"QAHR" QISSASIGA BIR NAZAR
Abstract
Ushbu maqolada taniqli yozuvchi Xurshid Do’stmuhammad “Qahr” qissasining mohiyati, adib qo‘llagan badiiy vosita va usullar o‘rganiladi. Muallif qissa asosida o’zbek adabiyoting chirog’i bo’lgan Abdulla Qahhor hayot yo’li, ijodiy kamoloti hamda oila a’zolari haqidagi ma’umotlarni, qolaversa, Qahhorning ustoz- adib va jonkuyar tanqidchi sifatidagi faoliyatlarini yoritadi. Xurshid Do’stmuhammadning badiiy mahorati, kitobxonlarni asarlariga qiziqtira olish sirlari, shu jumladan, boshqa adiblarda takrorlanmas ijod yo’li haqida fikrlar bildiriladi.
Full text
908 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 “QAHR” QISSASIGA BIR NAZAR Isayeva Komila Zoirovna Termiz davlat universiteti adabiyotshunoslik yo‘nalishi 125-guruh magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.18046718 Annotatsiya. Ushbu maqolada taniqli yozuvchi Xurshid Do’stmuhammad “Qahr” qissasining mohiyati, adib qo‘llagan badiiy vosita va usullar o‘rganiladi. Muallif qissa asosida o’zbek adabiyoting chirog’i bo’lgan Abdulla Qahhor hayot yo’li, ijodiy kamoloti hamda oila a’zolari haqidagi ma’umotlarni, qolaversa, Qahhorning ustozadib va jonkuyar tanqidchi sifatidagi faoliyatlarini yoritadi. Xurshid Do’stmuhammadning badiiy mahorati, kitobxonlarni asarlariga qiziqtira olish sirlari, shu jumladan, boshqa adiblarda takrorlanmas ijod yo’li haqida fikrlar bildiriladi. Kalit so‘zlar: syujet, Kibriyo Qahhorova, nasr, personaj, temirchi, musofir, qismat, falsafiy-psixologik, badiiy voqelik, detal, hapdori, Abdulla Qahhor mahorati. Abstract. This article examines the essence of the short story “Qahr” by the well-known writer Khurshid Dustmuhammad, as well as the artistic devices and techniques used by the author. Based on the story, the article analyzes the life path, creative maturity, and views on family and relatives of Abdullah Qahhor, one of the prominent figures in Uzbek literature. It also highlights Abdullah Qahhor’s activities as a master writer, a sincere critic, and a devoted artist. In addition, attention is paid to Khurshid Dustmuhammad’s artistic skill, his ability to captivate readers and attract them to books, and his unique creative style, which is not repeated among other writers. Key words: Plot, Kibriyo Qahhorova, prose, character, ironworker, traveler, destiny, philosophical-psychological approach, artistic reality, detail, truthfulness, Abdullah Qahhor’s mastery. Аннотация. В статье рассматривается идейно-художественная сущность рассказа «Кахр» известного узбекского писателя Хуршида Дустмухаммада, а также анализируются использованные автором художественные средства и приёмы. На основе произведения раскрывается жизненный путь, творческое становление и мировоззрение Абдуллы Каххара — одного из выдающихся представителей узбекской литературы, его взгляды на семью и родственные отношения. В работе освещается деятельность Абдуллы Каххара как мастера художественного слова, принципиального критика и преданного своему делу писателя. Особое внимание уделяется художественному мастерству Хуршида Дустмухаммада, его способности привлекать читателя, пробуждать интерес к чтению и формировать уникальный, неповторимый творческий стиль, не имеющий аналогов в современной литературе. Ключевые слова:сюжет, Кибриё Каххарова, проза, персонаж, кузнец, путник, судьба, философско-психологический анализ, художественная реальность, деталь, правдивость, мастерство Абдуллы Каххара. O’zbek adabiyotidagi yetakchi janrlardan biri sifatida qissachilik janrini e’tirof etishimiz mumkin. Bu janr dastlab xalq og’zaki ijodida shakllangan bo’lib, keyinchalik adabiy qayta ishlanib kitoblarga ko’chirilgan. Shuningdek, qissanavislik janri rivojida payg’ambarlar haqida yaratilgan qissalar g’oyat muhim rol o’ynaydi. Dastavval qissalarni qahramon ismi bilan nomlash odat bo’lgan.
