scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB SEMANTIKASIDA MA'NO KO'CHISHI HODISASIDAGI MUAMMOLAR

Alijonova Nigora Alijon qizi

Abstract

ARAB SEMANTIKASIDA MA'NO KO'CHISHI HODISASIDAGI MUAMMOLAR

Full text

468 ARAB SEMANTIKASIDA MA’NO KO‘CHISHI HODISASIDAGI MUAMMOLAR PROBLEMS IN THE PHENOMENON OF MEANING TRANSFER IN ARABIC SEMANTICS ПРОБЛЕМЫ ЯВЛЕНИЯ ПЕРЕНОСА СЛОВА В АРАБСКОЙ СЕМАНТИКЕ Alijonova Nigora Alijon qizi O‘zDJTU Sharq filologiyasi 2-kurs talabasi [email protected] Annotatsiya.Ushbu annotatsiya raqamlashtirish jarayonlarining arab tiliga, xususan, semantika sohasiga taʼsiri keng yoritiladi. Arab tilidagi maʼnodoshlik, diakritikasiz yozuv, dialektal farqlar raqamli texnologiyalar bilan toʻqnashuvda keltirib chiqaradigan semantik muammolar tahlil qilinadi. Sunʼiy intellekt vositalari arab tilida semantik anglashdagi kamchiliklari, noaniqliklari, badiiy maʼno qatlamlari va matn tahlilining murakkabligi keng koʻrib chiqiladi. Maqolada muammoning sabab va oqibatlari izohlanib, zamonaviy yechimlar ham taklif qilinadi. Kalit soʻzlar: lugʻaviy maʼno, istiʼora, tashbih, metonimiya, sinonimiya, antonimiya, polisimiya, sunʼiy intellekt. Аннотация. В данной аннотации всесторонне освещается влияние процессов цифровизации на арабский язык, в частности на область семантики. Анализируются семантические проблемы, возникающие при столкновении цифровых технологий с арабской синонимией, письмом без огласовок и диалектальными различиями. Также подробно рассматриваются недостатки и неопределённости инструментов искусственного интеллекта в семантическом понимании арабского языка, сложность художественных смысловых слоёв и текстового анализа. В статье объясняются причины и последствия данных проблем и предлагаются современные решения. Ключевые слова: лексическое значение, метафора, сравнение, метонимия, синонимия, антонимия, полисемия, искусственный интеллект. Annotation. This annotation provides an extensive overview of the impact of digitization processes on the Arabic language, particularly on the field of semantics. It analyzes semantic challenges arising from synonymy in Arabic, writing without diacritics, and dialectal variation when confronted with digital technologies. The shortcomings and ambiguities of artificial intelligence tools in semantic interpretation of Arabic, the complexity of literary meaning layers, and text analysis are also thoroughly examined. The article explains the causes and consequences of these issues and proposes modern solutions. Keywords: lexical meaning, metaphor, simile, metonymy, synonymy, antonymy, polysemy, artificial intelligence. Tilning kommunaktiv mohiyati maʼno yetkazishga tayanadi. Bunda semantikaning oʻrni alohida ahamiyatga ega. Soʻzning lugʻaviy maʼnosi, kontekstdagi 469 talqin, koʻchma mazmuni, maʼno munosabatlari, sinonimiya, antonimiya, polisimiya – bularning barchasi semantika doirasidadir. Bugungi kunda tilni qayta ishlashning asosiy qismi raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirilayotgan bir paytda semantik