scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB HARFLARI VA ULARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Abduvahobovabova Muslima Ulug'bek qizi

Abstract

ARAB HARFLARI VA ULARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Full text

485 ARAB HARFLARI VA ULARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI The Development Stages of Arabic Letters and Their Characteristics Abduvahobovabova Muslima Ulug‘bek qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-kurs talabasi Annotatsiya. Ushbu maqolada arab harflari va ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari , harflarning morfologik va fonetik O‘zgarishlari , shu bilan birga arab alifbosining koʻp asrlik tarixidagi rivojlanish jarayonlari tahlil etilgan .Arab harflari , ularning yozilish usullari va bugungi holatiga yetib kelishiga xizmat qilgan olimlar ishlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Arab alifbosi , arab harflari , maxraj, harakatlar, tashdid , hamza, sukun. Аннотатция. В данной статье рассматриваются арабские буквы и их специфические особенности, а также морфологические и фонетические изменения, которые происходили в процессе их исторического развития. Анализируется многовековая эволюция арабского алфавита, формы написания букв и вклад учёных, сыгравших значительную роль в формировании современного облика арабского письма. Ключевые слова: арабский алфавит, арабские буквы, махрадж, харакаты, ташдид, хамза, сукун. Abstract. This article examines Arabic letters and their distinctive characteristics, the morphological and phonetic changes of the letters, as well as the centuries-long development of the Arabic alphabet. It highlights the writing forms of Arabic letters and the contributions of scholars whose works shaped the modern state of Arabic script. Keywords: Arabic alphabet, Arabic letters, makhraj, diacritics, tashdid, hamza, sukun. I Kirish Arab yozuvi insoniyat tarixidagi eng qadimiy yozuv turlaridan biridir. U nafaqat arab dunyosining madaniy hayotini, balki musulmon xalqlarining ilm-fan, adabiyot va san’atini shakllantirishda ham katta o‘rin tutgan.Avallari arab tilida faqatgina arablar so‘zlashgani uchun harflardagi nuqtalar va harakatlarga ehtiyoj bo‘lmagan. Zero ular shu tilning ahli va ular nuqta va harakatsiz ham bemalol o‘qiy olishadi va muloqot qila oladilar . Islomni keng tarqalishi tufayli a'jamlar (arab bo‘lmagan xalqlar) islomga kira boshladilar. Ular arab yozuvini o‘qiganda xatoga yo‘l qo‘yishlari e'rob (so‘zlardagi asosiy belgi ) ishlab chiqish zaruratini uyg‘otdi. Bu mas'uliyatli ish Abul Asvad AdDualiyning zimmalariga tushgan. Bugungi kunda arab yozuvi Qur’on oyatlarini yetkazuvchi muqaddas grafika sifatida alohida ehtiromga sazovor bo‘lib, tarixiy jarayonlar davomida turli bosqichlardan o‘tgan holda nihoyatda nafis shaklga ega bo‘lgan. Ushbu maqolada arab harflarining kelib chiqishi, shakllanish jarayoni, yozuv turlarining rivoji , hamda ularning madaniyatdagi o‘rni yoritiladi. II Asosiy qism 486 2.1 Arab tilidagi harakatlar va ularning shakllanish jarayoni Arab yozuvidagi e’rob belgilar — harflar osti va ustiga qo‘yiladigan