ARAB TILIDA TA'RIB JARAYONI VA TIL TARAQQIYOTIGA TA'SIRI
Abstract
ARAB TILIDA TA'RIB JARAYONI VA TIL TARAQQIYOTIGA TA'SIRI
Full text
416 ARAB TILIDA TA’RIB JARAYONI VA TIL TARAQQIYOTIGA TA’SIRI THE PROCESS OF ARABIZATION IN ARABIC AND ITS IMPACT ON LANGUAGE DEVELOPMENT Majidillayeva Fotimaxon Muxsinxon qizi O‘zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi [email protected] Ilmiy rahbar: Umurzakova Aygul Umarovna O‘zDJTU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tilining taraqqiyotida muhim o‘rin tutuvchi ta’rib jarayonining ahamiyati keng yoritilgan. Arab tili qiziquvchilari uchun bu tildagi o‘zlashma so‘zlarning kelib chiqishi, ma’nolari va ularning aniqlash yo‘llari manbaalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, ta’rib arab tilini nafaqat boyituvchi, balki uni boshqa tillar bilan madaniy aloqada mustahkamlovchi omil ekani hamda zamonaviy davrda ta’rib harakatining roli va turlari atroflicha bayon etilgan. Kalit so‘zlar: istiloh, ta’rib, daxil, muvallad, tarjima, mu’arrab so‘z, lafziy umumiylik, til kengashlari. Аннотация. В данной статье подробно освещается значение процесса та’риб как важного этапа в развитии арабского языка. Для интересующихся арабским языком представлены происхождение заимствованных слов, их значения и способы определения, опираясь на источники. Кроме того, показано, что та’риб не только обогащает арабский язык, но и укрепляет его культурные связи с другими языками, а также подробно проанализирована роль и разновидности та’риба в современную эпоху. Ключевые слова: терминология, та’риб, дахиль, муваллад, перевод, му’аррабское слово, лексическая омонимия, языковые советы. Annotation. This article provides a detailed overview of the significance of the ta’rib process as an important aspect in the development of the Arabic language. For those interested in Arabic, the origins of loanwords, their meanings, and methods of identification are analyzed based on scholarly sources. Furthermore, it is demonstrated that ta’rib not only enriches the Arabic language but also reinforces its cultural connections with other languages, and the role and types of ta’rib in the modern era are thoroughly examined. Keywords: terminology, ta’rib, daxīl, muwallad, translation, mu’arrab word, lexical homonymy, language councils. Insoniyatning tabiati shunday: xalqlar bir biridan ayro yashay olmaydilar, ular doim aloqada bo‘lishgan. Tarixda ham hech qaysi xalqni boshqalardan ajralgan holda topish mumkin emas. Har bir xalqning hayotidagi rivojlanish boshqa xalqlar bilan aloqada bo‘lish, birlashish orqali yuzaga keladi. Xalqlar bir biridan ilm, fikr, adabiyot, sanoatni o‘zlashtirganidek, ilm va fikrlarni ifodalovchi lug‘atlarni ham o‘zlashtiradi. Hech qanday shubha yo‘qki, sivilizatsiyasi, quvvati kuchli bo‘lgan jamiyatdan boshqa
