ARAB TILIDAGI IBORALARNI O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA SO'ZMA-SO'Z TARJIMA VA MAZMUNAN TARJIMA FARQLARI
Abstract
ARAB TILIDAGI IBORALARNI O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA SO'ZMA-SO'Z TARJIMA VA MAZMUNAN TARJIMA FARQLARI
Full text
555 ARAB TILIDAGI IBORALARNI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDA SO‘ZMA-SO‘Z TARJIMA VA MAZMUNAN TARJIMA FARQLARI DIFFERENCES BETWEEN WORD-TO-WORD TRANSLATION AND CONTENT-TO-CONTENT TRANSLATION IN TRANSLATING ARABIC PHRASE INTO UZBEKISTAN РАЗЛИЧИЯ МЕЖДУ СЛОВЕСНЫМ И СОДЕРЖАТЕЛЕМ ПЕРЕВОДА ПРИ ПЕРЕВОДЕ АРАБСКИХ ФРАЗ НА УЗБЕКИСТАН Yo‘ldosheva Solihabonu Jahongir qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Tarjimonlik fakulteti talabasi [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada arab tilidagi iboralarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida so‘zma-so‘z va mazmunan tarjima o‘rtasidagi farqlar tahlil qilingan.Maqolaning asosiy maqsadi arab tilidan o‘zbek tiliga ma’noni yo‘qotmagan holda to‘g‘ri va samarali tarjima qilish yo‘llarini tadqiq qilish. Kalit so‘zlar:Arab tili,so‘zma-so‘z tarjima,mazmunan tarjima,tarjima uslublari,ma’noni saqlash,tarjimonlik mahorati, tillar aro farqlar. Abstract. This article analyzes the differences between literal and semantic translation in the process of translating Arabic idioms into Uzbek. The main goal of the article is to explore ways to achieve accurate and effective translation from Arabic into Uzbek without losing the original meaning. Keywords: Arabic language, literal translation, semantic translation, translation styles, preserving meaning, translation skills, interlingual differences Аннотация. В данной статье проанализированы различия между дословным и смысловым переводом при переводе художественных текстов с арабского языка на узбекский. Основная цель статьи — исследовать пути точного и эффективного перевода с арабского языка на узбекский без потери исходного смысла. Ключевые слова: арабский язык, дословный перевод, смысловой перевод, стили перевода, сохранение смысла, мастерство переводчика, межъязыковые различия. Ma’lumki, arab tili va o‘zbek tillari o‘rtasidagi tarjima jarayoni juda ham muhim.Chunki,arab tili dunyoda keng tarqalgan,islom madaniyati va ilm-fanga katta hissa qo‘shgan tildir.O‘zbek tili ham tarixan arab tiliga yaqin bo‘lgan,hamda ko‘plab diniy,ilmiy va falsafiy asarlar arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.Shu bois,arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish nafaqat ilm o‘rganishda,balki madaniy merosni ham tadqiq qilishda muhim o‘rin tutadi. Tarjimalarning ichida eng nozigi badiiy tarjima hisoblanadi.Chunki unda faqatgina so‘zlar emas, his-tuyg‘ular,mazmun va obraz ham tarjima qilinayotgan tilga ko‘chishi va unda aks etib turishi lozim.Shu sababli tarjimon mahoratini ishga solgan holda matn bilan birga yozuvchining fikr va g‘oyasini ham yetkaza olishi kerak.Badiiy
556 tarjimada asosan ikki xil: so‘zma-so‘z va mazmunan tarjimadan foydalaniladi ikkisining ham o‘ziga xos afzallik va kamchiliklari mavjud. Tarjima haqida ko‘plab kitoblar yozilgan. Qudrat Musayev o‘zining “Tarjima nazariyasi kitobida”tarjima haqida shunday deydi:” Tarjimani lingvistik tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan yondashib, quyidagicha ta’rif berish mumkin. Insoniyat faoliyatining murakkab shakli bo‘lgan tarjima — bir tilda yaratilgan nutqiy ifodani (matnni), uning shakl va mazmun birligini saqlagan holda, boshqa til vositalari asosida qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayondir. Demak, asliyat mansub bo‘lgan til vositalari yordamida yaratilgan nutqiy ifoda (matn) tarjima tili qonuniyatlari asosida vujudga kelgan shunday ifoda bilan almashtiriladi. Shu yo‘l bilan asliyat va tarjima tillari matnlarining mazmuniy-uslubiy adekvatligi yuzaga keltiriladi”.