INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 40 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18045453 MOLIYAVIY HISOBOTLARDA BARQARORLIK KO‘RSATKICHLARINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAHLILI Imomqulov Abduazim Abdualim o‘g‘li
[email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada moliyaviy hisobotlarda moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) asosida tahlil qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida moliyaviy barqarorlikni baholashda keng qo‘llaniladigan mustaqillik koefsienti, likvidlik, qarzdorlik ko‘rsatkchi, qarzning o‘z kapitaliga nisbati, foizlarni qoplash, qarz yukini daromadga nisbati, bankrotlik, hamda pul oqimlariga asoslangan ko‘rsatkichlarning, xo‘jalik yurutuvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligiga ahamiyatliligi o‘rganildi. Shuningdek, aktivlar va majburiyatlarning baholanishi, pul oqimlari va moliyaviy risklarni ochiqlashda IFRS talablarining ahamiyati tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari IFRS asosida shakllantirilgan moliyaviy hisobotlar korxonaning real moliyaviy holati va barqarorligini aniqroq aks ettirishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: moliyaviy barqarorlik, moliyaviy hisobot, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, IFRS, BHMS, moliyaviy ko‘rsatkichlar, kapital tuzilmasi, qarzdorlik darajasi, pul oqimlari, moliyaviy risklar, bankrotlik xavfi. ANALYSIS OF FINANCIAL STABILITY INDICATORS IN FINANCIAL STATEMENTS BASED ON INTERNATIONAL STANDARDS ABSTRACT This article examines the analysis of financial stability indicators in financial statements based on International Financial Reporting Standards (IFRS). The study investigates the significance of widely used financial stability indicators—including the equity ratio, liquidity, debt ratio, debt-to-equity ratio, interest coverage, debt-toEBITDA ratio, bankruptcy indicators, and cash flow–based measures—in assessing the financial stability of business entities. In addition, the paper analyzes the importance of asset and liability measurement, cash flow reporting, and financial risk
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 41 disclosure in accordance with IFRS requirements. The findings demonstrate that financial statements prepared in compliance with IFRS provide a more accurate and reliable representation of a company’s actual financial position and financial stability. Keywords: financial stability, financial reporting, International Financial Reporting Standards, IFRS, National Accounting Standards, financial ratios, capital structure, leverage, cash flows, financial risks, bankruptcy risk. KIRISH Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini baholash investorlar, kreditorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari korxonaning uzoq muddatli rivojlanish imkoniyatlarini aniqlashda asosiy vositalardan biri hisoblanadi hamda moliyaviy holatning ishonchliligini baholashga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni liberallashtirish, moliyaviy hisobotlarning shaffofligini oshirish va xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini (IFRS) joriy etish bo‘yicha qabul qilingan Prezident farmon va qarorlari moliyaviy axborotlarning ochiqligi, solishtiriluvchanligi va ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu normativhuquqiy hujjatlar ijrosi doirasida yirik korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish amaliyoti bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga asoslangan tahlil moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashda aktivlar va majburiyatlarning real baholanishi, pul oqimlari hamda moliyaviy risklarning to‘liq aks ettirilishini ta’minlaydi. Bu esa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini yanada aniqroq baholash, investitsiya jozibadorligini oshirish va iqtisodiy qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida tahlil qilish masalalarini o‘rganish mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, mavzuning dolzarbligi va amaliy ahamiyatini yanada oshiradi. MATERIAL VA METOD Xorijiy ilmiy adabiyotlarda moliyaviy barqarorlikni baholashda moliyaviy ko‘rsatkichlardan foydalanishning nazariy asoslari Edward Altman tadqiqotlarida chuqur tahlil qilingan. Olim tomonidan ishlab chiqilgan Altman Z-score modeli moliyaviy ko‘rsatkichlar kombinatsiyasi asosida korxonaning bankrotlik