scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PUBLITSISTIK XABARLARLARNING O'ZBEK-ARAB TARJIMASIDA YO'L QO'YILADIGAN XATOLIKLAR TAHLILI

O'ktamova Mehribonu Marvarid qizi

Abstract

PUBLITSISTIK XABARLARLARNING O'ZBEK-ARAB TARJIMASIDA YO'L QO'YILADIGAN XATOLIKLAR TAHLILI

Full text

572 PUBLITSISTIK XABARLARLARNING O‘ZBEK-ARAB TARJIMASIDA YO‘L QO‘YILADIGAN XATOLIKLAR TAHLILI ANALYSIS OF ERRORS IN UZBEK-ARABIC TRANSLATION OF JOURNALISTIC NEWS АНАЛИЗ ОШИБОК В УЗБЕКСКО-АРАБСКОМ ПЕРЕВОДЕ ЖУРНАЛИСТСКИХ НОВОСТЕЙ. O‘ktamova Mehribonu Marvarid qizi O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti talabasi [email protected] Annotatsiya. Mazkur maqolada https://uza.uz/uz O‘zbekiston Axborot agentligi rasmiy axborot saytidagi xabar va yangiliklarni chet tillariga, xususan, arab tiliga tarjima qilganda kuzatiladigan ba’zi kamchiliklar ochib beriladi. O‘zbek-arab tarjima jarayonida yo‘l qo‘yilgan lingvistik, orfografik va mazmuniy xatolar tadqiq qilinadi. Tahlil uchun Uza rasmiy saytidan publitsistik maqola tanlab olinadi. Tadqiqot natijalari yoritilib, xulosa sifatida tarjimada tarjimon e’tibor berishi kerak bo‘lgan ba’zi jihatlar keltiriladi. Kalit so‘zlar: axborot tizimi, o‘zbek-arab tarjima, UzA.uz, orfografik xato, tarjimon, publitsistik xabar, lingvistik xató Abstract . This article reveals several shortcomings observed when translating news and reports from the official website of the Uzbekistan National News Agency (UzA) into foreign languages, particularly Arabic. The study examines linguistic, orthographic, and semantic errors made during the Uzbek–Arabic translation process. For analysis, a journalistic article from the official UzA website was selected. The findings of the research are presented, and as a conclusion, several aspects that translators should pay attention to during translation are highlighted. Keywords: information system, Uzbek–Arabic translation, UzA.uz, orthographic error, translator, journalistic report, linguistic error. Аннотация. В данной статье раскрываются некоторые недостатки, возникающие при переводе новостей и сообщений с официального сайта Национального информационного агентства Узбекистана (UzA) на иностранные языки, в частности на арабский. Исследуются лингвистические, орфографические и смысловые ошибки, допускаемые в процессе узбекскоарабского перевода. Для анализа была выбрана публицистическая статья с официального сайта UzA. Изложены результаты исследования и в качестве вывода приведены некоторые аспекты, на которые переводчику следует обратить внимание при выполнении перевода. Ключевые слова: информационная система, узбекско-арабский перевод, UzA.uz, орфографическая ошибка, переводчик, публицистическое сообщение, лингвистическая ошибка. 