BADIIY ASARLARDA RAMZIY OBRAZLARNING ÒRNI (QUSHLAR OBRAZI MISOLIDA)
Abstract
Mazkur maqolada badiiy asarlarda ramziy obrazlarning òrni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, qushlar obrazli misolida ramzning ĝoyaviy-badiiy vazifalari uning mifalogik ildizlari va adabiy talqinlari yoritiladi. Òzbek va Jahon adabiyoti namunalarida qushlar obrazi erkinlik,ruhiy holat,orzu va hijron ramzi sifatida tadqiq etiladi.
Full text
887 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 BADIIY ASARLARDA RAMZIY OBRAZLARNING ÒRNI (QUSHLAR OBRAZI MISOLIDA) Ochildiyeva Nigora Qarshiyevna Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Insituti Òzbek tili va adabiyoti yònalishi 1-kurs magistr talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18046382 Anontatsiya. Mazkur maqolada badiiy asarlarda ramziy obrazlarning òrni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, qushlar obrazli misolida ramzning ĝoyaviy-badiiy vazifalari uning mifalogik ildizlari va adabiy talqinlari yoritiladi. Òzbek va Jahon adabiyoti namunalarida qushlar obrazi erkinlik,ruhiy holat,orzu va hijron ramzi sifatida tadqiq etiladi. Kalit sózlar: ramziy obraz, ramz, qushlar obrazi, badiiy tafakkur, timsol, erkinlik, ruh. Kirish: Badiiy adabiyot inson tafakkuri va ruhiy olamini aks ettiruvchi muhim san'at turi bólib unda ramziy obrazlar alohida órin egallaydi. Ramzlar orqali yozuvchi voqelikni bevosita tasvirlashdan kóra, uni bilvosita, chuqur va kóp qatlamli ma'nolar orqali ifodalashga erishadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda qushlar obrazi adabiyotda eng qadimiy va keng tarqalgan ramziy timsollardan biridir. Qushlar obrazi nafaqat estetik bezak,balki falsafiy va ruhiy ma'nolarni ózida mujassamlashtiruvchi vosita sifatida namoyon bòladi. Mazkur maqolada qushlar obrazining badiiy asarlardagi ramziy mohiyati tahlil qilinadi. Adabiyotshunoslikda ramziy obraz tushunchasi kòp marotaba tadqiq etilgan. Ramz-bu aniq obraz orqali umumlashgan ma'noni ifodalovchi badiiy vositadir. A.A.Potebniya ramzni tafakkur mahsuli sifatida baholab, unda til va fikrning uzviy boģliqligini ta'kidlaydi. Yu.M.Lotman esa ramzni madaniy belgilar tizimining bir qismi sifatida talqin etadi. Ramziy obrazlar quydagi xususiyatlarga ega: -kóp ma'nolilik -umumlashma xarakter -òquvchi tafakkuriga tayanish -badiiy-estetik yuklama. Sharq falsafasi va tasavvuf adabiyotida qushlar inson ruhining komillikka intilishini ifodalaydi. Farididdin Attorning ,,Mantiq ut-tayr" asarida qushlar ramziy tarzda inson ruhining haqiqat sari qilgan safarini ifodalaydi.Bu hol qushlar obrazining chuqur falsafiy ramzga ega ekanini kòrsatadi. Alisher Navoiy asarlarida qushlar obrazi kópincha tasavvufiy ma'no kasb etib,inson ruhining komillikka intilishini ifodalaydi.Zamonaviy adabiyotda esa qush obrazi ijtimoiy muammolarni ramziy yòl bilan yoritishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, qushlar obrazi badiiy asarlarda ramziy obraz sifatida muhim ģoyaviy-badiiy vazifani bajaradi. U orqali muallif inson ruhiyati erkinlikka intilishi orzu va armon kabi murakkab tushunchalarni estetik shaklda ifodalaydi.Qushlar obrazi badiiy asarning ma'no qatlamini boyitib,uni óquvchi tafakkuri uchun yanada ta'sirchan qiladi.Shu bois ramziy obrazlarni xususan qushlar obrazini ilmiy tahlil qilish adabiyotshunoslar uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.Badiiy asarlarda ramziy obrazlarning o‘rni. Badiiy ijod jarayonida qo‘llaniladigan ramzlar o‘zining xarakteri, imkoniyatlari va bajaradigan vazifalari jihatidan alohida qimmatga ega.
