scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB VA O'ZBEK TILLARI MISOLIDA MADANIYATLARARO TARJIMANING O'RNI

Mo'minova Rayyonaxon Mashxurbek qizi

Abstract

ARAB VA O'ZBEK TILLARI MISOLIDA MADANIYATLARARO TARJIMANING O'RNI

Full text

539 ARAB VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA MADANIYATLARARO TARJIMANING O‘RNI РОЛЬ МЕЖКУЛЬТУРНОГО ПЕРЕВОДА НА ПРИМЕРЕ АРАБСКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКA THE ROLE OF INTERCULTURAL TRANSLATION: A CASE STUDY OF THE ARABIC AND UZBEK LANGUAGES Mo‘minova Rayyonaxon Mashxurbek qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Tarjimonlik fakulteti talabasi [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqola tarjima jarayonida madaniyatlararo tafovutlarni yoritadi va o‘zbek hamda arab madaniyati kontekstida ibora va maqollarni tarjima qilishning muhim jihatlarini tahlil qiladi. Matnda tarjima nazariyasi asosida milliymadaniy komponentlarning ahamiyati ko‘rsatilib, tarjima usullari - transliteratsiya, tavsifiy tarjima, analogik almashtirish, izohli tarjima va madaniy adaptatsiya - misollar bilan izohlanadi. Arab va o‘zbek maqollari tahlili orqali tarjimonda so‘zma-so‘z yondashuv emas, balki mazmun va ruhni saqlashning zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, G.Salomovning tarjima mohiyati haqidagi fikrlariga tayangan holda, tarjimonning vazifasi til bilan birga madaniy ma’no va qadriyatlarni ham yetkazishdan iborat ekani ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Tarjima, arab tili, o‘zbek tili, mazmun, mohiyat, madaniyatlararo tarjima, tarjimon roli, madaniyatlararo tafovut, ekvivalent tarjima, qadriyatlar, til va madaniyat, Аннотация. В данной статье рассматриваются культурные различия в процессе перевода, анализируются важные аспекты передачи фразеологизмов и пословиц в узбекском и арабском культурном контексте. В тексте подчеркивается значение национально-культурных компонентов в теории перевода и объясняются методы перевода - транслитерация, описательный перевод, аналогическая замена, пояснительный перевод и культурная адаптация - на основе практических примеров. Анализ арабских и узбекских пословиц показывает, что переводчику важно сохранять содержание и дух высказывания, а не придерживаться буквального перевода. Опираясь на взгляды Г. Саломова о сущности перевода, статья подчеркивает, что задача переводчика - передавать не только язык, но и культурные смыслы и ценности. Ключевые слова: перевод, арабский язык, узбекский язык, содержание, сущность, межкультурный перевод, роль переводчика, культурные различия, эквивалентный перевод, ценности, язык и культура. Annotation. This article explores cultural differences in the translation process and analyzes key aspects of translating idioms and proverbs within the Uzbek and Arab cultural contexts. It highlights the importance of national - cultural components in translation theory and explains translation methods - transliteration, descriptive translation, analogical substitution, explanatory translation, and cultural adaptation - supported with practical examples. Through the analysis of Arabic and Uzbek proverbs, the article emphasizes the necessity of preserving meaning and spirit rather than relying 540 on literal translation. Referring