SHOM LAHJASINING LEKSIK XUSUSIYATLARI VA UNING ZAMONAVIY ARAB TILIGA TA'SIRI
Abstract
SHOM LAHJASINING LEKSIK XUSUSIYATLARI VA UNING ZAMONAVIY ARAB TILIGA TA'SIRI
Full text
429 SHOM LAHJASINING LEKSIK XUSUSIYATLARI VA UNING ZAMONAVIY ARAB TILIGA TA’SIRI LEXICAL FEATURES OF THE LEVANTINE DIALECT AND ITS INFLUENCE ON MODERN ARABIC Erkinova Azizaxon Bahodirjon qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 4-kurs talabasi Ilmiy rahbar: Yusupov A.A. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada Shom lahjasining zamonaviy arab tiliga, xususan adabiy arab tiliga ko‘rsatgan leksik va fonetik ta’siri tahlil qilinadi. Media makoni kengayib borayotgan bir davrda Suriya va Livan kontentining ijtimoiy tarmoqlarda ommalashuvi natijasida yoshlar nutqida Shomcha iboralar tez sur’atda tarqalayotgani kuzatiladi. Tadqiqotda televideniye, internet platformalar va migratsiya jarayonlari kabi omillar lahjaning keng yoyilishining asosiy sababchilari sifatida ko‘rsatiladi. Shuningdek, Shom lahjasidan arab adabiy nutqiga kirib kelgan ayrim iboralar misol tariqasida tahlil qilinib, ushbu jarayonning arab tili rivojiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Maqola zamonaviy arab tilidagi lahja–fus'ha munosabatlari va lingvistik o‘zgarishlarni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Shom lahjasi, zamonaviy arab tili, adabiy arab tili, leksik xususiyatlar, fonetik yengillik, talaffuz qilinishi. Аннотация. В данной статье анализируется лексическое и фонетическое влияние левантийского диалекта на современный арабский язык, особенно на литературный арабский. В эпоху широкого распространения медиа-контента наблюдается стремительное распространение выражений шамского диалекта в речи молодежи благодаря популярности сирийских и ливанских телепередач и платформ социальных сетей. В исследовании рассматриваются такие факторы, как телевидение, интернет-платформы и миграционные процессы, которые способствовали широкому распространению диалекта. Кроме того, проанализированы некоторые выражения, вошедшие из шамского диалекта в литературный арабский язык, и показано их влияние на развитие арабского языка с научной точки зрения. Статья служит важным источником для изучения взаимодействия диалекта и фусхи, а также для понимания лингвистических изменений в современном арабском языке. Ключевые слова: Шамский диалект, современный арабский язык, литературный арабский язык, лексические особенности, фонетическая лёгкость, произношение. Annotation. This article analyzes the lexical and phonetic influence of the Levantine dialect on the modern Arabic language, particularly on Modern Standard Arabic. In an era of widespread media content, expressions from the Shami dialect are rapidly spreading among young people, largely due to the popularity of Syrian and Lebanese television programs and social media platforms. The study examines factors
430 such as television, online platforms, and migration processes that have contributed to the widespread dissemination of the dialect. Furthermore, some expressions that have entered Modern Standard Arabic from the Shami dialect are analyzed, highlighting their impact on the development of the Arabic language from a scholarly perspective. The article serves as an important resource for studying the interaction between dialect and Fusha and understanding linguistic changes in contemporary Arabic. Keywords: Levantine dialect, Modern Arabic, Classical Arabic, lexical features, phonetic ease, pronunciation. Arab tili juda qadimiy, murakkab va boy tuzulishga ega bo‘lgan til sifatida tan olingan. Shuningdek, dunyodagi eng ko‘p gapiriladigan besh tilning biri bo‘lib, undan 422 milliondan ortiq kishilar ona tili sifatida foydalanadi. 