909 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Misol uchun “Qissasi Rabg’uziy” va “Qissayi Mashrab” kabi kitoblarni keltirishimiz mumkin. ХХI asr zamonaviy o’zbek adabiyotida ham eposning bu turi bo’yicha salmoqli asarlar yaratilayotgan bo’lib, ularni mavzu jihatidan tarixiy, hajviy, falsafiy-psixologik va ma’naviy - ahloqiy kabi guruhlarga ajratamiz. Zamonamizning zabardast qissanavislaridan biri Xurshid Do’stmuhammad haqida so’z yuritadigan bo’lsak, yozuvchi o’zining o’lmas asarlari bilan o’zbek adabiyot bo’stonini yashnatib turibdi. Adibning “Men-sensiz, sen -mensiz’’, “Hijronim mingdir mening”, “Panoh’’qissalari hamda “Jajman” hikoyasi kitobxonlarning katta olqishiga sazovor bo’lib, kitob javonlarining oldingi qatorlaridan o’rin egallaganki, boisi ularni bir bor o’qish bilan kifoyalanib bo’lmaydi. Har safar qayta o’qilganda yangicha ma’no, o’zgacha zavq beradigan dilrabo asarlardir. Qolaversa, “Sharq yulduzi” jurnalining 2025-yil 1-sonida nashr qilingan Abdulla Qahhor xarakter-xusiyati va yozuvchi emas, oddiy odam sifatidagi qarashlarini o’zida jo etgan va XXI asr o’zbek adabiyoti rivoji uchun yangilik sifatida hissa qo’shgan “Qahr’’qissasi orqali adib o’zining benihoya qalami o’tkir yozuvchi ekanligini yana bir bor isbotladi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu asar katta tezlik bilan kitobsevarlar nazariga tushdi va ular tomonidan iliq kutib olindi. Bu kunga qadar Abdulla Qahhor hayoti va ijodiy faoliyati bo’yicha ko’pgina qimmatli manbalar yaratilgan bo’lib, ularga Matyoqub Qo’shjonovning “Abdulla Qahhor mahorati”, Ozod Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti’’, Said Ahmadning “Yo’qotganlarim va topganlarim’’ va Kibriyo Qahhorovaning “Chorak asr hamnafas” kitoblarini misol sifatida e’tirof etishimiz mumkin. Qolaversa, Qahhorshunos izlanuvchilar uchun Abdulla Qahhor hayotidan hikoya qiluvchi ,,O’tmishdan ertaklar “kitobining ham ahamiyati beqiyosdir. “Qahr”qissasi ulardan syujeti hamda asar kompozitsiyasi jihatidan tubdan farq qiladi. Qissa janrini epik turning boshqa janrlaridan ajratishda faqatgina uning hajman hikoyadan katta, romandan kichkina bo’lishi bilan asoslab, bu bilan cheklanib qolmasligimiz kerak. Asarda ilgari surilayotgan muammolar ko’lami ham nasriy asarlarni janrlarga ajratish uchun vosita bo’la oladi. Jumladan, roman janrida ma’lum bir davrni hamda dunyoni anglash asosiy maqsad qilingan bo’lsa, hikoyada voqelik, qissada esa qahramon xarakteri, ruhiy dunyosini ochib berishga asosiy e’tibor qaratiladi. “Qahr” qissasida ham syujet bor bo’yi bilan Qahhor tevaragida uyushadi. Har bir voqea, har qaysi detall adibning shaxsiyatini ochib berishga xizmat qiladi. “Hayot magnit - o’ziga tortadi. Yozuvchi shu magnitni o’ziga yuqtira olsagina kitobxonni torta oladi’’ 1 ,-ushbu jumlalar Qahhor ijodiy olamida rad etib bo’lmas bir shior sifatida yangrab turardi. Darhaqiqat, u o’z asarlari bilan kitob shinavandalarini o’ziga magnitday torta olgan, qissa va hikoyalari bilan o’zbek xalqi qalbidan joy olgan adiblardan biridir. Agaro’zbek adabiyotini har xil dur-u