scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARJIMANING LISONIY VA G'AYRILISONIY MUAMMOLARI

Sanoyeva Fazolat, Abdullayeva Ruqiya Muhammatovna

Abstract

TARJIMANING LISONIY VA G'AYRILISONIY MUAMMOLARI

Full text

513 TARJIMANING LISONIY VA G‘AYRILISONIY MUAMMOLARI LINGUISTIC AND NON-LINGUISTIC PROBLEMS OF TRANSLATION ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ И НЕЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА ةمجرتلا يف ةيوغللا ريغو ةيوغللا تلاكشملا Sanoyeva Fazolat Yangi asr universiteti “Mumtoz Sharq filologiyasi” talabasi Ilmiy rahbar: Abdullayeva Ruqiya Muhammatovna Yangi asr universiteti “Mumtoz Sharq filologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Annotatsiya. Tarjima sohasidagi ishlarni amalga oshirish uchun tanlangan xorijiy tillardagi til birliklarini puxta oʻrganish hamda lisoniy va g‘ayrilisoniy muammolarni anglay olish, tarjima jarayonida katta ahamiyatga egadir. Undan tashqari madaniyatlararo farqni idrok etish uchun asl matn tilidagi xalq mentaaletini ham tushunish va oʻrganish talab etiladi. Tarjima normalariga muvofiq tarzda leksik, grammatik, stilistik uslublarini oʻz oʻrnida qoʻllay olish tarjima sifatini yaxshilaydi. Kalit so‘zlar: Til, xalq, o‘zaro aloqa, medium, so‘z, ma’no, sinonim, jahon tillari صخلم ناكمب ةيمهلأا نم ،ةمجرتلا لاجم يف لمعلا زاجنلإ . ةيبنجلأا تاغلل ةيوغللا تادحولا ةسارد كاردلإو ،كلذ ىلإ ةفاضإ .ةمجرتلا ةيلمع يف ةيوغللا ريغو ةيوغللا تلاكشملا مهفو ،ةقمعتم ةسارد ةراتخملا ىلع ةردقلا نإ .صنلل ةيلصلأا ةغللا يف سان لا ةيلقع ةساردو مهف يرورضلا نم ،تافاقثلا نيب ت افلاتخلاا يمجعملا بيلاسلأا قيبطتةمجرتلا ةدوج نّسحُت ةمجرتلا ريياعمل ا قفو ةيبولسلأاو ةيوحنلاو ة. ةيحاتفملا تاملكلاملاعلا تاغل ،فدارملا ،ىنعملا ،ةملكلا ،ةليسولا ،لعافتلا ،سانلا ،ةغللا :. Аннотация.Тщательное изучение языковых единиц иностранных языков, выбранных для перевода, имеет большое значение в процессе лингвокультурологического анализа. Кроме того, для понимания межкультурных различий необходимо также понимать и изучать народный менталитет языка исходного текста. Умение применять лексические, грамматические и стилистические приёмы в соответствии с нормами перевода повышает качество перевода. Ключевые слова: Язык, люди, коммуникация, средство, слово, значение, синоним, Abstract. A thorough study of language units in foreign languages selected for translation work is of great importance in the process of linguocultural analysis. In addition, in order to perceive intercultural differences, it is also necessary to understand and study the folk mentality of the original text language. The ability to apply lexical, grammatical, and stylistic methods in accordance with translation norms improves the quality of translation. Keywords: Language, people, communication, means, word, meaning, synonym. 514 KIRISH Tarjima nazariyasida tarjima jarayoni ikki asosiy muammoga duch keladi: lisoniy muammolar va g‘ayrilisoniy muammolar. Bu ikki turdagi muammolar tarjimonning tilni to‘g‘ri tushunishi va tarjima qilishda ko‘rsatadigan bilimlariga bog‘liq. Tarjima jarayoni - bu bir tilni boshqa tilga o‘tkazish bo‘lib, murakkab va ko‘plab qiyinchiliklarga ega. Tarjimada lisoniy (tilga oid) va g‘ayrilisoniy (madaniy va kontekstual) muammolarni ajratish muhimdir. Ushbu ma’ruzada ularning har biri haqida batafsil ma’lumot beramiz. Tarjimon bu muammolarni hal qilishda tilning grammatik tuzilmasi, madaniy xususiyatlar, va kontekstni hisobga olgan holda muvaffaqiyatli tarjima yaratishga harakat