ARAB TILIDA ISMNING KO'PLIK SHAKLLARI VA ULARDAGI ISTISNO HOLATLAR
Abstract
ARAB TILIDA ISMNING KO'PLIK SHAKLLARI VA ULARDAGI ISTISNO HOLATLAR
Full text
478 ARAB TILIDA ISMNING KO‘PLIK SHAKLLARI VA ULARDAGI ISTISNO HOLATLAR THE PLURAL FORMS OF THE WORD “ISM” IN ARABIC AND THE EXCEPTIONAL CASES RELATED TO THEM Jo‘raxonova Bibixojar Shukrulloh qizi O‘zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Annotasiya. Ushbu maqolada, arab tilida “Ism”ning ko‘plik shakllari o‘rganib chiqildi. Olib borilgan izlanishlarimiz natijasida, “Ism”ning ko‘plik shakllari va ularning farqlari atroflicha yoritildi. Tadqiqot ishining maqsadi, asl arab manbalariga tayangan holda “Ism”ning ko‘plik shakllari va undagi istisno holatlarni aniqlashdir. Kalit so‘zlar: ism, istisno holatlar, ko‘plik shakllar. Аннотация. В данной статье были изучены формы множественного числа слова « مسا» в арабском языке. В результате проведённых исследований были всесторонне рассмотрены формы множественного числа слова «مسا» и различия между ними. Целью данного исследования является анализ форм множественного числа слова « مسا» и исключительных случаев, основанный на классических арабских источниках. Ключевые слова: имя, исключительные случаи, формы множественново числа. Annotation. In this article, the plural forms of the word “ism” in the Arabic language were studied. As a result of the conducted research, the plural forms of “ism” and the differences between them were comprehensively discussed. The aim of this research is to examine the plural forms of “ism” and the exceptional cases, based on classical Arabic sources. Keywords: noun, exceptional cases, plural forms. KIRISH. Arab tilida ma’no anglatuvchi yakka lafzga “Kalima” (ةملكلا) deyiladi. “Lafz” (ظفللا) esa, harflardan i borat tovush. Kalimalar uch turga bo‘linadi: ism, fe’l va harf. Ism (مسلاا)- zamonga bog‘lanmagan holda yolg‘iz o‘zi ma’no anglatuvchi so‘z. Masalan: “ ديز”- “Zayd”, “لمج”- “tuya”,” ريبك”- “katta”, “ دحاو”- “bir”. Keltirilgan misollardan shu ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek tilidagi ot, sifat, son, olmosh, ravish va harakat nomi arab tilida bitta nom bilan – “ism” deb yuritiladi. Fe’l (لعفلا)- uch zamon – o‘tgan, hozirgi va kelasi zamonlardan biriga bog‘langan holda yolg‘iz o‘zi ma’no anglatuvchi so‘zdir. Masalan :” بتك”- yozdi, “ بتكي”- yozyapti, “ بتكا”- yoz.Demak, fe’l uch qismga bo‘linadi : Moziy( o‘tgan zamon ), Muzore’ (hozirgi-kelasi zamon) hamda Amr (buyruq fe’li). Harf (فرحلا) - ism yoki fe’lga qo‘shilgandagina ma’no anglatuvchi so‘z. Masalan: تبهذنم تيبلا Uydan kettim. Bu yerdagi “نم “ mustaqil ma’noga ega emas, balki ism yoki fe’lga qo‘shilgandan so‘ng mustaqil ma’no yuklaydi.