marjonlar bilan bezatilgan nodir san’at asariga tenglashtirsak, bu qimmatbaho toshlar orasidan hammasidan ham porloq nur taratib turuvchi, go’zalligini til bilan ta’rilashning imkoni bo’lmagan yoqut olmoslaridan biri sifatida Abdulla Qahhorni ta’rif etsak, aslo yanglishmagan bo’lamiz. U o’z asarlari bilan qorong’u zulmatni ham yoritib, qahramonlarining samimiy mehr-u muhabbati bilan insonlar qalbiga chiroq yoqa oladigan darajadagi yozuvchidir. Qahhor adabiyot olamiga shunchaki bir kasb emas, balki san’at yoki ajib bir hunar sifatida qaraydi. Bir nutqida “Chinakam yozuvchini tuproqqa ko’mib bo’lmaydi, u, albatta, go’rini teshib chiqadi “ 2 , - degan so’zlarni keltirar ekan, chin dildan qo’liga qalam olgan yozuvchilarni hech qanday kuch bilan yo’qotib bo’lmaydi, ammo shunchaki mansab va mablag’ uchun qalam tebratganlarning qalami kun sayin xiralashib, bir kuni butkul yozishdan to’xtaydi, 1 Qahhorova Kibriyo.Chorak asr hamnafas.—Toshkent:Yosh gvardiya,1987—B.64. 2 Said Ahmad.Yo’qotganlarim va topganlarim.—Toshkent:Sano-standart,2014—B.64.
910 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 deb e’tirof etadi. Abdulla Qahhor o’ta qattiqo’l va talabchan edi. So’zlaridan tomib turadigan qahrdan, har bir aytgan so’zi bexato nishonga tegib, tekkan joyidan uzib olishidan ham uning qanday odam bo’lganligini bilish mumkin. Xurshid Do’stmuhammadning teran ma’nolarni o’zida jamlagan “Qahr” qissasida Abdulla Qahhorning o’zgalarda takrorlanmas, faqatgina Qahhorga xos bo’lgan hislatlari yoritib beriladi hamda Abdulla Qahhor bosh personaj darajasiga olib chiqilar ekan, Shabbotxo’ja, Shuhrat, moskvalik professor, hamshiralar va lo’li ayol kabi asar qatnashchilari epizodik personaj vazifasini bajaradi. Bu qahramonlarning har biri badiiy voqelikning to’laqonli bo’lishiga, qolaversa, syujetni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu asarda o’zbek xalq maqollari va iboralaridan ko’pgina o’rinlarda foydalaniladi, frazeologizmlarga qayta-qayta murojaat qilish qissaning salohiyatini yanada oshiradi. Asarni o’qib boshlar ekansiz, qissa boshida bir shaxsning kechinmalari tasvirlanadi-yu, uning kim ekanligi sirligicha qolaveradi. Ammo yaxshilab e’tibor berilsa, har bir predmet va har bir holat qaysidir jihati bilan Qahhorga borib taqalaveradi. Qalban kim haqida gap ketayotganligini sezish mumkin bo’ladi. Jumladan, asar boshidan qahramonning otasi temirchi bo’lganligi va yoshligi temirchilar orasida musofirona hayot kechirganligi aytiladi. Bu tasvirlanayotgan obraz Qahhor ekanligini isbotlovchi dastlabki faktlardan biri edi. Bizga ma’lumki, Abdulla Qahhornig otasi Abduqahhor temirchi bo’lib, Asht qishlog’idan edi. Bu qishloqning boshqa joylarda kamdan kam uchraydigan odati bor edi, ya’ni ashtliklarning hammasi temirchi bo’lib, otalar farzandlariga temirchilik hunarini o’rgatib, uylantirganlaridan keyin boshqa qishloqlarga ko’chirib yuborardi. Abduqahhor ham Asht qishlog’idan birinchi marta Buvaydaga ko’char ekan, bu ko’chish qayta-qayta davom etadi. Yaypanlik To’raqul vofurush, buvaydilik Valixon so’fi kabi jamiatning chirkin vakillari sabab ular bir joyda muntazam, tinch yashay olmaydilar. Bu qishloqlarni tashlab boshqasiga ko’chishga majbur bo’lishadi. Shu bois, Abdulla Qahhor yoshligidan sarsonsargardon yashash mashaqqatini tuyadi, bolaligi temir-tersaklar orasida kechadi. Qahhor bu haqida shunday eslaydi: “Esimni taniganimdan beri o’yinchoqlarim temirchilik asboblari bo’lgan”. 