qiladi. Til bilish – tarjimaning birlamchi sharti bo‘lsa-da, tarjima uchun faqat shuning o‘zigina kifoya qilmaydi. Matnning mazmuni, muallifning maqsadini tushunish va boshqa tilda ifodalab berish uchun ko‘pincha tildan tashqari ham ancha-muncha narsalarni bilishga to‘g‘ri keladiki, bu g‘ayrilisoniy omillar deyiladi. Binobarin, tarjimaning faqat til bilan bog‘liq, til doirasida hal qilinadigan muammolari lisoniy, til qobiqlarini yorib o‘tgan, tildan tashqari muammolari g‘ayrilisoniy muammolar hisoblanadi. Gʻ.Salomovning yozishicha, “tarjima, shubhasiz, lisoniy faoliyatga asoslanadi, lekin sof til tafovutlarini bartaraf qilish tarjima jarayonida bosib o‘tiladigan bir bosqichdir, xolos. Tarjima ikki grammatika (grammatik sistema), tarixan tarkib topgan ikki uslubiy sistema, ikki tarixiy-adabiy an’ana, ikki she’riy sistema, ikki individual yozuvchi – muallif va tarjimonning qiyos qilinishi yoxud to‘qnashuvini taqozo etuvchi ijodiy jarayondir”. 52 Asl nusxa va tarjima o‘rtasidagi asosiy tafovutlar, avvalo, ikki til o‘rtasidagi farqlarda namoyon bo‘ladi. Ba’zi so‘zlar bir tilda boshqa ma’noda, ikkinchi tilda boshqa ma’noda kelishi mumkin. Bir tilda ijobiy mazmunda qo‘llanadigan so‘z boshqa tilda salbiy ma’no bildirishi mumkin, deb bu tafovutlarni ming yil burun Abu Rayhon Beruniy ham ko‘rsatib ketgan edi. Chunonchi, tarjimashunos Zuhriddin Isomiddinovning yozishicha, jo‘ra so‘zi o‘zbeklarda erkaklarga nisbatan qo‘llansa, turkmanchada u dugona ma’nosida keladi. Yoki olchoq so‘zi bizda muttaham, pastkash, ablah kimsani bildirsa, turkmanchada xushfe’l, ko‘ngli ochiq kishini anglatadi. Qirg‘izchada esa qatiqni ayron deyishadi. 53 Qizg‘anmoq – o‘zbekchada qizg‘anish, tatarchada rahm qilish; yurt – o‘zbekchada xalq, o‘lka, jamoat, vatan, tatarchada o‘y, fikr, quyma – o‘zbekchada holva, tatarchada devor; qir – o‘zbekchada tepa, yaylov, tatarchada chet, qirra va hokazo. Binobarin, o‘zaro o‘xshashligiga ishonib, bu so‘zlarni shundoqqina o‘zbek tiliga ko‘chirib qo‘yib bo‘lmaydi. Sinonimlar – ma’nodosh so‘zlar ham har bir tilning boyligi. Masalan, “Boburnoma”da “o‘ldi” so‘zi 27 xil ifodalangan ekan: o‘ldi, vafot etdi, dunyodan o‘tdi, shunqor bo‘ldi, shahodat sharbatini ichdi, juvonmarg bo‘ldi, boqiy dunyoga rixlat qildi, bu dunyoi foniyni tark etdi, jon qushi tan qafasini tark etdi, ajal sharbatini ichdi, jonini jabborga topshirdi va hokazo. Bu so‘zning dunyodagi biror tilda shuncha ko‘p ma’nodoshlari bo‘lmasa kerak. “Boburnoma”ning ellikdan ortiq sahifasida “g‘arib” 52 Саломов Ғ. Таржима назариясига кириш, 40–41-бетлар. 53 .Исомиддинов З. “Алдоқчи сўзлар билан баҳс” // Таржима санъати. (Мақолалар тўплами), 5-китоб, 157–159-бетлар. 515 so‘zi kelib, turli-tuman ma’no ifodalagan. Ingliz mutarjimlari asar tarjimasida g‘arib ma’nosidagi 35 ta so‘z va iboradan foydalanishgan. 54 “Ikki lisoniy sistemani chog‘ishtirish bilan quyidagi natijalarga erishish mumkin: a) ikki tilning qaysi axborot vositalarini taxminan ekvivalent hisoblasa bo‘lishi; b) asl nusxa tilida mavjud bo‘lgan qanday axborot vositalarining tarjima tilida mavjud emasligi; v) asl nusxa tilida mavjud bo‘lmagan qanday axborot vositalari tarjima tilida mavjudligi”. 