scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARINI SINFDAN TASHQARI MASHG'ULOTLARDA SOG'LOM TURMUSH-TARZINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Asqarov, Ahliddin Alisher o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada o‘quvchilarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda jismoniy sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari, muammo va yechimlari haqida so’z yuritilgan bo’lib, tajriba davomida turli metodlardan foydalanilgan hamda, amaliy yechimlar keltirilgan. Mavzu yuzasidan soha olimlarining fikrlari va tadqiqot natijalaridan foydalanilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 58 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18045951 O‘QUVCHILARINI SINFDAN TASHQARI MASHG'ULOTLARDA SOG‘LOM TURMUSH-TARZINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI Asqarov Ahliddin Alisher o‘g‘li University of Business and Science. Maktabgacha-boshlang‘ich ta’lim va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada o‘quvchilarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda jismoniy sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari, muammo va yechimlari haqida so’z yuritilgan bo’lib, tajriba davomida turli metodlardan foydalanilgan hamda, amaliy yechimlar keltirilgan. Mavzu yuzasidan soha olimlarining fikrlari va tadqiqot natijalaridan foydalanilgan. Kalit so’zlar. Globallashuv, maxorat, energiya sarfi, takrorlanish, jismoniy sifatlar, fiziologik xususiyatlar, uloqtirish, kasbiy faoliyat,malaka, axloqiy-estetik munosabatlar. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматриваются меры, проблемы и решения по формированию физических способностей учащихся начальных 4-х классов во внеурочной деятельности. В ходе эксперимента использовались различные методы, а также были представлены практические решения. Использовались мнения ученых в данной области и результаты исследований по теме. Ключевые слова: Глобализация, педагогическое мастерство, энергозатраты, повторение, физические качества, физиологические особенности, бросание, профессиональная деятельность, профессиональная компетентность, морально-эстетические отношения. ABSTRACT In the classroom, students in the Ushba department discussed measures, problems and solutions for improving a physically healthy lifestyle, using various experimental INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 59 methods and practical solutions. The topic was verified by research and studies by scientists in the scientific field. Keywords. Globalization, pedagogical skills, energy expenditure, repetition, physical qualities, physiological characteristics, throwing, professional activity, professional competence, moral and aesthetic attitudes. KIRISH Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lom bo‘lgan avlodni kamol toptirish hisoblanadi. Zero, bugun dunyo mamlakatlarida keskinlashayotgan globallashuv jarayonlari sharoitida yuksak ma’naviyatli va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash Vatanimiz kelajagini belgilab beruvchi va xalqimizning ezgu maqsadlarini ro‘yobga chiqaruvchi eng muhim omillardan biridir. Bu ezgu amalning amalga oshirilishida uning huquqiy asoslari ham yaratilgan bo‘lib, keng qamrovli ishlar qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son Qarori va 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmoni bu sohani yanada rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Ushbu farmon va qarorlarning asosiy maqsadlaridan biri ham bu sohadagi nazariy va amaliy bilimlarni yanada chuqurlashtirish, jismoniy tarbiyaga oid ko‘nikma va malakalarga doir tushuncha hamda atamalarni to‘g‘ri shakllantirishdan iborat. [1] ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mashhur rus pedagogi V.A.Suxomlinskiy: “pedagogik rahbarlikning sirlaridan biri o‘qituvchilarda muntazam izlanish va o‘z ishining tahliliga qiziqish uyg‘otishdan iborat. Kimki o‘z darslarida, tarbiyalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda yaxshi va yomonni farqlashga, yutuq va kamchiliklarini o‘z vaqtida bo‘lishga urinsa, pedagogik faoliyatning yarim muvaffaqiyatiga erishgan bo‘ladi”[2]. - deb, pedagogik faoliyatga o‘z ta’rifini shunday ifodalagan edi. Rus olimi I.P.Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san’atning bir qismi sifatida quyidagi fikrni bildiradi: “Pedagogik mahorat deganda o‘qituvchining pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni mukammal egallashi, o‘z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuisiyasi, hayotga INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 60 axloqiy-estetik munosabatda bo‘lishi, o‘z fikr mulohazasiga ishonchi va qatiy irodasi tushuniladi” Shuningdek, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisining pedagogik faoliyatida o‘qituvchilik kasbiga sadoqatli bo‘lish, o‘z fanini o‘qitish metodikasini mukammal bilishi, pedagogik sog’lom turmush tarzini namoyish eta olishi, pedagogik texnikani o‘z o‘rnida qo‘llay bilishi eng muhim komponentlardan bo‘lib hisoblanadi. [3] Shuni ta’kidlash kerakki, har bir jismoniy tarbiya o‘qituvchisi doimo o‘quvchilarga jismoniy mashqlarni yetkazish bilan birgalikda parallel ravishda uning ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanib, u bilan o‘zaro muloqot olib boradi. Har bir o‘quvchi aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo‘lganligi sababli ham o‘qituvchi ular bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, ularning har bir psixologik xarakteri va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’sir ko‘rsatish mexanizmlarini, avvalo, psixologiya va tarbiya nazariyasini mukammal tarzda o‘rganib, o‘z kasbiy faoliyatini doimiy rivojlantirib borishi zarur. NATIJALAR VA MUHOKAMA U.R.M. mashqlarni bajarayotganda jismoniy yuklamani boshqarish oson. Yuklama tanlanadigan mashqlarga va mashg’ulotda ularning soniga bog’liq. Jismoniy tarbiya darslaridagi mashqlar mazmunini me’yorlashda organizmda energiyaning sarflash miqdori, mashqlarning takrorlanish soni, davom etish muddati va ularni bajarish davomiyligiga e’tibor beriladi. 