417 kuchsiz jamiyatlar ta’sirlanadi. Bu narsa tillar o‘rtasida ham vujudga keladi. Arab tili ham fors, yunon, lotin tillarining ta’siriga yo‘liqadi. Bunday ta’sirlanish lug‘aviy ta’sir doirasidan tashqari, boshqa omillar sababidan ham vujudga keladi. Eng ahamiyatlilaridan biri bu : ikki til o‘rtasidagi til oilasining aloqasidir. Bu xususda, Somiy, ayniqsa Oromiy , Habashiy tillar arab tiliga kuchli ta’sirga ega edi. Negaki, barchasi Somiy tillar guruhiga mansub edi. Yunon, Lotin tillar esa yevropa-hind tillar oilasi tarkibida bo‘lgani uchun ta’siri kamroqdir 5 . Tillar ham xuddi ularni so‘zlaydigan insonlar kabi tirik bo‘ladi. Tilda birlashish va rivojlanish bor. Tilning kuchi qanchalik bo‘lmasin, boshqa tildan o‘zlashtirishdan qochib bo‘lmaydi. Tillarning boshqa tillardan o‘zlashtirish darajalari : • lug‘aviy darajada (so‘zlar); • grammatik darajada (qoidalar); • yozuv tizimi darajasida ham bo‘lishi mumkin, masalan, fors tili arab tilidan yozuv tizimini olgan. Shu bilan birga, tillar o‘z asl mohiyatini va boshqa tillardan ajralib turadigan shaxsiyatini saqlashga harakat qiladi, shunda ular o‘zgalar tilining qolipiga aylanmaydi yoki o‘chib ketmaydi. Arab tili ham boshqa tillar singari o‘z shaxsiyatini, o‘ziga xosligini saqlagan holda boshqa tillardan so‘zlar o‘zlashtirgan. Arab tilining boshqa tillardan o‘zlashtirish vositalaridan biri ta’rib – “ بيرعت” deb nomlanadi. Ta’rib so‘zi lug‘atda daraxt shoxlarini kesish (ortiqcha shoxlarini kesish hamda to‘g‘irlashdir). هقطنم بّرع - gapini to‘g‘irladi yoki xatolardan, noto‘g‘ri gaplardan to‘g‘irladi deganidir. Istilohda esa bir necha olimlar turli xil izohlarni berib o‘tishgan. Jumladan, Javhariy (940-1002) ta’rib haqida shunday deydi : “A’jam, chet tilidagi so‘zning arabiylashishi bu - arablarning o‘zlarining uslublari ila talaffuz qilishlaridir 6 . Al-Xoffajiy (977-1079) shunday ta’riflaydi : “Ta’rib bu - bir so‘zning a’jamlikdan arab tiliga o‘tishidir. Bunda ta’rib deb atalishi mashhurdir. Siybavayh va boshqalar e’rob deb nomlashgan”. Shuningdek, yana bir qancha izoh va ta’riflar ham mavjud. Lekin bu bu ta’riflar bir-biridan farq qilmaydi. Qisqa gap bilan shunday xulosa qilinishi mumkin, ta’rib ( بيرعت) – chet, a’jam tildagi so‘zning arab tiliga ko‘chishidir. Arablar o‘zlarining uslublariga va o‘lchovlariga sayqallashlari yoki hech bir sayqallashsiz qoldirishlaridir. Bunga ishtiqoq ham kirishi mumkin 7 . Istilohda ta’rib so‘zining 4 xil iste’moli bor. 1. Ta’rib bu - chet tilidagi so‘z va uning ma’nosining arab tiliga o‘zgarishsiz yoki o‘zgarish, to‘g‘irlanish bilan ko‘chib o‘tishidir. 2. Ta’rib bu – tarjima ma’nosidadir. Abbosiylar va zamonaviy davrda ta’rib tushunchasi kengayib, bir tilning mazmuni va g‘oyasini boshqa tilga ko‘chirish ma’nosini ham bildirgan. Masalan, bir matnning bir fasli yoki butun kitobni ma’nosini arab tiliga ko‘chirishdir. Bu paytda ta’rib tarjima ma’nosiga ma’nodosh bo‘ladi. 3. Ta’rib - arab tilini turli bilim sohalarida, idoralarda so‘zlashuv, yozishuv, ta’lim olish, ta’lim berish, tarjima, asar bitishlarda ma’muriy til sifatida ishlatilishi. 5 Muhammad Hasan Abdulaziz. At-ta’rib fiy al-qodim va al-hadis – Qohira: Dor al-fikr al-arobiy , 2007. – B . 10 . 6 Ismoil ibn Hammod al-Javhariy. As-sihah – J: 1. – Qohira: Dor al-hadis, 2009. – B. 179. 7 Abbos Hasan. Al-lug’at va an-nahv – Qohira: Dor al-maorif, 1966. – B. 220.