xavfini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 42 oldindan baholash imkonini beradi. Ushbu modelda qarzdorlik darajasi, foyda ko‘rsatkichlari va aktivlarning samaradorligi moliyaviy barqarorlikning asosiy elementlari sifatida qaraladi. Altman moliyaviy barqarorlikni faqat balans tuzilmasi bilan emas, balki korxonaning kelajakdagi to‘lov qobiliyati bilan bog‘liq holda baholash zarurligini ta’kidlaydi. Korporativ moliya nazariyasida moliyaviy barqarorlik masalalari Principles of Corporate Finance asarida keng yoritilgan. R. Brealey va S. Myers moliyaviy barqarorlikni kapital tuzilmasining optimal shakllanishi bilan bog‘lab, qarz va o‘z kapitali nisbatining (debt-to-equity ratio) muhimligini asoslab beradi. Ularning fikricha, yuqori qarzdorlik darajasi moliyaviy leverej orqali foydani oshirishi mumkin, biroq bu holat moliyaviy risklarning ortishiga ham olib keladi. Shu sababli foiz to‘lovlarini qoplash koeffitsienti (interest coverage ratio) moliyaviy barqarorlikni baholashda muhim indikator hisoblanadi. Zamonaviy moliyaviy tahlilda Aswath Damodaran moliyaviy barqarorlikni baholashda daromad va pul oqimlariga asoslangan ko‘rsatkichlarning ustuvorligini ta’kidlaydi. Olimning fikricha, balans ko‘rsatkichlari muhim bo‘lsa-da, qarz yukining operatsion daromadga nisbati (debt to EBITDA) va pul oqimlariga asoslangan indikatorlar korxonaning real moliyaviy holatini aniqroq aks ettiradi. Damodaran moliyaviy barqarorlikni baholashda xalqaro moliyaviy hisobot standartlarida nazarda tutilgan majburiyatlarning to‘liq tan olinishi muhimligini qayd etadi. O‘zbekiston olimlarining tadqiqotlarida ham moliyaviy barqarorlik masalalari alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, I. Ismoilov moliyaviy barqarorlikni korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan faoliyat yuritish darajasi hamda qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish qobiliyati sifatida tavsiflaydi. Olim moliyaviy mustaqillik koeffitsienti va qarzdorlik ko‘rsatkichlarini barqarorlikni baholashda asosiy mezonlar deb hisoblaydi. Shuningdek, A. Vahobov va Sh. Shoha’zamiy o‘z tadqiqotlarida moliyaviy barqarorlikni baholashda likvidlik ko‘rsatkichlari va pul oqimlari tahlilining ahamiyatini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning moliyaviy barqarorligi nafaqat balansdagi aktiv va majburiyatlar nisbatiga, balki pul oqimlarining barqarorligiga ham bevosita bog‘liqdir. Tadqiqotda taqqoslash, tahlil va sintez, guruhlash, nisbatlar usuli hamda mantiqiy xulosa chiqarish metodlaridan foydalanildi. Taqqoslovchi tahlil orqali moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining BHMS va IFRS sharoitida shakllanishidagi farqlar aniqlanib, ularning moliyaviy holatni baholashga ta’siri o‘rganildi. NATIJALAR Umuman olganda, xorijiy va mahalliy olimlar tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy barqarorlikni baholashda kapital tuzilmasi, qarzdorlik darajasi, foiz
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 43 to‘lovlarini qoplash, qarz yukining daromadga nisbati hamda pul oqimlariga asoslangan ko‘rsatkichlardan kompleks foydalanish zarur. Ushbu yondashuv xalqaro moliyaviy hisobot standartlari talablariga muvofiq holda amalga oshirilganda, moliyaviy barqarorlikning real va ishonchli bahosini shakllantirish imkonini beradi. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini baholashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular korxonaning to‘lov Ko‘rsatkich nomi Hisoblash formulasi Izoh (mazmuni) Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti O‘z kapitali / Jami aktivlar Korxona aktivlarining qanchasi o‘z mablag‘i hisobidan moliyalashtirilganini ko‘rsatadi va ≥ 0,4 bo‘lishi tavsiya qilinadi Likvidlik ko‘rsatkichi (joriy likvidlik) Aylanma aktivlar / Qisqa muddatli majburiyatlar Qisqa muddatli majburiyatlarni qoplash qobiliyatini ifodalaydi va 1,5 – 2 orasida bo‘lishi tavsiya qilinadi. Qarzdorlik ko‘rsatkichi Jami majburiyatlar / Jami aktivlar Aktivlarning qanchasi qarz hisobidan moliyalashtirilganini ko‘rsatadi va ≤ 0,6 bo‘lishi tavsiya qilinadi. Qarzning o‘z kapitaliga nisbati (Debt to Equity) Jami majburiyatlar / O‘z kapitali Moliyaviy leverej darajasini aks ettiradi va ≤ 1,0 bolishi tavsiqa qilinadi.