888 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Borliqni o‘z holicha emas, badiiy aks ettirishning turlaridan biri — ramz hisoblanib, u qadimdan to bugungi adabiy jarayongacha yashab kelmoqda. Ramz — badiiy asarda aniq bir predmet yoki hodisa orqali chuqur ma’noni ifodalovchi poetik vositadir. Timsol esa muallif g‘oyasini mujassamlashtiruvchi obrazli ifoda shaklidir. Badiiy adabiyotda ushbu tushunchalar estetik va falsafiy mazmun bilan yoritiladi. Asosan ko'z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalar buyumlar orqali iroda, sifat yoki ma’lum davlat, diniy g‘oyaning umumlashma ifodasi, masalan, “she’r” — jasurlik ramzi, “xoch” — xristian dinining ramzi. Ramz keng ma’noda voqelikni jonli mushohada qilish orqali yuzaga kelgan tasavvurlardan iborat. Badiiy ramzlar haqida ko‘pgina yozuvchi olimlar izlanishlar olib borgan va ular quyidagicha fikrga kelishgan. Hamidulla Boltaboyev ramz va ramziylikka xos belgilarni quyidagicha izoxlaydi: “Ramz faqat shartli ravishda va shu matn doirasida ko‘chma ma’no kasb etuvchi so‘z yoki so‘z birikmasi, obrazlilik turi. Ramzning ma’nosi kontekst doirasida va shartdan xabardor bo‘lganda reallashadi. Cho‘lpon she’riyatidagi ‘yulduz’, ‘bahor’, ‘qish’ obrazlari ramzning yorqin misoli bo‘la oladi. Ramziy obrazlarning qamrovi keng bo‘lganligi sababli, men ramziy qush obrazlariga to‘xtalib o‘tishni joiz deb bildim. Nimaga desangiz, o‘sha davrlardagi qiyinchiliklar, amaldorlarning shuhratparastligi, qora xalqning qiyinchiliklarda yashayotganliklarini ko‘rgan yozuvchi asarlarini ko'proq mifologik va ramziy obrazlarda yozishga qaror qilishadi. Mifologik qush obrazining kelib chiqishi haqida folklorshunos olim Komil Imomov shunday fikrlarni bayon etadi: “Avesto” kitobida bir qator asotir qushlar olov shaklda naql qilingan. Masalan, Gulxaniyning "Zarbo'lmasal" asaridagi obrazlar, Kulonkir, Gunashbonu, Boyo‘g‘li, Yapaloqqushlar haqida so'z boradi. "Zarbo'lmasal" — hayvonlar va qushlar haqidagi qiziqarli voqealarga boy asar. U aslida odamlar haqidagi asardir. Asarda boyqushning qanday parranda ekanligi va uning faqat vayronalarni makon tutishi ma'lum. Asarda esa uning makoni shunday hayrat va muhabbat bilan tasvirlanadiki, beixtiyor o‘quvchining kulgisi keladi. “Zarbo‘rmasal”ning majoziy ma’nosi asardagi har bir qush obrazining biror toifaga mansub jonli odamni ifodalashi bir-birini cho‘qib emas, balki chaqib olishga tayyor, tili zaxar qushlar timsoli tasvirlanadi. Gulxaniy tomonidan ayni odamlarga xos illatlarni aks ettirish maqsadida tasvirlanganligini anglab yetilgandagina asardan chiqadigan badiiy va hayotiy ma’noning qimmati yuqori bo‘ladi. Qur’oni Karimning Moida surasida Qobil va Hobil qissasi keltirilgan. Ular ikkovlari qurbonlik qilinganda Hobilning qurbonligi qabul qilinib, Qobilniki qabul qilinmaydi. Bundan g‘azablangan Qobil ukasi Hobilni o‘ldiradi. Shunday qilib yer yuzidagi ilk jinoyat insonni o‘ldirish qotillik bo‘lib, Odam alayhissalomning shu ikki o‘g‘illari o‘rtasida sodir bo‘ladi. Bu jinoyatga iblisning vasvasasi, hasad, gina, adovat, sabab bo‘lgan edi. Keyin Qobil qilgan ishiga nadomat qilib, endi nima qilsam ekan deb o‘tirganda Alloh taolo unga ukasini qanday dafn etishni o‘rgatishi uchun qarg‘ani yuboradi. Ushbu voqea ham “Qissai Rabg‘uziy” asarida keltirilgan bo'lib quyadigicha ta'riflanadi. Qobil Hobilni o'lturmushda 20 yashar edi qush qurtlar Hobilni o'g'radi, Qobil Hobilni bir qopga suqib, orqasing'a ko'turub yurur erdilar.
889 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Tengri farmoni birla ikki qarg'a keldi, bir-biri bilan urishdilar, bir-birini o'ldirdilar, tirik qolgan qargʻa tumshug'i bilan yerni qazdi. Ul o'lik qargʻani ko'mdi. Qobil ani ko'rdi aytur maning qarg'achalik chog'lig' aqlim yo'q emish deb o'kindi. Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki asarning mazmuni mohiyati ramzga aylanishi uchun shartlilik asosida koʻpchilik tomonidan bir xilda qabul qilinishi darajasiga yetishi kerak. Yuqorida biz ko'rib chiqqan Ibn Sino va Imom G'azzoliy asarlarida qushlar obrazi inson ruhining ramzi sifatida qo'llanilgan. Bundan tashqari adabiyotimizda "qaldirg'ochbaxt, omad va do'stlik" ramzi sifatida "qargʻa-nafs, ikki yuzlamachilik" "kabutar-tinchlik, osoyishtalik, poklik ramzi sifatida adabiyotimizda foydalanib kelinmoqda. Bunday hayvonlar qushlarga insonlarni davlatni qilayotgan ishlarini majoziy ma'noda ko'rsatilgan.