ABDULLA QODIRIYNING "O'TKAN KUNLAR" ROMANIDA OBRAZLAR TIZIMI VA BADIIY KONFLIKTLAR
Abstract
Maqolada yozuvchi Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani badiiy tahlil qilinib, asarning sujet kompozitsiyasi, obrazlar tizimi, konfliktlar tabiati dagi hamda roman gʻoyaviy-badiiy qiymati ilmiy nuqtai nazaridan yoritiladi. Tahlilda qahramonlarning o'zaro aloqalari, xarakterlarning ochib berilishini, salbiy obrazlar orqali jamiyatdagi inqirozlarga duch kelinishini kuzatishingiz mumkin. Shuningdek, roman sujetining ekspozitsiyasi, tugun, kulminatsiya bosqichlari tahlil qilinib, konfliktlarning xarakterlararo, ijtimoiy muhit va ichki koʻrinish bilan bogʻliq tomonlari izohlanadi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 992 ABDULLA QODIRIYNING “O‘TKAN KUNLAR” ROMANIDA OBRAZLAR TIZIMI VA BADIIY KONFLIKTLAR Axmatova Raʼno TerDu talabasi. Hafizova Feruza TerDu o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18047158 Annotatsiya. Maqolada yozuvchi Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani badiiy tahlil qilinib, asarning sujet kompozitsiyasi, obrazlar tizimi, konfliktlar tabiati dagi hamda roman gʻoyaviy-badiiy qiymati ilmiy nuqtai nazaridan yoritiladi. Tahlilda qahramonlarning o'zaro aloqalari, xarakterlarning ochib berilishini, salbiy obrazlar orqali jamiyatdagi inqirozlarga duch kelinishini kuzatishingiz mumkin. Shuningdek, roman sujetining ekspozitsiyasi, tugun, kulminatsiya bosqichlari tahlil qilinib, konfliktlarning xarakterlararo, ijtimoiy muhit va ichki koʻrinish bilan bogʻliq tomonlari izohlanadi. Kalit soʻzlar: sujet, tugun, yechim, kulminatsiya, ekspozitsiya, epilog, prolog, motiv, xarakter. Аннотация. В статье анализируется роман «Минувшие дни» писателя Абдуллы Кадыри с точки зрения научного литературно-художественного исследования сюжетной композиции произведения, системы образов, характера конфликтов. Рассматриваются взаимосвязи анализируемых элементов, раскрытие образов персонажей, встреча героев в обществе через жизненные образы. Анализируются экспозиционный, узловой и кульминационный этапы развития сюжета романа, раскрываются аспекты, связанные с межперсонажами, социальной средой и внутренним обликом. Ключевые слова: сюжет, узел, развязка, кульминация, экспозиция, эпилог, пролог, мотив, персонаж. Abstract. The article analyzes the novel "Days Past" by the writer Abdulla Qodiriy from the scientific point of view of literary-fictional research on the plot composition of the work, the system of images, the nature of conflicts. You can expect the interrelationships of the analyzes, the revealing forms of the characters, the encounter with the heroes in society through life images. The exposition, node, culmination stages of the novel's plot are analyzed, and the aspects of the traits related to the inter-character, social environment and internal appearance are explained. Keywords: plot, node, solution, culmination, exposition, epilogue, prologue, motif, character. Muallif “Oʻtkan kunlar” romanida XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, eski tuzumning murakkab ziddiyatlarlarini, pok sevgi-muhabbat va erkinlikka intilish kabi umuminsoniy gʻoyalarni yorqin obrazlar orqali tasvirlaydi. Har bir kishi asarni oʻqish davomida uni ichida yashaydi, qahramonlar bilan birga kuladi, birga yigʻlaydi. Romanda Otabek va Kumushning sof muhabbati, Zaynabning iztirobga toʻlgan kechalari, xalqning yomon kishilardan koʻrgan jabr-zulmlari mahorat bilan tasvirlangan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 993 Asarda bir qancha obrazlar mavjud: Otabek, Kumush, Hasanali, Zaynab, Yusufbek hoji, Oʻzbek oyim, Mirzakarim qutidor, Oftob oyim, Azizbek, Homid, Komilbek, Sodiq, Jannat opa. Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, Hasanali–realistik obrazlar. Zaynab, Homid, Azizbek– salbiy obrazlar. Oʻzbek oyim, Mirzakarim qutidor, Oftob oyim, Sodiq– yordamchi obrazlar. Asarning ekspozitsiyasi diqqatimizni tortadi: Toshkent, Fargʻona, Samarqand va Buxor savdo-sotiq ishlari bilan mashgʻul boʻlgan savdogarlar hayoti tasvirlanadi. Shuningdek, Toshkentlik mashhur aʼyonlardan boʻlgan Yusufbek hojining oʻgʻli Otabek savdo ishlari bilan Margʻilonga kelib kishilar davrasida boʻlgan suhbatidan boshlanadi. Otabekning Kumushga oshiq bo‘lishi va uning husnidan mahliyo boʻlib parishon kun kechirishi, vaqt oʻtib u bilan turmush qurib Margʻilonda ota-onasiga bildirmay hayot kechirishi, voqeadan voqif boʻlgan Yusufbek hoji va Oʻzbek oyimning Toshkentdan kelin tushirish haqida orzu-oʻylari va Otabek Kumush ustiga kundosh olishga majbur boʻlishi, shuning natijasida Toshkent va Margʻilon yoʻlida sarson boʻlishi bu orada Zaynabning turmush oʻrtogʻidan mehrmuhabbat koʻrmasligi, shu orada oilada ichki ziddiyatlarning kelib chiqishi tasvirlangan. Kulminatsiya esa (eng keskin nuqta) : Mirzakarim qutidor Oftob oyim bilan maslahatlashib qizini turmushga berish toʻgʻrisida suhbatlashadi va kuyovning kimligi Kumushga nomaʼlum boʻlib toʻygacha kuni yigʻi va siqilish bilan oʻtadi. Toʻy kuni kelib yangalari tomonidan chimildiqqa olib kirilgan Kumush qoʻrquv va xavotirda kuyov yonida turadi va Otabek uning yuzini ochish istagida boʻlganda undan qochishi va kutilmaganda u kuyov ishqi tushgan oʻsha yigitning yaʼni Otabekning yonida turishidan hayratda qolib "Siz oʻshamu" deydi va shu nuqtada voqealar qizgʻin tus oladi. O‘tkan kunlar asarida quyidagi konflikt turlarini uchratamiz. Xarakterlararo konfliktlar:Kumush va Zaynab: rashk, hasad, fitna. Bizga maʼlumki, Otabekning ikkinchi bor uylanishi yaʼni Kumush ustiga kundosh olishi Kumushga qattiq botadi va albatta Zaynabga boʻlgan nafrat tuygʻusi uygʻonadi. Albatta Zaynab ham ikkinchi xotin boʻlsada eridan mehr-muruvvat kutadi, afsuski, Otabek tomonidan unga qilingan hurmatsizlik tabiiyki Zaynabda ham nafrat, rashk tuygʻularini uygʻotadi. Bu orada Kumushning Toshkentga kelishi, Yusufbek hoji va Oʻzbek oyim tomonidan iliq kutib olinishi va unga qilingan munosabatlardan Zaynabning qahri oshishi tabiiy hol. Kun ora ikki kundoshning qizgʻin bahslari, Zaynab tomonidan aytilgan yolgʻonlar Kumushga qattiq botishi natijasida ikki oʻrtada mojarolar kuchayishiga olib keladi. Otabek va Homid: Vijdon – yovuzlik to‘qnashuvi. Oʻquvchiga maʼlumki, Otabek Homid tomonidan koʻp marotaba ziddiyatlarga duchor boʻladi. Unga qilingan tuhmatlar ortidan sarson boʻladi. Homid zolim tomonidan uyushtirilgan qingʻir yoʻllar Jannat opa va Sodiq atalmish personajlarning yordamida yovuz maqsadiga erishishni, yaʼni Otabek nomidan yozilgan soxta taloq xatiga Kumush va Qutidornk ishontirishning uddasidan chiqadi. Ammo, yovuzlik hech qachon gʻalaba qozonmasligi, qingʻir ishlar bir kun ochilishi maʼlumki, Homidning nayranglaridan Otabek vaqtida voqif boʻladi va bu ishlarga chek qoʻyadi. Otabek va Homid oʻrtasida boʻlgan kurash taʼsirli ifodalanadi-ki, kitobxon yomonlik jazosiz qolmasligiga yana bir bor amin boʻladi. Otabek va O‘zbek oyim: Eski urf-odat – yangi qarash to‘qnashuvi Oʻquvchiga maʼlumki, Otabekning