scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB TILI: INNOVATSION YONDASHUV YOHUD TA'LIMDA YUKSALISH SARI YANGI QADAMLAR

Fahrutdinova Nodirabegim Jasur qizi

Abstract

ARAB TILI: INNOVATSION YONDASHUV YOHUD TA'LIMDA YUKSALISH SARI YANGI QADAMLAR

Full text

464 ARAB TILI: INNOVATSION YONDASHUV YOHUD TA’LIMDA YUKSALISH SARI YANGI QADAMLAR ARABIC LANGUAGE: AN INNOVATIVE APPROACH OR NEW STEPS TOWARD ADVANCEMENT IN EDUCATION Fahrutdinova Nodirabegim Jasur qizi O‘zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Annotatsiya. Maqolada hozirgi globallashuv davrida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar va ularning samaralari bayon etildi. Fikrlash doirasini kengaytirish, har tomonlama rivojlanishning asosi ekanligi ta’kidlandi. Ta’lim sohasini rivojlantirish va innovatsiyalardan foydalangan holda raqamalshtirsh doirasida hozirgi kungacha qabul qilingan qarorlardan ba’zi misollar keltirilib, ularga muvofiq amalga oshirilgan islohotlar haqida yoritildi. Kalit so‘zlar: kognitiv, yondashuv, pedagogik texnologiya, kontseptsiya, kommunikatsiya, model Аннотация. В статье описываются инновационные технологии, используемые в современную эпоху глобализации, и их последствия. Подчеркивалось, что расширение сферы мышления является основой всестороннего развития. Приведены примеры решений, принятых на сегодняшний день в рамках развития сферы образования и цифровизации с использованием инноваций, а также освещены реформы, реализуемые в соответствии с ними. Ключевые слова: когнитивный, подход, педагогическая технология, концепция, коммуникация, модель Abstract. The article describes the innovative technologies used in the current era of globalization and their effects. It is emphasized that expanding the scope of thinking is the basis of comprehensive development. Some examples of decisions made to date in the development of the education sector and digitization using innovations are given, and the reforms implemented in accordance with them are highlighted. Keywords: cognitive, approach, pedagogical technology, concept, communication, model Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish – innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. Axborot yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib, ta’lim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga e’tibor yanada kuchaytirildi. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan bo‘lib ta’lim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani ta'lim jarayonida qanday o‘z aksini topganligini quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. Xususan, xorijiy tillarni o‘qitishda ham yangicha metod va yondashuvlardan foydalanib kelinmoqda. Arab tilidagi yangi innovatsiyalar quyidagi maqsadlarga erishishga yordam beradi: 1. Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish; 465 2. Talabalarning kognitiv (bilimga asoslanib fikrlash) faolligini faollashtirish; 3. Ta’lim va tarbiya uyg‘unligidagi ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish Ta’limga yondashuv bu yangi texnologiyalar uchun asos bolgan asosiy tamoyil, talablar va maqsadlar to‘plamidir. Kreativlik - shaxsning muammoli vaziyatlardan tafakkuri orqali, takrorlanmas yo‘l bilan chiqib ketish, unga ijodiylik bilan yondasha olish qobiliyati hisoblanadi. Aynan arab tilini o‘rganayotganda balog‘at ilmidan foydalangan holda kreativ fikr va go‘yalar paydo bo‘ladi va rivojlanadi shu bilan birga, manbalardagi asl mohiyatni tushunishga ham yordam beradi. Kreativlik tushunchasi (lot., ing. «create» - yaratish, «creative» yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma’nosini anglatadi. Yangi, original (o‘ziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma’naviy bog‘liqliklarni yaratishdir. Xorijiy tillardagi yangi yondashuvlar maqsadi, avvalo, vaqtni tejagan holda talabalarga keng va salmoqli bilim berish va ma’lumotlarni taqdim etishdir. Shu bilan birga, jahon standartiga mos ravishda talabalar fikrlashini, dunyoqarashini kengqamrovli qilish, raqobatlashuv salohiyatini rivojlantirishdir. Ta’lim texnologiyalarning ijtimoiy asosi har bir shaxs, jamiyat va davlatning ta‘lim-tarbiya sohasidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi va shu ehtiyojlarni qondirishning maqsad va talablarini tashkiliy shakllari va usullarini belgilaydi. U shaxsning jamiyatning va davlatning rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi uning maqsadlari hamda tashkiliy shakl va usullarini falsafiy jihatdan ta’minlashga xizmat qiladi. 