AVTOMAT TARJIMA VA SUN'IY INTELLEKTNING RIVOJLANISHI
Abstract
AVTOMAT TARJIMA VA SUN'IY INTELLEKTNING RIVOJLANISHI
Full text
602 AVTOMAT TARJIMA VA SUN’IY INTELLEKTNING RIVOJLANISHI Kamolova Asila Jasurbek qizi O‘zbekiston Davlat Jahon tillar universiteti talabasi [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada avtomatik tarjima tizimlari va sunʼiy intellektning (SI) jadal rivojlanishi tarjimashunoslik sohasiga qanday taʼsir ko‘rsatayotgani ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Xususan, mashina tarjimasi texnologiyalarining shakllanish bosqichlari, SI asosidagi tarjima afzalliklari, ularning tezligi va iqtisodiy samaradorligi, shuningdek, inson tarjimonlarining faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar yoritiladi. Kalit soʻzlar: Google Translate ,DeepL, ChatGPT, Sun’iy intellekt (SI),avtomatik tarjima,tarjimashunoslik,platformalar imkoniyatlari. Аннотация. В данной статье с научной точки зрения анализируется влияние стремительного развития систем автоматического перевода и искусственного интеллекта (ИИ) на сферу переводоведения. В частности, рассматриваются этапы формирования технологий машинного перевода, преимущества перевода на основе ИИ, его скорость и экономическая эффективность, а также факторы, оказывающие влияние на деятельность переводчиков-людей. Ключевые слова: Google Translate, DeepL, ChatGPT, искусственный интеллект (ИИ), автоматический перевод, переводоведение, возможности платформ. Abstract. This article provides a scientific analysis of the impact of the rapid development of automatic translation systems and artificial intelligence (AI) on the field of translation studies. In particular, it examines the stages of development of machine translation technologies, the advantages of AI-based translation in terms of speed and economic efficiency, as well as the factors influencing the professional activity of human translators. Keywords: Google Translate, DeepL, ChatGPT, Artificial Intelligence (AI), machine translation, translation studies, platform capabilities. صّخلملا ةيللآا ةمجرتلا ةمظنلأ عيرسلا روطتلا ريثأت يملع روظنم نم ةلاقملا هذه لوانتت يعانطصلاا ءاكذلاو (AI) ةمجرتلا ايازمو ،ةيللآا ةمجرتلا تاينقت روطت لحارم ىلع ءوضلا طّلست امك .ةمجرتلا تاسارد لاجم يف لمع يف ةرثؤملا لماوعلا ىلإ ةفاضإ ،ةيداصتقلاا ةءافكلاو ةعرسلا ثيح نم يعانطصلاا ءاكذلا ىلع ةدمتعملا يرشبلا مجرتملا. تاملكلاةيحاتفملا Google Translate: ،DeepL ،ChatGPT ةمجرتلا ،يعانطصلاا ءاكذلا ، تاّصنملا تايناكمإ ،ةمجرتلا تاسارد ،ةيللآا. Kirish So‘nggi yillarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi tarjimashunoslik sohasiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, avtomatik tarjima tizimlari inson tarjimonlari ishini yengillashtirib, matnlarni tez va qulay tarjima qilish imkonini
603 bermoqda. Bugungi kunda Google Translate, DeepL, ChatGPT kabi tizimlar nafaqat so‘zlarni, balki gapning ma’nosini, kontekstini va uslubini ham tushuna oladigan darajaga yetdi. Asosiy qism Oxirgi yillarda avtomatik tarjima tizimlari xalqaro muloqotni osonlashtiruvchi vosita sifatida keng tarqaldi. Tarjima sifati va avtomatlashtirilgan tarjima vositalariga bag‘ishlangan izlanishlar zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi bilan bogʻliq. Tarjima qadimdan turli madaniyatlar va elatlarning g‘oyalarini uzatish vositasi bo‘lib kelgan. Bugungi kunda esa mashina tarjimasi (machine translation, MT) texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda va tarjimonlik madaniyat va ilmiy taraqqiyot o‘rtasidagi ko‘prikka ham aylandi. Mashina tarjimasi tushunchasi— bu kompyuter dasturi yordamida matnni avtomatik tarzda bir tildan boshqa tilga o‘tkazish jarayonidir. Oldingi davrda texnologiya cheklanganligi sababli natijalar yetarlicha aniq emas edi. Dastlabki mashina tarjimasi 1950-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lib, u grammatik qoidalar asosida ishlagan. Bugungi kunda bir qator mashhur AI-tarjimon platformalar ishlamoqda: Google Translate DeepL, Microsoft Translator, OpenAI, ChatGPT (til model orqali tarjima), va h.k. Ushbu tizimlar foydalanuvchilarga oddiy matnlarni tez va qulay tarzda tarjima qilish imkonini beradi. Ilmiy jurnallarda ham AI tarjima modullari tahrir jarayonida qo‘llanilishi mumkinligi ta’kidlanadi.Tarjima — tillararo aloqa vositasi bo‘lib, matnlarni yoki so‘zlarni bir tilidan boshqa tilga o‘tkazish jarayonidir. AI-tarjimonlarning afzalliklarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: 1.Tezlik va hajm jihatidan samaradorlik. AI tizimlari katta matnlarni qisqa vaqt ichida tarjima qila oladi. Bu esa gazetalar, veb-saytlar, elektron tijorat platformalari uchun juda foydali. 