ARAB TILINI O'RGANISHDA CHATGPT DAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI
Abstract
ARAB TILINI O'RGANISHDA CHATGPT DAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI
Full text
567 ARAB TILINI O‘RGANISHDA CHATGPT DAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI EFFECTIVE WAYS TO USE CHATGPT IN LEARNING THE ARABIC LANGUAGE Omonullayeva Ruqiyaxon Akbarxon qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Tarjimonlik fakulteti talabasi Email:[email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada ChatGPT sun’iy intellekt tizimi, uning arab tilini o‘rganish jarayonidagi o‘rni va undan samarali foydalanish usullari tahlil qilinadi. ChatGPT arab tili o‘rganuvchilarga so‘z boyligini kengaytirish, grammatikani mustahkamlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beruvchi interaktiv vosita sifatida qaraladi. Maqolada o‘rganuvchilar uchun ChatGPT dan foydalanishning afzalliklari, cheklovlari va to‘rt asosiy til ko‘nikmalarini rivojlantirishda ChatGPT dan foydalanish usullari yoritilgan. Kalit so‘zlar: ChatGPT, arab tili, sun’iy intellekt, interaktiv ta’lim, prompt,diologik mashqlar. حرشلا يعانطصلاا ءاكذلا ماظن ةلاقملا هذه لوانتت "ChatGPT" يف هرودو ، ،ةيبرعلا ةغللا ملعت ةيلمع ىلا رظني .هنم ىلثملا ةدافتسلاا قرطل لايلحت مدقتو ChatGPT ىلع ةيبرعلا ةغللا يملعتم دعاست ةيلعافت ةليسوك دودحو اي ازم ةلاقملا ضرعتو .لصاوتلا تاراهم ريوطتو ،دعاوقلاب ةفرعملا زيزعتو ،ةيوغللا ةورثلا عيسوت ط مها ىلا قرطتت امك ،لامعتسلاافيظوت قر ChatGPT ةعبرلاا ةيوغللا تاراهملا ةيمنت يف. ةيحاتفملا تاملكلا ،ChatGPT :ةيوغللا ةبلاطملا ،يلعافتلا ميلعتلا ،يعانطصلاا ءاكذلا ،ةيبرعلا ةغللا ، (Prompt) ةيراوحلا تابيردتلا. Аннотация. В данной статье рассматривается система искусственного интеллекта ChatGPT, её роль в процессе изучения арабского языка и методы эффективного использования. ChatGPT представляется как интерактивный инструмент, позволяющий изучающим арабский язык расширять словарный запас, укреплять грамматику и развивать коммуникативные навыки. В статье освещаются преимущества и ограничения использования ChatGPT, а также способы применения модели для развития четырёх основных языковых навыков. Ключевые слова: ChatGPT, арабский язык, искусственный интеллект, интерактивное обучение, промпт, диалогические упражнения. Abstract. This article analyzes the ChatGPT artificial intelligence system, its role in learning the Arabic language, and effective methods for using it. ChatGPT is viewed as an interactive tool that enables learners to expand their vocabulary, strengthen grammar, and improve communication skills. The article discusses the advantages and limitations of using ChatGPT, as well as methods for applying it to develop the four core language skills. Keywords: ChatGPT, Arabic language, artificial intelligence, interactive learning, prompt, dialogic exercises. I Kirish
568 So‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim sohasida inqilobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. ChatGPT kabi ilg‘or neyron modellar o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, individuallashtirish va interaktivlashtirish imkonini bermoqda. 2022-yil noyabr oyida AQShda OpenAI nomli sun’iy intellekt tadqiqot laboratoriyasi ChatGPT nomli chatbot ilovasini taqdim etdi (openai.com, 2022). ChatGPT — bu sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) texnologiyasi bo‘lib, unda odamlar odatda savollar berishi va qisqa vaqt ichida avtomatik javoblar olishi mumkin. ChatGPT internetda mavjud bo‘lgan turli jurnallar, maqolalar, gazetalardan axborotni yig‘ib, o‘zlashtiradi. Shuning uchun foydalanuvchi biror mavzu bo‘yicha ma’lumot izlayotganda, ChatGPT mavjud axborot asosida xulosa chiqaradi va