23 Bu ko‘p sonli aholi o‘rtasida umumiy til bo‘lish sezilarli farqlar yuzaga kelishiga zamin yaratadi. Yozma rasmiy til va og‘zaki so‘zlashuv tili o‘rtasida bu farqlar yaqqol aks etadi. Zamonaviy standart arab tili (MSA) qadimgi klassik arab tiliga tayangan bo‘lib, hukumat ishlari, yangiliklar, kitoblar va ta'limda rasmiy til sifatida qo‘llaniladi. Adabiy arab dunyosining turli millat vakillari o‘rtasida umumiy aloqa tili vazifasini bajaradi. Ammo og‘zaki so‘zlashuv tili "Lahjalar" butun arab dunyosida katta farqlar bilan qo‘llaniladi. Ijtimoiy tarmoqlarning tez sur'atlarda ommalashishi natijasida arab lahjalari yozma onlayn muloqotga ham kirib kela boshladi. Arab lahjalari asosan geografik joylashuvga ko‘ra besh yirik guruhga bo‘linadi: Mag‘rib (Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash), Misr (Misr va Sudanning ayrim hududlari), Shom yoki Levant deb ham yuritiladi (Iordaniya, Livan, Falastin, Suriya), Iroq (Iroq) va Fors ko‘rfazi lahjalari ( Qatar, Quvayt, Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Ummon, Yaman). 24 Shom lahjasining tarqalgan hududlari: 1.Suriya Arab Respublikasi - Damashq, Halab, Latakiya, Homs. 2.Livan Respublikasi - Bayrut va uning atroflari. 3.Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi - Amman va shimoliy viloyatlar. 4.Falastin davlati - Quddus, G‘arbiy sohil, G‘azo sektorining ayrim hududlari. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi yaqin tarixiy, madaniy va iqtisodiy aloqalar Shom lahjasining umumiy shakllarini mustahkamlab kelgan. Shom lahjasidagi asosiy belgilar fonetik yengilligi, tovushlarning muloyim talaffuzi, iboralarning ixcham shakldaligi bilan ajralib turadi.Masalan: " "قharfi ko‘p hollarda " "أtarzida: " "بلق - "ت" esa 25 "ث " ;"يوأ" - "يوق" , "بلأ"yoki "tarzida talaffuz qil "سi "تلات" - "ثلاث " :nadi "ذ" ;"لاسمت" - "لاثمت"," ريتك" - " ريثك ", 26 harfi " "زharfi o‘rnida: " ,"زاتسأ"- "ذاتسأyoki " "د harfi o‘rnida: " "ذخأ- "دخأ " talaffuz qilinadi. So‘z oxirida kelgan " "ءtalaffuz etilmaydi: " "ءاشع- "ءارو" ,"اشع"- ;"ارو" ba'zida o‘rtasida kelsa ham talaffuz etilmaydi " "لكأت- "لكات " yoki " "يga aylantiriladi: " "قئاقد 27 ."قياقد" - 23 2013-Sweden-Kathrein Abu Kwaik.A corpus of Levantine Arabic Dialects.Gothenburg University 24 2013-Sweden-Kathrein Abu Kwaik.A corpus of Levantine Arabic Dialects.Gothenburg University 25 1964-Washington-Mark W.Cowell. A Reference Grammar of Syrain Arabic.Georgetown University Press 26 2007-J.Elihay.Speaking Arabic.Minevra Publishing House 27 1992-USA-Rajaa Chouairi.Shou fi ma fi.Yale University Press
431 Ko‘plab so‘zlovchilar — ayniqsa Livan va Falastinning qatlamlari, hamda Suriyaning ayrim hududlarida — arabcha qisqa “a” unlisini alohida fonema sifatida sezilmaydi. Ular "i" yoki "u" ga monand qilib talaffuz qilishadi. Ya’ni, ba’zi hollarda a = i yoki a = u singari almashinib ketadi. Misollar: bihibb )بحب(- bihabb; bathatt ( )طحتبlak-bithutt / bthutt; byaktab )كل بتكيب(lak-byiktib / lak; kall-byuktub )لك(kill /kull tarzida almashadi. Livanliklarning katta qismi so‘z oxiridagi e va i unlisini farqlamaydi: "( "ةدروvarde) va "( "يدروvardi), xuddi ikki so‘z ham birdek nutqda aks etadi. Shuningdek, o va u ham farqlanmasligi mumkin: " "هكرتva "Bu ikki 28 ."