ARAB ADIBI NAJIB MAHFUZNING "QALAMPIR"I
Abstract
ARAB ADIBI NAJIB MAHFUZNING "QALAMPIR"I
Full text
585 ARAB ADIBI NAJIB MAHFUZNING “QALAMPIR”I “PEPPERS” BY ARABIAN AUTHOR NAJIB MAHFOZ «ПЕРЦЫ» АРАБСКОГО АВТОРА НАДЖИБА МАХФОЗА Mirpulatova Nodira Kadirovna Yangi asr Universiteti, filologiya va tillarni o‘qitish talabasi E-mail: [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada buyuk arab yozuvchisi Najib Mahfuz hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, adibning “Qalampir” hikoyasida keltirilgan barcha voqealar tahlilga tortilgan asar voqealariga har tomonlama yondashib, badiiy tahlil asoslarida, yozuvchi mahoratiga nazariy va shaxsiy munosabatlar bildirilgan. Kalit so‘zlar: Najib mahfuz, Qohira, Misr, hikoya, “Qalampir”, pora, o‘g‘ri, jamiyat. Аннотация: В данной статье представлена информация о жизни и творчестве великого арабского писателя Нагиба Махфуза. Кроме того, произведено всестороннее художественное и теоретическое исследование рассказа «Перец», в котором анализируются все события, изображённые автором. В статье выражены как теоретические, так и личные оценки мастерства писателя. Ключевые слова: Нагиб Махфуз, Каир, Египет, рассказ, «Перец», взятка, вор, общество. Abstract: This article presents information about the life and creative work of the great Arab writer Naguib Mahfouz. In addition, a comprehensive literary and theoretical analysis of the short story “Pepper” is conducted, examining all the events depicted in the work. The study offers both theoretical reflections and personal evaluations of the author’s artistic mastery. Keywords: Naguib Mahfouz, Cairo, Egypt, short story, “Pepper”, bribery, thief, society. Kirish. Taniqli o‘zbek adibi Abdulla Qahhor, adabiyotga tarif berib, adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas, deganda naqadar haq edi. Adabiyot va unda yaratilgan asarlar o‘zi yaratilgan davrning tirik guvohlaridir. Biror-bir asarni o‘qir ekanmiz, beixtiyor asar yaratilgan davrga xayoliy sayohatga ketamiz. Ijodkor mahorati bilan, tasvirlanayotgan voqealarga ko‘z bilan ko‘rar darajada guvoh bo‘lamiz. Adib qobiliyatiga tahsinlar aytib, bir olam zavq bilan o‘z dunyomizga qaytamiz. Ana shunday, adabiyor vakillaridan biri, jahon adabiyotining yorqin siymosi Najib Mahfuzdir. Arab va jahon adabiyotida o‘zining betakror asarlari bilan o‘z o‘quvchilariga ega bo‘lgan buyuk ijodkor “Najib Mahfuz 1911yil 11-dekabrda Qohirada dunyoga
586 kelgan 62 ”. Yoshligidan adabiyotga mehr qo‘ygan Najib Mahfuz Qohira universitetning adabiyot fakultetini tugatgan. Iste’dodli yozuvchi, ilk ijodlaridanoq o‘quvchilar e’tiboriga tushdi. Uning asarlari faqatgina Qohirada emas balki butun dunyo bo‘ylab o‘z o‘quvchilarini topgan. Adib asarlarida, ijtimoiy hayot lavhalarini chizar, hayotiy voqelikka badiiy tus berar edi. Jumladan, 1936-yilda “Bema’ni shivr-shivrlar” novellalar to‘plamida, jamiyatdagi eng katta tafavutlardan biri boylik va qashshoqlik o‘rtasidagi ziddiyatlarni qalamga olgan bo‘lsa, 1945-yilda yaratilgan “Yangi Qohira” romanida 2-jahon urishidan avvalgi Misr yoshlarining hayotlari haqida hikoya qilgan. Shuningdek, 1946-yilda “Xon al-Xaliliy” 1947-yilda “Midak tor ko‘chasi” 1949yilda “Avvali va nihoyasi” kabi bir qator asarlarida ham o‘sha davr muammolari, ijodkor tomonidan mahorat bilan yoritilgan. Adib o‘zining naqadar iste’dodli yozuvchi ekanligini har bir asarida isbotlar edi. Najib Mahfuz nasrning ko‘plab janrlarida samarali ijod qilgan. Adib ijodining katta qismini hikoyalar tashkil etadi. Misol tariqasida “Imkoniyat”, “Zulmat bandalar”, “O‘zgalar uchun yasha”, “Bolalar jannati” bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mimkin. U