573 Bugungi kunda raqamli media va onlayn axborot tizimi ommalashganligi tufayli, yangiliklardan ommaviy axborot vositalari orqali xabardor bo‘lish imkoniga egamiz. Albatta bunda rasmiy va ishonchli manbalardan foydalanish tavsiya etiladi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi o‘z rasmiy saytiga ega hisoblanadi. Bunda publitsisyik xabarlar 10ta tilga tarjima qilingan holda berib boriladi. Bu sayt eng ishonchli manba sifatida qaralganligi tufayli, boshqa tillarga, xususan arab tiliga tarjima qilish jarayonida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik muhim omil hisoblanadi. Aks holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ba’zi bir muhim xatoliklar ushbu maqolada ochib beriladi. Tadqiqotning asosiy manbasi sifatida ushbu rasmiy xabar tanlab olindi: ناتسكيجاطل ناتسكبزوأ ةيروهمج سيئرل لمع ةرايز ماتتخا ةيروهمج سيئر فيئايضريم تكوش سيئرلا ةماخفل لمع ةرايز تمتتخاناتسكيجاطل ناتسكبزوأ. ناتسكيجاط ةيروهمج سيئر نمحر يلع مامإ سيئرلا ةماخفب ةرايزلا هذه ءانثأ انتلود سيئر ىقتلاو. ىطسولا ايسآ" ةيناثلا ةمقلا يف يكبزولأا سئرلا كراشو– ءاضعلأا لودلا ءاسؤر سلجم ةمقو "ايسور نشود ةمصاعلا امهتفاضتسا ناتللا ةلقتسملا لودلا ةطبار يفهب. تلااجملا يف يلمعلا نواعتلا قاطن عيسوت ىلإ ةيمارلا تاحارتقلااو تاردابملا نم اددع هتماخف حرطو ةيناسنلإاو ةيداصتقلااو ةيسايسلا. عيدوت يف نيلوئسملا نم هريغو ناتسكيجاط ةيروهمج ءارزو سيئر ةدازلوسر رهاق ديسلا يلاعم ناكو هبنشود راطم يف اندلاب سئريلودلا. Tarjimasi O‘zbekiston Prezidenti Tojikistonga amaliy tashrifini yakunladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Tashrif doirasida davlatimiz rahbari Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida o‘tgan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. O‘zbekiston yetakchisi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va ko‘p tomonlama sheriklik natijadorligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Dushanbe xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. II Tahlil 2.1 Lingvistik xatolar tahlili Lingvistik xato — bu til tizimining grammatik, leksik yoki sintaktik me’yorlariga zid tarzda soʻz, shakl yoki gap tuzish natijasida yuzaga keladigan nutqiy ogʻishdir . Tarjima jarayonida lingvistik xatolar muhim o‘rin tutadi, chunki ular tarjima matnining mazmuni, aniqligi va uslubiy to‘g‘riligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, publitsistik xabar va rasmiy hujjatlarda lingvistika me’yorlariga rioya 574 qilinmasa, lingvistik xatolar kuzatiladi. Bu borada A. Beysenova va X. Kadirova i shunday deydi: “ Har qanday turdagi hujjat qisqa, lo‘nda, aniq va hammaga tushunarli tarzda bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Zero, bu hujjat yoki xabardan nafaqat ushbu soha vakillari, balki oddiy xalq foydalanadi. Bunda lingvistik me’yorlarga qat’iy rioya qilish talab etiladi” 59 Mazkur maqolada: • لاىقت - so‘zi lug‘atda “muzokara o‘tkazmoq” sifatida tarjima qilingan, uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimasi esa lug‘atlarda “ uchrashdi” sifatida keladi. Muzokara o‘tkazmoq so‘zi uchun esa maxsus رظانت yoki لداجت kabi so‘zlar arab-o‘zbek lug‘atlarda mavjud hisoblanadi. 2.2 Orfografik xatolar tahlili Orfografik xatolar - imloviy qoidalar va yozilish tartibi bilan bogliq kamchiliklar hisoblanadi. Publitsistik xabarlarda bunday xatolarga yo‘l qoyish maqola va bevosita jurnalning saviyasining tushishiga sababchi bo‘ladi. Shamsuddin Fayziyev 60 tadqiqotiga ko‘ra orfografik xatolar butun dunyoda hatto arab OAVlarida ham keng traqalgan bolib, ularni quyidagi turlarga ajratish mukmin: 1. Hamzaning noto‘g‘ri yozilishi. Bu quyidagi shakllarda ro‘y beradi: a) Hamzasiz aliflarga hamza qo‘yish. Masalan: ناحتملإا ،مسإ Aslida : ناحتملاا ،مسا deb yozish to‘g‘ri. b) hamzali aliflarga hamza qo‘ymaslik. Masalan: ءاطخا ،جارخا Aslida : ءاطخأ ،جارخإ deb yozish kerak c) hamzani notoʻgʻi koʻrinishda yozish. Masalan: ةيلوئسم ،اءيش ، ا ئزج Aslida ةيلوؤسم ،ا ئيش ، ءزج deb yozish kerak. 