479 Mavzu dolzarbligi. Bugungi kunda arab tilini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Xususan, arab tilidagi ismning ko‘plik shakllari murakkab va xilma-xil bo‘lib, ularni to‘g‘ri anglash va qo‘llash til o‘rganuvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu mavzuning dolzarbligi shundaki, ko‘plik shakllarini noto‘g‘ri qo‘llash matn mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu bois mazkur tadqiqot arab tili grammatikasini chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Hattoki, bu haqida mashhur mutafakkirlar ham o‘z fikrini bayon etgan. Al-Jurjoniy ( يناجرجلا) – balog‘at ilmi mutafakkiri: «ينايبلا زاجعلإا ِباوبأ نم باب ةيبرعلا يف ِعمجلا ُعُّونت» Ma’nosi: “Arab tilidagi ko‘plik shakllarining xilma-xilligi bayoniy mo‘jizalardan biridir”. Ibn Jinniy (ينج نبا)-Til falsafasi va sarf ilmi ustasi: « تلالادلا ِفلاتخلا وه لب ،اًثبع سيل ِعمجلا ِغيص ُفلاتخا» Ma’nosi: “Ko‘plik shakllarining turlicha bo‘lishi behuda emas, balki ma’no farqlarini ifodalash uchundir”. Sibavayh (هيوبيس)-Arab nahv ilmining asoschisi: «ةغللا ِعاسِّتاو ىنعملا ِةَّقد ىلع ُّلدي هَّنلأ ،ةيبرعلا ِباوبأ ِفرشأ نم ِعمجلا َباب َّنإ» Ma’nosi: “Ko‘plik boblari arab tilining eng sharafli bo‘limlaridan biridir, chunki u ma’noning nozikligi va tilning kengligini ko‘rsatadi”. Tahlil. Ism son jihatidan uch qismga bo‘linadi: 1. Mufrad ( ُدَرْفُمْلٱ)- bitta songa ishora qiluvchi ism; 2. Musanna (ىَّنَثُمْلٱ)-ikkita songa ishora qiluvchi ism; 3. Jam’ ( ُعْمَجْلٱ)-ikkitadan ko‘p songa ishora qiluvchi ism, ya’ni arab tilida ko‘plik son gap ikkitadan ortiq shaxs yoki predmet haqida ketganida ishlatilinadi. Ko‘plik son morfologik xususiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. 1. To‘g‘ri ko‘plik ( عْمَجْلا حيِحَّصلا) 2. Siniq ko‘plik ( عْمَج ِريِسْكَّتلا) 1. To‘g‘ri ko‘plik - mufradining ko‘rinishi o‘zgarishlardan saqlangan holda yasalgan va so‘zning oxiriga ma’lum qo‘shimchalar qo‘shish orqali yasaladigan ko‘plikdir. U ikki qismga bo‘linadi: • To‘g‘ri muzakkar ko‘plik ( عْمَج ِرَّكَذ مْلا مِلاَّسلا ) • To‘g‘ri muannas ko‘plik ( عْمَج ِثَّنَؤ مْلا مِلاَّسلا ) • To‘g‘ri muzakkar ko‘plik - mufradining oxiriga va:v va fathali nu:n ( نوى ) yoki ya va fathali nu:n( نيـى)qo‘shish orqali ikkitadan ko‘p muzakkarga dalolat qilgan ism. Bu ko‘plikning mufradi ko‘pincha oqil bo‘ladi. Masalan: ملسمنوملسم/ نيملسم, دمحمنودمحم/ نيدمحم Ayrim hollarda g‘oyri oqil bo‘lishi ham mu mkin. Masalan: لباو - نيلباو /نولباو Keling, to‘g‘ri muzakkar ko‘plikni qay o‘rinlarda ishlatish mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Kasb-hunar, mansab, qarindosh-urug‘chilik munosabatlarini bildiruvchi muzakkar ismlarda; Ammo ayrim muzakkar bo‘lmagan ismlarda ham foydalanish mumkin. Masalan: ةنسنونس ;
