ABU ABBOS AL-MUBARRIDNING "AL-KOMIL FI AL-LUG'O VA AL-ADAB" ASARINING ARAB ADABIYOIDAGI AHAMIYATI
Abstract
ABU ABBOS AL-MUBARRIDNING "AL-KOMIL FI AL-LUG'O VA AL-ADAB" ASARINING ARAB ADABIYOIDAGI AHAMIYATI
Full text
410 ABU ABBOS AL-MUBARRIDNING “AL-KOMIL FI AL-LUG‘O VA ALADAB” ASARINING ARAB ADABIYOIDAGI AHAMIYATI THE SIGNIFICANCE OF ABU ABBAS AL-MUBARRID'S "AL-KAMIL FI AL-LUGHA WA AL-ADAB" IN ARABIC LITERATURE ЗНАЧЕНИЕ ПРОИЗВЕДЕНИЯ АББУ АББАСА АЛЬ-МУБАРРИДА «АЛЬКАМИЛЬ ФИ АЛЬ-ЛУГА ВА АЛЬ-АДАБ» В АРАБСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ Komilova Xulkaroy To‘lqinjon qizi O‘zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi [email protected] Ilmiy rahbar: Umurzakova Aygul Umarovna O‘zDJTU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada Basra arab nahv maktabining eng yirik olimlaridan biri sanalgan Abu Abbos al-Mubarridning hayoti va ijod yo‘li, shuningdek, yozgan asarlarining arab adabiyoti va tilshunosligi tarixida tutgan o‘rni hamda ilmiy ahamiyati tahlil qilindi. Xususan, “Al-komil fi al-lug‘o va al-adab” asarining arab adabiy merosidagi o‘rnini, uning antologik va ilmiy-nazariy xususiyatlarini keng yoritib berish, jumladan, asarni mazmuniy, grammatik(nahviy) va lug‘aviy jihatdan tahlil qilishga harakat qilindi. Maqola ushbu muhim asarning qadimgi arab she’riy merosini saqlashdagi o‘rni, fasohat va balog‘at ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasini dalillar asosida izohlashni maqsad qilgan. Kalit so‘zlar: Al-Mubarrid, Basra nahv maktabi, fasohat, balog‘at, arab antologiya, lug‘aviy meros. Аннотация. В данной статье рассматриваются жизнь и творческий путь Абу Аббаса аль-Мубаррида, одного из крупнейших учёных Басрийской школы арабской грамматики, а также место и научное значение его трудов в истории арабской литературы и языкознания. Особое внимание уделено анализу его произведения «Совершенное в языке и литературе» (Al-Kāmil fī al-lugha wa-ladab), его роли в арабском литературном наследии, антологическим и научнотеоретическим особенностям, а также содержательному, грамматическому (нахви) и лексическому анализу данного труда. Цель статьи — на основе достоверных данных показать вклад этого важного произведения в сохранение древнего арабского поэтического наследия и его влияние на развитие науки о красноречии и благоречии. Ключевые слова: аль-Мубаррид, Басрийская школа грамматики, красноречие, благоречие, арабская антология, лексическое наследие. Annotation. This article examines the life and scholarly career of Abu Abbas al-Mubarrid, one of the most prominent scholars of the Basra school of Arabic grammar, as well as the role and academic significance of his works in the history of Arabic literature and linguistics. Special attention is given to analyzing the position of
411 his work Al-Kāmil fī al-lugha wa-l-adab within the Arabic literary heritage, its anthological and theoretical features, and its content, grammatical (nahw), and lexical aspects. The aim of the article is to explain, based on evidence, the contribution of this important work to the preservation of ancient Arabic poetic heritage and its influence on the development of the sciences of fasāhah and balāghah. Keywords: al-Mubarrid, Basran grammatical school, fasāhah, balāghah, Arabic anthology, lexical heritage. Abu Abbos Muhammad ibn Yaziyd ibn Abdulakbar al-Mubarrid