr bildiradilar. Ayrim mualliflar esa, shunday yozadilar: “Qonunchilik tili bu davlat hokimiyatining rasmiy tili, bu til orqali davlat o‘z fuqarolari bilan “gaplashadi” 2 . Polshalik huquqshunos Bronislav Vrublevskiy esa qonun tili bilan birgalikda yuridik tilning ham mavjudligini alohida ta’kidlaydi. Bu bahsga O‘zbekistonlik huquqshunos olimlar A.X.Saidov va T.P.Sarkisyanslar aniqlik kiritib shunday yozadilar: “Yuridik til bir qancha kenja sistemasiga ega: yuridik til yoki davlat yuridik tili, ilmiy yuridik til, sud tili, huquqshunos-muallim tili, publisist yurist tili, prokuror tili, advokat tili va boshqalardir. Yuridik tilning mazkur barcha turlari umumiy asosga ega va bir xil toifaga mansub bo‘lsa ham baribir bir-biridan mazmunan farq qiladi. Masalan, publisist tili yoki advokat tili ko‘plab adabiy obrazlar, istioralar, qiyoslashlar, misollar va boshqalardan foydalangani tufayli katta hissiyot va rang-barangligi bilan ajralib turadi. Sudya, huquqshunos-olim yoki qonun chiqaruvchilarning tillari esa boshqacha xarakterga ega bo‘ladi. Bular orasida qonun chiqaruvchilar tili rasmiy davlat yuridik tili hisoblanganligi uchun alohida o‘rin egallaydi” 3 . Haqiqatan ham qonun tili yuridik tilning o‘zagi, tub “mag‘zi hisoblanadi va yuridik tilning barcha ko‘rinishlari uchun eng muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Yuridik til - birinchi navbatda, davlatning o‘z fuqarolari bilan “gaplashadigan” tili. U yuridik til orqali o‘z amrini insonlarga yetkazadi. Yuridik til uchun eng muhimi biror xatti-harakatni taqiqlash yoki mumkinligini bildirish, fuqarolarning huquq va burchlarini belgilashdir. Sodda qilib aytganda, yuridik til fuqarolarning o‘z xatti-harakatlarini va yurish-turishlarini qonuniy asosda yuritishlari uchun davlat va fuqarolar o‘rtasida vosita vazifasini o‘taydi. Yuridik til kishilarning xulq-atvorini boshqaradigan vosita bo‘lib, badiiy va publisistik nutqlar singari kishilarning his-tuyg‘ulariga emas, balki aql-idrokiga murojaat etadi. Badiiy, publisistik matnlarni yozuvchi o‘zi istagancha tuzishi mumkin. Badiiy nutqning oldiga qo‘yiladigan vazifa, hayotni badiiylashtirib, umumlashtirib ifodalashdan iborat. Buning uchun yozuvchi o‘zi xohlagan tarzda voqealarni aks ettirish, turli so‘z, ibora, maqola, matal va topishmoqlarni ishlatishi, turli ma’no tovlanishlaridan - o‘xshatish, metafora, sinekdoxa, litota, allegoriya, jonlantirish, giperbola va so‘z o‘yinlaridan foydalanishi mumkin. Yuridik til esa nutqning turli ko‘rinishlaridan tubdan farq qiladi. U insonning his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari, ruhiy holatini aks ettirmaydi, ilmiy tushunchalarni ifodalamaydi. 1 Язык закона. – 16 с. 2 Язык закона. – 17 с. 3 Саидов А., Саркисянц Г. Юридик тил ва ҳуқуқшунос нутқи. – Т.:Адолат,1994. – 5-б. 407 Huquqshunos olim A.S. Pigolkin yuridik til tushunchasiga sharh berayotib, “Qonunchilik matni (tili) voqea-hodisalarni, fakt va ilmiy tushunchalarni, insonlarning hissiyotlarini ifodalamaydi. U faqatgina bir kishiga nisbatan voqelikni aks ettirmaydi. U asoslamaydi, tushuntirmaydi, ishontirmaydi, balki huquq sub’yektlarining ma’lum bir xulq-atvorini boshqaradi, umummajburiy talablarni aks ettiradi”, - deb yozadi 4 . Professor D.A. Kerimov A.S. Pigolkinning bu fikrini ma’qullab shunday yozadi: “Qonun tili qahramonning his-hayajoni, ichki kechinmalarini, orzu-umidlari va hissiyotlarini ifodalovchi hamda obraz yaratuvchi badiiy uslub emas. U izoh beruvchi, ishontiruvchi, asoslovchi va, o‘z navbatida, fan yutuqlarini ifodalovchi usul ham emas. U belgilangan qoida va ko‘rsatmalarni ifodalash usulidir.” Yuridik til adabiy tilning muhim funksional uslubi sifatida o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Shunday xususiyatlardan biri - qonunshunos fikrining tashqi ko‘rinishi jihatidan rasmiy xarakterga ega