BOSHLANG'ICH TA'LIMDA TIMSS XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI VA TADBIQI
Abstract
Mazkur maqolada TIMSS xalqaro baholash dasturining boshlang‘ich ta’lim tizimidagi o‘rni, ahamiyati hamda uni o‘quv jarayoniga tadbiq etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda TIMSS dasturining mazmuni, baholash mezonlari, kompetensiyaviy yondashuv asoslari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 54 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18045850 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TIMSS XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI VA TADBIQI Jo‘rabayeva Gulmira Anvarjon qizi Namangan Davlat pedagogika instituti 1-kurs magistr [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqolada TIMSS xalqaro baholash dasturining boshlang‘ich ta’lim tizimidagi o‘rni, ahamiyati hamda uni o‘quv jarayoniga tadbiq etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda TIMSS dasturining mazmuni, baholash mezonlari, kompetensiyaviy yondashuv asoslari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: TIMSS, xalqaro baholash, boshlang‘ich ta’lim, matematika savodxonligi, tabiiy fanlar, kompetensiya, ta’lim sifati. Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim tizimining samaradorligini xalqaro mezonlar asosida baholash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, TIMSS xalqaro baholash dasturi o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma hamda kompetensiyalarini aniqlashga xizmat qiladi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi esa o‘quvchilarda mazkur fanlarga oid fundamental bilimlarning shakllanishida muhim o‘rin tutadi.Mamlakatimiz TIMSS xalqaro baholashida raqobatbardosh natijalar ko‘rsatishi uchun boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilari zamonaviy va samarali metodlardan foydalanishi muhim hisoblanadi. Boshlang`ich ta`limning 4-sinf o‘quvchilari uchun faqat tayyor bilimni eslab qolish emas, balki
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 55 bilimni amaliyotda qo‘llash, tahlil qilish, va yaratish qobiliyatlarini rivojlantirish zarur. Interaktiv metodlar o‘quvchilarning bu ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. TIMSS xalqaro baholash tizimi ham aynan bilimni amaliyotda qo‘llash, tahlil qilish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini baholaydi. Shuning uchun boshlang‘ich ta’limda interaktiv metodlardan foydalanish nafaqat o‘quvchilarning ta’lim sifati, balki ularning Xalqaro baholashlarda yuqori natijalar ko‘rsatishi uchun ham zarurdir. TIMSS xalqaro baholash dasturining mazmuni. TIMSS dasturi 4va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha tayyorgarlik darajasini baholaydi. Dastur o‘quvchilarning: bilimlarni eslab qolish; tushunish va qo‘llash; tahlil qilish va mantiqiy fikrlash kabi kognitiv darajalarini aniqlashga yo‘naltirilgan. Boshlang‘ich sinflarda TIMSS asosan o‘quvchilarning kundalik hayot bilan bog‘liq masalalarni yechish, mantiqiy fikrlash va ilmiy tushunchalarni anglash qobiliyatlarini baholaydi. Boshlang‘ich ta’limda TIMSS talablarini tadbiq etish. TIMSS talablarini boshlang‘ich ta’lim jarayoniga tatbiq etish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: O‘quv dasturlarini takomillashtirish; Amaliy va hayotiy masalalarga asoslangan topshiriqlar ulushini oshirish; Fanlararo integratsiyani kuchaytirish; Kompetensiyaviy yondashuvni ta’lim mazmuniga singdirish. O‘qitish metodlarini yangilash Muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish; Interfaol metodlar orqali dars samaradorligini oshirish; O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rag‘batlantirish; Baholash tizimini takomillashtirish; Diagnostik va formatif baholashdan foydalanish;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 56 Ochiq javobli savollar asosida bilimni baholash; O‘quvchining fikrlash jarayonini tahlil qilishga e’tibor qaratish. O‘qituvchining TIMSSdagi roli. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi TIMSS talablarini chuqur bilishi, dars jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiruvchi topshiriqlardan foydalanishi zarur. O‘qituvchi testga tayyorlashdan ko‘ra, o‘quvchining fikrlash kompetensiyasini shakllantirishga e’tibor qaratishi lozim. An’anaviy usulda o‘qituvchi markazda bo‘lsa, zamonaviy metodlarda o‘quvchi markazda bo‘ladi. O‘qituvchi esa yo‘naltiruvchi, motivator va fikrlashga undovchi shaxs sifatida ishtirok etadi ya’ni zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy yondashishga, hayotiy muammolarni hal eta olishga o‘rgatishni maqsad qiladi. An’anaviy ya’ni faqat o‘qituvchi markazida qurilgan darslar bu maqsadga to‘liq erisha olmaydi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limbosqichida o‘quvchilarni faol, ishtirokchi va o‘rganuvchi subyekt sifatida shakllantirish uchun o‘qituvchilar darslarni innovatsion metodlar asosida tashkil etishlari lozim. Xulosa qilib aytganda, TIMSS xalqaro baholash dasturining boshlang‘ich ta’limda tadbiq etilishi o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarini xalqaro darajada baholash, ta’lim sifatini oshirish hamda o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Ushbu dastur talablari asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarda mustaqil va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2024 - yil 21 - iyundagi PQ-231son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”.// https://lex.uz/uz/docs/-6981085. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 29 - apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 57 3.Ergasheva M. va boshqalar. PISA, PIRLS TIMSS xalqaro baholash dasturlariga maktab o‘quvchilarini tayyorlash mexanizmlari. Metodik qo‘llanma, - Toshkent, 2022 - yil. - 212 b. 4.Urazova N.Boshlanğich ta'lim o'qituvchilarining TIMSS Xalqaro baholash dasturiga tayyorlanishdagi muammolar va istiqbollar. Ilmiy maqola. https//:ilmiyanjumanlar.uz 5.Global education monitoring report, 2023: technology in education: a tool on whose terms. Paris: UNESCO, 2023 y. -526 pages. 6. https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000385723 7. https://www.iea.nl/studies/iea/timss/timss2023.