harakatlar— yozuvni aniq o‘qish va ma’noni buzishdan saqlash uchun qo‘yilgan. A’jamlar tomonidan yuzaga kelayotgan xatolarni bartaraf etish ,kalomning ma’nosini notog‘ri o‘qib qo‘yish xavfidan yiroq bo‘lish uchun ishlab chiqildi.Harakatlar Mus’hafi sharif (Qur’oni karim), darslik kitoblar,balog‘aviy arab she’rlari uchun ishlatilinadi. ●Fathali harf ustiga qizil nuqtani fathaga belgi; ●Zammali harf oldiga qizil nuqtani zammaga belgi; ●Kasrali harf ostiga qizil nuqtani kasraga belgi; ● Tanvinli harfga ikki nuqtani belgi qilib qo‘ydilar. Imom Abu Amr Doniy "Al-Muhkam fi naqtil-Masohif" kitobida bunday deydilar: Abu Asvad Abul Qays qabilasidan bir kishini tanlab dedi: "Mus'hhafni olib, uni madlar rangidan boshqasiga bo‘ya. Fathali talaffuz qilganimda, harf ustiga bitta nuqta qo‘y,zammali o‘qisam, nuqtani harf yoniga qo‘y,kasrali o‘qisam, nuqtani harf ostiga qo‘y. Shu harakatlarning qaysi birini g‘unnali (ya’ni tanvin bilan) aytsam, ikki nuqta qo‘y. Shunday qilib , Mus'hafni oxirigacha yetkazdilar." 2.2 Diakritik belgilar paydo bo‘lishi Arab yozuvi tarixida diakritik belgilar — harflar ostiga yoki ustiga qo‘yiladigan nuqta va chiziqlar — yozuvni aniq o‘qish va o‘zaro o‘xshash harflarni farqlashda muhim rol o‘ynagan. Harflar shaklining o‘zaro yaqinligi sababli ularni ajratish zarurati paydo bo‘lgan va bu jarayon arab grafikasining rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilgan. Harflarning ostiga yoki ustiga diakritik nuqtalar qo‘yish bilan yozuvdagi o‘xshashliklar orasi ajratildi. Bu Nasr Ibn Osim davriga to‘g‘ri keladi , Zero u zot o‘xshash harflarning belgilari e‘rob nuqtalari bilan aralashib ketmasligi ularga kichkina qiya chiziqlar qo‘ydi. Keyinchalik e‘rob belgisi bo‘lgan qizil nuqtalar asta-sekin kichik mad harfiga aylantirilib, chalkashliklarning oldi olindi. Shu tariqa qiya chiziqlar o‘rnini nuqtalar egalladi va bu uslub hozirgi davrgacha yetib kelgan. 2.3 O‘xshash harflarning shakllanishi “Sin” va “Shin” harflarining farqlanishi Dastlab bu ikki harf juda o‘xshash bo‘lib, ularni bir-biridan ajratish qiyin bo‘lgan. Keyinchalik “shin” harfi har bir tishining ustiga uchta nuqta qo‘yilishi orqali “sin”dan farqlana boshladi: س – sin ش – shin Vaqt o‘tishi bilan xattotlar mehnati natijasida bu uch nuqtaning ko‘rinishi ham o‘zgarib, biz bugun ko‘rib turganimizdek piramida shakliga keldi. “Kaf” harfining shakllanish jarayoni “Kaf” harfi yozuvdagi turli holatlarida — alohida yoki so‘z oxirida — avvaliga “lam”dan ancha oson farqlangan. Ammo arab yozuvi rivojlanib borishi bilan “kaf”ning shakli o‘zgarib, hatto “lam”ga o‘xshab qolgan paytlar ham bo‘lgan. 487 Bu o‘xshashlik tufayli “lam”ning ichiga kichkina “kaf” shakli qo‘yila boshlandi. Vaqt o‘tishi bilan xattotlarning mehnati natijasida bu belgi asta-sekin hamzaga o‘xshash shaklga ega bo‘ldi va shu tariqa “kaf” o‘ziga xos belgisi bilan ajralib turadigan holga keldi. 2.4 Arab tilidagi maxsus belgilar Arab yozuvida e'tibor qaratilishi kerak boʻlgan belgilar mavjud, sukun, tashdid va hamza belgilarining shakllanishi arab imlosini to‘g‘ri o‘qish va tushunishda muhim burilish nuqtalaridan biridir. Quyida ushbu uch belgi tarixiy va ilmiy manbalarga tayanib izohlanadi. 