bo‘lishidir. Yuridik til - birinchi navbatda, davlat tomonidan qabul qilingan rasmiy hujjatning tili. U ayrim shaxslarning xohish-istaklarini ifodalamasdan, balki shu jamiyatdagi barcha fuqarolarning orzu, niyat va intilishlarini aks ettiradi. Qonunni ayrim shaxslar tomonidan o‘zgartirib bo‘lmagani singari, yuridik tilni ham o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi. U davlatning amri asosida ish ko‘radi. Odat tusiga aylangan va oldindan mavjud bo‘lgan uslub, til shakllari, leksik-grammatik qoliplar asosida ish ko‘radi. Shunga ko‘ra yuridik til, birinchi navbatda, rasmiylik, xolislik (neytrallik) belgilariga ega bo‘ladi. Yuridik til ma’lum bir toifadagi ayrim kishilargagina emas, shu jamiyatdagi barcha shaxslarga taalluqli bo‘ladi, ular kundalik faoliyati davomida ana shu qonunlarga amal qilib yashaydilar. Shuning uchun barcha shaxslar davlat qonunlari bilan tanishganlarida qonundagi har bir moddani, har bir satrni bir xil tushunishlari, bir xil “hazm qilish” lari kerak, aks holda, har kim o‘zicha tushunadigan bo‘lsa, bu turli nojo‘ya harakatlarga, og‘ir oqibatlarga olib kelishi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning sodir etilishiga keng yo‘l ochishi mumkin. Bunday salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilmaslik uchun qonunda ifodalanayotgan huquqiy normalar nihoyatda aniq va ravon tuzilishi lozim. Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuridik tilning aniqligi yuzasidan g‘arb huquqshunos olimlari o‘rtasida xilma-xil fikrlar mavjud. Shunisi qiziqki, ko‘pchilik huquqshunos olimlar yuridik tilning aniq bo‘lish prinsipini yoqlamaydilar. Ular taraqqiyot yuqori cho‘qqilarga erishib, inson ongi yuksalgan hozirgi paytda yuridik til mavhum va murakkab bo‘lishini tabiiy holat deb biladilar. Jumladan, nemis huquqshunos olimi A.Shtisner: “Qonunning aniq ifodalanishi - mamlakat fuqarolari ongining rivojlanish darajasi pastligidan darak beradi”, - deb yozadi 5 . Bu fikrni Gʻarb qonunchilik texnikasi bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan huquqshunos olim V.Gedeman ham ma’qullab: “Qonunning aniqligi bilan bog‘liq muammoni hal qilib bo‘lmaydi. Qonun o‘ta murakkab hayotiy voqealarni tartibga soladi. Agar qonun har bir hayotiy voqeaga moslab yozilsa, u o‘z ichki mazmunini yo‘qotadi hamda uning normalari o‘rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi”, - deb yozadi. 4 Язык закона. – 18 с. 5 Керимов Д.А. Законадательная техника. – М.: Наука, 2000. – 28-29 с. 408 Bunday fikrlarga nemis huquqshunos olimi Garald Kindermann qarshi fikr bildirib, qonunlar tushunarli bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan holda, shuni ham qayd etadiki, bu qonunlarning aniqligi bilan ziddiyatga sabab bo‘ladi. Baribir qonunlarning aniq bo‘lishini eng muhim talab deb biladi 6 . Yuridik tilning aniq bo‘lish prinsipini rossiyalik huquqshunos olimlar qo‘llab quvvatlashadi. Professor D. A. Kerimov: “Qonun ijodkorligi faoliyatining vazifasi shundan iboratki, qonunlarni mumkin qadar aniq va tushunarli tuzishdan iborat. Chunki qonun faqat sudyalar va davlat amaldorlari uchun yaratilmaydi. U barcha fuqarolar uchun tegishli bo‘ladi”, - deb yozadi. “Qonunning noaniq tuzilishi – qonuniylikka zarar yetkazuvchi, huquqbuzarlik va jinoyatchilik keltirib chiqaruvchi asosiy manbadir. Noaniq qonun - qonun emas, u huquqning vazifalarini chalkashtirishga sabab bo‘ladi. Qonuning aniqligi – faqat qonunchilik uslubining talabi emas, balki qonun mohiyatining eng birlamchi shartidir”. Akademik L.V.Shcherba bu haqda shunday yozadi: “Yuridik, til birinchi navbatda aniqlikni, qandaydir chalkashliklarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. Manfaatdor shaxs huquqiy normalarni tezlikda tushunishi va o‘zlashtirishi, yengilgina qabul qilishi shart” 7 . Umuman, yuridik tilning aniqligi qonuniylikni