MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING MOLIYAVIY SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA IQTISODIY TARBIYANING O'RNI
Abstract
Maktabgacha yosh shaxsni shakllantirishning eng muhim bosqichi hisoblanadi va u moliyaviy savodli shaxsni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan, uning keyingi rivojlanishi uchun asos bo‘ladi, bu mas'uliyat, ehtiyotkorlik, irodali fazilatlar, qiziqish, bilish faoliyati, hissiy tajribaga ochiqlik va hamdardlik kabi individual psixologik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolaning moliyaviy savodxonlikni shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning samaradorligi haqida kerakli ma’lumot va tavsiyalar berilgan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 485 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING MOLIYAVIY SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA IQTISODIY TARBIYANING O‘RNI M.M. Rizayeva Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti-PhD, https://doi.org/10.5281/zenodo.18042674 Annotatsiya. Maktabgacha yosh shaxsni shakllantirishning eng muhim bosqichi hisoblanadi va u moliyaviy savodli shaxsni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan, uning keyingi rivojlanishi uchun asos bo‘ladi, bu mas'uliyat, ehtiyotkorlik, irodali fazilatlar, qiziqish, bilish faoliyati, hissiy tajribaga ochiqlik va hamdardlik kabi individual psixologik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolaning moliyaviy savodxonlikni shakllantirishda iqtisodiy tarbiyaning samaradorligi haqida kerakli ma’lumot va tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: moliyaviy savodxonlik, strategiya, o‘yin, kognitiv, ilmiy tadqiqot,foydali iqtisodiy ko‘nikmalar, kundalik hayotdagi odatlar, iqtisodiy tarbiya, pul, narx ,mahsulotlar sotib olish va ayirboshlash. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.04.2025-yildagi 210-son qarori bilan "2025–2030 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi"ni amalga oshirish boʻyicha moliyaviy savodxonlikni kengaytirishga qaratilgan dastur hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi iqtisodiy mustaqillik sari qo‘yilgan ilk qadam bo‘ldi. Mustaqil davlatimiz siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bank tizimini isloh qilish va uni tubdan o‘zgartirishga qaratildi. Bank tizimini isloh qilish hukumatimizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish dasturiga muvofiq amalga oshirila boshlandi. [1]. Vazirlar Mahkamasining 08.04.2025-yildagi 210-son qarori bilan "2025–2030 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi" tasdiqlandi.Uning asosiy vazifalari – davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tartibga solish, moliyaviy barqarorlik va intizomni mustahkamlash orqali byudjet taqchilligini qisqartirish, byudjet ochiqligini ta’minlash, soliq ma’murchiligini optimallashtirish va uning samaradorligini yanada oshirish. Strategiyaning maqsadlari qatorida shuningdek byudjet xarajatlari samaradorligiga erishish, davlat qarzini makroiqtisodiy xavfsiz darajada ushlab turish va davlat byudjeti likvidliligini oshirish ham bor. [2]. Inson o‘z kamoloti davomida turli yo‘nalishda tarbiyalanadi. Ular ma’naviy, ma’rifiy, ekologik, vatanparvarlik, huquqiy, mehnatsevarlik, fuqarolik, estetik, jismoniy va iqtisodiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda joriy etilgan. Ular ichidan iqtisodiy tarbiya bo‘lajak mutaxassislarni jamiyat va davlat, qolaversa, oiladagi jarayonlarga ongli munosabatini shakllantirish bilan birgalikda, tejamkorlikni, isrofgarchilikka nafratni, ishbilarmonlikni, tadbirkorlikni, tashabbuskorlik, iqtisodiy hisob-kitob va shu kabi iqtisodiy jihatlarni qamrab oluvchi insoniy fazilatlarni yuksaltirishga xizmat qiluvchi tarbiyaviy asosdir.Maktabgacha yoshdagi bolalarga