foydalanuvchi kiritgan matnli so‘rovga (prompt) javob beradi (S.Pd.,M.Pd, A., Khaerati Syam, U., & Zikrillah, A.,2024). Bugungi kungacha eng kuchli sun'iy intellekt bilan ishlaydigan matn ishlab. Chiqaruvchisi OpenAl-dan GPT-2 butun xatboshilarini yozishi mumkin va xatolarga yo‘l qo‘ymaydi. Shu bilan birga, tizim umumiy bilimlarga tegishli bo‘lsa, savollarga to‘g‘ri javob beradi (Otaqulov O.X., Pulatova G.A., Pulatov G‘.G., 2021) Chatbot GPT – bu sun'iy intellektga asoslangan bot bo‘lib, u insonga o‘xshash javoblarni tushunish va yaratish uchun tabiiy tilni qayta ishlashdan foydalanadi. Bu til o‘rganuvchilar uchun qimmatli manbadir, chunki u oʻrganuvchilarga til ko‘nikmalarini mashq qilish va yaxshilash uchun interfaol platformani taqdim etadi (Ablazov A.,2024) II Asosiy qism Arab tili o‘rganish jarayonida ChatGPT dan shaxsiy mentor, muloqot sherigi va vazifalar tekshiruvchisi sifatida foydalanish mumkin. Buning uchun unga maxsus promptlar kiritiladi. Bu texnologiya til o‘rganishda an’anaviy metodlarni to‘ldiradi, lekin ularni to‘liq almashtira olmaydi. 2.1 ChatGPT dan foydalanishning afzalliklari Sun’iy intellekt asosidagi vositalar til o‘rganuvchilarga o‘z xatolarini aniqlash, ularni tahlil qilish va darhol tuzatish imkonini beradi, bu esa o‘rganish jarayonini tezlashtiradi. ChatGPT arab tilini o‘rganishda quyidagi ustunliklarga ega: • Shaxsiy mentor: ChatGPT talabaga darajasiga, bandligiga va imkoniyatlariga monand haftalik, oylik hatto yillik rejalar tuzib bera oladi va ular bajarilishini nazorat qila oladi. Intellektual tizimlarning ta'limda qo‘lanishning eng samarali usuli bu individuallashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. O‘qitishning bunday sharoitida talabaning erishgan muvaffaqiyatlari va kamchiliklari xususidagi ma'lumotlarni tahlil qilish orqali intellektual tizimlar eng maqbul hamda mos bo‘lgan o‘quv kursini taklif qilishi mumkin (Xudayberdiyev F. Q., 2024). Shuningdek, talaba biror kitobni mustaqil o‘rganmoqchi bo‘lsa, ChatGPT ga kitobni elektron ko‘rinishda yuboradi va kerakli promptni kiritgach, masalan:” ChatGPT men bu kiobni mustaqil o‘rganmoqchiman, sen 10 yillik tajribaga ega arab tili ustozisan menga kitobni mavzularga va kunlarga bo‘lib 1oylik reja tuzib ber va har
569 kuni birga shug‘ullanamz”, deb yozsa u kitobga oylik reja tuzib beradi va har bir mavzuni talabaga tushuntirib, mashqlarda ham yordam beradi. • Interaktiv muloqot muhiti - o‘quvchi ChatGPT bilan tabiiy tilda suhbat quradi, bu esa muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi; • Mustaqil ta’lim imkoniyati - talabalar mustaqil mashq qilib, xatolarini darhol aniqlay oladi. • So‘z boyligini kengaytirish – sinonimlar roʻyxati, antonimlar va misollar orqali yangi so‘zlarni mustahkamlaydi. • Matn tahlili va yozma nutqni rivojlantirish - ChatGPT o‘quvchilarning matnlarini grammatik, uslubiy va semantik jihatdan tahlil qiladi va xatolarini izohlaydi. • Dialogik mashqlar: o‘rganuvchi arab tilida ChatGPT bilan mavzuli dialoglar tuza oladi, tizim esa javoblarni grammatik jihatdan tahlil qiladi. • Grammatik tahlil: o‘qituvchi ChatGPT yordamida arabcha matnning morfologik va sintaktik tuzilmasini tahlil qiladi. 