scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BALOG'AT ILMIDA QASR USLUBI VA UNING TURLARI

Umarova Azizaxon Muso qizi, Umurzakova Aygul Umarovna

Abstract

BALOG'AT ILMIDA QASR USLUBI VA UNING TURLARI

Full text

422 BALOG‘AT ILMIDA QASR USLUBI VA UNING TURLARI THE CASTLE STYLE AND ITS TYPES IN EDUCATION ЗАМКОВЫЙ СТИЛЬ И ЕГО ТИПЫ В ОБРАЗОВАНИИ Umarova Azizaxon Muso qizi O‘zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi azizaumaro[email protected]om Ilmiy rahbar: Umurzakova Aygul Umarovna O‘zDJTU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqola arab tili balog‘at ilmidagi qasr uslubi haqida yozilgan bo‘lib, unda qasr uslubining arab tili balog‘atidagi o‘rni, qasr qilish uslublari va turlari, qasr qilish vositalari hamda so‘zlovchi va tinglovchining holatiga ko‘ra qasr uslubining turlarga bo‘linishi arab tilidagi zamonaviy va qadimgi manbalardan misollar keltirish orqali tushuntirilgan. Kalit so‘zlar: qasr, maqsur, maqsur ‘alayhi, nafiy, isbot, haqiqat, voqe’lik, so‘zlovchi, tinglovchi. Annotation. This article is about the style of qasr in Arabic juvenile science, explaining the role of qasr style in Arabic puberty, styles and types of qasr, the means of qasr, and the division of qasr style into types according to the situation of the speaker and listener by giving examples from original modern and ancient Arabic sources. Keywords: qasr, maqsur, maqsur alayhi, nafiy, proof, truth, reality, speaker, listener. Аннотация. Эта статья посвящена стилю касра в арабской юношеской науке, объясняя роль стиля каср в арабском половом созревании, стили и типы каср, средства касра, а также разделение стиля каср на типы в зависимости от положения говорящего и слушателя, приводя примеры из оригинальных современных и древних арабских источников. Ключевые слова: каср, максур, максур алайхи, отрицание, доказательство, истина, реальность, оратор, слушатель. Arab tili balog‘ati inson nutqining nozik ma’no ifodalarini aniqlik va ta’sirchanlik bilan yetkazishga xizmat qiluvchi eng yuksak ilmiy-adabiy tizimlardan biridir. Ushbu ilmning eng muhim bo‘limlaridan biri — qasr uslubi bo‘lib, u ma’noni cheklash, ixtisoslash va ta’kid orqali xitob kuchini oshirishga xizmat qiladi. Qadim arab notiqlari, mufassirlar va adiblar qo‘llagan bu uslub nafaqat ma’noni aniq chegaralab beradi, balki tinglovchi yoki o‘quvchining e’tiborini muhim nuqtaga qaratadi. Qasrning mazkur xususiyati uni Qur’on oyatlarida, hadis matnlarida, mumtoz arab she’riyatida va zamonaviy adabiy uslublarda keng qo‘llaniladigan balog‘iy vosita darajasiga ko‘targan. Ayniqsa, ma’noni boshqalardan istisno qilish yoki ma’lum bir shaxs yoki sifatni alohida ta’kidlash ehtiyoji tug‘ilganda qasrning balog‘iy qiymati 423 yanada ravshan namoyon bo‘ladi. Shu bois, qasr uslubini o‘rganish arab tili balog‘atini mukammal tushunish, matnlarning chuqur semantik qatlamlarini anglash va nutqni yanada ta’sirchan qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada qasrning