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 486 iqtisodiy tarbiya berishdan asosiy maqsad bolalarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisobkitob qilish qobiliyatini shakllantiradi. Maktabgacha yoshdagi bola birinchi ijtimoiy tajribani oladi, atrofidagi dunyo haqida bilib oladi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni kuzatadi. Bularning barchasi moliya sohasi, uning asosiy tarkibiy qismlari (mehnat munosabatlari, pul, qiymat, narx, sotib olish-sotish va h.k.) haqidagi dastlabki tasavvurlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. [4]. Iqtisodiy tarbiya bolalarning tevarak-atrofdagi muhitni, muayyan buyumlarni anglab, ularni avaylab-asrash va bilib olishning mustahkam vositasi bo‘lib, ularga nazariy bilimlarni qo‘yish imkoniyatini yaratib beradi va ularning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitadi. Iqtisodiy tarbiya - ishlab chiqarishning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlab chiqarish vositalari va ish qurollarining mohiyati, ular orasidagi uzviy aloqadorlikni o‘rgatish va odamlarda shu bilimlarga ko‘nikma hosil qilish. Iqtisodiy ta’lim va tarbiyaning asosiy maqsadi ta’lim va tarbiya jarayonini olib borishda bola ongida tejamkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik kabi iqtisodiy jihatlarni o‘z ichiga oluvchi xislatlarga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Bolaning moliyaviy savodxonlikni shakllantirish maqsadida ta'lim jarayonida maktabgacha ta'lim o‘quv rejalari mazmunini o‘zlashtirishi o‘yin, aloqa, badiiy, kognitiv, ilmiy tadqiqot va boshqa o‘ziga xos tadbirlarda amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning barcha turdagi faoliyatini integratsiyalashuv uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi kommunikativ, ob'ektiv va o‘yin faoliyatining etakchi o‘rni ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalasi yuzasidan quydagi firirlarni kiritib o‘tish o‘rinli hisoblanadi.Iqtisodiy tarbiya shaxsning barkamol shakllanishining zarur shartidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni iqtisodiy tarbiyalash pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda moliyaviy savodxonlik asoslarini shakllantirishda ularning ayrim iqtisodiy hodisalarni anglashi hamda iqtisodiyotga bo‘lgan kognitiv qiziqishlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadigan o‘yin faoliyati samarali hisoblanadi [5]. Iqtisodiyot, mehnat va ijtimoiy-axloqiy tarbiyani batafsil integratsiyalash g‘oyasi rus olimi A.D. Shatovaning ilmiy tadqiqotlarida keltirilgan. U katta yoshdagi bolalar iqtisodiy toifalarni muayyan hayotiy vaziyatlar bilan bog‘lay olishini va topishga qodir ekanligini isbotladi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning iqtisodiy ta'limi ham bolaning kognitiv rivojlanishi nuqtai nazaridan, uni atrofidagilar va ijtimoiy voqelik bilan tanishish bilan bir qatorda ko‘rib chiqiladi. Eng sodda moliyaviy g‘oyalarni shakllantirish jarayonida bolalarda iqtisodiy ma'lumotlarga qiziqish paydo bo‘ladi, moliyaviy munosabatlarda ishtirok etish va oilalarining iqtisodiy hayotida ishtirok etish tajribasi orttiriladi [6]. Demak, iqtisodiy tarbiya berishning samarali yo‘llaridan biri - bu iqtisodiy tafakkurni yuksaltirishga oid o‘git va hikmatlardan foydalanishdan iborat bo‘lib, ta’lim va tarbiya jarayonlarida ulardan mosini tanlab va uni tahlil qilib, bolalarning iqtisodiy tafakkuri rivojlantiriladi. [6]. O‘rta guruh bolalariga ilk iqtisodiu tushunshalarni berish quuidagi bilimlar: 1-Inson va uning ehtiuojlari; 2-Inson va iqtisod; 3-Pul, mahsulotlarni sotib olish va auirboshlash asosida tashkil yetiladi. Katta guruhda quyidagi: - Inson va uning hayotiy ehtiyojlari;