3 Temir, temirchilik va temirchining o’g’li-bular qissada keltirilgan shaxs kim ekanligini isbotlashning birinchi dalili bo’lsa, yana bir belgi sifatida ushbu jumlalarga e’tibor qaratish lozim. “Bir ikki qur kasalxonada davolandi, o’zini yaqin-sirdosh tutib yuradigan nomdor do’xtirlar bilan maslahatlashdi ham, bularning natijasida kundalik hapdorilari orasida yangidan -yangilari “bolaladi’’. Bu satrlar qahramon biror kasallik bilan og’rib yurganligidan dalolat beradi, aynan Qahhor ham bir necha yillar davomida qand kasalligi bilan kurashib kelganligi bizga sir emas. Sirlilik yo’lidan borish kitobxonda qissaga bo’lgan qiziqishni oshiradi. Asarning keyingi bandlarini o’qishga bo’lgan ishtiyoqni jo’sh urdiradi. Kim haqida gapirilayotganligi asarning uchinchi sahifasi oxirlarida aytiladi. Shu joyigacha kitobxonni bir zum ham bosh ko’tarmasdan o’qishga majbur qilgan jihat sifatida Xurshid Do’stmuhammadning ijodkorlik mahorati, qalami kuchi va badiiy uslubining o’ziga xosligini asos qilib olish mumkin. Har bir epik turdagi asarlar yo birinchi shaxs, yoki uchinchi shaxs tomonidan bayon etiladi. Birinchi shaxs voqealar rivojida ishtirok etadi hamda syujetni his etadi. Uchinchi shaxs tilidan hikoya qiluvchini roviy deb yuritamiz. Bu so’z keng ma’noda muallif, personaj so’zlari o’rnida qo’llaniladi. Roviy (arab tilidan olingan bo’lib,qissa aytuvchi, xabar, ma’lumot beruvchi) – epik asarlardagi rivoya sub’yekti, voqealarni hikoya qilayotgan, ular kechayotgan makon va zamon, ularda ishtirok etayotgan personajlarga oid tafsilotlarni yetkazib, tasvir predmetiga u yoki bu tarzda munosabat bildirayotgan shaxs. 4 3 Abdulla Qahhor.O’tmishdan ertaklar.—Toshkent:Yosh gvardiya,1976—B.83. 4 QuronovD.,MamajonovZ.,SheraliyevaM.,--Toshkent:Akademnashr,2013—B.257
911 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Xurshid Do’stmuhammad qissani uchinchi shaxs tilidan hikoya qilib berar ekan, muallif – roviy bo’lib voqealar rivojiga aralashmasdan, zimdan, xolisona kuzatib bayon etish yo’lidan boradi. Roviy turli makon va zamonda ro’y bergan voqealarni so’zlay olish imkoniga ega. Shu bois, adib Qahhorning eski xotiralarini ham o’z ko’zi bilan ko’rgandek hikoya qilib beradi. Qissalarning matni uch qism rivoya, tavsif va dialoglardan tashkil topadi. Rivoya - asardagi ma’lum voqelikni so’zlab berish hisoblanadi, ya’ni roviy voqealar ketma-ketligi aytib o’tadigan o’rinlaridir. Tavsif deyilganda esa biror joy, portret hamda peysajni tasvirlab berish hodisasi tushuniladi. Dialog - matnda keltiriladigan ikki yoki undan ortiq shaxslarning o’zaro muloqotidir. “Qahr” qissasida bu qismlarning qo‘llanilish me’yorlariga amal qilinadi. Tavsif va dialoglar rivoyaning ichida bir-biriga qorishiq tarzda