mustahkamlashga ijtimoiy hayotning barcha sohalarida huquqiy normalarni aniq qo‘llashga ta’sir etib siyosiyhuquqiy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham, “O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasida qonun loyihasidagi qoidalar aniq, oddiy va ravon bo‘lishi lozimligi ta’kidlanishi juda ham o‘rinlidir. Yuridik tilning aniq bo‘lishi huquqiy davlat qurishning, qonunchilik obro‘- e’tiborini oshirishning hamda fuqarolar ongida qonuniylikka rioya etish hislarini shakllantirishning bosh omilidir. “Qonunni amaliyotda qo‘llash samaradorligi, ko‘p jihatdan, yuridik tilning aniqligi, uning g‘oyaviy-ahloqiy ta’sir etish kuchi, fuqarolar ko‘nglini topishi, tushunarli bo‘lishi, ular manfaatlarini ko‘zlashi ham katta ahamiyatga ega”. Shunday qilib, yuridik tilning eng muhim belgilaridan biri - aniqlikdir. Yuridik tilda aniqlikni ta’minlash uchun, birinchi navbatda, qonun yozilayotgan tilning ma’lum bir ilmiy qonun-qoidalariga to‘la bo‘ysundiriladi. Bundan tashqari, yuridik tilda shevaga xos so‘zlarni, eskirgan so‘zlar - istorizm yoki arxaizmlarni, shuningdek, xalq tiliga hali unchalik singmagan yangi so‘zlarni (neologizmlarni) qo‘llamaslik kerak, unda sodda va tushunarli terminlarni qo‘llash, hammaga ma’lum va tushunarli bo‘lgan leksik-grammatik qoliplardan foydalanish lozim. Ayniqsa, qonun murakkab, uzundan uzoq grammatik qoliplar bilan berilmasligi zarur. Iloji boricha gaplar qisqa-qisqa, lo‘nda-lo‘nda tuzilishi kerak. Shuning uchun qonun matnida til vositalardan mumkin qadar tejab foydalanishga, fikrni sodda gaplar asosida berishga, qo‘shma va murakkab jumlalarni ko‘p ishlatmaslikka harakat 6 Kindermann H. Die Rechtlinien der Gesetzesteshnik. – Berlin, 1978. – S.39-40. 7 Современный русский литературный язык // Русский язык в школе. – 1939. – №4. – 24 с. 409 qilinadi. Chunki ortiqcha so‘zlar, so‘zlarni o‘z o‘rnida ishlata bilmaslik ifodalanayotgan huquqiy normani tushunishni qiyinlashtiradi. Shu bois ham yuridik tilning eng muhim belgilaridan yana biri - qisqalikdir. Qonun chiqaruvchi, qonun matnini tuzar ekan, o‘z fikrini mantiqiy asosda, aniqrog‘i, mantiqiy ketma-ketlik asosida qurishga harakat qiladi. Chunki fikrlarning mantiqiy jihatdan bog‘lanishi bu nafaqat yuridik tilda, balki, umuman, butun insoniyat ijodiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Demak, yuridik tilning asosiy belgilaridan yana biri - fikrlarning mantiqiy bog‘liqligi va mantiqiy izchilligidir. Shunday qilib, har qanday yuridik til, birinchi navbatda, rasmiylik, neytrallik, qat’iylik, aniqlik, qisqalik, mantiqiy izchillik; yo‘llovchilik (dinamiklik), qoliplashganlik belgilariga ega. Darhaqiqat, yuridik til bir vaqtning o‘zida o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan narsa emas. U umumadabiy til asosida ish ko‘rsa-da, uning barcha xususiyatlarini qamrab ola olmaydi. U lisoniy tizimlar asosida yillar davomida rivojlanib, sayqallashib, yuksalib boradi. Uning har doim to‘la talabga javob berishi uchun huquqning o‘zgarishi, rivojlanishi bilan birga yuridik til ham o‘rganilib, ish bermayotgan, huquq rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim lisoniy birliklar “olib tashlanishi”, yangilanib, to‘ldirib borilishi, huquqiy normalarni yanada aniqroq ifodalash uchun ayrim leksik-grammatik birliklar ijod etilishi zarur. Huquqshunoslikning o‘zi rivojlansa-yu, lekin uni ifoda etuvchi til birliklari bu talabga javob bera olmasa, bu, o‘z navbatida, huquqning rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Saidov A., Sarkisyans G. Yuridik til va huquqshunos nutqi. – T.:Adolat,1994. – 5-b. 2. Sovremennыy russkiy literaturnыy yazыk // Russkiy yazыk v shkole. – 1939. – №4. – 24 s. 3. Kerimov D.A. Zakonadatelnaya texnika. – M.: Nauka, 2000. – 28-29 s. 4. Kindermann H. Die Rechtlinien der Gesetzesteshnik. – Berlin, 1978. – S.39-40.