2. “ta: marbuta” ةطوبرملا ءاتلا ni “ta: mamduda” bilan almashtirib qo‘yish: Masalan: تمحر Aslida: ةمحر kabi yozilishi kerak Mazkur maqolaning arab tiliga tarjima jarayonida esa: •سيئرلا so‘zi o‘rniga سئرلا so‘zi qo‘llangan bo‘lib, bu yerda yo ي harfi tushib qolgan bo‘llib, so‘z imlo qoidalariga zid ravishda xato yozilgan. • نيلوئسملا so‘zi ham orfografik qoidalariga nomuvofiq tartibda yozilgan bo‘lib, hamzaga kursi sifatida ئ o‘rniga ؤ yozilishi kerak edi. 59 Beysenova, A., & Kadirova, X. (2024). SOLIQ SOHASIGA OID NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARIDAGI LINGVISTIK MUAMMOLAR. O ‘ZBEK TILINING XORIJDA O ‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTI, 1(01), 96-100. 60 Fayziyev, S. (2025). ARAB OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA KENG TARQALGAN STILISTIK XATOLAR. FILOLOGIYA MASALALARI (MAGISTRATURA), 1(M1), 53-59. 575 2.3 Mazmuniy xatolar tahlili Mazmuniy xatolar – bular jumlada mavjud so‘z va gaplarning tushib qolishi, yoki, aksincha, mavjud bo‘lmagan gaplarning tarjimon tomonidan qo‘shilishi oqibatida vujudga keladigan kamchiliklar. Ular axborot kuzatuvchilarning ishonchsizligiga va e’tiboridan chetda qolishga sabab bolishi mumkin. Ushbu tarjimada: • “Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.” Jumlasi arab tiliga tarjima qilinmagan. Natijada ma’lumot tugallanmagan. • “Ko‘p tomonlama sheriklik natijadorligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslar” jumlasi ham o‘zbek-arab tarjimada aks etmagan va xabarda nuqsonga yo‘l qo‘yilib, ma’no yo‘qotilishi sodir bo‘lgan. • تاحارتقلإا – so‘zi maqolaga tarjimon tomonidan qo‘shilgan bolib, asli bunday so‘z ortiqcha deb qaraladi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, UzA O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi rasmiy va eng ishonchli axborot manbayi bo‘lganligi sababli, o‘zbek tilidagi rasmiy xabarlarni boshqa chet tillariga, xossatan, arab tiliga tarjima qilganda bunday orfografik, mazmuniy va lingvistik xatolarning oldini olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki ommaviyt axborot tizimidagi rasmiy xabarlar 10ta xorijiy tillarga tarjima qilinadi va bu rasmiy sayt O‘zbekistonning yuzi hisoblanadi. Har bir tarjima sifatli va ishonchli bo‘lishi uchun o‘zbek-arab tarjima jarayonida to‘liqlikka, imloviy xatolar va mazmuniy kamchiliklarga e’tiborli bo‘lish tarjimonlarga tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Zaynobiddinovna, K. B. (2025). Siyosiy Matnlar Tarjima Jarayonida Til Birliklarining O ‘Zgarish Xususiyatlari. Modern Education And Development, 20(4), 415-122. 2. Beysenova, A., & Kadirova, X. (2024). Soliq Sohasiga Oid Normativ-Huquqiy Hujjatlaridagi Lingvistik Muammolar. O ‘Zbek Tilining Xorijda O ‘Qitilishi: Ta’lim Nazariyasi Va Amaliyoti, 1(01), 96-100. 3. Fayziyev, S. (2025). Arab Ommaviy Axborot Vositalarida Keng Tarqalgan Stilistik Xatolar. Filologiya Masalalari (Magistratura), 1(M1), 53-59 4. https://uza.uz/uz