keltiriladi. Dilmurod Quronovning “Adabiyot nazariyasi asoslari” kitobida: “Rivoya salmog’i ortib ketgan holda o’quvchining voqea zamiridagi mohiyatdan chalg’ib qolishi, tavsif ko’payib ketganida esa asarning o‘quvchini zeriktirish xavfi ortadi”, - kabi jumlalar keltirilgan bo’lib, adib qissani bu qoidaga amal qilgan holda bitadi. Rivoya va tavsif bir belgilangan me’yorda beriladiki, bu me’yor kitobxonga hech qanday salbiy ta’sir qilmaydi. “Qahr”qissasi biografik usulda yozilgan bo’lib, uni o’qish davomida Qahhor shaxsiyati to’la-to’kis yoritib beriladi.Darhaqiqat, u hech kimni, shogirdlarini ham, mansabdor shaxslarni ham ayab o’tirmasdan, hech narsadan hayiqmasdan o’z fikrlarini bildirar edi. Said Ahmad ta’biri bilan aytganda , “Qahri qattiq, mehri yumshoq ustoz edi. Ijodga beparvo shogirdlarini ayamay savalardi”. 5 Ijodga endi qadam qo’yayotgan yoshlar undan hayiqib, yozganlarimga nima der ekan, deb cho’chib turishardi. Albatta, Qahhor ham birorta yozuvchi, shoir yoki munaqqidlarni nazardan chetda qoldirmagan. Har bir yangi chiqayotgan maqola va asarlarni qunt bilan, erinmasdan o’qib, ularga ta’rif berardi. Yaxshi yozilganlari uchun asar muallifiga maktub yo’llab, uni tabriklar va kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilardi. Agar xato va kamchiliklarga yo’l qo’ygan bo’lsa, bu muallifga qaratilgan Qahhor nutqi bir umr esdan chiqmaydigan hamda omburdek uzib oladigan achchiq bo’lardi. Mashhur tanqidchi Umarali Normatov bir maqolasida ikkita mansabdor shaxslarning o’rtacharoq yozilgan asarlarini maqtab, yosh yozuvchilarni keskin tanqid qiladi. Ushbu maqolasiga javoban, Abdulla Qahhor omma oldida shunday gaplarni aytadi: “Mening yosh tanqidchi Umarali Normatovdan umidim katta edi, men uni halol, obyektiv munaqqid deb bilardim....,,Madaniyat”dagi keyingi maqolasini o’qib qattiq ranjidim.Umarali huddi sirk pahlavonlari kabi yeng shimarib maydonga tushibdi-da, ikkita ulug’ga ta’zim qilib, so’ng kuchi yetadigan yoshlarni rosa do’pposlabdi.....” 6 . Bu so’zlar Umarali Normatov uchun bir umr esdan chiqmaydigan saboq bo’ldi. Abdulla Qahhor qahrli bo’lganligi bilan bir qatorda iste’dodli qalamkashlarning rahnamosi ham edi. Xurshid Do’stmuhammad “Qahr” qissasida Abdulla Qahhor taqdirini umrining so’ngi kunlari - Moskvada o’tgan vaqtlari asosida yoritib beradi. Retrospektiva usulidan unumli foydalanib, adibning bolalik va yoshlik yillariga qayta-qayta murojaat qilinadi. Abdulla Qahhor Moskva shifonasida davolanar ekan, bot-bot hayolga cho’mib, o’tgan umrini sarhisob qiladi. Hayollar girdobidan chiqib keta olmaydi, bu hayollar uni sira -sira tark etmaydi, yolg’iz qoldirmaydi, hol-joniga qo’ymaydi. Adib qand kasalligiga qachon va nima sababdan chalindim, deb o’ylaydi va hayoliga birdan yarq etib hizmat zobiti, aroqxo’r Nurlining bir kuni tong sahardan kelib , “Stalin kaput” degan “shum” xabarni aytgani keladi. 5 Said Ahmad. Yo’qotganlarim va topganlarim.- Toshkent: Sano-standart, 2014 - B. 145. 6 Umarali Normatov. Adabiy tanqid jonkuyari. – Xurshid Davron kutubxonasi. - URL: https: www.xurshiddavron.uz -1986.