1. Sukun alomati Sukun belgisi harflarning sokin o‘qilishini ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Bu alomatni birinchi bo‘lib Imom Imom Xalil ixtiro qilgan. U sukun belgisi sifatida nuqtasiz “xo” harfining nuqtasiz bosh ko‘rinishini tanlagan. Bu belgi “xafif” so‘zining bosh harfidan olingan. Imom Doniy “Muhkam fi naqt al-Masohif” asarida shunday deydi: “Sibavayh va arab tili ulamolari sukun alomatini xo deb atashadi va u bilan xafif so‘zining avvalini nazarda tutadilar.” Mag‘rib ulamolarining sukun belgisi Mag‘rib (G‘arbiy Arab mamlakatlari) ulamolari esa sukun alomatini ochiq doira shaklida bo‘lishiga kelishdilar . Bu belgi “jazm” so‘zining oxiridagi mim harfidan olingan. 2. Tashdid alomati Tashdid belgisi harfning ikkilangan holda o‘qilishini bildiradi. Uni ham Imom Xalil ixtiro qilgan. Tashdid uchun u “shin” harfining bosh qismini belgi sifatida kiritgan. Bu belgi “shadid” so‘zining avvalidan olingan.Imom Doniy “Muhkam fi naqt al-Masohif” asarida yozadi: “Bu usulga ko‘ra tashdidning shakli — shindir. Unda shadid so‘zining avvali maqsad qilingan. Bu — Xalil, Sibavayh va ularning yo‘lidan borganlarning qarashidir.” Shu sababli tashdid belgisining nomi ham “shad” (ّ دش) so‘zidan kelib chiqqan. 3. Hamzaning ixtiro qilinishi Hamza yozuvdagi eng murakkab belgilardan biri hisoblanadi. Dastlab arablar hamzani alohida harf sifatida yozishmagan. Xalil ibn Ahmad Farohidiy hamzaning yozuvdagi shaklini o‘ylab topdi. U hamzaning shaklini “ayn” harfining boshidan olgan, chunki bu ikki harfning maxraji (chiqish o‘rni) bir-biriga juda yaqin. ع → ء Shu sababli hozirgi arab yozuvida hamzaning asosiy shakli aynning kichiklashtirilgan ko‘rinishiga o‘xshaydi III Xulosa Arab tilining harflari nafaqat til o‘rganish, balki Qur'onni to‘g‘ri o‘qish va tushunish uchun ham juda muhimdir. Har bir harfning o‘ziga xos talaffuzi, sifatlari bor. Arab tilining ‘’dod ‘’ harfi talaffuzida tilning barcha qismlari ishtirok etishi, bu tilni dunyodagi barcha tillardan ajratib turuvchi ajoyib xususiyatidir.Shu sababli bu til ”Arab tili ” yoki ”Dod tili”deb yurutiladi. Arab harflarini o‘rganish orqali nafaqat tilni, 488 balki musulmonlarning madaniyati, ilm-fani va tarixini ham chuqurroq tushunish mumkin. Arab harflari va ularning oʻziga xos xususiyatlari arab tilining noyobligini, tarixiy va madaniy ahamiyatini namoyon etadi. Yozuv tizimining harflar orqali ifodalangan fonetik va morfologik o‘zgarishlari tilning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Arab harflari va ular bilan bog‘liq qo‘shimcha belgilar, masalan, harakatlar va nuqtalar, tilning aniq o‘qilishi va tushunilishiga imkon yaratadi. Arab alifbosi , yozuv tizimi nafaqat arablarning madaniyati va san’atidan saboq beradi, balki bizning madaniyatimiz , tilimiz naqadar latofatli ekanligini anglatib turuvchi boylikdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Rushdiy, Ayman 2. Qur’on o‘rganish qoidalari (Rasmlar bilan yoritilgan) [Matn] / Ayman Rushdiy Suvayd. - T.: "Movarounnahr” nashriyoti, 2020. - 240 b. 3. https://doi.org/10.5281/zenodo.14540902 4. WWW.arabic.uz 5. WWW.ziyouz.com