7-8 yoshli bolalar bilan o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida sarflangan energiya, organizmning kislorodni maksimal darajada qabul qilishi 1/5 ga, 9-10 yoshli maktab o’quvchilarida esa 1/3 ga tengdir. Shuning uchun mashqlarni bajarish davomiyligi fiziologik jarayonlarning ritmik bog’liqligiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi lozim. Energiya sarf qilishning umumiy miqdorini adabiyotlarda ko’rsatilganidek hisoblash mumkin bo’lsa-da, ayrim mashqlarni baholashda ularni qo’llab bo’lmaydi. Shuningdek, o’quvchilar tomonidan jismoniy mashqlar bajarilganda qancha energiya sarflanishini baholashda kislorod qabul qilish to’g’risidagi ma’lumotlar orqali aniq hisoblash mumkin [4]. Inson harakat imkoniyatlarining alohida jihatlarini ifodalash uchun uzoq vaqt “jismoniy(harakatlantiruvchi)sifatlar” degan atama qo’llanilgan. Jismoniy tarbiya va sportda inson sog’lom turmush tarzining sifatiga xos xususiyatlari “kuchli”, “tezkor”, “chaqqon”, “egiluvchan” degan iboralarda o’z aksini topgan. O’quvchilarning jismoniy sifatlarini oshirishda jismoniy tarbiya darslarining va shu jumladan sinfdan tashqari ishlar, musobaqalar yetakchi rol o’ynashi barchamizga ma’lum. Yuqorida tilga INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 61 olingan sifatlardan kelib chiqqan holda jismoniy sifatlarni quyidagicha sinflarga ajratishimiz mumkin: (1.1-jadval) Jismoniy sifatlarni quyidagicha sinflarga ajratishimiz mumkin Kuchli. Odamning kuchi deb - tashqi qarshilikni yengib o’tishiga yoki tashqi kuchlarga qarshi turishiga yoki foydali harakatni bajara olish qobiliyatiga aytiladi. Tezkorlik. Tezkorlik insonning tashqi ta’sirlarga bir zumda javob qaytarish hamda tez harakatlar bajara olish qobiliyatidir. Sport amaliyotida tezkorlik tezlik-kuch sifatlarining o‘ziga xos shakllarida namoyon bo‘ladi. Chaqqonlik. Harakatlarning koordinastiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi o’lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga moyil bo’lsa, harakat yetarli darajada aniq bo’ladi, harakat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o’lchovidir. Egiluvchanlik. Egiluvchanlik bo’g’imlar harakatchanligi darajasini ko’rsatadi. Harakatchanlikning miqdoriy ifodasi – harakat amplitudasi. Egiluvchanlik uloqtirishda, ayrim sakrash turlarida, gimnastika hamda akrobatika mashqlarida, yangi harakat shakllarini yanada samarali egallashda shiddat natijalarining ko’tarilishiga ko’maklashadi. Chidamlilik. Chidamlilik - insonning biron harakat faoliyatini uzoq vaqt davomida uning samarasini pasaytirmasdan bajarish qobiliyati. Ishning davomiyligi oxir-oqibat charchash bilan chegaralanganligi munosabati bilan chidamlilikni organizmning charchashga bardosh berish imkoniyati deb ham ifodalash mumkin. Qo‘shimcha mashg‘ulotlarda 155-160 ud/daq zarba tezligi bilan kuchli jismoniy mashqlar past yuklamalarga (120-130 ud/daq), shuningdek, yurak urish tezligi (90-100 ud/daq) ga qadar faol dam olish davrlari bilan almashtiriladi.Ushbu yuklama boshlang‘ich sinf o‘quvchilar uchun maqbul edi. Kuchli jismoniy faollikning past jismoniy faollik va faol dam olish davrlari bilan almashinishi mashg‘ulot davomida bolalarning mehnat qobiliyatini saqlab qolish va jismoniy tayyorgarlik darajasini INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 62 oshirishga yordam beradi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik jismoniy sifatlar bilan tutashib ketadi [5]. XULOSA Xulosa qilib shuni aytish lozimki, qayd qilingan komponentlarning tarkibidagi nazariy bilim va amalda bajartirilayotgan harakatlar umumlashmasidan jismoniy madaniyat darsining mazmuni yuzaga keladi. Keng ma’noli mazmundor dars jismoniy tarbiya ta’limi va tarbiyasining samaradorligiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi. O‘tgan asrning ikkinchi yarim yilligidan so’ng chop etilgan umumiy va maxsus adabiyotlarning taxlili orqali jismoniy tarbiya darsining nomi (jismoniy tarbiya darsini yoki jismoniy madaniyat darsi deb atalishi haqidagi) va uning mazmunining ta’rifiga oid baxslarga hozir ham chek qo’yilgani yo’q va darsning asosiy komponentlari uning mazmunini ifodalashi ta’rif sifatida qabul qilindi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O`zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to`g`risida`gi Qonuni. 2020 yil 23 sentabr, O„RQ-637-son http://lex.uz 2. Сухомлинский В.Д. Болаларга жоним фидо. - Т.: Ўқитувчи, 1984,254 б. 3. Раченко И.П. Диагностика развития педагогического творчества учителя. - Пятигорск, 1992,196 4. Salomov S.R. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. 1 jild. T.: ITA PRESS, 2015. 5. Mirsharipova Z.M. Kamilova J.E. Jismoniy tarbiya va sport jismoniy tayyorgarlik asoslari O ‘quv – uslubiy qollanma. – T.: ToshDTU, 2010. 70 bet 6. Alisher o’g’li A. A. et al. BOLALAR JISMONIY TARBIYASIDA QO’LLANILADIGAN METODLARNING NAZARIY ASOSLARI //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 44. – С.584-586