هوكرت shakl talaffuzda bir-biriga juda yaqinlashib ketib, bir-biridan farq yo‘qoladi. So‘zlar bir-biriga “bog‘langan” tarzda gaplarda namoyon bo‘ladi, ya’ni bir so‘zning oxirgi tovushi keyingi so‘zning birinchi tovushiga kirib talaffuz etiladi, xuddi ular bitta so‘z bo‘lgandek: "lanib, silliq g‘biddna oxiridagi a tovushi keyingi n bilan bo 29 ,"هروزن اند ب talaffuz qilinadi. Shu bilan birga ikki fe'l o‘rtasida keluvchi " "ةيردصملا نأtushirib talaffuz qilinadi, bunga yuqoridagi misol ham yorqin dalil bo‘la oladi va " ذخأت نأ كناكماب لا "يسكات jumlasi Shom lahjasida " "يسكاتلا دخات كناكماب shaklida o‘zgaradi. So‘zlarning oxiriga qo‘shiladigan egalik qo‘shimchalarining harakatlari ham lahjada sukun qilinib, o‘zidan oldinggi so‘zga ko‘chiriladi. Misol tariqasida: (كتيبbaytuka)- (كتيبbaytak), (كتيب baytuki)- (كتيبbaytik).Ya'ni " "كegalik qo‘shimchasidagi harakat undan oldingi so‘zga ko‘chirib o‘tkazilib, " "كdoimiy sukut holatida qoladi.Buni bilish bizga muzakkar va muannas jinslarni ajratishda yordam beradi. Gap qurilishi esa sodda, muloqotga moslashtirilgan bo‘lib, ko‘p so‘zlar qisqartirilgan shaklda qo‘llaniladi.Misol tariqasida: " "كلاح فيك- "تنأ نيأ" , "كفيك "- "كنيو"va shu kabi. Bu belgilar va xususiyatlar nafaqat fonetik, balki lug‘aviy taraqqiyotiga ham ta'sir o‘tkazadi. Shom lahjasining leksik xususiyatlari - Shom lahjasidagi ko‘p so‘zlar qadimiy arabcha ildizlardan kelib chiqqan bo‘lsa, ba'zilari zamonaviy jarayonlar ta'sirida shakllangan. Shom lahjasi ba’zi sharqshunoslar tomonidan tanqid qilinadi, lekin aslida uning lug‘at tarkibida klassik arabcha so‘zlarning ulushi juda yuqori. Hozir " " نلآا ma'nosini ifodalaydigan bir qancha so‘zlar Shom lahjasida : " لأه " ," ت قولاه ", " نيحلا "سه", "تيقله" ," قله" ,"mavjuddir. Ba'zi so‘zlarning ehtimoliy kelib chiqishi: 1. " "اّسل - "سيل "- aslida bu " "دعب سيلdegan ma'noni anglatadi; 2. " "قله- "تقولا اذه " iborasining qisqarishidan kelib chiqqan; 3. " ." ءيش ي أ " - " شيا 30 Biroz siljish orqali smentik o‘zgarishlar ham kuzatiladi: 1. " ( "توفichkariga kir ma'nosida) -" ( "توفo‘tmoq, ketmoq) ildizidan kelib chiqqan; 2. "( "نيولqayerga) - " "نيأ ىلإbirikmasidan hosil bo‘lgan bo‘lsa; 3. "( "دجنعrostdan) - " "نعva " دج " ا so‘zlarining qo‘shilishidan paydo bo‘lgan. Fe'l shakllari adabiy arab tilidagi shakllar bilan juda o‘xshash, lekin Levant (Shom) lahjasida 2 ta muhim o‘zgarish bor: Birinchisi: Unli tovushning orqaga ko‘chishi (yaktub-yuktub) ya’ni "u" unli tovushi oxirida bo‘lsa, ko‘pincha fe’l boshlanishida ham "u" ga o‘tadi; 28 1964-Washington-Mark W.Cowell. A Reference Grammar of Syrain Arabic.Georgetown University Press 29 1964-Washington-Mark W.Cowell. A Reference Grammar of Syrain Arabic.Georgetown University Press 30 2013-Sweden-Kathrein Abu Kwaik.A corpus of Levantine Arabic Dialects.Gothenburg University
432 Ikkinchisi: Fe'llarda shaxs-son qo‘shimchalaridan oldin hozirgi-davomiy zamonda " "بqo‘shib talaffuz qilinadi,faqat 1-shaxs ko‘plikda " "مqo‘shiladi : ( بيجأ - بيجأبkeltiraman); ( بيجتب - بيجتkeltirasan) 31 . Hozirgi kelasi zamon oldidan esa " "حارyoki " "هprefiksi qo‘shiladi." "حارson va jinsga qarab o‘zgarmaydi,hozirgi zamon fe'li ham " "بyoki " "مprefiksisiz ishlatiladi: ( )بتكب حارshaklida bo‘ladi, ( )بتكيب حارemas. Birinchi va ikkinchi shaxs uchun ( )حارham ( )هham ishlatiladi, lekin uchinchi shaxs uchun ( )حارishlatilishi kengroq. 32 Ko‘p hollarda fe'llar " "لعافholatida kelishi ko‘p uchraydi.Bunga misol ravishda, " "يملاك عمست لهjumlasini " "يملاك عماسholatida ko‘proq ishlatilishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Quyida Shom lahjasida keng tarqalgan ba'zi so‘zlar keltiriladi: وش,)ا ضيأ( نامك اّرب,)لخاد( اّوج,)ام( ( ةيوش,) لعفت لا وأ يناجم( شلاب,)نلأ( ناشع,)دوقن( يراصم,)سيل( شم,)جراخ( .)لايلق Shom lahjasidagi iboralar ham so‘zlar kabi muloqotga juda mos va ifodali hisoblanadi, quyida keng tarqalganlari: نيدعب يكحن صلخkeyin gaplashamiz ؟