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 487 - Inson va iqtisodiyot; - Pul, narx ,mahsulotlar sotib olish va ayirboshlash; - Ishlab shiqarish,mehnat faoliyati. Maktabgasha tayyorlov guruhidagi bolalarga iqtisodiy bilimlar berish mazmun jihatdan bir muncha farq qiladi.Bunda “mulk” oila byudjeti, “bank”, “import”, “eksport” kabi tushunchalar berildi. Iqtisodiy ta’lim darajasini 4-7 yoshdagi bolalarda aniqlash ushun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: intervyular, shaxsiy suhbatlar, kuzatish. Ularga “Odamlarga pul nima ushun kerak?”, “Reklama nima ushun qilinadi?”, “Nega kitob, o‘yinshoq, buyumlar, tabiatni muhofaza qilishimiz kerak?”, “Do‘konga borsang oilaga nimalarni sotib olish kerak?” kabi savollar bilan murojaat qilish orqali bolaning iqtisodiy tafakkurini aniqlash mumkin. Bolaning kelajak hayotdagi faolligi, uning farovon va to‘kin yashashi haqidagi tasavvurlari, bilim, malaka va ko‘nikmalari o‘rta yoshdan shakllantirilib borilishi lozim. Ko‘rsatkishi past darajadagi bolalar bilan individual ishlash, ularni kelajak hayotga tayyorlash maqsadga muvofiq. [6]. Yuqori darajada: -bolalar iqtisodiy tushunchalarning boshlang‘ich ma'nosini tushuntirishlari, ota - onalarning ishiga aniq va barqaror qiziqish ko‘rsatishlari, otaonaning kasbi haqida tushunchaga ega bo‘lishlari, iqtisodiy so‘zlar va iboralarni ishlatishlari mumkin; -o‘yinlarda olingan bilimlarni hayotda qo‘llay olishlari mumkin; -ular kattalar va tengdoshlar bilan iqtisodga oid masalalarda muloqot qilishga tayyor, ko‘plab savollar berishadi va ularga mustaqil ravishda javob topishga harakat qilishadi; - uy yumushlarida kattalar va tengdoshlarga yordam berish, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ongli ravishda muomala qilish, ish mavzulariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, uning natijalari, boshlangan ishni oxiriga yetkazish, o‘z mehnatlari va o‘rtoqlarining natijalarini to‘g‘ri baholashga qodir; - kerakli jihozlardan oqilona foydalanish; -samarali faoliyat jarayonida ishbilarmon, qobiliyatli, ixtirochi, tengdoshlarning ijodiy izlanishlarini faol qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi; - tashabbusni qabul qilishga intiladi va biladi, vazifalarni qat'iyat bilan bajaradi, boshlangan ishni oxirigacha olib keladi. O‘rta daraja: - bolalar iqtisodiy tushunchalar haqida g‘oyalarga ega, lekin ularni har doim tushuntira olmaydi; -ularning oila ehtiyojlariga, ota-onalarning ishiga beqaror qiziqish bor; - ularda mavjud bo‘lgan bilimlar aniq bo‘lmay, noaniq, yuzaki; - bolalar atrofdagi hodisalar haqida faqat pedagog yoki kattalar rahbarligi o‘yin sharoitlari, mashqlar, ijodiy vazifalar orqali bilimga qiziqishni kuchaytirgandan so‘nggina savollar berishadi, ular atrofdagi dunyo haqida yetarli g‘oyalarga ega, ammo o‘yinda mavjud bo‘lgan bilimlardan qanday foydalanishni bilishmaydi; -kattalar rahbarligi ostida o‘z faoliyatini tashkil qilish, o‘z vaqtida topshiriqlarni bajarish; - munosabatda bo‘lish, ular kuchli, tashabbuskor, ishlashga ijodiy yondashishni bilishadi, lekin tayinlangan ishlar vijdonan, faqat kattalar rahbarligi ostida o‘z vaqtida amalga oshiriladi; - ular har doim faol emas, maqsadga erishishda qat'iyatlilikni qisman namoyon eta oladi. Past darajadagi:
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 488 -bolalar iqtisodiy tushunchalarning ma'nosini tushuntira olmaydi, oila ehtiyojlariga qiziqish ko‘rsatmaydi, ota-onalarning ishi, zamonaviy jamiyatning atrofidagi hodisalari, nutqda iqtisodiy so‘zlarni ishlatmaydi; -samarali faoliyatga qiziqish bildirmaydi, faqat tashqi kuzatuvchilar sifatida harakat qiladi; -ular uy yumushlarini oxirigacha olib kelmaydilar, birgalikda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida qanday muzokara qilishni bilishmaydi, tezda ishlashga qiziqishlarini yo‘qotadilar va o‘z ishlarini qoldirib, o‘yinga qaytishadi; -shaxsiy va ijtimoiy mulkka nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga moyil emaslar; -vazifani bajarayotganda ular o‘z natijalarida hech qanday qiziqish bildirmaydi; -mas'uliyatsiz, tashabbuskor, maqsadga erishishda qat'iyatlilikni ko‘rsatmaydi. Mazkur iqtisodiy ta'lim darajasini 6-7 yoshdagi bolalarda aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: intervyular, shaxsiy suhbatlar, kuzatish. Ularga "Odamlarga pul nima uchun kerak?", "Reklama nima uchun qilinadi?","Nega kitob, o‘yinchoq, buyumlar, tabiatni muhofaza qilishimiz kerak?"," Do‘konga borsang oilaga nimalarni sotib olish kerak?" kabi savollar bilan murojaat qilish orqali bolaning iqtisodiy tafakkurini aniqlash mumkin. [7]. Pedagog va ota-onalar bank va bankomat haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni bilishlari kerak.Chunki bolalar bergan savollarga taxminan yoki noto‘g‘ri berilgan javob bolalardagi moliyaviy savodxonlikni kutilayotgan natijalarini oqlamaydi.Nafaqat iqtisodiyot sohasiga oid bilimlar balki kundalik hayotdagi barcha bolalar savollariga pedagoglar va ota-onalar aniq va kerakli ma’lumotlarni berishlari lozim. Iqtisodiy tarbiya bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni taklif etamiz: Bankning hozirgi zamon vazifalari; 1. Vositachilik roli jismoniy shaxslardan qabul qilib olgan mablag‘ larni yangi binolar, asbob-uskunalar va boshqa ishlab chiqarish vositalariga investitsiya qilish maqsadida kredit oladigan firma va korxonalar o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi 2. To‘lovlarni amalga oshirishda ishtirokchilik roli tovarlar, qimmatli qog‘ozlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun talabnomalar, majburiyatlar va cheklarni kliring asosida o‘zaro surishtirishga asoslangan elektron to‘lovlar orqali naqd pulsiz hisobkitoblarni olib boradi. 3. Kafolatchilik roli bank kafolatchi sifatida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashga imkoniyati yetmayotgan bank mijozlari qarzlarini akkreditiv ochish yo‘li bilan yoki faktoring operatsiyalari orqali to‘laydi. 4. Agentlik (dallollik) roli bank mijozlar mulkini boshqarish va himoya qilish, mijozning topshirig‘iga binoan uning qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish kabi yumushlarni bajarishda agentlik vazifasini o‘taydi. 