mazmun-mohiyati, kelish usullari va adabiyotdagi namunalari tahlil qilinadi. Qasr – lug‘atda سبحلا saqlash degan ma’noni bildiradi 16 . Istilohda qasr uslubi – bir narsani maxsus uslub orqali bir narsaga xoslash, cheklashdir. Qasr qilinayotgan narsa - maqsur روصقملا , unga xoslanayotgan, cheklanayotgan narsa maqsur ‘alayhi هيلع روصقملا deyiladi. Masalan: بلاط لاإ ديز ام – Zayd faqat talaba. Zayd qasr qilinayotgan so‘z - maqsur, talaba esa unga qasr qilinayotgan so‘z - maqsur ‘alayhdir. Bu xoslik, cheklanish ma’lum bir uslublar va vositalar orqali amalga oshiriladi. Mashhurlari to‘rtta 17 : • Nafiy va istisno orqali, bunda maqsur ‘alayhi istisnoni bildirgan so‘zdan keyin bo‘ladi. • امنإ orqali, bunda maqsur ‘alayhi امنإ dan keyin kelishi majburiy bo‘ladi. • نكل ,لب ,لا so‘zlariga bog‘lanib keladi, agar bog‘lanish لا bilan bo‘lsa qasr qilingan so‘z لاdan keyin kelgan so‘zga qarama-qarshi ma’noda bo‘ladi, agar لب yoki نكلا bilan bo‘lsa qasr qilingan so‘z shu vositalardan keyin kelgan so‘z bo‘ladi. • Aslida keyin kelishi kerak bo‘lgan ismni avval keltirish, bunda qasr qilingan so‘z birinchi keltirilgani bo‘ladi. Ushbu uslublarga misollar 18 : 1. .ارعاش لاإ يقوش ام – Shavqiy faqat shoir xolos. 2. يرتشي امنإلاثملأاب نهل اسفن باط رح دماحملا . Albatta, maqtovlarni faqat erkin kishi sotib oladi, Ularning narxini yaxshi nafs bilan to‘laydi. 3. .ةتباث لا ةكرحتم ضرلأا – Yer harakatlanadi, sobit emas. 4. .قثن كايإ – Faqat senga ishonamiz. Qasrning haqiqat va voqe’lik yoki so‘zlovchining holatiga ko‘ra bo‘linishi 19 : • يقيقحلا رصقلا – haqiqiy qasr – ma’noni haqiqat va voqe’likka ko‘ra boshqa barcha ehtimollardan cheklash: Masalan, الل لاإ قلاخ لا Allohdan o‘zga yaratuvchi yo‘qdir. Yaratuvchilik sifatini faqat Alloh bilan cheklash va undan boshqa narsalardan bu sifatni inkor qilish. Bundan shuni tushunamizki, inkor qilish umumiy, faqatgina shu maqsur ‘alayhi bo‘lgan ismdan tashqari. • يفاضلإا رصقلا – izofiy qasr – bu turda ma’no mutlaq cheklanmaydi, balki ma’lum bir doira ichida boshqa variantlardan ajratib ko‘rsatadi: Masalan, يقوش لاإ رعاش لا Shavqiydan boshqa shoir yo‘q. 16 عيدبلاو نايبلاو يناعملا يف ةغلابلا رهاوج 17 ليلدلا عم عيدبلاو يناعملاو نايبلا يف ةحضاولا ةغلابلا 18 عيدبلاو نايبلاو يناعملا يف ةغلابلا رهاوج 19 ةغلابلا نقتت فيك 424 She’riyatni Ahmad Shavqiyga xos qilish ya’ni she’riyatni Shavqiy bilan cheklash, masalan Hofiz Ibrohim bilan emas, holbuki she’riyat boshqa shoirlarga ham tegishli. Bu misoldan mulohaza qilamizki, inkor qilish Hofiz Ibrohimga xos, undan esa Ahmad Shavqiy istisno qilingan. Haqiqiy qasr ham o‘z navbatida ikki qismga bo‘linadi: haqiqiy tahqiqiy va haqiqiy iddioiy. Haqiqiy tahqiqiy – unda nafiy umumiy, barcha narsalarga nisbatan bo‘ladi, faqat haqiqiy yoki voqe’likdagi maqsur’ alayh istisno qilinadi. Masalan, لينلا رهن لاإ راهنلأا نم رصم ضرأ يوري لا Misr yerini faqatgina Nil daryosi sug‘oradi. Misr yerini sug‘orishning Nilga xosligi va boshqa barcha daryolardan buni inkor qilish holati haqiqiy tahqiqiy qasrdir. Buni