35 Bu yondashuvlarning amaliy natijasi o‘laroq, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 2023-yil “Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali ta’lim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga binoan, Ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, zamonaviy talablar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan yangi o‘quv rejalari, dasturlari va o‘quv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritish hamda o‘z hayotiy qiziqishlari, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida ham ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qodir bo‘lgan har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish maqsadlari qo‘yilib, ularga erishish yo‘lidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar berildi. 36 Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida oliy ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlarida “uchinchi avlod” universitetlari (tadbirkorlik ekotizimlari, istiqbolli texnologiyalar bozorlari va milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini xalqaro darajada ta’minlash)ga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining 35 Z.F. Sharopova; “Ta’lim texnologiyalari”; Toshkent. 2019; “Navro‘z” nashriyoti; 36 Lex.uz; 24.04.2023-y., 07/23/128/0224-son; 466 o‘zaro uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” kontseptsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi. 37 Hozirda arab tilini o‘qitishda samarali qo‘llanilib kelinayotgan yangi innovatsiyalar: Kompyuterlashtirilgan ta’lim: Kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish talabalarga individual yondashuvni ta’minlaydi, rivojlantiradi va ta’limni yanada samarali qiladi. Keys-stadi texnologiyasi: Arab tilidagi muayyan mavzularni tahlil qilish orqali talabalarni real hayotiy muammolarni hal qilishga tayyorlaydi. Masalan, gapirish ko‘nikmasida muammoli vaziyat yuzaga kelsa, u tahlil qilinadi so‘ng haqiqiy suhbat jarayonida avval yo‘l qo‘yilgan xatolarga yo‘l qo‘yilmaydi shu sababli nutq bexato va ravo bo‘lishiga zamin yaratadi. Innovatsion yondashuvlar ta’lim tizimining barcha darajalarida samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Bu yondashuvlar quyidagilarga imkon yaratadi: 1. Talabalarning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; 2. Ta’lim sifatini yaxshilash orgali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash; 3. O‘qitish jarayonini shaxsiylashtirish va talabalarning qiziqishlariga moslashtirish; 4. O‘quvchilarda mas’uliyat va tashabbuskorlikni oshirish O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar doirasida innovatsion yondashuvlar faol tatbiq etilmoqda. Jumladan: 1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim modeli; 2. Axborot texnologiyalari asosida darslarni tashkil etish; 3. STEAM yo‘nalishidagi (fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika) 38 Xulosa o‘laroq, shuni aytishimiz mumkinki, innovatsion texnologiyalar nafaqat arab tilini o‘qitishda yoki ta’limda, balki barcha sohalarda ijobiy tomonga rivojlanish uchun xizmat qilmog‘i darkor. Bu esa jahonda o‘z mavqeyimizani ko‘tarishga, katta marralarni zabt etishga ko‘mak beradi. Avvaldan imkoni yo‘q bo‘lgan natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Zero, davlatimiz raxbari ta’kidlaganlaridek, “Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir”. Bu vazifani zimmamizga olgan ekanmiz, unga mas’uliyat bilan yondashib, Vatanimizning yuksalishida o‘zimizning hissamizni munosib qo‘shishimiz, yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan unumli foydalanib, biz yoshlarga bildirilayotgan ishonchni albatta oqlashimiz lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Siddiqova Sh.I. Ona tili va o‘qish darslariga innovatsion texnologiyalarni joriy etishning samarali usullari. Toshkent. NIF MSH. 2024. 2. Shodiyeva M. Fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi jurnali. ISSN:21811776 (E). Jild:4. Nashr:04. 27-iyun 2023. 3. Sharopova Z.F. Ta’lim texnologiyalari. Toshkent. Navro‘z” nashriyoti. 2019. 37 Old.gov.uz; 2019-10-28; Ta’lim; 38 www.in-academy.uz 467 4. Lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2023-y., 07/23/128/0224-son). 5. old.gov.uz. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portal. 2001-2005. 6. Lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 08.10.2019 yildagi PF-5847-son. 7. Abduqaxxorova M.M. Central Asian journal of multidisciplinary Research and management. STUDIES. Volume 2, Issue 1, Part 2, January 2025. 8. daryo.uz