912 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Bu xabarni eshitgan Qahhor turgan joyida tosh qotib, hushi boshidan uchib ketadi. Chunki u ham shu vaqtdagi stanchilardan biri edi. Ammo gap Qahhorda edimi? Yo’q! Gap zamonda, davrda edi. Abdulla Qahhor uchun eng ideal shaxs otasi Abduqahhor edi. Shu bois ,,qizil”larga qo’shilgan otasining izidan boradi. Yoshligi, o’zbekona soddaligi hamda ishonuvchanligi sabab 1930-yil 30-yanvar kuni 17 nafar sho’ro hukumatining dushmanini aniqlab, ularning qamalishiga sabab bo’ladi. Bu vaqtda shayton domiga tushib, xato ish qilib qo’yganligi kech anglaydi. Shunga o’xshash o’ylar surib o’tirgan erini kuzatib turgan Kibriyo Qahhorova adibga: ,,Dardingizni olay “,-deydi. Qahhor kampiriga qarab, uni kuzatarkan: ,,Bu kampirak qaysi dardni aytyapdi. Burungi xushro’yligidan chorak paysa qolmadi, qaridi, afti soyaki mayizday bujmaydi. Ajinlari ham mayliya iyagida yakkam -dukkam tuk o’sib chiqqani nimasi ?! O’g’ri mushuk !....” -deb hayolidan o’tkazadi. Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorovalarning turmush tarzi, nafaqat, o’sha davr, balki, bugungi kun oilalari uchun ham katta mahorat maktabi bo’la oladi, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. O’rni kelganda Kibriyo opaga biroz to’xtaladigan bo’lsak, o’z davrining kamdan-kam uchraydigan eng ilg’or va ziyoli ayollaridan biri edi. U rus, arab, fors tillarini, abjad hisobini bilar Xo’ja Hofiz Sheroziy, Shaxs Sadiy va Jomiy g’azallaridan ko’plarini yoddan o’qirdi. Kibriyo opaning bu darajada bilimli bo’lib yetishishida otasi Lutfulla mahdumning hizmatlari katta bo’lgan. Lutfulla mahdum o’qish -o’rganish payida bo’lib, ellik yoshdan oshganda oila quradi, birinchi farzandi -Kibriyoxon ellik olti yoshga yetganda tug’iladi. Shu tufayli ham Kibriyo opa otasining erkasi bo’lib ulg’ayadi. Lutfulla mahdum qiziga ta’lim-tarbiya berishni kichik yoshlariyoq boshlaydi. Kibriyo opa faqat bilim sohasida emas, balki har qanday sohada boshqa ayollarga o’rnak bo’la olardi. Uning mohir holvapaz ekanligiga isbot tariqasida Ozod Sharafiddinovning quyidagi jumlalarini keltirishimiz mumkin: “Men hatto qand kasalligiga chalinib,shirinlik yeyishim mutlaqo mumkin bo’lmay qolgan kezlarda ham , “Holvayi Kibriyo” ni ko’rganda nafsimni tiya olmasdim.” 7 Xurshid Do’stmuhammad Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorovalarning turmush qurishidagi noodatiy holatni ham ushbu qissa orqali yoritib beradi. Qahhor Kibriyo opaning qo’lini so’rar ekan, avvalgi turmushidan ikkita farzandi borligini hamda gunohlari ko’p odam ekanligini aytadi. Kibriyo opa ham so’zga chechanlik qilib: ,,Men ham avval turmushga chiqib ajrashganman, gunohlarni esa birgalikda yuvamiz’’,- deydilar. Shu o’rinda Abdulla Qahhorning farzandlariga ta’rif beradigan bo’lsak, yozuvchining birinchi turmushidan Po’lat va Suyar ismli ikkita o’g’li bo’lib, ota sifatida farzandlarini yolg’izlatib qo’ymaydi, ularga muntazam g’amxo’rlik qilib