2.Xarajatlarni kamaytirish. Inson tarjimonlarga nisbatan SI tizimlariga integratsiyalashgan xizmatlar odatda arzonroq bo‘ladi. Ushbu jihat tijorat va ommaviy tarjimaga katta ta’sir qiladi. Integratsiya xizmatlari — bu sun’iy intellekt asosida ishlovchi tarjima tizimlarini mavjud axborot platformalari, dasturiy ta’minotlar yoki korporativ infratuzilmaga texnik jihatdan uyg‘unlashtirish jarayonidir. Ushbu jarayon doirasida tizimlar o‘zaro ma’lumot almashish, uzluksiz tarjima qilish, matnni qayta ishlash va natijalarni avtomatik tarzda yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Statistik tarjima tizimlari. 1990-yillardan boshlab katta matnlar bazasi paydo bo‘lishi statistika asosidagi tarjimani ommalashtirdi. Bu yondashuv “eng ehtimoliy tarjimani” tanlash tamoyiliga asoslangan bo‘lib, ikki tilli korpuslar asosida ishlar edi. „Google Translate“ning dastlabki versiyalari aynan shu texnologiyaga tayanardi. Statistika asosidagi tarjima ko‘p hollarda tushunarli matn yaratgan bo‘lsa-da, uzun va murakkab gaplarda ma’no buzilishi ko‘p kuzatilgan. Sun’iy intellektning tarjimaga ta’siri. Sun’iy intellekt faqat so‘zlarni tarjima qilish emas, balki ularni ma’no jihatidan tahlil qilish va madaniy moslashtirish imkonini ham beradi. Misol uchun, ChatGPT kabi tizimlar foydalanuvchi matnining uslubini aniqlab, tarjimani shu uslubda qayta yaratadi.Ammo bu qulaylikka qaramay, inson tarjimonlarining tajribasi va madaniy sezgirligi hali ham muhim rol o‘ynaydi.
604 Masalan, adabiy asarlar, huquqiy hujjatlar yoki reklama matnlarini avtomatik tizimlar to‘liq to‘g‘ri tarjima qila olmaydi, chunki ularda madaniy kontekst, iroda, va ijodkorlik talab etiladi. Kelajakdagi o‘rni. Kelajakda avtomatik tarjima tizimlari yanada takomillashadi, lekin bu inson tarjimonlarini butunlay almashtiradi, deb bo‘lmaydi. Aksincha, tarjimonlar avtomatik tizimlar bilan hamkorlikda ishlaydigan “post-editing” mutaxassislariga aylanishi kutilmoqda. Ya’ni, mashina tarjima qilgan matnni tahrirlash, tekshirish va moslashtirish inson tarjimonlarining yangi vazifasiga aylanadi.Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida tarjimonlar bir necha tillarda tezroq, aniqroq va samaraliroq ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xulosa. Avtomatik tarjima va sun’iy intellektning rivojlanishi til o‘rganish, xalqaro aloqa, biznes va ta’lim sohalarida katta imkoniyatlar yaratmoqda. Shunga qaramay, inson tarjimoni hali ham muhim ahamiyatga ega, chunki madaniy va kontekstual chuqurlikni SI to‘liq qamrab ololmaydi. Kelajakda esa SI va inson tarjimonlari birgalikda yanada samarali tarjimalarni yaratishi kutilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Gayratovich K.D.. Sun’iy intellekt asosida avtomatik tarjima tizimlaridagi til xatolarini aniqlash va tuzatish: nazariy asoslar. ta’lim, tarbiya va innovatsiyalar jurnali. 2025., 1(7), B. 208-211. 2. Nodirjonovna N.D., Botiraliyevna B.X. Avtomatlashtirilgan tarjima vositalarining tarjima sifatiga ta’siri. In International Conference on Linguistics, Literature And Translation (London). 2024. Vol. 10, pp. 86-90. 3. L Han - arXiv preprint arXiv:2202.11027, 2022 - arxiv.org 4. Chatzikoumi E - Natural Language Engineering, 2020 - Cambridge.org 5. Rustamovna I. D. Sun’iy intellektning zamonaviy tarjima jarayonidagi roli va uning afzalliklari. Shokh library. 2025. 1(10). 6. Ilxom o‘g‘li, A. S. Tarjima jarayonida inson va mashina omili. Shokh library. 2025. 1(10).