jarayonlarning toʻgʻri talqin qilinishi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Semantikaning nazariy asoslari Semantika – til birliklarining mazmuniy tomoni va maʼno tizimini oʻrganadigan boʻlimdir. Uning asosiy vazifasi soʻzlarning qanday maʼno bildirishini, maʼno oʻzgarishini va kontekstning ushbu jarayonga qanday taʼsir qilishini tushuntirishdir. Ibn Jinniy Al-Hasais asarida maʼno va shaklning ajralmasligini taʼkidlab, har bir soʻz oʻz strukturasi orqali mazmun tashishini uqtiradi. Lugʻaviy va kontekstual maʼno Lugʻaviy maʼno – soʻzning lugʻatda aks etib turgan asosiy, barqaror maʼno. Kontekstual maʼno esa matn holatiga qarab oʻzgaruvchi maʼno. Bunga misol tariqasida دي (qoʻl) soʻzini keltirish mumkin: هدي ةريسك – uning qoʻli sindirilgan. هدعاس هديب – oʻz qoʻli bilan yordam berdi. Birinchi misolda lugʻaviy, ikkinchisida esa kuch–quvvat maʼnosi ifodalangan. Al-Jurjoniy istiʼorani maʼnoning boshqa maʼno ustiga koʻchirilishi deb taʼriflab, misol keltiradi: تيأر ا دسأ لتاقي – Men sher kabi jang qilayotgan kishini koʻrdim. Koʻchma maʼno turlari Istiʼora, tashbih, metonimiya, sinekdoxa – maʼnoning kengayishi va obrazli shaklidir. Tashbih-2 narsani, oʻxshashlik orqali bogʻlash. Yaʼni biror narsani boshqa narsaga solishtirish. Arab tilshunosligida tashbih balogʻatning eng asosiy vositalaridan biri boʻlib, oʻquvchida aniq tasvir uygʻotadi. Metonimiya-bu bir narsani nomini unga yaqin boʻlgan yoki unga tegishli boʻlgan narsa nomi bilan atashdir. Tilshunos olimlar metonimiyani majaz mursal (زاجملا لسرملا) deb atashadi. AlhZamaxshariy va Al-Jurjoniylar metonimiyani matnni bezatuvchi vosita sifatida qarashgan. Sinekdoxa - bu qismni aytib butunni anglatish. Masalan: Arablar shaharni egallashdi. Ushbu jumlada arablar soʻzi orqali arab askarlariga nisbatan maʼno ifodalanyapti. Sinekdoxa ham matnning tasviriyligini oshiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Semantikaning yana bir asosiy ilmlaridan: sinonim, antonim va polisimiyadir. Til tizimida sinonimlar maʼno nozikliklarini yaratadi, anonimlar qarama-qarshiliklar asosida mantiqiy kategoriyalarni shakllantiradi. Polisimiya esa bitta soʻzning bir nechta maʼno qatlamiga ega boʻlishidir. Arab tilida sinonimlar qadimdan mavjud boʻlib, ular tilning boyligini ifodalovchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Antonimlar qarama-qarshi maʼnodagi soʻzlar boʻlib, arab tilida semantik tizimning muhim qismini tashkil qiladi. Ibn Qutaybaning oʻz ijodiy faoliyati orqali arab tilida polisimiya keng qamrovli tarmoq ekanini koʻrishimiz mumkin. Masalan نيع soʻzi 20dan ortiq maʼnoga ega boʻlib, uni faqat kontekstga koʻra farqlab olish mumkin 470 Arab tilshunosligida maʼno masalasi juda erta shakllangan. Buning sababi Qurʼon matnining maʼnosini toʻgʻri anglash va sharhlash zarurati edi. Ibn Jinniy til tizimida tovush, shakl va maʼno oʻrtasidagi ichki bogʻliqlikni ochib bergan. Zamaxshariy esa koʻchma maʼno, balogʻat va semantik nozikliklarni amaliy tahlil qilishda keng qoʻllanadigan asarlar yozgan. Ushbu allomalar