Kumushga uylanishidan ota-onasi xabardor boʻlmaydi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 994 Orada biroz mujmal boʻlgan voqeaga duch kelamizki, Otabek va Kumush qanday tanishgan, Kumush toʻygacha kuyovning Otabek ekanligini bilmay, siqilishi. Shu orada aytib oʻtamizki, Otabek tahorat uchun suv olishga borganida koʻzi hur malakka, Kumushga tushadi va Kumush ham Otabekka qaraganda ikki oradagi uchrashuv yuraklariga muhabbat tuygʻusini uygʻotishga ulguradi. Hasanali sovchilik orqali Otabekni muhabbatiga yetkazadi. Vaqt oʻtib Otabekning ota-onasi uning turmushidan xabar topishadi. Margʻilonlik kelinning Toshkentga kelmasligidan Oʻzbek oyimning jahli chiqib oʻgʻlini ikkinchi bor uylanishga undaydi va qarshiliklarga qaramay oʻzining orzu-havasi uchun orada bir bechora qiz, Zaynabni umriga zavol boʻladi. Odam va muhit o‘rtasidagi konflikt:OtabekningToshkent va Margʻilonga qatnashi, ikki oʻt orada sarson boʻlishidir. Ichki konflikt: Otabekning Zaynab va Kumush o‘rtasida adolat izlashdagi qiynalishi, Kumush va Zaynabning Otabekni rashk qilmaslikka urinishi. Asar fojiali yakun bilan tugaydi: Otabek Kumushdan ayriladi. Kumushning homilador boʻlishi kundoshining nafratini yanada oshiradi. Hamma eʼtibor yaxshi soʻzlar Kumushga qaratilgan bir vaqtda, Zaynabning eʼtibordan chetda qolishi,buning ustiga qaynonasi tomonidan unga topshirilgan barcha uy ishlari uni gʻazabini oshiradi. Kumushning tugʻruq vaqti yaqinlashib, oʻgʻil farzandni dunyoga keltiradi. Uyda hamma xursand bir vaqtda Zaynabning rashk olovi alanga olgan edi. Kumushning oʻlimini istagan Zaynab unga ovqat tayyorlash vazifasi berilgan fursatdan foydalanib ovqatga zahar qoʻshib kundoshiga beradi va natijada Kumush zaharlanib vafot etadi. Tabib orqali Kumushning ovqatdan zaharlanganligini bilib Otabek Zaynabni taloq qilib ketishini buyuradi. Kumushdan qolgan yodgorlik oʻgʻli boʻlib uning ismini Yodgorbek qoʻyishadi va Oftob oyim uni Margʻilonga olib ketadi. Asar boshidagi tarixiy ma’lumotlar: XIX asr oxiridagi siyosiy vaziyat, o‘zbek xalqining ahvoli, savdo-sotiq aloqalari va eski tuzum haqida kirish ma’lumotlar beriladю Romanning oxirgi boblarida Kumushning fojeali o‘limi va Kumushsiz qolgan yurakning yaʼni Otabekning ezilishi bilan epilog beriladi. Yangi hayot haqidagi orzular amalga oshmay qoladi. Obrazlar Xarakter xususiyatlari Otabek kuchli xarakter, jasur, islohotchi, halol, ma’rifatparvar. Kumush muloyim, sadoqatli, kuchli irodali. Zaynab rashkchi, ichki iztirobga to‘la, bir tomondan hasadkor xarakter Homid makkor, yovuz xarakter. Yusufbek hoji oqil, qat’iyatli ota xarakteri Oʻzbek oyim viqorli, orzu-havaslari yoʻlida oʻgʻlining baxtsiz boʻlishiga sababchi ona timsoli Mirzakarim qutidordiyonatli, oqil. Oftob oyim yumshoq xarakterli, qizining kundoshlik azobidan havotirda yashagan ona
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 995 Xulosa qilib aytganda, muallif bu asar orqali o‘quvchini o‘tmishni eslab, bugunning qadriyatlarini anglashga undaydi. Shuning uchun ham “O‘tgan kunlar” nafaqat adabiy yodgorlik, balki milliy tafakkur, uyg‘onish va ma’naviy o‘zlikni anglash yo‘lidagi muhim asar sifatida o‘z ahamiyatini bugun ham yo‘qotmaydi. Foydalangan adabiyotlar: 1. Qodiriy A. Oʻtgan kunlar. Toshkent: "Yangi nashr" 2019. —367b 2. Boboyev T.Adabiyotshunoslik asoslari. "Oʻzbekiston" nashriyoti, 2002. —B.108-120. 3. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. Darslik. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2004. —B.100-110.