418 Arab davlatlari hukumatlari mustaqillikdan keyin ma’muriyatlar va iqtisoiy-ta’lim muassasalarini arab tiliga o‘tkazdilar, ular avval fransuz, ingliz yoki italyan tillarda bo‘lgan. Shundan so‘ng, arab tilining ta’limdagi o‘rnini jonlantirish va uni ilm va ilmlarni o‘qitish tili qilish zaruriyati paydo bo‘lgan. Shu tariqa ta’rib harakati Misrda XIX asrda paydo bo‘ldi, keyin Suriya va Iroqda XX asrda, so‘ngra birin-ketin arab mamlakatlarida Tunis, Jazoir, Marokash, Iordaniya, Sudan va boshqalar ta’rib harakatlarini davom ettirdi. 4. Butun bir mamlakat arab tilini madaniy til sifatida qabul qilishi, ya’ni u yerda arab tili asosiy muloqot va yozuv tiliga aylanishi. Shu ma’noda ta’rib Islomning dastlabki davrida ishlatilgan. Arablar Iroq, Shom va boshqa hududlarni fath etganlarida, u yerdagi devonxona hujjatlarini arab tiliga o‘tkazishgan. Ushbu jarayon birinchi uch asr davomida amalga oshirilgan. O‘sha davrda devonxona hujjatlarini arab tiliga o‘tkazish deganda, fors, rim, va qubt tillaridan arab tiliga ko‘chirish tushunilgan. Devonxona hujjatlarini arabiylashtirish harakati birinchi hijriy asr (7-asr milodiy) da tarjima va ko‘chirish jarayonining to‘ldiruvchi qismi bo‘lgan. Ta’ribning turlari Tillarning o‘zaro ta’sir jarayoni tarix davomida turli xil lingvistik shakllarda namoyon bo‘lgan.Tilshunoslar bu shakllarni o‘zlarining xususiyatlariga mos keladigan nomlar qo‘yishga harakat qilishgan va ularga nisbatan bir necha atamalarni qo‘yishgan. Shulardan eng muhimlari “ برعملا” , “ليخدلا” , “ دلوملا” dir 8 . 1. “ برعملا” (mu’arrab) bu – boshqa tillardan arab tiliga arab tili qoidalariga mos kelish sharti bilan so‘zlarning kirib kelishidir. Bunda harflarning almashishi, so‘zning tuzilishining, asosining o‘zgarishi kerak bo‘ladi. Bu turga misollar : “سقمدلا” (metaksa – yunoncha ) , “ جابيدلا” (هابيدلا diybah – forschada ) , “ تخبلا” ( تخبلا baxt – forschada ) , “فارغلتلا” (tele-graphein – yunoncha ), “نوفيلتلا” (telos-fone – yunoncha ). Bunga qo‘shimcha ravishda, mu’arrab bo‘lishi uchun arablar bu so‘zda gapirishgan bo‘lishlari shart qilinadi. 2. “ليخدلا” (daxil) bu - arab tiliga boshqa tillardan hech bir harflarda, so‘zlarning tuzilishida o‘zgarishlarsiz so‘zlarning kirib kelishidir. Bu turda ham so‘zlar arab tiliga “istishhod” (guvohlik davri) da ko‘chib o‘tishi shart qilinadi. Mu’arrab va daxil turlarining farqi shundaki, daxil so‘zlar mu’arrabga qaraganda umumiyroqdir. Daxil boshqa tillardan arab tiliga kirib kelgan har qanday so‘zga aytiladi. Arab tili qoidalariga bo‘ysunishi talab qilinmaydi. Bu turga misollar: “نغرأ” (organon – yunoncha) , “نيجوسكلأا” (oxy genes – yunoncha ), “ سلطأ” (atlas – yunoncha ). 