to G. Salomov’s views on the essence of translation, it concludes that a translator’s role is not only to convey language but also to transmit cultural meanings and values. Keywords: translation, Arabic language, Uzbek language, meaning, essence, intercultural translation, translator’s role, cultural differences, equivalent translation, values, language and culture. KIRISH Til - bu nafaqat aloqa vositasi u millat ko‘zgusidir. Dunyoda tillar ko‘p lahjalar bisyor, biroq ular orasida o‘zbek tilidek so‘zga iboralarga boy, ibratlarga to‘la til kam uchraydi. Buyuk millatning tili ham buyuk bo‘ladi. Shu sababli o‘zbek milliymadaniyatini, qadriyatlarini, urf-odatlarini va mentalitetni aks ettiruvchi ibora va maqollarni tarjima qilishda har bir tarjimondan ziyraklik va ehtiyotkorlik talab etiladi. Aytish mumkinki, bugungi kunda dunyo globalizatsiya jarayonida tobora “kichik qishloq” tusini olib bormoqda. Shu sababli, turli xalqlar, tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi muloqot kuchaymoqda. Shu nuqtai nazardan tarjimaning o‘rni va ahamiyati yanada oshmoqda. Tarjima faqat so‘zlarni bir tilga o‘tkazish emas, balki tarjima qilinayotgan matnning asl madaniy ma’nosini va kontekstini boshqa til va madaniyatga mos tarzda yetkazishdir. Madaniyatlararo tarjima esa aynan shu jarayonda madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlarni ko‘zda tutadi va ulardan kelib chiqqan murakkabliklarni hal qiladi. Madaniyatlararo tarjima tushunchasi tarjima nazariyasining yangi yo‘nalishlaridan biridir. Bu yondashuvda tarjima jarayoni faqat lingvistik qoidalarga emas, balki madaniy kontekst va konvensiyalarga ham e’tibor qaratadi. Madaniyat har bir tilning ajralmas qismi bo‘lib, u tillarning o‘ziga xos idiomalar, an’ana, e’tiqodlar va qadriyatlarni o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan tarjimada o‘sha tilning va xalqning ichki madaniyati bilan ham yaqindan tanishish lozim. 1.Misol: قّفصُت لا ةدحاو ٌدي Tarjimasi: “Yolg‘iz qo‘l bilan chapak chalib bo‘lmaydi.” Bu maqol orqali arab tilida jamiyatdagi hamjihatlik, o‘zaro yordam va birgalikda harakat qilish zarurligi ta’kidlanadi. O‘zbek tilida mazmunan unga yaqin bo‘lgan maqollar - “Qars ikki qo‘ldan chiqadi”yoki “Yolg‘iz yog‘ochdan darra chiqmas” ifodalaridir. Tarjimada bunday iboralarni so‘zma-so‘z emas, balki mazmuni va ruhini saqlagan holda, ma’naviy ekvivalent topib tarjima qilish muhim sanaladi. 2.Misol: ىلفسلا ديلا نم ريخ ايلعلا ديلا Tarjimasi: “Yuqoridagi qo‘l - pastdagidan afzal.” Bu ibora Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning mashhur hadisi asosida shakllangan bo‘lib, beruvchi inson oluvchidan ustun degan g‘oyani anglatadi. O‘zbek tilida bunga yaqin mazmun “Qo‘l ochib olishdan, qo‘l uzatib berish afzal” yoki “Ehson qilgan qo‘l - oluvchidan ustun” kabi iboralar bilan ifodalanadi. Ushbu maqolani tarjima qilishda tarjimon diniy va madaniy kontekstni to‘g‘ri anglab, uni manba madaniyatining qadriyatlari bilan uyg‘un holda yetkazishi muhim. 3.Misol: ضيبأ هبلق Tarjimasi: “Yuragi oq.” Arab madaniyatida bu ibora insonning beg‘uborligi, halolligi va yomonlikdan yiroqligini anglatadi. O‘zbek tilida esa “Ko‘ngli ochiq”, “Yuragi toza” kabi iboralar 541 mazmunan juda yaqin. Bunday hollarda tarjimon madaniy tafovutlar kam bo‘lgani uchun semantik jihatdan teng ekvivalentlardan foydalanishi mumkin. 