55 Har qanday ikki tilning grammatik qurilishi o‘rtasida ham muayyan tafovutlar bo‘ladi. Albatta, yaqin tillar bundan mustasno. Lekin o‘zaro uzoq tillar ham ba’zan uslubiy tuzilishi jihatida mushtarak bo‘lishi mumkin. Masalan, arabchadan o‘zbekchaga tarjimada gapning oxiridan oldinga qarab kelinadi. Holbuki, tojikchaga tarjimada buning aksi, ya’ni rus va tojik tillarida jumla tuzish qolipi deyarli o‘xshash. Bunga tillardagi uslubiy va grammatik tafovutlar sabab bo‘ladi. Arabcha jumlada fe’l birinchi o‘rinda, bu esa o‘zbek tilida aksincha bo‘lishi mumkin. Misol: “ةسردملا ىلإ دمحأ بهذ”– “Ahmad maktabga ketdi” tarzida tarjima qilinadi, bunda qat’iy tartib buzilishi guvohi bo‘b turibmiz, arab tilida 1-fe’l kesim, 2ega, 3to‘ldiruvchi. O‘zbek tilida esa, 1-ega, 2-to‘ldiruvchi, 3-fe’l kesim. Har doim mazkum ikki tilning Grammatik tuzilishi tubdan farqlanadi. Idiomalar va frazeologizmalar: Idiomalar — bu bir guruh so‘zlarning birgalikda ma’no yaratishi bo‘lib, ular ko‘pincha so‘zma-so‘z tarjima qilganda noto‘g‘ri ma’no hosil qiladi. Arab tilida ko‘plab idiomalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zbek tilidagi ekvivalenti bo‘lmasligi mumkin. Misol: Arabcha: “رارسلأا نم رحب كنويع” “Ko‘zingiz sirlar dengizidir.” “O‘zbek tilida har bir jumla uzunligi – bir nafas olib chiqarguncha aytib tugallanadigan besh-o‘n so‘zdan iborat bo‘ladi. Gap nafasda, yoki jumladagi so‘zlar sanog‘ida emas. O‘zbekning botiniy ongi o‘sha hajmdagi jumlalar mag‘zini oson hazm qilishga moslashgan, buni hisobga olish shart. Chiranib, arabcha yo boshqa tildagi jumlalar bilan bir xil uzun jumla tuzish o‘quvchini muallifning maqsadidan uzoqlashtiradi”. 56 M: تيسن نأ لوقأ كل :نإ يخأ انفّيضيس يف هتحارتسا يتلا عقت يف لبجلا Shuningdek, tarjimaning muhim muammolaridan biri bu turli tillardagi frazeologizmlar (maqol, matal, idioma) tarjimasidir. K.Chukovskiy iloji boricha maqollarni so‘zma-so‘z tarjima qilishga intilish kerakligini aytadi. Chunki “ularda xalqning tug‘ma xususiyati, fikrlashning milliy uslubi o‘z ifodasini topgan bo‘ladi”. “Biroq, – deb yozadi Gʻ.Salomov, – boshqa tillarda shunday maqol va matallar ham borki, ulardan kelib chiqadigan hikmat hijjalab qilinadigan tarjima ichidagi so‘zlarda o‘z in’ikosini topmaydi. Ana shunday maqol va matallar juda ko‘pdir. Shunday qilib, 54 Собиров М. “Бобурнома”нинг инглизча таржималарида муаллиф услуби ва бадииятини қайта тиклаш муаммолари. Номзодлик диссертацияси автореферати. – Тошкент, 2002, 11−12-бетлар. 55 Саломов Ғ. Таржима назариясига кириш, 50-бет. 56 Исомиддинов З. Таржима ва тил \\ “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”, 2021, 3 декабрь. 516 boshqa tillardagi ko‘plab maqol, matal va idiomalarda aks etgan hikmatni ularning ona tilimizdagi muqobillari bilan almashtirish vositasidagina ro‘yobga chiqarish mumkin”. 57 M: رتخا كتجوز نم ديعب كتقيدحو نم بيرق - Xotinni uzoqdan, bog‘ni yaqindan tanla. لمجلا لمحي ،بهذلا هنكل غدلي نم كاوشلأا - Tuya oltin tashigani bilan o‘zi tikan yeydi. Kontekstdan kelib chiqqan ma'no: Misol: “ ةَمْكِح ُتيِمْصَّتلَا” Tarjima: “Sukunat - hikmatdir.” Ma’lum bo‘ladiki, tarjimaning lisoniy (lingvistik) muammosi faqat ikki tilni bilish bilan chegaralansa, g‘ayrilisoniy muammolari nihoyatda ko‘p ekan: bu – ikki adabiyot, ikki madaniyat, ikki tarix, ikki xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, diniy e’tiqodi va marosimlari... Bundan tashqari, ilmiy tarjimada turli ilmlardan, publisistik tarjimada kechayotgan voqealardan, badiiy tarjimada adabiy-estetik qonuniyatlardan xabardor bo‘lish taqozo qilinadi. Sof ilmiy asarlar va rasmiy uslubdagi hujjatlarni nazardan soqit qilganda, aksar matnlar turli darajadagi uslubiy bo‘yoqqa ega bo‘ladi, ularda his-hayajon, kinoya piching, turli so‘z o‘yinlari, nozik ishoralar