3. “ دلوملا” (muvallad) bu - ularning so‘zlari bilan dalil keltirilmaydigan, istishhod davridan keyin yashagan kishilar ishlatgan so‘zlardir. Shuningdek, arab tilining ikkinchi asridan keyin arab mamlakatlarida yoki to‘rtinchi asrdan keyin Arabiston orolida yashagan shaxslarning tilida paydo bo‘lgan, dastlabki arablar orasida ishlatilmagan so‘zlardir. Ko‘pincha, bu turda ishtiqoq ro‘y beradi. Xuddi ushbu “ نهرب” so‘zi kabi. Bu fe’l “ ناهرب” so‘zidan mushtaq ( chiqarib olingan) dir. هربأ deb aytilishi esa to‘g‘ri bo‘ladi 9 . Mu’arrab (arabiylashtirilgan so‘z) ni aniqlashtirish me’yorlari 8 https://dergipark.org.tr/en/download/article-file/3980179 sayti. 9 Al-azhariy. Tahziyb al-lug’at. – J: 6. – Bayrut: Dor al-ihya’ at-turos al-arobiy, 2001. – B. 157.
419 1. Naql. Arab olimlaridan biri naql qilgan bo‘lishi; 2. Arab tilidagi vaznlaridan chiqishi. رافقلا و ناطصرقلا so‘zlari نوّلعف و لوّلعف vaznidadir, lekin bu ikki vazn arab tilidagi vaznlarda mavjud emas. 3. Mu’arrab so‘zda ikki harfning jamlashuvi: - Jiym va qof harflari : جبقلا و قوج - Sod va jiym harflari : ناجلوصلا و صجلا - To va jiym harflari : نجيطلا و نجاطلا - Sod va to harflar : ةنيلفطصلإا - Kaf va jiym harflari : جودنكلا - Daldan keyin zay harfi kelishi : زادنهلا و زدنهملا - Rodan oldin nun harfi kelishi : نايسرن و سجرن - Lamdan keyin shiyn harfi kelishi شلقلأا 4. Arabcha o‘zakni mavjud emasligi ( arab tilida asli yo‘qolganligi). Masalan, “رونتلا” so‘zi. Agar arabcha o‘zak bo‘lganda “ ترن ” bo‘lar edi, lekin arablarning gapida bunday so‘z ko‘rilmagan 10 . Mu’arrab so‘zlar va lafziy mushtaraklik Ba’zan bir so‘zni arabiylashtirish (ta’rib natijasida) u arab tilidagi boshqa so‘z bilan talaffuz jihatdan o‘xshash, ammo ma’nosi jihatdan farqli bo‘lib qoladi. Bu holat lafziy umumiylik deb ataladi ( polisemantik, lekin kelib chiqishi turlicha, ma’nosi boshqa bo‘lgan so‘zlardir). Bunga quydagilarni misol keltirish mumkin. Masalan, “روس” so‘zi arab tilida devor deganidir. Bir paytning o‘zida, u fors tilidan arabiylashgan, taomlardan bir taom turiga ishlatiladigan so‘zdir. Jobir roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda keltirilgan. مكب لاه يحف اروس عنص دق ارباج نإ “Jobir “su’r” (taom turi) tayyorladi, qani shoshilinglar” 11 . - “روز” so‘zi arab tilida yolg‘on guvohlik berish ma’nosini bildiradi. Shuningdek, fors tilidan arabiylashgan so‘z hamdir. Ma’nosi: kuch. - “ بح” so‘zi arab tilida sevgi/muhabbat ma’nosidadir. Shu bilan bir qatorda, fors tilidan ( asli بنح) arabiylashtirilgan so‘zdir. Ma’nosi: katta ko‘za. - “ركسع” so‘zi arab tilida qiyinchilik va qahatchilik (og‘irlik) ma’nosini anglatadi. Shoir Torofa (543-549) ramal bahrida shunday yozadi: ركذملا رازم طحش تأن اهبح نم ةركسع يف لظ Ma’nosi: bu yerda, uning sevgisidan azob-u mashaqqatda qolgan demakdir. Ikkinchi tomondan bu fors tilidan ( asli ركشل) arabiylashgan