milodiy 825/6yilda Basrada tug‘ilgan. Olimning yashab o`tgan davri Abbosiylar davriga to`g`ri keladi. Al-Mubarrid uning laqabi bo‘lib, laqabining kelib chiqishi borasida bir qancha tahminlar va rivoyatlar bor. Ayrimlar bu laqab uning kelishgan yuzi va daqiq javoblari uchun berilgan, deyishsa, ayrimlar hasad sababidan bu laqabni “sovuqlik” so‘ziga nisbat beradi. Shuningdek, boshqa bir fikrga to‘xtaladigan bo‘lsak, Muhammad ibn Imron ibn Muso “al-Muqtibas” kitobida keltirganiga ko‘ra, al-Mubarrad shunday degan: “Buning sababi shuki, shahar politsiya boshlig‘i meni suhbat va muloqot uchun chaqirdi, men esa borishni istamadim. So‘ng, Abu Hotam Sahl ibn Muhammad asSijistoniyning huzuriga kirdim. Shu payt hokimning elchisi meni so‘rab keldi. Abu Hotam menga: “Bunga kir”, - dedi, ya’ni boʻsh “mesh” g‘ilofi ichiga. (Mesh — suv sovutiladigan idish). Men ichiga kirdim, u esa og‘zini yopib qo‘ydi. Keyin elchiga chiqib: “U bu yerda emas”, dedi. Elchi: “U sizning oldingizga kirgani aytilgan”, -dedi. Abu Hotam: “Uyni tekshirib chiqing”, - dedi. Elchi uyga kirib, barcha xonalarni aylanib chiqdi, ammo mesh g‘ilofini sezmay chiqib ketdi. Shundan keyin Abu Hotam meshni tapillatib: ‘Al-mubarrad, al-mubarrad!’ deb qichqira boshladi. Buni odamlar eshitib qoldilar va shu laqab bilan uni atay boshladilar.” Bundan tashqari, laqabining nafaqat ma`no jihatidan kelib chiqishi, balki nahviy tomonlama kelib chiqishi ustida ham ko`pchilik bahs qilgan. Aslida “Mubarrod”mi yoki “Mubarrid”, ya`ni grammatik jihatdan “ro” harfining harakati kasra yoki fathaligi borasida ham turlicha qarashlarni uchratishimiz mumkin. 1 Tarixiy manbalarda (Ibn an-Nadim, Yoqut al-Hamaviy, Ibn Xallikon) keltirilishicha, Mubarrid oddiy, ilmga moyil bo‘lgan musulmon oilasida tug‘ilgan. 2 Mubarrid Basrada tug‘ilib o‘sgani uning ilmiy jihatdan shakllanishida juda muhim bo‘lgan. Chunki Basra o‘sha davrning tilshunoslik (nahv) markazi; adabiyot, she’riyat va lug‘at ilmlari markazi sifatida tanilgan. Mubarridning o‘zi yoshligidan nahv (grammatika), lug‘at (leksikologiya), adabiyot (proza, she’riyat, notiqlik), balog‘at (ritorika) sohalariga chuqur qiziqqan. U rivoyatlarga ko‘ra juda iste’dodli bola bo‘lib, murakkab matnlarni tez eslab qolgan. 1 https://www.alukah.net/culture/0/97978/%D8%B1%D8%A7%D8%A1- %D8%A7%D9%84%D9%85%D8%A8%D8%B1%D8%AF-%D8%A8%D9%8A%D9%86- %D8%AC%D8%AF%D9%84-%D8%A7%D9%84%D9%83%D8%B3%D8%B1- %D9%88%D8%B5%D8%AD%D8%A9-%D8%A7%D9%84%D9%81%D8%AA%D8%AD/ 2 Mu’jamu al-udaba irshodu al-ariyb ila ma’rifatu al-lug‘o - Yoqut al-Hamaviy ar-Rumiy. Bayrut: Dar al-G‘arb alislomiy, 1993. – B. 93, 730
412 Al-Mubarrid Basrada o‘z davrining eng yetuk tilshunos va adabiyotshunoslaridan ta’lim olgan. U ilm olish jarayonida ko‘plab mashhur olimlar majlisida qatnashgan bo‘lib, aynan shu muhit uning ilmiy shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Ustozlaridan: 1. Abu Umar Solih ibn Is’hoq al-Jarmiy Al-Mubarridning eng birinchi va eng muhim ustozlaridan biri. Al-Jarmiy fiqh ilmi, arab tili, nahv va lug‘at bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lgan. U Basra nahv maktabining yetakchi vakillaridan biri sifatida tanilgan. Al-Mubarrid undan nahviy qoidalarni, arab matnlarini grammatik tahlil qilish usullarini o‘rgangan. 