2.2 To‘rtta asosiy til ko‘nikmasini rivojlantirishda ChatGPT dan foydalanish ChatGPT arab tili o‘rganishda asosiy to‘rtta til ko‘nikmasini (gapirish, o‘qish, yozish, tinglab tushunish) kompleks rivojlantirish imkonini beradi, quyida uning imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz: 1. Gapirish ko‘nikmasi Maqsad: og‘zaki nutqni rivojlantirish, talaffuzni to‘g‘rilash, muloqotda ishonchni oshirish. Mashqlar: • Suhbat: talaba, ChatGPT bilan turli mavzularda suhbat va muzokaralar olib boradi. Bu esa talaffuzning yaxshilanishi va talaba turli mavzularni qamrab olgan suhbatlarni ustozsiz ham oʻtkazish imkoniga ega boʻladi.Sun’iy intelekt bilan suhbatning yana bir afzalligi shundaki, ba’zi o‘quvchilar guruh oldida yoki ustoz oldida xato qilishdan uyalib gapirishdan bosh tortadilar yoki erkin so‘zlasha olmaydilar. Sun’iy intellekt bilan esa bemalol suhbat qurishga va fikrlarini ochiq ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. • Rol o‘yinlari: talaba ChatGPT bilan “bozorda xarid”, “sayohat”, “mehmonxonada” kabi ijtimoiy mavzularida suhbatlashadi. • Lug‘at: Chat GPT mavzuga doir lug‘atlar ro‘yxatini tuzib berishi mumkin. • Xatoni tuzatish: ChatGPT talaba aytgan jumladagi grammatik xatoni aniqlab, to‘g‘ri variantni beradi. 2. O‘qish ko‘nikmasi Maqsad: matnni to‘g‘ri tushunish, yangi so‘zlarni o‘zlashtirish, matnning asosiy g‘oyasini aniqlash. Mashqlar: • Matn tahlili: ChatGPT matn beradi, keyin savollar beradi. • So‘z boyligini oshirish: ChatGPT har bir yangi so‘zga izoh beradi va misolda qo‘llaydi, matndan kelib chiqib matnga xos lug‘at tuzib berishi mumkin. • Matnni soddalashtirish: ChatGPT murakkab arabcha matnni o‘quvchining darajasiga mos soddalashtirib bera oladi.
570 • Izohlash: ChatGPT talabaga tushunarsiz boʻlgan matn qismlarini tushuntirib bera oladi. 3. Yozish ko‘nikmasi: Maqsad: grammatik jihatdan to‘g‘ri, izchil matn yozishni shakllantirish. Mashqlar: • Matn tahriri: o‘quvchi yozgan inshoni ChatGPT grammatik, uslubiy va semantik jihatdan tahrir qiladi. • Parafrazlash: ChatGPT o‘rganuvchidan so‘z yoki gapni ma’nosi o‘zgarmagan holda boshqacha ifodalashni so‘raydi yoki ifodalab beradi. 4. Tinglab tushunish ko‘nikmasi: Maqsad: arab tilidagi nutqni anglash, tovush farqlarini ajratish. Mashqlar: • ChatGPT oʻquvchiga darajasiga mos audio matnlarni turli saytlar va ilovalardan topib vazifa beradi, bajarilgan vazifani takshirib beradi. 2.3 ChatGPT dan foydalanishning cheklovlari Sun’iy intellekt arab tilini o‘qitishda samarali yordamchi vosita bo‘lishiga qaramay, uning qo‘llanilishida bir qator cheklovlar mavjud: 1. Madaniy-kontekstual xatolar: ChatGPT ba’zan arab tiliga xos madaniy, diniy yoki ijtimoiy nozik jihatlarni to‘liq tushunmaydi. Natijada, ayrim jumlalar noto‘g‘ri talqin qilinishi yoki kontekstga mos kelmaydigan javoblar berilishi mumkin. Sun’iy intellektning til ildizlari, ruhiyati va madaniy fonini sezish qobiliyati hali to‘liq rivojlanmagan. Madaniyatni bilish esa til o‘rganishda muhim o‘rin tutadi bu haqida Qodirova K. shunday degan: “Chet tilini o‘rganishda shu tilga mansub xalqning tarixi, madaniyati, urfodatlari va an’analarini, shuningdek, o‘z ona tilining madaniy asoslarini bilish zarur. Aks holda, chet tilidagi nutqni idrok etishda boshqa madaniyatni noto‘g‘ri talqin qilishga olib keluvchi hodisa yuzaga keladi” (Qodirova K.S. 2023). 2. Dialektlar bilan bog‘liq muammolar: Arab tili turli mintaqaviy lahjalarga ega. ChatGPT asosan al-fus’ha (adabiy arab tili) asosida javob beradi, ba’zan esa misr yoki boshqa lahjalar elementlarini qo‘shib yuborishi mumkin. Bu o‘quvchida chalkashlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor. 3. O‘quvchining haddan tashqari Sun’iy intellektga tayanishi: ChatGPT dan doimiy foydalanish ba’zan o‘quvchining mustaqil fikrlash, matn tahlil qilish yoki jumla tuzish ko‘nikmalarini sustlashtirishi mumkin. Bu holat “kognitiv passivlik” deb atalib, o‘quvchining SI dan tashqarida mustaqil ishlash qobiliyatini cheklaydi. 4. Chat GPTning Pro va tekin versiyasidagi cheklovlar: Chat GPT dan foydalanishda o‘ranuvchilar duch keladian yana bir muammolardan biri bu – Pro va Free (bepul) versiyasidagi funksional tafovutlardir. Bu farqlar ta’lim jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. ChatGPT ning tekin versiyasi: javoblari qisqaroq, murakkab grammatik tahlillar har doim ham to‘liq bo‘lmaydi va dars uchun zarur bo‘lgan keng ko‘lamli misollarni taqdim eta olmasligi mumkin. Pro versiyasi kengroq funksiyalarni taklif qilib, uzun matnlar, sifatli tahlillar va ko‘proq misollar taqdim etadi, biroq baribir inson o‘qituvchining fikrlash jarayoni yoki tajribasini to‘liq almashtira olmaydi. Tekin versiyada surat yaratish soni cheklangan ya’ni kuniga 2-3 ta rasm yaratish mumkin