keladi. Kibriyo opa ham ularga mehribonlik bilan munosabatda bo’ladi. O’gillar ham otalariga o’xshab bilimli, salohiyatli bo’lganligi uchun professor darajasigacha yetadi. Ammo ayanchli qismat bu bolalarning uzoq umr ko’rishlariga iznbermaydi. Jumladan, Po’lat 37 yoshida infark bo’lib, Suyar esa 33 yoshida fojiali tarzda vafot etadilar. Kibriyo opa ham dastlab Dushanbeda tojik shoiri Badaxshonlik Mirsaid Mirshakarga turmushga chiqadi-yu, hayot yo’llari to’g’ri kelmay ajrashishga majbur bo’ladi. Shu o’rinda aytish mumkinki, Abdulla Qahhor va Kibriyo Qahhorovalarning biroz kechikib bo’lsa ham, birga bo’lishlari ularning peshonalariga yozilgan edi. Qahhor kampiri bilan o’tkazgan umrini sarhisob qilarkan, unga juda bog’lanib qolganligini his qiladi. Hattoki, rentgenga olib ketishayotganlarida ko’zlarini katta-katta ochib Kibriyo opaga yolvorayotganday umidvor qaraydi. Uning nigohida ham qo’rquv, ham shubha, xotirjamlik, hammasidan ham mavhumlik mujassam edi. 7 Ozod Sharafiddinov.Ijodni anglash baxti.—Toshkent:Sharq,2004—B.319.
913 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 “Qahr” qissasining bu jumlalarini o’qigan kitobxonda “Nahot, Qahhor ham qo’rqqan bo’lsa, o’lim oldida Qahhordek matonati temirdan, salobati po’latdan yaralgan inson ham ojizligini tan olgan bo’lsa “-,degan qarashlar paydo bo’lishi tabiiy. Ammo bu o’rinda Xurshid Do’stmuhammad badiiylikni oshirish uchun haqiqatdan biroz uzoqlashadi. Aslida-chi, aslida Qahhor hech narsadan qo’rqmaydi. O’limi muqarrarligini sezib, muolajaalardan ham bosh tortadi. Shifokorlar sizga harakatlanish, o’rningizdan turish mumkin emas deyishda ham, ularning gapiga quloq solmaydi. Menga yotib o’tkazadigan umrning keragi yo’q deb, yoniga holahvol so’rashga kelgan mashhur rus yozuvchisi Simaylovichni ham o’rnidan turib qarshi oladi. Adib shu vaqtgacha hech narsadan va hech kimdan qo’rqqan emasdi. Nohaqlik, adolatsizlik bo’layotgan joyda chidab tura olmas, boshqalar o’giz ochishga yuragi dov bermaydigan masalalarda u baralla gapirar, bu gaplari uchun jazolanishi muqarrarligini bilsa ham, bu unga zarracha ta’sir qilasdi. Jumladan, Abdulla Qodiriyni birinchilardan bo’lib oqlab, uning shaniga iliq so’zlar aytgan inson ham Qahhor edi. O’zbek yozuvchilarini kalaka qilayotgan, ularga shafqatsizlarcha munosabatda bo’layotgan Milchakovni omma oldida “jallod” degan va uzr so’rashga chaqirishganlarida “jallod” so’zi o’rniga ,,jallod emas, odamxo’r” deb ta’riflab, achchiq so’zlari bilan Milchakovni O’zbekistondan ko’chib ketishga majbur qilgan ham Qahhor edi. U o’zidagi bu hislatlar: qattiqqo’llik, berahmlikni otasi Abduqahhordan o’tgan, deb o’ylab yurardi, ammo bir kuni kampiri unga “Tilingizning zahari -sizga buvingizdan meros”,-deydi. Buvisi...? Buvisi qanday ayol edi? Bu savollarga “O’tmishdan ertaklar “kitobidan javob topish mumkin. Kampir juda odamovi, hech kimni ayamas, kinoyali, zaharhanda so’zlari bilan suhbatdoshlarining jonini sug’urib olardi. O’zidan boshqalarni