‘ Foizlarni qoplash koeffitsienti EBIT / Foiz xarajatlari Korxonaning foiz to‘lovlarini daromad hisobiga qoplash imkoniyatini ko‘rsatadi va 2,0 – 3,0 orasida bo‘lishi tavsiya qilinadi. Qarz yukining daromadga nisbati (Debt to EBITDA) Foizli qarzlar / EBITDA Qarzlarni operatsion daromad hisobiga necha yilda qoplash mumkinligini bildiradi va ≤ 3,0 bo‘lishi tavsiya qilinadi. Bankrotlik ko‘rsatkichi (Altman Z-score) Z = 1,2×A + 1,4×B + 3,3×C + 0,6×D + 1,0×E Korxonaning bankrotlik xavfini kompleks baholaydi va ≥2.99 moliyaviy barqaror, 1,81 – 2,99 orasida bo‘lishi noaniq Daraja va ≤1.81 bankrotlik havfi yuqori. Pul oqimlariga asoslangan ko‘rsatkich Operatsion pul oqimi / Jami majburiyatlar Pul oqimlari orqali to‘lov qobiliyatini baholaydi va ≥ 0,2 bo‘lishi tavsiya qilinadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 44 qobiliyati, qarzdorlik darajasi va uzoq muddatli rivojlanish imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi. Jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlar moliyaviy barqarorlikni kompleks baholash imkonini berib, har bir ko‘rsatkich korxonaning moliyaviy holatini turli jihatdan aks ettiradi. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari (moliyaviy mustaqillik, likvidlik, qarzdorlik, qarz yuklamasi, foizlarni qoplash, pul oqimlariga asoslangan ko‘rsatkichlar va bankrotlik indikatorlari)ni hisoblash formulalari BHMS va IFRSda bir xil bo‘lsada, ularning qiymatiga ta’sir etuvchi omillar turlicha shakllanadi. Ushbu farqlar asosan aktivlar va majburiyatlarning tan olinishi, baholanishi hamda axborot ochiqligi darajasi bilan bog‘liq. BHMSda aktivlar asosan tarixiy (boshlang‘ich) qiymat asosida hisobga olinadi. Qayta baholash amaliyoti cheklangan bo‘lib, bu aktivlar qiymatining uzoq vaqt davomida o‘zgarmas holatda aks etishiga olib keladi. IFRSda esa ayrim aktivlar bo‘yicha adolatli qiymat va qiymatning pasayishini hisobga olish talablari mavjud. Natijada IFRS asosida tuzilgan hisobotlarda aktivlar qiymati bozor sharoitlariga yaqinroq shakllanadi, bu esa moliyaviy mustaqillik va qarzdorlik ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. BHMSda majburiyatlar asosan aniq va hujjat bilan tasdiqlangan qarzlar doirasida tan olinadi. IFRSda esa majburiyatlar tushunchasi kengroq bo‘lib, ijara majburiyatlari, ehtimoliy majburiyatlar, moliyaviy instrumentlar va kechiktirilgan soliq majburiyatlari balansda aks ettiriladi. Ushbu holat IFRSda jami majburiyatlar hajmining kattaroq ko‘rinishiga olib keladi va qarzdorlik hamda qarzning o‘z kapitaliga nisbati kabi ko‘rsatkichlarning BHMSga nisbatan yuqoriroq chiqishiga sabab bo‘ladi. BHMSda moliyaviy barqarorlikni baholashda balans va foyda–zarar hisobotlariga ustuvor ahamiyat beriladi, pul oqimlari tahlili esa ikkinchi darajali hisoblanadi. IFRSda esa pul oqimlari hisobotlari majburiy bo‘lib, ayniqsa operatsion pul oqimi moliyaviy barqarorlikni baholashda asosiy mezon sifatida qaraladi. Bu holat IFRS asosida pul oqimlariga asoslangan ko‘rsatkichlarning ahamiyatini oshiradi. BHMSda moliyaviy risklarni ochiqlash talablari cheklangan bo‘lib, ko‘pincha umumiy izohlar bilan chegaralanadi. IFRSda esa kredit riski, likvidlik riski va bozor risklarini miqdoriy va sifat jihatdan batafsil ochiqlash talab etiladi. Risklarning to‘liq ochiqlanishi moliyaviy barqarorlikni sifat jihatdan chuqurroq baholash imkonini beradi. MUHOKAMA Mazkur tadqiqot natijalari moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining shakllanishi va talqin qilinishi moliyaviy hisobot tuzishda qo‘llaniladigan standartlarga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Olingan natijalar shuni tasdiqlaydiki, bir xil moliyaviy ko‘rsatkichlar BHMS va IFRS sharoitida turlicha qiymatga ega bo‘lishi mumkin, biroq
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 45 bu holat ko‘rsatkichlarni hisoblash formulalaridagi farq bilan emas, balki moliyaviy axborotning tan olinishi, baholanishi va ochiqlanish darajasi bilan izohlanadi. Tahlil jarayonida moliyaviy mustaqillik, qarzdorlik va likvidlik ko‘rsatkichlari BHMS asosida nisbatan barqaror va optimistik ko‘rinishda shakllanishi kuzatildi. Bu holat BHMSda aktivlarning asosan tarixiy qiymatda baholanishi hamda majburiyatlarning cheklangan doirada tan olinishi bilan izohlanadi. Natijada moliyaviy mustaqillik koeffitsienti va qarzning o‘z kapitaliga nisbati kabi ko‘rsatkichlar korxonaning real moliyaviy yuklamasini to‘liq aks ettirmasligi mumkin. IFRS asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarda esa moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari nisbatan konservativ shakllangan. Xususan, ijara majburiyatlari va ehtimoliy