( Musayev, Q.,1908). “Tarjima ayni paytda ham jarayon, ham faoliyat mahsuli hisoblanadi. Bunday faoliyat mahsuli sifatida bir tildan (asliyatdan)ikkinchi tilga tarjima qilingan matn nazarda tutiladi. Barcha talablarga javob beradigan tarjima sirasiga odatda 90 foizdan ortiq ma'noni saqlab qolgan matnlar kiradi. Tarjimada qo‘lIangan har bir so‘ z ikki jihatga egaligini e'tiborga olish zarur. Birinchisi ifoda plani,ikkinchisi esa ma'no plani. Tarjimada ifoda plani o‘zgaradi, ma'noplani esa o‘zgarishsiz qoladi. Tarjima jarayonida ikkita til ishtirok etadi. Birinchisi asliyat tili va ikkinchisi tarjima til. Masalan. ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish haqida gap borganda ingliz tili asliyat tili hisoblanib, u "manbatili". hamda tarjima qilinadigan til o‘zbek tili bo‘lib, u '"tarjima tili"deb ataladi”. ( I.G‘ofurov, O.,2012). Tarjima bir nechta tur va usullarga bo‘linadi: Turiga ko‘ra:1.Og‘zaki tarjima. 2.Yozma tarjima. Bu tarjimalar ham o‘z ichida bir qancha turlarga bo‘lingan. Badiiy tarjima esa yozma tarjimaning bir turi hisoblanadi. Usuliga ko‘ra: 1.So‘zma-so‘z tarjima. 2.Mazmunan tarjima. 3.Erkin tarjima. Badiiy tarjima qilayotganda tarjimon so‘zma-so‘z va mazmunan tarjimaning faqrlarini yaxshi bilib olishi kerak. So‘zma-so‘z tarjima-asl matndagi so‘zlar tartibini,grammatik shakli va tuzilishini iloji boricha saqlagan holda tarjima qilish.Bunda tarjimon so‘zlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri muqobilini topishga harakat qiladi,gapni badiiylashtirmasdan tarjima qiladi.Bu tarjimaning xususiyati-shaklni saqlab qoladi lekin ma’no biroz sun’iy chiqishi mumkin. Afzalligi:asl matn shakliga yaqin bo‘ladi,so‘zlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri muqobili bilan tarjima qilingan va matn grammatik tomondan aniq hisoblanadi. Kamchiligi:matnda badiiy ruh yo‘qoladi va ifoda tabiiyliigi kamayadi. Arab tilidagi badiiy matnlar o‘zbek tiliga tarjima qilinayotganda grammatik jihatdan bir nechta joylarda nomuvofiq bo‘ladi.Masalan,son kategoriyasidan ikkilik so‘zlarning tarjima qilinishi.Arab tilida bor ikkilik,o‘zbek tilida uchramaydi. Shuningdek,arab tilidagi turg‘un birikmalar o‘zbek tiliga so‘zma-so‘z tarjima qilinsa ma’no chiqmay qoladi. “Frazeologiya uslubi ham muhim ahamiyatga ega.
557 Masalan, ilmiy yoki adabiy kontekstda frazeologik birlikdan foydalanish qobiliyati uning uslubiy yukiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bir kontekstda mos keladigan narsa boshqasida mutlaqo nomaqbul bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tarjima uchun to‘g‘ri frazeologiyani tanlash ko‘pincha manba va maqsad tillarni chuqur tushunishni talab qiladi”( Kamala S. Qodirova (2025). Bunga misol: ينذا نم برشا لا انأ “Men qulog‘im bilan ichmayman”-grammatik jihatdan tarjima to‘g‘ri,lekin bu iboraning ishlatilish ma’nosi unday emas. Mazmunan tarjimaasl matnning g‘oyasini,mazmuni va ma’nosini saqlab,so‘z shaklidan erkin holda,tabiiy tilda ifodalash usulidir.Bunda,tarjimon asosan ma’no va badiiy ohangga e’tibor beradi. Afzalligi:ma’no va ohang tabiiy chiqadi va o‘qishga ham yengil bo‘ladi.Bu tarjima usuli orqali tarjimon matndagi hissiy kechinmalarni yoki tub ma’noni yetkazib bera oladi. Kamchiligi:asl matnning so‘z tartibi o‘zgarishi mumkin hamda,grammatik jihatdan biroz o‘zgarishlarga uchraydi. Tepadagi misolni keltirsak: ينذا نم برشا لا انأ “Men har narsaga ishonavermayman”-degan ma’noni beradi. Arab tilida bu ibora kinoya yoki maqol sifatida qo‘llaniladi. “Tilning asl qaymog‘i, uning o‘ziga xos xususiyatlarini va tabiatini belgilaydigan, uning kamolot darajasi qanday ekanligini ko‘rsatadigan, boshqa tillar orasida tutgan o‘rnini tayinlashda muhim omil bo‘lgan narsa -undagi maqol, matal, idioma va boshqa shu kabi ko‘chma ma’noli birikmalardir. Bunday birikmalarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilishning g‘oyat