RANGGA OID TIBBIY TERMINLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tibbiy terminologiyasida rang bilan bog‘liq terminlarning leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Rang komponentli terminlar tibbiy nutqda faqat tashqi belgi ifodachisi bo‘lib qolmay, balki kasallik mohiyatini anglash, klinik holatni baholash va diagnostik xulosaga kelishda muhim kognitiv vosita ekani asoslab beriladi. Tadqiqot jarayonida rang semantikasi bilan milliy til tafakkuri o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritiladi.
Full text
858 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 RANGGA OID TIBBIY TERMINLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI Ziyodullayeva Ozoda Ulugʻbekovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 1-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.18042899 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek tibbiy terminologiyasida rang bilan bog‘liq terminlarning leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Rang komponentli terminlar tibbiy nutqda faqat tashqi belgi ifodachisi bo‘lib qolmay, balki kasallik mohiyatini anglash, klinik holatni baholash va diagnostik xulosaga kelishda muhim kognitiv vosita ekani asoslab beriladi. Tadqiqot jarayonida rang semantikasi bilan milliy til tafakkuri o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritiladi. Kalit so‘zlar: o‘zbek tibbiy terminologiyasi, rang semantikasi, leksik ma’no, terminologik motivatsiya, diagnostik terminlar. Аннотация. В статье рассматриваются лексико-семантические особенности медицинских терминов узбекского языка, связанных с цветовой номинацией. Обосновывается, что цветовые компоненты выступают не только как средство обозначения внешних признаков заболевания, но и как важный когнитивнодиагностический инструмент, способствующий осмыслению клинического состояния. Подчеркивается взаимосвязь цветовой семантики и национального языкового мышления. Ключевые слова: узбекская медицинская терминология, цветовая семантика, лексическое значение, терминологическая мотивация, диагностические термины. Abstract. This article examines the lexical and semantic features of color-related medical terms in the Uzbek language. It argues that color components function not only as indicators of external symptoms but also as significant cognitive and diagnostic tools that facilitate the understanding of disease nature and clinical assessment. The study highlights the close relationship between color semantics and national linguistic cognition. Keywords: Uzbek medical terminology, color semantics, lexical meaning, terminological motivation, diagnostic terms. Terminologiya-bu kasb va fanni tashkil qiluvchi muhim qismlaridan biridir. Bu haqida Lavuaz’ye oʻzining “ Kimyo toʻgʻrisida asosiy fikrlar” nomli asarida: “Fanni terminologiyadan, terminologiyani fandan ajratib boʻlmaydi: chunki har bir fan uchta narsa: uning mazmuni tashkil qiladigan bir qator faktlar, u keltirib chiqaruvchi tasavvurlar va ushbu tasavvurlar ifodalangan terminlardan iborat” deb juda aniq qilib koʻrsatgan. [1] Tibbiyot terminologiyasi – har qanday tilning eng murakkab va dinamik rivojlanuvchi qatlamlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy globallashuv sharoitida tibbiy bilimlarning xalqaro integratsiyasi tufayli terminologik tizimlar orasidagi aloqa masalasi, ayniqsa ingliz tilidan milliy tillarga tarjima qilish masalasi tobora dolzarb boʻlib bormoqda.[2] O‘zbek tibbiy terminologiyasi tilning ilmiy imkoniyatlarini aks ettiruvchi muhim sohalardan biridir. Ushbu terminologik tizimda rang bilan bog‘liq birliklar alohida leksiksemantik qatlamni tashkil etadi. Rang komponentli terminlar inson organizmidagi fiziologik va patologik jarayonlarni ko‘zga ko‘rinarli belgilar orqali ifodalash imkonini beradi, bu esa tibbiy nutqda aniqlik va tezkorlikni ta’minlaydi. O‘zbek tilida keng qo‘llanadigan sariqlik, ko‘karish, oq qon, qizarish, qorayish kabi terminlar rang belgisiga asoslangan holda shakllangan bo‘lib, ular