480 • To‘g‘ri muannas ko‘plik – mufradining oxiriga “alif va ta” ( تاـى) qo‘shish orqali yasaladigan ko‘plik. Ushbu ko‘plikning mufradi muzakkar ham, muannas ham, oqil ham, g‘oyri oqil ham bo‘lishi mumkin. Masalan: Oqil muannasga misol: بنيزتابنيز (Zaynab) Oqil muzakkarga misol: ةحلطتاحلط (Tolha) G‘oyri oqil muannasga misol: ةرقبتارقب (Sigir) G‘oyri oqil muzakkarga misol: مامحتاممح (Hammom) Ayrim istisno so‘zlarda ya’ni oxirida “ءاـى” qo‘shmchasi bilan tugagan muannas jinsdagi so‘zlarning to‘g‘ri ko‘pligi hosil qilinganda, “ء” tovushi “و” ga aylanadi va “ ت اـى”qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan: ءامستاومس ,ءارمحتاورمح Oxiri alifi maqsura bilan tugagan muannas jinsdagi so‘zlarning to‘g‘ri ko‘pligi hosil qilinganda esa alifi maqsura “ي” ga aylantiriladi. Va “ تاـى” qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan: ىرشبتايرشب 2. Siniq ko‘plikmufradining ko‘rinishi o‘zgartirilgan holda yasaladigan ya’ni so‘zning o‘zagini tashkil etuvchi undoshlar orasidagi unlilarning o‘zgarishi, noo‘zak undoshlarning kirishi natijasida hosil bo‘luvchi ko‘plik. Masalan: Siniq ko‘plik har bir so‘zdan o‘ziga xos vaznda hosil bo‘ladi. Bu vaznlar anchagina bo‘lib, ularni ma’lum qoida asosida tartibga solib bo‘lmaydi. Mufradi bir xil vaznda bo‘lgan so‘zlarning ko‘pligi har xil vaznda, mufradi har xil vaznda bo‘lgan so‘zlarning ko‘pligi bir xil vaznda bo‘lishi mumkin. Arab tilida eng ko‘p uchraydigan siniq ko‘plik vaznlari: 1. لوُعُف – ب ت ك (kitoblar) 2. لاَعِف - → لُجَر لاَجِر (erkaklar) 3. لاَعْفَأ - → مَلَق مَ لَْقَأ (qalamlar) 4. ُءَ لاَعُف - → مِلاَع ءاَمَل ع (olimlar) 5. ةَلْعِف - → ىًتَف ةَيْتِف (yigitlar) 6. لَعُف - باَرُغ → بَر غ (qarg‘alar) Jam’ning yana bir turi borki, “Jam’i qilla” ( عْمَج ِةَّلِقْلا ) dir. U kam miqdorni bildiradigan ko‘plik shakli. Odatda uchtadan o‘n tagacha bo‘lgan narsalarga ishlatilinadi. Uning asosiy to‘rtta qolipi bor. Ular: 1. ةَلِعْفَأ • → باَتِك ةَبِتْكَأ (bir nechta kitob) • → مَلَق ةَمِلْقَأ (bir nechta qalam) 2. ل عْفَأ • → رْهَن ر هْنَأ (bir nechta daryo) • → رْطَس ر طْسَأ (bir nechta satr) 3. لاَعْفَأ • → تْيَب تاَيْبَأ (bir nechta uy) • → لَبَج لاَبْجَأ (bir nechta tog‘) 4. ةَلْعِف • → ىًتَف ةَيْتِف (bir nechta yigit) • → مَ لاُغ ةَمْلِغ (bir nechta bola)
481 Yana ba’zi bir ismlar borki, ularning mufradi jam’idan “ ة” bilan farqlanadi : لخن – ةلخن (xurmo-xurmolar), رخصةرخص (qoya-qoyalar), رمتةرمت (xurmoxurmolar); Xulosa. Shunday qilib, ismlarning ko‘plik shakli ikki xil to‘g‘ri va siniq bo‘lishini va to‘gri ko‘plikning ham ikki xil muzakkar va muannas ko‘rinishi mavjud ekanligini va istisno holatdagi so‘zlar ya’ni alifi maqsura va boshqalariga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda bo‘ladigan o‘zgarishlar hamda ko‘plikning uchtadan o‘ntagacha bo‘lgan ismlarda jam’i qilla ishlatilishi mukinligi namoyon bo‘ldi. Bundan tashqari, siniq ko‘plikning bir necha mashhur qoliplari borligi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Ibrohimov N, Yusupov M, Oripov A.Arab tili gramatikasi. I jild. - T.: 2024. 2. Elmuratov A, Onarboyev M, Zohidov Q. Arab adabiy tili. Ikkinchi kitob. T.: 2024. 3. Ochilov S, Maksumov M. Aysarun nahv (Eng oson nahv) T.: 2020. 4. فرصلا يف ةلثملأاsarfdagi qoliplar. Muallif n oma’lum. Ilk sharh egasi Muslihuddin Mustafo Sururiy. O‘zbekcha sharh egasi Shamsuddin Sadruddin.