كيأر وشnima fikrdasan? ؟ةعاسلا شيدقsoat necha? ؟كدب وشnima xohlaysan? ؟لغشلا ىلع حيار ىتماqachon ishga ketasan? Shom lahjasida keng tarqalgan,omma orasida ko‘p ishlatiladigan ba'zida maqollar: " "نلامحت لا ةدحاو ديب ناتخيطب- "اولمحنيب ام ةدحاو ديإب نيتخيطب" "لوقعلا تعاض نوطبلا دنع"- "("لوقعلا تعاض نوطبلا دنع" q" yuqori aytilgandek " "أ holatida yengil talaffuz etiladi. "دربي هبايث علخي يذلا"- "دربيب هب ايت علخيب يللا " "ةبق ةبحلا نم عنصي"- "("ةبق ةبحلا نم لمعيب" q" yuqorida aytilganidek " "أholatida yengil talaffuz etiladi. "هيلع باش ءيش ىلع بش نم"- ."هيلع بش ،يش ىلع بش نيم " Iboralar va maqollar aynan bu lahjada emas ,boshqa turdagi lahjalarda yoki adabiy arab tilida ham shunday shaklda ishlatiladi, biroq talaffuz va bir qancha so‘zlar bilan farqlanishi mumkin. Shom lahjasining arab mamlakatlariga keng tarqalishi va ular orasida mashhurligining asosiy sabablaridan biri - Suriya va Livan seriallaring ko‘p tomoshabinlarga ega ekanligi. "Bab al-Hara"(2006-yilda birinchi qismi), "AlHayba"(2017), "Nihayat Rajul Shujaa" (1994) kabi seriallar arab dunyosida katta shuhrat qozondi. Natijada, ko‘plab Shom iboralari umumarab auditoriyasi tomonidan qabul qilindi. Arab yoshlari Shom lahjasini ijtimoiy tarmoqlardagi katta ko‘lamli kontenti sababli asosiy muloqot vositasiga aylantirib ulgurishdi. Hattoki, adabiy arab tili nutqida ham Shom urg‘usini qo‘shib gapira boshlashdi. Bu jarayon quyidagi ta'sirlarni keltirib chiqardi: Adabiy arab matnlarida ham Shom iboralarini ko‘rina 31 2007-J.Elihay.Speaking Arabic.Minevra Publishing House 32 Leslie J.McLoughlin.Colloquial Arabic(Levantine)
433 boshladi. Yoshlar va umuman arab tilida so‘zlashuvchilar orasida " "صلخ" ,"شيل" ,"وش kabi so‘zlar ommalashdi. Ba'zi teleboshlovchilar ham adabiy arab tili nutqiga Shom urg‘usini qo‘shib gapira boshladilar. Bularning asosiy sababi sifatida Fayruz, Ziad Rahbani, Julia Butros kabi san'atkorlarning mashhurligi va aynan ularning qo‘shiqlari Shom lahjasida ekanligi ham ta'kidlanadi. Ijtimoiy migratsiya ham bu lahjaning keng tarqlishiga xizmat qildi. Urushlar sabab ko‘plab bu lahja egalarining boshqa arab davlatlariga ko‘chib o‘tishi, kundalik muloqotda lahjaning keng tarqalishiga olib keldi. Ko‘hna arab tilini chuqur tushunmoqchi bo‘lgan odam avvalo dialektni, jonli og‘zaki arab tilini bilishi kerak — chunki og‘zaki nutqda qadimiy she’r, maqol, rivoyat va diniy ishoralar juda ko‘p. 33 Chunki og‘zaki muloqat madaniyatga tez singish, haqiqiy muloqot imkoniyatini yaratib beruvchi asosiy omildir. "Levantda bir kunlik safarda eshitiladigan barcha ishoralarni tushunish darajasiga yetgan talaba universitetdagi doktorlik darajasidan ham yuqoriga chiqadi", 34 -deydi, Buyuk Britaniya, Amerika Qoʻshma Shtatlarida hamda Arab dunyosidagi universitetlarda arab tilini o‘qitish bilan yaqindan shug‘ullangan, Buyuk Britaniya malikasi va bir nechta bosh vazirlar uchun tarjimonlik qilgan, Lesli J.MakLauglin. Shunday ekan, lahjalarning adabiy arab tilining ajralmas bir qismi bo‘lib, xalqlar orasidagi munosabatlarni yaqindan anglashimizga zamin yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1.2013-Sweden-Kathrein Abu Kwaik.A corpus of Levantine Arabic Dialects.Gothenburg University 2.1964-Washington-Mark W.Cowell. A Reference Grammar of Syrain Arabic.Georgetown University Press 3. 2007-J.Elihay.Speaking Arabic.Minevra Publishing House 4.1964-Washington-Mark W.Cowell. A Reference Grammar of Syrain Arabic.Georgetown University Press 5.Leslie J.McLoughlin.Colloquial Arabic(Levantine) 33 Leslie J.McLoughlin.Colloquial Arabic(Levantine) 34 Leslie J.McLoughlin.Colloquial Arabic(Levantine)