MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA VA OILADA ILK YOSHDAGI BOLALARNING O'YIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Abstract
Bola uchun- o'yin o'zini ko'rsatish va namoyon qilish yo‘li. Oʻyinda oʻzi istagan qahramonlar aylanadi: mehribon sehrgar jasur jangchi fazogir - uchuvchi sayyoh. Oʻyinda bola oʻzi hohlagan joyda boʻladi: oyda dengiz tubida maktabda. So'nggi yillarda pedogoglar psixologlar va shifokorlar oʻyin boʻlimi sohalarda yosh bolalarning sog'lom rivojlanishi uchun hayotiy muhim elementi ekanligini ishonarli darajada isbotlab berdishdi (Borwn, 2009; cople, Bredekamp 2009 Elkind, 2003; Hirsh-Pasek,Golinkoff, Berkeley and Singer 2008;)
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 470 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA VA OILADA ILK YOSHDAGI BOLALARNING O'YIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI Esonova Malohat Akilovna1, Aminova Saodatxon Ahadjon qizi2, Gʻulomiddinova Rohila Farxodjon qizi2 1Qoʻqon davlat Universiteti dotsenti, 2Qoʻqon davlat Universiteti talablari https://doi.org/10.5281/zenodo.18042457 Bola uchuno'yin o'zini ko'rsatish va namoyon qilish yo‘li. Oʻyinda oʻzi istagan qahramonlar aylanadi: mehribon sehrgar jasur jangchi fazogir - uchuvchi sayyoh. Oʻyinda bola oʻzi hohlagan joyda boʻladi: oyda dengiz tubida maktabda. So'nggi yillarda pedogoglar psixologlar va shifokorlar oʻyin boʻlimi sohalarda yosh bolalarning sog'lom rivojlanishi uchun hayotiy muhim elementi ekanligini ishonarli darajada isbotlab berdishdi (Borwn, 2009; cople, Bredekamp 2009 Elkind, 2003; Hirsh-Pasek,Golinkoff, Berkeley and Singer 2008;) O'yin rivojlanishining yetakchi manbai sifatida optimal rivojlanish uchun muhimdir. Bu BMT ning Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasi 31moddasida ham belgilangan. Unda aytilishicha, bolalar yoshiga mos o'yinlarga ishtirok etish huquqiga ega. Oʻyin bola shaxsining tarbiyalashning asosiy vositasidir. Oʻyin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini bilim malaka va koʻnikmalar harakat usullarini axloq normalari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar. Oʻyinda bolaning oʻz tengdoshlari va kattalar bilan boʻladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi. Oʻyin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar oʻyinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P.Usova shunday degan edi " Bolalar hayoti va faoliyatini toʻgʻri tashkil etish -ularni toʻgʻri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning oʻyin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, oʻyinda bola yashashni oʻrganmaydi, balki oʻz hayoti bilan yashaydi. Bolalarning oʻyinda birlashishlari bir necha bosqichlarga boʻlinadi. Birinchi bosqich bolalarning " yonma -yon" oʻyinining shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik gurux bolalariga xosdir. Bunday oʻyinda bolalar oʻrtogʻining oʻyiniga qiziqish bilan qaraydilar, birga oʻynab, " yonma yon oʻtirganlaridan xursand boʻladilar. Bu yoshdagi bolalarning oʻyini kattalar rahbarligida ularning xulqiga taʼsir etish orqali tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda bolalar oʻyin orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar. Maktabgacha taʼlim tashkillotida amalga oshiriladigan har qanday mashgʻulotni didaktik oʻyinlar orqali tashkil etish, tarbiyachi tomonidan qoʻllanilayotgan taʼlim metodlari kichik guruhdan oʻrta guruxga, unda esa katta va maktabga tayyorlov guruhlariga oʻtish asnosida ham oʻzgarib, murakkab xususiyat kasb eta boradi. Bu jarayonda didaktik oʻyinlarni, taʼlim metodlaridan foydalangan holda qoʻllash tarbiyachining kreativ kompetentligi va mahorati darajasiga bogʻliq holda takomillashib boradi. Keyinchalik bola idroki yanada takomillashtirishib nafaqat baʼzi predmetlar xususiyatlarini idrok etish baʼzi bir sanʼat asarini estetik tomonlarini ham idrok etishni boshlaydi. Sahnalashtirilgan har qanday oʻyin asnosida bolaning bilish jarayonlari idoralaviy hissiy xususiyti badiiy asardagi goʻzallikni his qilish koʻnikmasini toʻgʻri shakllantirib borishga alohida
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 471 eʼtibor qaratish kerak. Masalan tarbiyachi bolalarga ertak oʻqib syujetini oʻz soʻzlari bilan hikoya qilgan holda, sahna ssenariysini tuzadilar unga mos qoʻgʻirchoqni tanlab, ishtirokchilar oʻrtasida muhokama qilib, rollarni boʻlib olishadi. Syujetini rollarga kirib, ravon va ifodali qilib aytishi kerak. Syujetdagi qoʻgʻirchoqlar hatti harakati ni oʻzlashtirishi - har bir imo - ishora va mimikasini koʻrsata bilishi kerak. Oʻyin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik toʻgʻrilik, oʻzini tuta bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. Oʻyin bolalarda ijtimoiy axloqni , ularning hayotga bir biriga boʻlgan munosabatini shakllantiruvchi oʻziga xos maktabdir. Oʻyinda bola kishilarning axloq odob meʼyorlarini mehnatga munosabatlarini bilib oladi. Tarbiyachi bolalar oʻyiniga rahbarlik qilayotib ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. Oʻyin jarayonida bolalar oʻz xohishlari jamoa xohishi bilan kelishib olishga, oʻyinda oʻrnatilgan qoidalarga rioya qilishga oʻrganadilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi Toshkent-2022. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori "O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi". 3. Esonova Maloxatxon Akilovna Maktabgacha pedagogika. Oquv qollanma. Toshkent-2022. 4. Nazirova Guzal Malikovna and Mamadjanova Muyassar Nurmatovna. "Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 8.071 11.12 (2022): 415-417. 5. Achilova S. Pedagogical opportunities for the upbringing of physical qualities by purposeful development of action potential in preschool children // International Journal of Social Sciences & Interdisciplinary Researc. Vol.11. Date of publication: 04.04.2022, – P.134-143.(IF 7.429). 6. Esanova Malohat MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARGA YO’NALTIRISH USULLARI Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization … 7. Esonova Maloxat MAKTABGACHA 6-7 YOSHLI BOLALARNI O'QITISHDA MATEMATIK BILIMLAR BERISH Actual Problems in Higher Education in the Era of Globalization … 8. Esonova Malohat MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING MATEMATIK RIVOJLANISHINING MILLIY VA XORIJIY KONSEPSIYALARI Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects (Spain) 2 … 9. Эсонова М. А.ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ РЕЧИ ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА Экономика и социум, 1086-1089 10. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 11. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165168