aks etadi. Badiiy adabiyot-ku obrazli iboralar, badiiy san’atlar, uslubiy bo‘yoqlar asosida ish ko‘radi, unda so‘zlar ming bir ma’noda tovlanadi, ko‘pincha so‘zlar o‘z lug‘aviy ma’nosida kelmaydi. Ko‘rinadiki, tarjima – oson ish emas, tarjimonlik – mashaqqatli kasb. G‘ayrilisoniy muammolar (madaniy muammolar) — bu tarjima jarayonida til va madaniyat o‘rtasidagi farqlarga bog‘liq bo‘lgan muammolarni anglatadi. Bu turdagi muammolar tilning madaniy o‘ziga xosliklari, idiomalar, madaniyatga xos tushunchalar, tarixiy yoki diniy kontekstlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Madaniyat konteksti: Madaniy elementlar tarjimada yo‘qolishi yoki noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin. Arabcha: ْ تَسِّدُق كُماَّيَأ-Tarjimasi: "Kunlaring muqaddas bo‘lsin." Bu arab tilidagi ibora hurmat yoki ehtiromni ifodalashda ishlatiladi, ayniqsa, kimnidir maqtash yoki unga yaxshiliklar tilashda. Boshqa tillarga tarjima qilishda, bu ibora juda nozik madaniy ma'noga ega bo‘lib, to‘g‘ri tarjima qilinsa ham, o‘zining haqiqiy madaniy ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. 3.Tarjimada lisoniy va g‘ayrilisoniy muammolarning hal etilishi 1. Ekvivalensiya usullari: Tarjimon lisoniy muammolarni hal qilish uchun ekvivalent so‘zlarni topishga harakat qiladi. G‘ayrilisoniy muammolar esa, ba’zan adaptatsiya orqali hal etiladi. 2. Madaniyatlararo yondashuv: G‘ayrilisoniy muammolarni hal qilishda madaniyatlararo yondashuvni qo‘llash kerak. Tarjimon o‘zbek va arab madaniyatlari o‘rtasidagi farqlarni hisobga olib, kerakli izohlar, tushuntirishlar berishi mumkin. 3-Kontekstni inobatga olish: Tarjima jarayonida kontekstni to‘g‘ri tushunish muhim ahamiyatga ega. Har bir iborani uning qo‘llanilishida ko‘rib chiqish zarur. 4-Professionallik: Tarjimon, o‘zining tili bilan bir qatorda, o‘zgartirilayotgan madaniyat va tarixiy kontekstni ham bilishi kerak. 57 Саломов Ғ. Тил ва таржима, 244-бет. 517 5-Izohlar berish: Agar tarjima jarayonida muammo tug‘ilgan bo‘lsa, izohlar berish orqali tushunmovchilikni bartaraf etish mumkin. Bu, ayniqsa, madaniyatlar o‘rtasidagi farqlarni tushuntirish uchun foydali bo‘ladi. XULOSA Arab tilidagi iboralar tarjima qilishda lisoniy va g‘ayrilisoniy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Lisoniy muammolar fe'l va zamonlar bilan bog‘liq bo‘lsa, g‘ayrilisoniy muammolar esa madaniy, diniy va ijtimoiy kontekstlarga bog‘liq. Tarjimon bu muammolarni hal qilish uchun faqat tilni emas, balki madaniyatni ham chuqur bilishi kerak. Tarjimaning lisoniy va g‘ayrilisoniy muammolari tarjima jarayoni vaqtida e'tiborga olinishi zarur bo‘lgan muhim jihatlardir. Bu muammolarni hal qilish uchun kontekstni inobatga olish, o‘z bilim va tajribasini kengaytirish zarur. Natijada, sifatli va yaxshi tushunarli tarjima hosil qilish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Barxudarov J. I.S. Yazыk i perevod. – Moskva: “Mejdunarodnoye otnosheniye”, 1975. 2. Garbovskiy N.K. Teoriya perevoda. Uchebnik. – Moskva, 2007. 3. G‘afurov I., Mo‘minov O.Qambarov N. Tarjima nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2012. 4. Ochilov E. Tarjimashunoslikning nazariy masalalari. – Toshkent: Sharqshunoslik instituti, 2014. – B. 77–86. 5. Salomov Gʻ. Til va tarjima. – Toshkent, 1966. 6. Salomov Gʻ. Tarjima nazariyasiga kirish. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1978. 7. Salomov Gʻ. Tarjima nazariyasi asoslari. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1983.