so‘zdir. Buning ma’nosi : askarlar jamoasi (armiya) yoki askarning bir o‘zidir 12 . - Endi “ جرم” so‘zini olaylik. Bu so‘z arab tilida bezovtalik, sarosima, tartibsizlik ma’nolarini bildiradi. Shu bilan birga, bu fors tilidan ( asli غرم) arabiylashgan so‘zdir. Buning ma’nosi : keng va unumdor yer. Arablar shunday deyishadi: “ةبادلا تجرم” - hayvon yaylovda o‘tladi, ya’ni men yaylovda o‘tlashga qo‘yib yubordi 13 . Tilshunoslarning so‘zlaridan hech qaysisi “جرم” so‘zi bu ma’noda ( keng, unumdor yer ma’nosida) arab tilining asl so‘zi degan fikrni ko‘rsatmaydi. 10 https://dorar.net/ sayti. 11 Sahih al-Buxoriy 3030-hadis, sahih al-Muslim 2039-hadis. 12 Muhammad Hasan Abdulaziz. At-ta’rib fiy al-qodim va al-hadis – Qohira: Dor al-fikr al-arobiy , 2007. – B . 79-82 . 13 Sa’diy Donnaviy. Al-mu’jam al-mufassal fiy al-mu’arrab va ad-daxil – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyyah, 2004. – B . 417.
420 Ma’lumki, ta’ribning ahamiyati nihoyatda beqiyosdir. Darhaqiqat, ta’rib harakatiarab ummatiga o‘zligini qaytarish, borligini bu kurashuvchan dunyoda saqlab qolishdir 14 . Nafaqat hozirgi, balki o‘tgan zamonlardan beri bu jarayon juda og‘riqli hamda alamli mavzu bo‘lib kelgan. Ta’rib harakatlari bir xil holatda davom etib keldi va bunga doir harakatlar natijasida 1919-yilda Damashqda til kengashiga asos solindi. Shundan so‘ng, Qohirada 1932-yil, Bag‘dodda 1947-yil, Urdunda 1976-yilda til kengashlari tashkil etildi. Bu muassasalar shuni anglab yetdiki, millat faqat o‘zining milliy tili bilangina ko‘tarilishi mumkin, tilsiz millat o‘zligiga erishishi mumkin emas. Bugungi kunda ilm-fanning arabiylashtirilishi arab tilining rivojlanishiga, arab tilining jahon tiliga aylanishiga, islomiy xalqlarda tarqalishiga olib keladi. Iroq til kengashining direktori Ahmad Matlub arab tilining jahon tiliga aylantiradigan narsalarni quyidagilar deb hisoblaydi: - ilmda ham adabda ham arab tilida asar yozish; - barcha ta’lim bosqichlarida arab tilida ta’lim berish; - arab tilini komputerlashtirish/informatizatsiyalash; - arab tilidan tarjima qilish, shuningdek, arab tiliga boshqa tildan tarjima qilish; - arab tilini saqlash va uni imkon qadar dunyoda yoyish uchun tashkilot tuzish. Ushbu til kengashlar o‘z navbatida ta’ribga xoslangan qarorlarni ishlab chiqargan. Bunday tashkilotlar til saqlanib qolishiga o‘z hissasini qo‘shib, yordam beradi. Ushbu qarorlardan birida quyidagilar keltiriladi: - kengash ba’zi chet el so‘zlarining iste’molini zarur o‘rinda joiz deb deb hisoblaydi, faqat bu arablarning ta’rib usulida bo‘lishi lozim; - arabcha so‘zning arabiylashtirilgan so‘zdan afzal ko‘rish; - arablar arabiylashtirilgandek mu’arrab so‘zni nutq qilish. Bugungi kunda ta’rib jarayoni eng muammoli mavzulardan