859 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 kasallikning tashqi alomatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur terminlar semantik jihatdan motivatsiyalangan bo‘lib, rang komponenti termini ma’nosining asosiy yadrosini tashkil etadi. Bu holat rang semantikasining tibbiy terminologiyadagi muhim ahamiyatini ko‘rsatadi. Rang bilan bog‘liq tibbiy terminlarning o‘ziga xos jihati shundaki, ular tibbiy tushunchani vizual idrok bilan uzviy bog‘laydi. Rang orqali nomlangan klinik belgilar shifokor tafakkurida tezkor tashxis qo‘yish imkonini yaratadi. Natijada rang komponentli terminlar tibbiy kommunikatsiyada informativlik darajasini oshiradi va kasallik holatini aniq ifodalashga xizmat qiladi. Mazkur terminlarning shakllanishida milliy til tafakkuri muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek tilida ranglar ko‘pincha muayyan baholovchi ma’noga ega bo‘lib, bu holat tibbiy terminlarda ham o‘z aksini topadi. Rang bilan bog‘liq terminlar xalqona idrok va ilmiy tafakkur uyg‘unligida vujudga kelgan bo‘lib, ularning semantik barqarorligi real klinik kuzatuvlar bilan asoslangan. Rang turlariga asoslangan atamalar, asosan, teri kasalliklari nomlari bilan ifodalanadi, buning natijasida terining tuzilishi va rangi o‘zgaradi. Аnthrax (kuydirgi) “sibir yarasi” — yunoncha: anthrax “ko‘mir”, bu “teri kuydirgisi” — terining qaynashga o‘xshash jarohati bo‘lib, oxir-oqibat qora ko‘mir markaziga ega bo‘lgan yarani hosil qiladi” deb izohlanadi Cyanosis (siyanoz) “siyanoz” — terining mavimsi – qizil rangi, erining va shilliq pardalarning ranglanishi — yunon tilidan kyaneos “to‘q ko‘k”. Xanthoma sarg‘ish rangga ega fibroma — yunoncha xanthos “sariq”. Melaena “melena” — qizilo‘ngach, oshqozon va yuqori ichaklarda qon ketish paytida shakllanmagan qora najasning chiqishi — yunoncha melaina “qora”. Leykoderma — teridagi oq dog‘lar — yunoncha leykos “oq” va derma “teri”. Eritema “eritema” — dermis tomirlarining kengayishi natijasida yuzaga keladigan terining cheklangan qizarishi erithros “qizil”. Cirrhossis “tsirrozi“ — alomatlardan biri shundaki, jigar qizil rangga ega — yunoncha kirrhos sariq, qizil.[3] Tibbiy terminologiyada rang nomlari ko‘pincha metafora asosida shakllanadi. Masalan, “oq” (lat. Albus) so‘zi nafaqat rangni, balki organizmdagi o‘ziga xos o‘zgarishlarni ifodalaydi: 1. Leykotsitlar (oq qon hujayralari) – bu yerda “oq” komponenti hujayraning tashqi ko‘rinishiga ishora qiladi. 2. Albinizm – pigment yetishmasligi oqibatida terining oqarishi. Rang bildiruvchi terminlar ko‘pincha kasallikning asosiy simptomini nomlash uchun xizmat qiladi. Bu sohada “sariq” (lat. Icterus) va “ko‘k” (lat. Cyanos) ranglari yetakchi hisoblanadi: Icterus (Sariqlik): Jigar kasalliklari natijasida teri va ko‘z oqining sarg‘ayishini ifodalovchi termin. Sianoz (Ko‘karish): Qonda kislorod yetishmasligi oqibatida lab va barmoq uchlarining binafsha-ko‘k rangga kirishi. Shu bois rang komponentli terminlar sun’iy ravishda yaratilmagan, balki tilning tabiiy rivoji jarayonida shakllangan birliklar hisoblanadi. Ular ilmiy aniqlik, semantik ixchamlik va tushunarlilik kabi muhim xususiyatlarga ega. Rang semantikasi terminning ichki mazmunini ochib berib, uni tibbiy nutqda samarali kommunikativ vositaga aylantiradi. Xulosa qilib aytganda, rang bilan bog‘liq tibbiy terminlar o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida vujudga kelgan bo‘lib, milliy til tafakkuri va ilmiy tafakkur uyg‘unligini yaqqol namoyon etadi. Ularni leksik-semantik jihatdan o‘rganish o‘zbek tibbiy terminologiyasini
860 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 ilmiy asosda rivojlantirish va tizimlashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tibbiy terminologiyaning leksik va semantik xususiyatlarini chuqur o‘rganish tibbiyot fanining rivoji, tarjima amaliyoti hamda o‘zbektilining boyishi uchun xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. L. X. Bazarova, N. S. Suyundikova, D. Q. Xudoyqulova “Lotin tili va farmatsevtik terminologiya asoslari”. “Sano_standart”nashryoti:. Toshkent -2018. 2. Nilufar Kurbanova “ Ingliz va oʻzbek tillarida tibbiyot terminlari tarjimasiningfunksionalsemantik xususiyatlari” maqolasi . https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics 3. Muhammadali Turdaliyevich Toshxonov “ Tibbiyotga oid terminologiyada ba’zi lotincha atamalar kelib chiqishining metаforik xususiyatlari haqida” . //O‘zbekistonda xorijiy tillar. — 2024. —10-jild, № 1. — B. 117-128. https://doi.org/ 10.36078/1710234162 4. S. Nurmatova , U. Yoʻldoshev “Tibbiyot sohasi terminlari tarjimasining leksiksemantik xususiyatlari” December 2023. DOI:10.47689/ATGD:IYOM-vol1-iss1-pp584-590id28678