5. Siyosiy roli ijtimoiy maqsadlarni hamda iqtisodiyotning rivojlanishini ko‘zlab davlat tomonidan yuritilayotgan siyosat targ‘ibotchisi vazifasini bajaradi. Bankomat nima va nima uchun kerak?Bankomat-bu bank xodimlarining ishtirokisiz bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan qurilma. Bankomat oddiy so‘zlar bilan aytganda, 24 soat ishlaydigan va bank kartasida asosiy moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradigan elektron kassir.Birinchi qurilma 1967 yilda Londonda ixtirochi jon ShepardBarron "shokoladli pul mashinasi"ni ixtiro qilganida paydo bo‘lgan. Bugungi kunda mamlakatda 200 mingdan ortiq terminal mavjud. Asosiy afzalliklari: 24/7 mavjudligi, chiziqlarning yo‘qligi, keng joylashuv geografiyasi va ulardan foydalanish qulayligi.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 489 Bankomat to‘lov terminalidan qanday farq qiladi? Ko‘pchilik pul olish moslamalarini to‘lov terminallari bilan aralashtirib yuborishadi, ammo ular tubdan farq qiladigan qurilmalardir. Naqd pul berish mashinalari har doim pul beradi, faqat bank kartalari bilan ishlaydi, kartaning PIN-kodini kiritishni talab qiladi va banklar tomonidan o‘rnatiladi. To‘lov terminali faqat naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qiladi, kartalar bilan ham, naqd pul bilan ham ishlaydi, 50 ming so‘mgacha bo‘lgan summalar uchun PIN-kod talab qilinmasligi va turli tashkilotlar tomonidan o‘rnatilishi mumkin. Bankomat orqali qanday operatsiyalarni amalga oshirish mumkin? Zamonaviy qurilmalar naqd pul olishdan tashqari keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi. Pul berish uchun kunlik cheklovlar karta turiga qarab 50000-300000 so‘mni tashkil qiladi, "Boshqa odamlar" qurilmalari bilan ishlashda 1-3% komissiya olinadi.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 490 Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan iqtisodiy tarbiya jarayonlarini elementar matematika ta’limy faoliyatlarida, “Tejamkor bola” to‘garagida tashkil etilishi mumkin.Bolalarda iqtisodiy tarbiya oilalar bilan hamkorlikda amalga oshirilsa, kutilayotgan natijalar samarali bo‘ladi.Maktabgacha yoshdagi bolalarga bankomatlar haqidagi ma’lumotlarni pedagoglar va otaonalar quyidagi tarzda olib borishlari mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, bolaning kelajak hayotdagi faolligi, uning farovon va to‘kin yashashi haqidagi tasavvurlari, bilim, malaka va ko‘nikmalari 4 yoshdan shakllantirilib borilishi lozim. Ko‘rsatkichi past darajadagi bolalar bilan yakka ishlash, ularni kelajak hayotga tayyorlash maqsadga muvofiq. ADABIYOT VA MANBALAR ROʻYXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2022. – PF-60. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.04.2025 yildagi 210-son “20252030-yillarda Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 3. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi– T.:2022 4. Krasnoperova I.V. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning moliyaviy savodxonligi asoslarini shakllantirishga zamonaviy yondashuvlar / I.V. Krasnoperova // Vestnik Shadrinskogo gosudarstvennogo pedagogicheskogo universiteta. – 2023 yil. – No 1 (57). – 14-20-betlar. 5. Zinoveva T.A. Pedagogicheskie usloviya razvitiya finansovogo gramotnosti u starshikh doshkolnikov – 2020 yil. - No 1 (28). – 36-38-betlar 6. N.Abdullayeva, D.Dustov, M.Rustamova, M.Fayzullayeva, M.Rizayeva, X.Mamatova, Sh.Kattaxodjayeva, F.Poʻlatov. “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” (o‘quv qo‘llanma)- 2025 yil.– 60-69-betlar. 7. Rizayeva M.M. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlarini modellashtirish // “Maktabgacha taʼlim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash: Xalqaro ilmiy-amaliy konf. maqola. to`p. – Toshkent, 2023 yil, 22-23 noyabr. – B. 315-316.