haqiqat ham voqe’lik ham isbotlaydi. Chunki Misrni rostdan ham Nil daryosi sug‘oradi. Haqiqiy iddioy – unda ham nafiy umumiy, barcha narsalarga nisbatan bo‘ladi, faqat iddao va mubolag‘a uchun bo‘lgan maqsur ‘alayhi istisno qilinadi. اديز لاإ دلبلا يف ملاع لا Shaharda Zayddan boshqa olim yo‘q. Zaydning ilmining mavjudligi va undan boshqalardan buni inkor qilish haqiqiy qasr, lekin haqiqat va voqe’lik buni isbotlamaydi chunki boshqa olimlar ham mavjud. Zayddan boshqalardan olimlikni inkor qilish faqat iddao va mubolag‘a uchundir. Tinglovchining xabardorligiga ko‘ra qasr uchta: qosrul ifrod, qosrul qolb, qasrut ta’yiynga bo‘linadi. • دارفإ رصق – tinglovchi hukmda maqsur ‘alayhiga boshqa biror narsa sherik bo‘ladi deb o‘ylasa, ديز لا يلع حجانلا Zayd emas Ali muvaffaqiyatli. Muvaffaqiyatda Ali va Zaydni birgaligi tushnilganda javob o‘laroq aytiladi. • بلق رصق – tinglovchi hukmning aksini tushunganda, uning tushunchasi o‘zgartiriladi جاتحم وهو يطعي نم لاإ ميركلا ام Saxiy – o‘zi muhtoj bo‘lsa ham beradigan kishi. Saxiy faqat boy bo‘ladi deb o‘ylanganda javoban aytiladi. • نييعت رصق – tinglovchi hukmda ikki narsa orasida ikkilanyotgan bo‘lsa, ظفاح لينلا رعاش امنإ Albatta Hofiz Nilning shoiridir. Hofiz Ibrohimmi yoki Ahmad Shavqiymi deb ikkilanayotganda javoban aytiladi 20 . Haqiqiy va haqiqiy bo‘lmagan (izofiy) qasr yana maqsurning holatiga ko‘ra ham ikki turga bo‘linadi: 1. Mavsufning sifatga qasr qilinishi 2. Sifatning mavsufga qasr qilinishi 21 . Mavsufning sifatga qasr qilinishi – bu uslub avval mavsufni keltirish orqali yasaladi: 20 ةغلابلا نقتت فيك 21 حاتفملا صيخلت 425 22 رعاش لا بتاك ديز امنإ \ بتاك ديز امنإ \ بتاك لاإ ديز ام Zayd faqat yozuvchi xolos/ Albatta Zayd yozuvchidir/ Zayd yozuvchi, shoir emas. Sifatning mavsufga qasr qilinishi – sifat mavsufdan oldin keltirilishi bilan bo‘ladi: ديز لاإ بتاك ام\ ديز بتاكلا امنإ\ ورمع لا بتاك ديز Zayddan boshqa yozuvchi yo‘q/ yozuvchi faqat Zayddir/ Yozuvchi Zayd, Amr emas. Xulosa o‘rnida shuni aytamizki, balog‘at ilmida qasr – ma’noni kuchli ta’kid va aniqlik bilan ifodalashga xizmat qiladigan eng ta’sirli uslublardan biridir. Matnning ta’sirchanligini oshirish,noto‘g‘ri tasavvurlarni rad etish, ma’lumotni aniq nuqtaga jamlash va muallifning maqsadini to‘g‘ri yetkazishda ritorik qurol sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois bu uslub arab adabiyotida o‘zining muhim o‘rniga ega bo‘lib, badiiy va ilmiy matnlarning ma’nodagi nozikligi va kuchliligini ta’minlovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ١ .عيدبلاو نايبلاو يناعملا يف ةغلابلا رهاوج .يمشاهلا دمحأ . يس يآ يس يوادنه– ةدحتملا ةكلمملا٢٠١٧ ٢. نيمأ ىفطصم ،مراجلا يلع يف ةحضاولا ةغلابلا . ةلاسرلا .ليلدلا عم عيدبلاو يناعملاو نايبلا نورشنلا– توريب– ١٩٢٠ ٣ ةؤلؤلا راد .ةغلابلا نقتت فيك .ردنكسإ دمحأ .– ةرهاقلا– ٢٠٢٤ ٤ .ينيوزقلا نمحرلا دبع نب دمحم خيش . حاتفملا صيخلت ىرشبلا ةبتكم .– يشتارك – ٢٠١٠ ٥ يف ةغايصلا نسح .قزارلا دبع نوراه .رثلأا لهأ ةبتكم .ةغلابلا نونف– تيوكلا –١٩١٨ 22 ةغلابلا نونف يف ةغايصلا نسح