biri bo‘lib kelmoqda. Negaki, ba’zi universitetlarda gumanitar fanlar arabiylashtirilgan tarzda o‘tilishiga qaramay, ta’lim dargohlarda ayrim fanlar, xususan, asosiy hamda amaliy fanlar arab tilida emas, balki chet tilida o‘tib borilmoqda. Davlatlar misolida oladigan bo‘lsak, asosiy ilmlar : matematika, fizika, kimyo va boshqa fanlar Sudan, Suriya, Libiya, Qatar davlatlarida to‘liq arab tilida, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Jazoir, Falastin, Kuvayt, Lubnan davlatlarida to‘liq chet tilida, Bahrayn , Saudiya arabistonida, Iroq, Misr, Mavritaniya davlatlarida ba’zilarini arab, ba’zilarini chet tilida o‘qitib kelishmoqda 15 . Bundan ko‘rishimiz mumkinki, hali hanuz fanlardagi atamalar arab tiliga o‘tkazilishga, tadqiqotga muhtoj. Shu sababli, bu mavzuning nazariy jihatlarini o‘rganish tilshunoslik fanining dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, til siyosatining roli o‘zlashma so‘zlarni qo‘llash va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ta’rib ( arabiylashtirish) jarayoni taraqqiyot, rivojlanish va ilm-fandagi yuksalishni tezlashtiradi, shuningdek, tilni yangi va turli atamalar bilan boyitishga yordam beradi. Bu til farzandlarining dunyoqarashi va bilim doirasini kengaytiradi. Arabiylashtirish va atamalar bir-biriga bog‘liqdir. 14 https://alarabiahconferences.org/wp-content/uploads/2019/04/conference_research-381986283-1527588374-1953.pdf sayti. 15 https://arabacademy-sy.org/uploads/magazine/mag87/mag87-1-2.pdf sayti..
421 Boshqa xalqlarning madaniyati va bilimlaridan foydalanish ham shu ilm va bilimlarni arab tiliga moslashtirmasdan imkonsizdir. Bu shunday bir xususiyatki, undan hech bir vaziyatda kechib bo‘lmaydi, bundan kechish o‘zlikdan kechish demakdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abbos Hasan. Al-lug‘at va an-nahv – Qohira: Dor al-maorif, 1966. – B. 220. 2. Ismoil ibn Hammod al-Javhariy. As-sihah – J: 1. – Qohira: Dor al-hadis, 2009. – B. 179. 3. Abbos Hasan. Al-lug‘at va an-nahv – Qohira: Dor al-maorif, 1966. – B. 220. 4. https://dergipark.org.tr/en/download/article-file/3980179 5. Al-azhariy. Tahziyb al-lug‘at. – J: 6. – Bayrut: Dor al-ihya’ at-turos al-arobiy, 2001. – B. 157. 6. https://dorar.net/ sayti. 7. Sahih al-Buxoriy 3070-hadis, sahih al-Muslim 2039-hadis. 8. Muhammad Hasan Abdulaziz. At-ta’rib fiy al-qodim va al-hadis – Qohira: Dor al-fikr al-arobiy , 2007. – B . 79-82 9. Sa’diy Donnaviy. Al-mu’jam al-mufassal fiy al-mu’arrab va ad-daxil – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyyah, 2004. – B . 417. 10. https://alarabiahconferences.org/wpcontent/uploads/2019/04/conference_research-381986283-15275883741953.pdf sayti. 11. https://arabacademy-sy.org/uploads/magazine/mag87/mag87-1-2.pdf sayti.