majburiyatlarning balansda tan olinishi jami majburiyatlar hajmini oshiradi, bu esa qarzdorlik ko‘rsatkichlari va debt to equity nisbatining BHMSga nisbatan yuqoriroq chiqishiga olib keladi. Ushbu holat IFRSning ehtiyotkorlik va shaffoflik tamoyillariga asoslanganligini tasdiqlaydi. Shuningdek, pul oqimlariga asoslangan ko‘rsatkichlar tahlili IFRSning moliyaviy barqarorlikni baholashda dinamik yondashuvni qo‘llashini ko‘rsatdi. Operatsion pul oqimlarining majburiyatlarni qoplash qobiliyati BHMSga nisbatan IFRSda aniqroq namoyon bo‘ladi. Bu holat foyda ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda real pul harakatining moliyaviy barqarorlikni baholashdagi muhim rolini tasdiqlaydi. Olingan natijalar xorijiy va mahalliy ilmiy tadqiqotlar bilan uyg‘unlikda bo‘lib, moliyaviy barqarorlikni baholashda faqat balans ko‘rsatkichlariga tayanish yetarli emasligini ko‘rsatadi. Xususan, kapital tuzilmasi, qarz yuklamasi va pul oqimlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish moliyaviy barqarorlikni to‘liq va ishonchli baholash imkonini beradi. XULOSA Mazkur tadqiqotda moliyaviy hisobotlarda moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) asosida tahlil qilish masalalari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash formulalari BHMS va IFRSda bir xil bo‘lishiga qaramay, ularning qiymatlarida yuzaga keladigan farqlar asosan moliyaviy axborotni tan olish, baholash va ochiqlash darajasidagi tafovutlar bilan izohlanishini ko‘rsatdi. Tahlil jarayonida BHMS asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarda moliyaviy mustaqillik, likvidlik va qarzdorlik ko‘rsatkichlari nisbatan barqaror va optimistik ko‘rinishda shakllanishi aniqlandi. Buning asosiy sababi aktivlarning tarixiy qiymatda baholanishi hamda majburiyatlarning cheklangan doirada tan olinishi bilan bog‘liq. Natijada ayrim moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari korxonaning real moliyaviy yuklamasini to‘liq aks ettirmasligi mumkin. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy barqarorlikni baholashda faqat balans va foyda-zarar ko‘rsatkichlariga tayanish yetarli
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 46 emas. Pul oqimlari, risklarni ochiqlash hamda majburiyatlarning to‘liq tan olinishi moliyaviy barqarorlikning ishonchli bahosini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, investorlar, kreditorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun qaror qabul qilish jarayonida IFRS asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Altman, E. I. (1968). Financial ratios, discriminant analysis and the prediction of corporate bankruptcy. The Journal of Finance, 23(4), 589–609. https://doi.org/10.2307/2978933 2. Brealey, R. A., Myers, S. C., & Allen, F. (2020). Principles of corporate finance (13th ed.). McGraw-Hill Education. 3. Damodaran, A. (2012). Investment valuation: Tools and techniques for determining the value of any asset (3rd ed.). John Wiley & Sons. 4. International Accounting Standards Board. (2023). IAS 7: Statement of cash flows. IFRS Foundation. https://www.ifrs.org 5. International Accounting Standards Board. (2023). IAS 16: Property, plant and equipment. IFRS Foundation. https://www.ifrs.org 6. International Accounting Standards Board. (2023). IAS 36: Impairment of assets. IFRS Foundation. https://www.ifrs.org 7. International Accounting Standards Board. (2023). IAS 37: Provisions, contingent liabilities and contingent assets. IFRS Foundation. https://www.ifrs.org 8. International Accounting Standards Board. (2023). IFRS 7: Financial instruments—Disclosures. IFRS Foundation. https://www.ifrs.org 9. International Accounting Standards Board. (2023). IFRS 9: Financial instruments. IFRS Foundation. https://www.ifrs.org 10. International Accounting Standards Board. (2023). IFRS 16: Leases. IFRS Foundation. https://www.ifrs.org 11. International Monetary Fund. (2019). Financial soundness indicators: Compilation guide. IMF. https://www.imf.org 12. Bank for International Settlements. (2018). Global liquidity: Implications for financial stability. BIS. https://www.bis.org 13. Ismoilov, I. (2018). Moliyaviy tahlil va moliyaviy barqarorlik asoslari. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti. 14. Vahobov, A., & Shoha’zamiy, Sh. (2019). Korporativ moliya. Toshkent: Iqtisodiyot. 15. Xolmuradov, B. (2020). Korxonalarning moliyaviy barqarorligini baholash usullari. Toshkent: Fan va texnologiya.