murakkab va muhim ishi ekani bu masalani badiiy tarjima nazariyasining asosiy muammolari qatoriga kiritishga sabab bo‘lmoqda.” (G‘.Salomov, 1961). Tarjimon arab tilidagi ibora,maqollar va metafora,tashbeh,mubolag‘a va shunga o‘xshash badiiy ifodalarni o‘zbek tiliga qaysi o‘rinda so‘zma-so‘z qaysi o‘rinda mazmunan tarjima qilish kerak ekanligini bilishi lozim.Agar ba’zi iboralarning o‘zbek tilida ma’nosi chiqmasa,unga mos o‘zbek tilidagi iboralarni ekvivalent qilish kerak. “Arab tilining frazeologizmlari, boshqa tillar singari, nafaqat lingvistik xususiyatlarni aks ettiradi, balki madaniy, tarixiy va ijtimoiylingvistik jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. Madaniy voqeliklar: frazeologizmlar koʻpincha arab mamlakatlari madaniyati, anʼanalari va turmush tarzi bilan bogʻliq. Masalan, diniy urf-odatlar, oilaviy qadriyatlar yoki tarixiy voqealarga oid iboralarning boshqa tillarda o‘xshashi bo‘lmasligi mumkin” ( Kamala S. Qodirova (2025). Quyida arab tilidagi iboralarning o‘zbek tiliga so‘zma-so‘z va mazmunan tarjimalari tahlil qilingan. قفصت لا دحاو دي So‘zma-so‘z:Bir qo‘l qarsak chalmaydi. Mazmunan:Qars ikki qo‘ldan chiqadi. ضيبأ هبلق So‘zma-so‘z:Uning ko‘ngli oqdir. Mazmunan:Qalbi pok. Oqko‘ngil,ko‘ngli toza insonlarga nisbatan ishlatiladi. ليوط هناسل So‘zma-so‘z:Uning tili uzundir. Mazmunan:Tili uzun
558 Bu yerda tilning uzunligi emas,balki ko‘p gapiradigan yoki qo‘pol gapiradigan insonlar sifatlanyabdi. لسع همف يف So‘zma-so‘z:Uning og‘zida asal bor. Mazmunan:U shirinso‘z yoki tili shirin. Doimo chiroyli gapiradigan,shirinsuxanlarga nisbatan ishlatiladi. ءاوهلا ىلع يشمي So‘zma-so‘z:U havoda yuradi. Mazmunan:U judayam mag‘rur. Rostdan ham havoda yurish emas,balki mag‘rur,havolanib yuradiganlar nazardsa tutilyabdi. ليوط هنذأ So‘zma-so‘z:Uning qulog‘i uzundir. Mazmunan:U hamma narsani kuzatib,eshitib yuradi. Bu iboralarni tarjima qilish uchun tarjimon nafaqat til mahoratiga ega bo‘lish kerak,balki unda quyidagi ko‘nikmalar ham bo‘lishi lozim: -arab va o‘zbek tillarining leksikasi,grammatikasi va uslubiy qatlamlarini chuqur bilish; -“polisemiya” ya’ni ko‘pma’nolilik,tashbeh,metafora kabi badiiy vositalarni faqrlay olish; -so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini ajrata olish; -arab madaniyati,urf-odati va an’analari bilan tanish bo‘lish; -arab mamlakatlari tarixini va ularning turg‘un birikmalarini bilish; -so‘zlarni o‘zgartirsa ham ma’noni va ifodani saqlab qolish; -so‘zlarning sinonimlarini qo‘llay olish. Arab tilidagi badiiy matnlarni,xususan turg‘un birikmalarni tarjima qilayotganda so‘zma-so‘z emas mazmunan tarjima qilish maqsadga muvofiqdir.Bunda asosiy maqsad,mazmunni saqlab qolish va uni ikkinchi tilga to‘g‘ri yetkazib bera olishdir. Xulosa o‘rinda aytadigan bo‘lsak, so‘zma-so‘z tarjimaning ham,mazmunan tarjimaning ham o‘ziga yarasha afzallik va kamchiliklari mavjud.So‘zma-so‘z tarjima matnning asl shaklini saqlab qolishga yordam bersa,mazmunan tarjima matnning mohiyatini to‘liq ochib berishga xizmat qiladi. Bu tarjima usullaridan qanday,qay holatda foydalana olish tarjimonning mahoratiga bog‘liq.u konteksni tushunib,undagi ma’no-mohiyatni anglab badiiy ifodani yo‘qotmagan holda,ko‘nikmalariga tayanib tarjimaga yondashishi lozim.Shunda arab tilidagi iboralarning asl ma’nosi va obrazliligi o‘zbek tilida to‘laqonli ifodasini topadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. G‘.Salomov. (1961). Rus tilidan o‘zbekchaga maqol,matal va idiomalarni tarjima qilish masalasiga doir". Toshkent. 2. I.G‘ofurov, O. (2012). Tarjima Nazariyasi. Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni. 3. Musayev, Q. (1908). Tarjima nazariyasi. 4. Kamala S. Qodirova (2025). Arab tilidagi frazeologizmlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishning ba’zi muammolari. Oriental Journal of Philology, 5 (3), 99106. Doi: 10.37547/supsci-ojp-05-03-12