571 ammo pro versiyada bu cheklanmagan. Shuningdek pro versiyadan tekin ilova foydalanuvchilari ma’lum muddat foydalanishlari mumkin. Free tier foydalanuvchilari modelning eng kuchli versiyasi GPT‑4o dan ma’lum xabarlar sonigacha foydalanishlari mumkin, keyin limit tugasa, chat “mini” modelga qaytadi(help.openai.com). III XULOSA Sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayoniga jadal kirib kelishi arab tilini chet tili sifatida o‘rganishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. ChatGPT kabi SI tizimlardan foydalanish o‘rganuvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan mashqlar bilan ta’minlash, til ko‘nikmalarini kompleks rivojlantirish hamda o‘quv jarayonini interaktiv va dinamik shaklga keltirish imkonini beradi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ChatGPT o‘qish, yozish, tinglab tushunish va og‘zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni tez va moslashuvchan tarzda taklif qilishi bilan o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish faoliyatini sezilarli darajada kuchaytiradi. Biroq, mazkur texnologiyaning imkoniyatlariga qaramay, uning cheklovlari ham mavjud. SI vositalari ba’zan real nutq kontekstini to‘liq aks ettira olmaydi, fonetik nozikliklarni noto‘g‘ri talqin qilishi mumkin, shuningdek, madaniy-pragmatik omillarni yetarli darajada hisobga olmaydi. Shu sababli ChatGPT ni o‘qituvchining alternativi sifatida emas, balki o‘qitish jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi vosita sifatida integratsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Eng yaxshi natija: sun’iy intellekt va inson metodikasining uyg‘unlashuvi orqali erishiladi. ChatGPT arab tilini o‘qitishda ilg‘or, interaktiv va samarali vosita sifatida e’tirof etilmoqda. U o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, nutqni tuzish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Demak, arab tili darslarida ChatGPTdan kompleks foydalanish o‘quv samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. S.Pd.,M.Pd, A., Khaerati Syam, U., & Zikrillah, A. (2024). Raqamli davrda chatgpt-dan foydalanish: o‘rganish va talabalarning faolligiga ta’siri. Ko‘p tillilik muhitida xorijiy tillarni rivojlantirishning innovatsion va integrativ muammolari, 1(01), 223–229. https://doi.org/10.5281/zenodo.11255901 2. Oybek Xamdamovich Otaqulov, Gulxayo Azamjon Qizi Pulatova, & G‘Iyos Gofurjonovich Pulatov (2021). Sun’iy intellekt va uning insoniyat faoliyatida tutgan o‘rni. Scientific progress, 2 (8), 929-935. 3. Xudayberdiyev, Firdavs Qodir o‘g‘li (2024). Sun’iy intelektning pedagogik faoliyatdagi o‘rni. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4 (5), 829-835. 4. Abzalov Abror (2024). Xorijiy tillarni o‘rganishda zamonaviy texnologiyalar, metodlar va sun'iy intellekt tizimidan foydalanish. Vol. 3 No. 27 (2024): o‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali, 342-344. 5. Кодирова, К. (2023). О новых тенденциях при обучении фонетике в условиях исскуственного билингвизма . Арабский язык в эпоху глобализации: инновационные подходы и методы обучения, 1(1), 213–216. https://doi.org/10.47689/ATGD:IYOM-vol1-iss1-pp213-216-id28445