2. Abu Usmon Bakr ibn Muhammad al-Maziniy Basra nahv maktabining eng yirik grammatik olimlaridan. Al-Mubarridning o‘zi al-Maziniyni “Sibavayh’dan keyin nahv ilmida eng bilimdon kishi”, - deb ta’riflagan. Al-Maziniy qat’iy grammatik metodlari bilan mashhur bo‘lib, al-Mubarridning nazariy nahvga oid qarashlariga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. 3. Abu Usmon Amr ibn Bahr al-Jahiz Al-Mubarrid al-Jahizning majlislariga muntazam borib turgan, undan ko‘plab ilmiy suhbatlarni eshitgan. Jahizning balog‘atga, adabiy uslubga, nasrning ohangdorlik qonuniyatiga oid qarashlari Mubarridning adabiyot va fasohatga doir bilimlarini shakllantirgan. Manbalarda al-Mubarrid al-Jahizning shogirdlaridan biri sifatida tilga olinadi. 4. Abu Hatim as-Sijistoniy U o‘z davrining eng yirik til, she’riyat va nahv olimlaridan biri bo‘lib, arab she’riyati va lug‘ati bo‘yicha ulkan ma’lumotga ega edi. Al-Mubarrid undan qadimiy she’riy matnlar, lug‘aviy farqlanishlar, she’riy vaznlar va nasrning stilistik xususiyatlari borasida saboq olgan. 5. At-Tavziy (Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad) U arab she’riyati bo‘yicha eng bilimdon shaxslar qatorida tilga olinadi. AlMubarrid aynan undan she’riyatning ma’nodorlik qatlamlari, qadimgi shoirlar uslubi, she’riy iqtiboslar va rivoyatlar borasida bilim olgan. U Mubarridning adabiy merosga bo‘lgan chuqur qiziqishini yanada boyitgan. Muhammad ibn Yaziyd Basrada tug‘ilgan bo`lishiga qaramay, o‘sha davrda xalifalikning siyosiy markazi bo`lgan Bog‘dod shahriga ko`chib o‘tadi. Ilmiy faoliyati, ijodiy izlanishlari va umrining qolgan qismi ham shu shahar bilan bog‘liq. U 899-yil Bag‘dodda vafot etadi. Al-Mubarridning ilmiy faoliyati, asosan, nahv, lug‘atshunoslik, adabiyot, balog‘at va she’riyat sohalarini qamrab olgan. Al-Mubarridning adabiy va ilmiy mavqeyiga, bilimlari kengligiga va ko‘p ma’lumotlarni bilganligiga qaramay, bizgacha uning asar va risolalaridan faqat oz sonli nusxalari yetib kelgan: 1. “Al-Komil fi al-lug‘o val-adab” (Til va adabiyotda mukammal to‘plam) Bu asar adabiyot bo‘yicha yetakchi kitoblardan biri hisoblanadi. Bir necha marta chop etilgan, va “Sayd ibn Ali al-Marsafi” tomonidan sakkiz jildlik sharh bilan izohlangan: Rog‘bat al-Amal fī sharh al-Kamil. 2. “Al-Faḍil”
413 Bu kitob tanlov uslubida yozilgan qisqaroq asar bo‘lib, qiziqarli hikoyalar va yaxshi tanlovlarga asoslangan. Abdul Aziz al-Muaymini tomonidan tadqiq qilinib nashr etilgan. 3. “Al-Muqtaḍab” Uchta katta jilddan iborat bo‘lib, nahv va sarf mavzularini aniq uslubda, dalillar va misollar bilan tushuntiradi. 4. “Sharh Lamiyat al-Arab” Arab she’riyatining mashhur Lamiyatini sharhlashga bag‘ishlangan. 5. “Ma ittafaqo lafẓuhu va ixtalafa ma’naahu min al-Qur’aan al-Majiyd” Qur’on oyatlari lug‘atidagi tafovutlar va izohlarni yoritadi. 6. “Al-Muzakkar va al-mu’annas” Grammatik jihatdan jins mavzusini tahlil qiluvchi asar. 7. “Nasab adnan va Qoḥṭan” Arablarning nasab va urug‘larini yoritadi. Ushbu asar Dr. Muqbil at-Tam alAhmadi tomonidan tadqiq qilinib nashr etilgan va “Silsilat Ansab al-arab” (Arab nasablari seriyasi) nomi bilan chop etilgan, 2010-yilda Yaman Madaniyat va Turizm Vazirligi tomonidan Sano shahrida nashr qilingan. Shuningdek, al-Mubarridga quyidagi hali qo‘lyozma shaklida saqlanayotgan asarlar ham tegishli: 1. Al-Ta‘aziy va al-Marosiy (ta’ziya va marosimlar) 2. Ar-Rovḍa Va ba’zi boshqa asarlar haqida eski arab manbalarida eslatmalar mavjud, lekin ular bizgacha