4.Misol: ءام ههجو يف Tarjimasi: “Uning yuzida suv” Arab tilida “ءاملا” [suv] so‘zi ba’zan hayo, oriyat, izzat va soflik ma’nosida metaforik ishlatiladi. Shuning uchun “ءام ههجو يف” — “yuzida hayo nuri bor” va o‘zbek tilida “yuzi issiq”, “istarali” degan ma’noni bildiradi Undan tashqari, Milliy - madaniy komponentlar tarjimasi ham madaniyatlaro tarjimada muhim ro‘l o‘ynaydi: O‘zbek tilida “Navro‘z”, “Sumalak” kabi so‘zlar bizning milliy qadriyatlarimizni ifodalasa, Arab tilidagi Ramazon - "ناضمر", Iyd al-Fitr – “رطفلا ديع” so‘zlari islom madaniyatini ifodalovchi so‘zlardir. Bunday birliklar tarjimada juda katta ro‘l o‘ynaydi, chunki ular xalqning tarixi va qadriyatini o‘zida aks ettiradi. Bunday so‘zlarni tarjima qilishda tarjimon quyidagi usullardan foydalanishi lozim bo‘ladi: 1. Transliteratsiya: so‘zni o‘z shaklida qoldirish (masalan, Navro‘z - زورون) 2. Tavsifiy tarjima: so‘z ma’nosini izohlab berish. (masalan, عيبرلا ديع وه زورونلا) 3. Analogik almashtirish: boshqa madaniyatdagi o‘xshash tushuncha bilan almashtirish. 4. Izohli tarjima: pastda qisqa izoh berish 5. Madaniy adaptatsiya: o‘quvchiga tanishroq shaklda berish. XULOSA Xulosa qilish mumkinki, yuqorida keltirilgan misollardan tarjimonlarning o‘rni qanchalar muhim ekanligi namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, G.Salomov “Tarjima jarayonining mohiyati asl nushada aks etgan shakl bilan mazmunning birligi, yaxlitlikni saqlash uchun tildan muqobil vositalar topishdan iborat”, deya ta’kidlaydi. Tarjima jarayoni faqat tilni boshqa tilga o‘tkazish emas, balki madaniy kontekst va qadriyatlarni ham hisobga olishni talab qiladi. O‘zbek va arab madaniyatida mavjud maqollar va iboralar tarjimasida tarjimonning ehtiyotkorligi, madaniyatni chuqur anglashi va semantik ekvivalentni topishi muhimdir. Misollar orqali ko‘rsatildiki, bir xil iboraning mazmuni turli tillarda turlicha ifodalanishi mumkin, shuning uchun tarjimada so‘zmaso‘z yondashuv emas, balki mazmun va ruhiyatga mos yondashuv qo‘llanilishi lozim. Milliy-madaniy elementlar (Navro‘z, Sumalak, Ramazon, Iyd al-Fitr) tarjimada alohida e’tibor talab qiladi, va ularni transliteratsiya, tavsifiy tarjima, analogik almashtirish, izohli tarjima yoki madaniy adaptatsiya orqali yetkazish mumkin. Natijada, madaniyatlararo tarjima o‘zbek va arab madaniyati o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi, tilning faqat aloqa vositasi emas, balki millat ko‘zgusi ekanligini tasdiqlaydi .Tarjimonlar esa nafaqat so‘zlarni, balki madaniy ma’nolarni, tarixiy kontekstlar va ijtimoiy iboralarni ham to‘g‘ri yetkazishga mas’uldirlar. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Karimova, Mahliyo. "Milliy xususiyatlarni tarjima qilishdagi lingvistik muammolar." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 4.12 (2025): 4-10. 2. O‘roqova, E. (2025).Madaniyatlararo tarjimaning o‘rni. В Yosh olimlar (Т. 3, Выпуск 17, сс. 34–35). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.15504251 542 3. Shahnoza Ochildiyeva Abdivohid qizi. (2025, май 24).Madaniyatlararo aloqalarda tarjimonlarning o‘rni: https://doi.org/10.5281/zenodo.15502461 4. Salomov G. Tarjima nazariyasiga kirish. Toshkent. 1978. B(149).