hikoyalarida jamiyat ahvoli, siyosiy tuzim, ijtimoiy vaziyat, insonlar holati kabi qator muammolarga murojaat qolgan. Najib Mahfuz o‘zining betakror ijodi uchun 1988-yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Buyuk Misr ijodkori, Najib Mahfuz 2006-yil 30-avgustda vafot etgan. Uning adabiyot ixlosmandlari uchun qoldirgan boy merosi hozirda ko‘plab tillarga tarjima qilinmoqda. Ushbu maqolamizda adibning “Qalampir” hikoyasi haqida fikr yuritamiz. Natija va tahlillar. Hikoya “Baxt” deb nomlangan bir qahvaxonada ishlaydigan “Qalampir” laqabli yosh bolaning o‘zi va yon atrofidagi insonlar bilan bog‘liq voqealar asosida yaratilgan. Ijodkor o‘z asarida, zamonasidagi o‘g‘rilik, poraxo‘rlik kabi avj olgan muammolarning juda go‘zal bayonini bergan. Zero, rus adabiyotshunosi Belinskiy aytganidek, “Nimayki voqe bo‘lsa, oqilonadir va nimayki oqilona bo‘lsa, u voqedir: bu – ulug‘ haqiqat voqelikdagi hamma narsa ham oqilona emas. San’atkor uchun esa, faqat oqilona voqelik darkor. Lekin san’atkor uning quli emas, bunyodkoridir. San’atkor uning izidan bormaydi, balki unga o‘z idealini singdiradi 63 ”. Shunday ekan, jiodkor barcha muammolarni birgina obraz atrofiga jamlay olishi, haqiqiy asardir. Asar muvaffaqiyati va yozuvchi mahoratini belgilovchi vositalardan biri bu asardagi ilk jumladir, “Muvaffaqiyatli topilgan birinchi ibora butun asarning ohangi va ritminigina emas, ayni paytda uning g‘oyaviy yo‘nalishi hamda kompozitsion yaxlitligini ham ta'minlab beradi 64 ”. Hikoya “Baxt” deb atalgan chog‘roqqina qahvaxonada kelgan-ketganlarning e’tiborini tortadigan ancha-muncha narsa bor.” Jumlalari bilan boshlanadi. Aynan mana shu “baxt” tushunchasining hissi hikoya 62 Нажиб Маҳфуз (1911-2006; Миср) — ziyouz.uz 63 Belinskiy V. “Adabiy obrazlar”. T.: G’ofur G’o’lom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1977, 103bet. 64 K. Hamroyev. “Hikoya kopozitsiyasida ilk va so’ngi jumla”. Maqola.17 B
587 yakunida ham keltiriladi. Asar qahramoni “Qalampir” yosh bola bo‘lishiga qaramay, o‘zi yashab turgan muhitning “chinakam qahramonidir” chunki u, jamiyatda avj olgan illatlardan biri o‘g‘rilik haqida, atrofdagilardanda ko‘proq narsa biladi. Sababi, chunki u o‘sha muhitning bir vakilidir. Adib uni o‘zi ishlaydigan qahvaxonaning G‘aroyiboti deb ataydi. Chunki u o‘sha yerning ajralmas bir parchasiga aylanib ulgurgan. Qahvaxonaning “Baxt” deb nomlanishi ham aynan ana shundadir. “Qalampir” o‘zini mana shu yerda juda baxtli his qiladi, bu esa asar oxirida yaqqol ochib berilgan. Otasining qo‘lga tushganligi va onasiga dalda berayotganda yegan kaltagi, barcha iztiroblar uyqudan turishi bilan uni tark etti. Mana shu yerda adib uning holatini izohlab quyidagi gaplarni keltiradi. “Chindan ham, nima bo‘libdi, otasi birinchi marotaba qo‘lga tushyaptimi!.. 65 ”. Asar yakunidan bu kabi tugallik kutmagan o‘quvchi uchun, naqadar dahshatli so‘zlar, ushbu fikrlar bilan yozuvchi bolaning qayg‘uda emasligini, ya’ni yuqoridagi “baxtiyorlik” tushunchasining, qolaversa, asar nomi va bola laqabining ma’nosini, nihoyat zamonaning fojeasi, asarning esa yechimi berilgan. Shuningdek, ushbu ma’lumot orqali yozuvchi, otaning qo‘lga tushmog‘i “Qalampir” va oilasi uchun odatiy bir hol ekanligini ham ko‘rsatmoqda. “Qalampir”ning baxtli ekanligiga bir qancha sabablar keltirishi mumkin. Birinchidan, bola hali endigina 12 ga kirgan bo‘lsada, yashayotgan muhitidan kelib chiqib gapiradigan bo‘lsak, yoshiga nisbatan anchagina “yutuqlarga erishgan”, ya’ni ishli. Ikkinchidan esa, ko‘z ochib ko‘rgani ish joyi bo‘lmish qahvaxona va kasbikori o‘g‘rilikdan iborat bo‘lgan ota-onaning uyg‘unligi, chunki, bola qahvaxonada turli