yetib kelmagan: • “Al-Ixtiyar” – al-Mubarrid “Al-Kamil”da zikr qilgan. • “Al-Ishtiqoq” – Ibn Xallikan “Vafayaat al-Ayan”da eslatgan. • “Ash-Shafiy” – “Sharh al-Kaafiyah”da qayd etilgan. • “Al-Fitan va al-Miḥan” – as-Suli “Axbaar abu Tamaam”da eslatgan. • “Al-I‘tinaab” – al-Bag‘dodiy “Xizanat al-Adab”da tilga olingan. • “Sharḥ maa ag‘falahu Sibavayh” – Ibn Valad “Al-Intisar li-Sibavayh ala al-Mubarrid” da eslatilgan. Muallifning ijodiy merosi keyingi olimlar, jumladan, Jahiz, Ibn Qutayba va Sakkokiy tomonidan muntazam tadqiq qilingan. Al-Mubarridning ishlari arab adabiy merosining rivojlanishi, fasohat va balog‘at ilmidagi o‘rni, lug‘aviy boylikning saqlanishi nuqtai nazaridan beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan. Abu Abbos al-Mubarridning “Al-Kamil fi al-lug‘o va al-adab” (“Til va adabiyotda mukammal to‘plam”) asariga alohida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu asar arab adabiyoti va tilshunosligi tarixidagi eng muhim manbalardan biridir. Shuningdek, asar nomi adabiyotdagi she`r vaznlariga ham ishora qiladi. 3 Asarning ahamiyati bir necha asosiy jihatlarda namoyon bo‘ladi: 1. Adabiyot va tilshunoslikni birlashtirgan eng mukammal manbalardan biri. 3 https://ar.wikipedia.org/wiki/%D8%A8%D8%AD%D8%B1_%D8%A7%D9%84%D9%83%D8%A7%D9%85% D9%84
414 “Al-Komil” nafaqat adabiy to‘plam, balki tilshunoslik, balog‘at, nahv (sintaksis) va lug‘at boyligini birlashtirgan ensiklopedik asardir. Asarda she’riy namunalar, nasriy hikoyatlar, tarixiy rivoyatlar va til izohlarining uyg‘un holda berilishi uni ko‘p qirrali ilmiy manba qiladi. 2. Johiliyat va ilk islom davri adabiyotining boy namunalarini saqlab qolgan. Mubarrid o‘z kitobiga qadimgi arab shoirlari — Imru al-Qoys, Zuhayr, Imron ibn Huttan, Jarir, Farozdaq va boshqalarning she’rlaridan kiritgan. Ko‘plab baytlar aynan shu asar orqali bizgacha yetib kelgan. Shu bois “Al-Komil” qadimgi arab adabiy merosining eng ishonchli manbalaridan biridir. 3. Basra grammatik maktabining tamoyillarini aks ettiradi. Al-Mubarrid Basra nahv maktabining yirik vakili edi. Asar nahv qoidalarining sharhlari, grammatik ixtiloflar va lug‘aviy izohlar kabi masalalarni o‘zida jamlagan. Bir qancha grammatik tamoyillar ana shu asar orqali keyingi avlodlarga yetib kelgan. Kitobning ahamiyati haqida boshqa adabiyotchilar ham o`z fikrlarini bildirgan: 1. Ibn Xaldun o‘z “Muqaddima”sida adabiyot ilmining mohiyati va asoslarini tushuntirgach, shunday deydi: “Ustozlarimizdan ta’lim majlislarida shuni eshitganmizki, bu fanning asl manbalari va ustunlari bo‘lmish to‘rt devon bor: Ibn Qutaybaning Adab al-Katib, Al-Mubarridning Al-Komil, Jahizning Al-Bayan va atTabyin, va Abu Ali al-Qoliyning An-Navadir asarlari. Boshqa kitoblar esa ularga ergashuvchi va shulardan tarvaqiy etgan bo‘limlardir.” 2. Qozı al-Fozil ham ushbu kitob haqida shunday degan: “Uni yetmish marta mutolaa qildim; har safar undan yangi foydalar oldim.” 