tomonidan yaratilgan semantik prinsiplar hozirgi til texnologiyalarida ham metodologik asos boʻlib qolmoqda, lekin raqamlashtirish jarayoni semantika sohasida yangi ilmiy muammolarni yuzaga keltirdi: koʻp ma’nolikni avtomatik tahlil qilish, semantik korpus yetishmovchiligi, Al modellarining maʼnoni notoʻgʻri talqin qilishi va boshqalar. Ushbu muammolar oʻz navbatida arab tilshunosligiga putur yetkazishini oldini olish uchun ilmiy izlanishlar, katta semantik maʼlumotlar bazasini yaratish, zamonaviy algoritmlarni ishlab chiqishni talab etadi. Elektron korpuslarda polisimiy muammosi Arab tilida soʻz bir necha maʼnoga ega: نيع soʻzi koʻz, buloq, mansab, oltin koni va hakozo. Raqamli korpuslar buning maʼnosini anglab ololmaydi. Bu esa tarjima, matn tahlili, sharhlash kabi jarayonlarda jiddiy muammoga sabab boʻladi. Keyingi yana bir muhim masalalardan biri diakritik belgilarsiz matn. Arab matnlarining katta qismi harakatlarsiz yoziladi: بلاط،باتك،ملع va hakozo. Sunʼiy intellekt modellari esa harakatsiz matnlarga soʻzlarni ajratolmay, semantik xatoga yoʻl qoʻyadi. Bu esa sintaktik tahlil va talaffuzda muammolarga sabab boʻladi. Raqamli jarayondagi eng muhim masalalardan yana biri tarjima tizimidagi xatoliklar: Google translate, Chatgpt, NLP modellari istiʼora, kinoya, balogʻat, tashbihdagi mohiyatni toʻgʻri anglay olmaydi. Diniy-madaniy matnlardagi maxsus terminlarni notoʻgʻri tarjima qiladi. Buning natijasida arab tilidagi matnlarning asl maʼnosiga, soʻzlarning goʻzalligiga putur yetkazadi. Arab tili majoziy maʼnoga boy til. Arab tilida semantik bogʻlanishlar yirik bazalarda toʻliq ishlab chiqilmagan. Bu matnni chuqur talqin qilish imkonini pasaytiradi. Quyida eʼtirof etilgan masalalar til shaʼniga hurmatsizlik boʻladi. Shuning uchun bu muammolarni oldini olish maqsadida faol tadbirlar koʻrish lozim. Bartaraf etish uchun keng qamrovli arabcha korpuslar yaratish, harakat belgilari bilan boyitilgan maʼlumotlar bazasini kengaytirish, dialektning alohida semantik modellari ustida ishlash kerak Sunʼiy intellektga kontekstual maʼlumotlar bilan toʻldirilgan oʻquv toʻplamini taqdim etish ham samarali taʼsir koʻrsatdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Ibn Qutayba, ʿAbd Allāh ibn Muslim. Taʾwīl Mushkil al‑Qurʾān / ليوأت لكشم نآرقلا. — 2‑chi nashr, Qohira: Dār al‑Turāṯ, 1973. 2. ʿAbd al‑Qāhir al‑Jurjānī. Dalāʾil al-Iʿjāz fī al‑Qurʾān / لئلاد زاجعلإا يف نآرقلا. — Qohira: Dār al‑Khānjī, 2004. 3. ʿAlī ibn Muḥammad al‑Jurjānī. Al-Taʿrīfāt (The Definitions) / تافيرعتلا. — Bayrut: Dār al‑Kotob al-ʿIlmiyyah, 1983. 471 4. Abū al‑Qāsim Maḥmūd ibn ʿUmar al‑Zamakhsharī. al‑Kashshāf ʿan Ḥaqāʾiq at‑Tanzīl / فاشكلا نع قئاقح ليزنتلا. — Bayrut: Dār al-Kitāb al-ʿArabī (3‑chi nashr, 1407 H / muqarrar), nashr yili: 1986 (yoki 1407 H). 5. Sa‘d al‑Dīn Mas‘ūd ibn ʿUmar al‑Taftāzānī. Al‑Mutawwal fī ʿIlm al‑Maʿānī wa al‑Bayān a 6. Jo‘rabekov, Diyora Jo‘raxon qizi (2024). Arab tilining semantik boyligi: sinonimlar va antonimlar tizimi. — (Toshkent, 2024) — maqola/ilmiy ish, nashriyot ma’lumotlari: 2024.