axloqsizliklarni, ichkilikbozlikni ko‘rar edi. Bu narsalar uning hayot tarziga aylanib ulgurgan va u butun borliqni aynan mana shunday tasavvur qilsa ajab emas. Uchinchidan, u ziyolilardan jamiyat vakillarining eng boylari ham o‘g‘ri va poraxo‘r ekanliklari haqida eshitar va ularning kinoyali, “Ey bu yurtda o‘g‘rilik qonun himoyasida-ku! 66 ” degan gaplaridan o‘zicha ta’sirlanardi. Bir so‘z bilan aytganda, ishxonasi “Qalampir”ga juda yoqardi. Yozuvchi hikoya voqeyalarini shu qadar mahorat bilan joylashtirganki, sodir bo‘layotgan har qanday voqea o‘quvchi e’tiborini tortadi. Oila boshiga tushgan musibat, haqiqattan ham qahramonga og‘ir zarba bo‘lgan degan xulosa, o‘quvchida uning yechimiga qiziqish uyg‘otadi. U o‘zi bilgan, qahvaxonada ziyolilardan eshitgan bir qancha gaplar bilan, onasiga dalda bermoqchi bo‘ladi, ammo bu gaplardan onaning g‘ashi keladi, bolaga bas qilishini aytadi bola esa zavq bilan bilganlarini aytaveradi. Shu yerda ona bolaga tarsaki tushiradi. Asarning cho‘qqisi mana shu nuqta. Voqelikka nisbatan munosabatlarning keskinlashuvi. Bola vaziyatni ijobiy yakuni uchun bir qator ma’lumotlarga egaligidan va jamiyatda birgina ular o‘g‘ri emasligida, xullas, bu holatda imkonsiz emasligidan mamnun. Onaning tarsakisi esa, bu xayollarning bir lahzalik sinishini ko‘rsatti xolos. Chunki uning tushkunlikda emasligi asar yakunida o‘z isbotini topdi. Ha, yozuvchi aytganidek, otasining birinchi bor qo‘lga tushishimi, bu kabi voqealar ularning hayot tarziga aylanib ulgurgan. 65 Najib Mahfuz. “Ikki hikoya” | Xurshid Davron kutubxonasi 66 Najib Mahfuz. “Ikki hikoya” | Xurshid Davron kutubxonasi
588 Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yozuvchi realizm voqealarini bayon qilishda va qahramon tanlashda o‘ta mahoratli ekanligini shu birgina hikoya misolida ham ko‘rish mumkin. Adib ushbu hikoya orqali insonlar ruhiyati va kayfiyatini, jamiyat va uning vakillari ahvolini yorqin tasvirlay olgan. Adabiyot inson ruhiyatining eng nozik qatlamlarini ochib beruvchi san’at turi sifatida, ko‘pincha ijtimoiy muammolarni badiiy obrazlar orqali yoritadi. Shu ma’noda, “Qalampir” hikoyasini muallifi yashagan davrning, ijtimoiy-siyosiy muhit muommolariga jiddiy yondashuvi sifatida baholanishi mumkin. Jamiyatning tub muammolari — kambag‘allik, bolalikning erta mehnatga tortilishi, axloqiy buzilish va ijtimoiy adolatsizlik masalalarini teran badiiy shaklda aks ettiradi. “Qalampir” hikoyasi ijtimoiy realizm ruhida yozilgan bo‘lib, unda kichik inson hayoti orqali katta jamiyatning ahvoli, jumladan, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik va axloq normalarni buzilishi ochiq oshkora tasvirlangan. Asar o‘zining ixcham syujeti, psixologik chuqurligi va satirik ohangi bilan arab va jahon adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Yaratilayotgan asar katta yoki kichik bo‘lishidan qat’iy nazar “Shunday yozilgan bo‘lish kerakki, unga biror narsa qo‘shish ham, olib tashlash ham mumkin bo‘lmasin 67 ” ˗ ushbu hikoya yuqoridagi fikrga to‘la-to‘kis mos keladi. Chunki, adib har bir so‘zni shunday joylashtirganki, olib tashlash tugul, o‘rnini o‘zgartirsa ham ‘ano va mazmunga putur yetadi. Adabiyotlar: 1. Belinskiy V. “Adabiy obrazlar”. T.: G‘o‘fur G‘o‘lom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1977, 103bet. 2. K.Hamroyev.” Hikoya kompozitsiyasida ilk va so‘ngi jumla”. Maqola.17.B 3. Антонов С. “Я читаю рассказ”. – М: Молодая гвардия, 1973. – С.7. 4. O‘zbekiston milliy ensklopediyasi. Birinchi jild. T.: 2000 yil 5. Нажиб Маҳфуз (1911-2006; Миср) — ziyouz.uz 6. Najib Mahfuz. “Ikki hikoya” | Xurshid Davron kutubxonasi 67 Антонов С. Я читаю рассказ. –М :. Молодая гвардия, 1973. – С.7.