3. Abu al-Faroj al-Ma’ofiy ibn Zakariyo o‘zining “Al-Jalis as-Solih al-Kafiy va al-Anis an-Nasiḥ ash-Shafīy” asarida “Al-Komil”ning ahamiyati haqida gapirib, shunday yozadi: “Abu al-Abbos Muhammad ibn Yaziyd an-Nahviy o‘zining “AlKomil” deb nomlagan kitobini yaratdi. Unda ko‘plab rivoyatlar va isnodi bo‘lmagan qissalarni jamladi. Tilning etimologiyasi, sharhi, nozik sir-asrorlari va fiqhlari haqida o‘z zamonasida misli kam uchraydigan ilmlarni keltirdi — uning ilmining kengligi, fikrining o‘tkirligi va zehni ravshanligi bois. Shuningdek, nahv ilmining yaqqol va nozik masalalarini bayon qildi, bu borada uning o‘rnini bosadigan zotni topish qiyin.” “Al-Komil” xavorijlar haqida ham muhim manbadir. Unda Mubarrad ularning tarixiga oid ko‘plab xabarlarni, she’rlari va xutbalarini, firqalari, yetakchilari va urushlari haqidagi ma’lumotlarni alohida bobda jamlaydi. U bu bobda metodini quyidagicha izohlaydi: “Xavorijlarning xabarlari juda ko‘p va uzun. Bizning kitobimiz ular uchun maxsus ajratilgan emas. Ammo biz ulardan ma’no va adabga oid bo‘lganlarini, yo o‘zgacha she’r namunasini yoki mashhur xutbadan bir bo‘lagini keltiramiz.” Mubarrad xavorijlarga bag‘ishlangan bobini batafsil, keng izohlar bilan davom ettiradi. Ba’zan mavzu chetiga chiqib, boshqa masalalarni ham tilga oladi, so‘ng yana xavorijlarga qaytadi. U bob oxirida bu tafsilotning ko‘pligiga shunday uzr bildiradi: “Biz bu bobni xavorijlarning xabarlari ketma-ket bayon bo‘lsin, deb
415 boshlamagan edik. Ammo ba’zan mavzu-mavzuga ulanib ketadi. Suhbat o‘z yo‘liga tortadi. Kitob muallifining niyatini o‘zgartiradigan takliflar bo‘ladi…” 4 Kitobda balog‘atga oid muhim mulohazalar ham bor. Unda kinoya va uning turlari, majoz va uning xillari, isti’ora, iltifot, tajrid, hamda tashbeh haqida alohida boblar berilgan. Mubarrid shunday deydi: “Arablar tashbehni to‘rt turda qo‘llaydilar: haddan oshiq (mufrat), to‘g‘ri va aniq (musib), yaqin (muqorib), hamda izoh talab qiladigan, o‘zidan-o‘zi anglashilmaydigan uzoq tashbeh (baiyd) — bu eng dag‘al nutqdir.” U iyjozni (ixtisor — qisqa va aniq ifoda) va itnobni (kengaytirish) ham alohida bobda tahlil qiladi. Unda arablarning ravon, tushunarli, go‘zal va mustahkam so‘zlaridan namunalar keltiriladi. Kitobning yana bir jihati — undagi lug‘aviy masalalarning nihoyatda ko‘pligi. Mubarrid har bir matnni puxta, chuqur va keng sharhlaydi. Kitobda arablarning yetmish besh maqoli keltirilgan bo‘lib, ularning mazmuni, kelib chiqishi va qo‘llanish holatlari izohlanadi. Shuningdek, Mubarrad donishmandlar so‘zlari va ularning hikoyalaridan ko‘p misollar keltiradi, hatto “Donishmandlar xabarlari” degan maxsus bob ajratadi. Nahviy masalalar ham kitobda keng qamrab olingan. Basra nahv maktabining yetakchi imomi sifatida Mubarrid matnlarni sharhlar ekan, ularning grammatik asoslarini ham mufassal bayon qiladi. Kitobning yoqimli tomoni shuki, u o‘quvchini charchatib qo‘ymaslik uchun ayrim joylarda nozik hazillar va latifalar keltiradi. Bu hikoyatlar odobga zid emas, balki chiroyli va ma’rifatga undovchi hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. ةيبرعلا ةغللا ريسأ ..دّربملا - تن.نيلا نوأ ملاسإ نم 2. (https://web.archive.org/web/20060622083135/http:/www.islamonline.net/Arabic/history/1422/03/article18.shtml) 3. “Mu’jamu al-udaba irshodu al-ariyb ila ma’rifatu al-lug‘o”- Yoqut al-Hamaviy ar-Rumiy. Bayrut: Dar al-G‘arb al-islomiy, 1993. – B. 93, 730, 879 4. "Al-komil fi al-lug‘o va al-adab" – Muhammad ibn Yaziyd al-Mubarrid. Bayrut: Muassasat ar-risola, Muhammad ad-Daliy. 2-nashr, 2013. 5. “Muqaddimatu ibn Xoldun – foulabook.com saytidan - B 264-265 4 https://ar.wikipedia.org/wiki/%D8%A7%D9%84%D9%83%D8%A7%D9%85%D9%84_%D9%81%D9%8A_%D8% A7%D9%84%D9%84%D8%BA%D8%A9_%D9%88%D8%A7%D9%84%D8%A3%D8%AF%D8%A8_(%D9%83% D8%AA%D8%A7%D8%A8)