odam o’rnida ko’rmas, kelini, Abduqahhorning xotiniga ham kun bermas edi. Arzimagan bahona bilan janjal ko’tarib, kelinini o’g’liga urdirmaguncha ko’ngli joyiga tushmasdi. Abduqahhorning sakkizta farzandi bo’lib, ulardan faqat Abdulla Qahhorgina yashab qoladi. Qolgan bolalar vafot etishadi, ularning orasida O’lmasxon ismli qizaloq va Umarali ismli o’gilcha ham bor edi, uzoq umr ko’rish bu norasidalarga nasib qilmagandi. Kampir bolalarning o’limida ham kelinini ayblab, kuygan yuragiga yana azob berardi. Kibriyo opa erini buvisiga o’xshatib, naq nishonga urgandi. Qahhor qaysidir jihatlari bilan buvisiga o’xshashini tan olib: “Gapida jon bor “,-deb qo’yadi. Xurshid Do’stmuhammad “Qahr” qissasining mavqeyini oshirgan yana bir xususiyat shundaki, Moskva shifoxonasida davolanayotgan yozuvchining oldiga bir ayol kelib, Qahhorga nisbatan uning yuragini larzaga soladigan, butun umr peshonasiga tamg’aday bitilgan “kelgindi”, “musofir” so’zlarini ishlatadi. Axir, u umr bo’yi shu so’zlarni eshitib katta bo’lmaganmidi?, shu so’zdan qochib yurmaganmidi?, mana shu “oddiygina”so’zlarni deb boshi egilib yashamaganmidi? Endi-chi? Endi kun sayin bu dunyodagi hayoti tugab, u dunyoga safar qilish arafasida ham shu so’zlarni eshitib ketsa-ya? Bolaligida otasiga qo’shilib, qishloqmaqishloq yurganlarida yaypanlik Olim buva, So’fi va qo’shariqlik bolalar “Kelgindi, kelgindi it” deb haqorat qilganlari, undan ham bir cholnig: “Kelgindi bo’lsa o’zi bo’libdimi? Xudo qilgan”,- deb aytgan gaplari hali -haligacha qulog’ida jaranglab turgan bo’lsa-yu, so’ngi kunlarida bu ayolning kelib, yarasiga tuz sepishi juda achinarli holat emasmi?. Shu o’rinda, kitobxon qalbida Nima uchun?, Nima uchun ?kabi savollar zanziri tug’yon uradi; yoshligi musofirona kechgan bo’lsa, nima uchun o’limi oldi ham musofirlik azobini tortdi? Nima uchun o’z yurtida, ona tuprog’ida vafot etish nasib etmadi? Nima sababdan Toshkendda ham qilsa bo’ladigan muolajaa uchun o’zga yurtlarga bordi? kabi savollarning hammasiga javob tariqasida qismatni sababchi qilishimiz mumkin. Peshonaga yozilgan azaliy taqdirni hech qanday yo’l bilan o’zgartirishning imkoni yo’q.
914 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O’zbek adabiyotining zabardast chinori Abdulla Qahhorning taqdiriga ham azaldan musofirlikda yashash va musofirlikda vafot etish bitilgan edi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Abdulla Qahhor.O’tmishdan ertaklar.—Toshkent:Yosh gvardiya,1976 2. Ozod Sharafiddinov.Ijodni anglash baxti.—Toshkent:Sharq,2004—B. 3. Qahhorova Kibriyo.Chorak asr hamnafas.—Toshkent:Yosh gvardiya,1987 4. Said Ahmad.Yo’qotganlarim va topganlarim.—Toshkent:Sano-standart,2014—B 5. Umarali Normatov. Adabiy tanqid jonkuyari. – Xurshid Davron kutubxonasi. - URL: https: www.xurshiddavron.uz -1986. 6. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M., --Toshkent: Akademnashr, 2013—B.257 7. Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Navoiy universiteti, 2018