O'ZBEK XALQ QO'SHIQLARI ORQALI MUSIQIY TARBIYA BERISH METODIKASI
Abstract
Ushbu maqola o‘zbek xalq qo‘shiqlarining musiqiy – tarbiyaviy ahamiyati, ularning yosh avlodni estetik, ma’naviy va axloqiy jihatdan kamol toptirishdagi o‘rni keng yoritiladi. Xalq qo‘shiqlarini musiqa ta’limi jarayoniga tatbiq etish metodikasi, dars jarayonida qo‘llaniladigan samarali usullar, shakl va vositalar tahlil qilinadi. Maqolada o‘quvchilarning kuylash malakalarini rivojlantirish, milliy musiqiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda musiqiy didini shakllnatirishda xalq qo‘shiqlarining imkoniyatlari yoritib berilgan.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 104 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18048504 O‘ZBEK XALQ QO‘SHIQLARI ORQALI MUSIQIY TARBIYA BERISH METODIKASI Raimova Dilfuza Milliy Gʻoya Manaviyat Asoslari va Xuquq ta’lim Kafedrasi oʻqituvchisi Ataxanova Durdona Dadabek qizi Andijon Davlat Pedagogika Instituti 2-bosqich talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqola o‘zbek xalq qo‘shiqlarining musiqiy – tarbiyaviy ahamiyati, ularning yosh avlodni estetik, ma’naviy va axloqiy jihatdan kamol toptirishdagi o‘rni keng yoritiladi. Xalq qo‘shiqlarini musiqa ta’limi jarayoniga tatbiq etish metodikasi, dars jarayonida qo‘llaniladigan samarali usullar, shakl va vositalar tahlil qilinadi. Maqolada o‘quvchilarning kuylash malakalarini rivojlantirish, milliy musiqiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda musiqiy didini shakllnatirishda xalq qo‘shiqlarining imkoniyatlari yoritib berilgan. Klait so‘zlar: o‘zbek xalq qo‘shiqlari, musiqiy tarbiya, milliy meros, kuylash malakasi, estetik tarbiya, musiqa metodikasi. АННОТАЦИЯ Данная статья посвящена музыкальной и образовательной ценности народных песен. В статье широко освещается значение народных песен, их роль в эстетическом, духовном и нравственном развитии молодого поколения. Анализируется методология включения народных песен в процесс музыкального
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 105 образования, эффективные методы, формы и инструменты, используемые на уроках. Подчеркиваются возможности народных песен в развитии вокольных навыков учащихся, повышении их интреса к национальному музыкальному наследию и формировании музыкального вкуса. Ключеаые слова: узбекские народные песни, музыкальное образование, национальное наследие, вокальное мастерство, эстетическое воспитание, методика преподавания музыки. ABSTARACT This article is about musical and educational value of Uzbek folk songs. The importance of folk songs, their role in the aesthetic, spiritual and moral development of the younger generation is widely covered. The methodology for introducing folk songs into the process of music education, effective methods,forms and tools used in the lesson are analyzed. The article highlights the possibilities of folk songs in developing students’ singing skills, increasing their interest the national musical heritage and forming their musical taste. Key words: Uzbek folk songs, musical education, national heritage, singing sklills, arsthetic education, music methodology. Kirish. Musiqa inson qalbiga eng tez va chuqur ta’sir etuvchi san’at turlaridan biridir. Ayniqsa, xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lgan o‘zbek xalq qo‘shiqlari asrlar davomida xalqimizning hayoti, orzu – intilishlari, quvonch va dardlarini ifodalab kelgan bebaho ma’naviy boylik hisoblanadi. Bugungi kunda yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishda o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan samarali o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan samarali foydalanish muhim pedagogik vazifa sanaladi. Musiqa darslarida xalq qo‘shiqlarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarda nafaqat kuylash ko‘nikmlarini, balki musiqani idrok etish, his qilish, tahlil qilish kabi qo‘shiqlarini musiqiy tarbiya vositasi
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 106 sifatida qo‘llashning ilmiy – metodik asoslarini yoritish dolzarb masalalardan biridir. O‘zbek xalq qo‘shiqlarining musiqiy – tarbiyaviy ahamiyati. O‘zbek xalq qo‘shiqlari mazmunan nihoyatda boy bo‘lib, ular mehnat, marosim, bolalar, lirik, tarixiy va maishiy qo‘shiqlar kabi turlarga bo‘linadi. Har bir tur o‘ziga xos tarbiyaviy g‘oyani mujassam etadi. Masalan, bolalar qo‘shiqlari soda ohang va ravon matni bilan kichik yoshdagi bolalarning musiqiy eshituvini rivojlantirsa, mehnat qo‘shiqlari mehnatsevarlik, jamoaviylik va sabr – toqat tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Lirik xalq qo‘shiqlari esa insonning ichki kechinmalari, sevgi, sadoqat, ota – ona va Vatanga mehr kabi yuksak tuyg‘ularini ifodalaydi. Ushbu qo‘shiqlar orqali o‘quvchilar musiqiy obrazni his qilishni, ohang va so‘z uyg‘unligini anglashni o‘rganadilar. Natijada ularning estetik didi va ma’naviy dunyosi boyiydi. Musiqiy tarbiya jarayonida xalq qo‘shiqlarini o‘qitish metodikasi. O‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishda quyidagi metodik tamoyillarga amal qilish muhim hisoblanadi. Birinchidan, yosh va individual xususiyatlarni hisobga olish. Boshlang‘ich sinflarda oddiy, tor diapazonlar tanlasa, yuqori sinflarda murakkabroq, keng diapazonli asarlar o‘rgatiladi. Ikkinchidan, eshitish va kuylashni uyg‘unlashtirish. Dars jarayonida avval qo‘shiqni tinglash, uning mazmuni haqida suhbatlashish, so‘ngra bosqichma – bosqich kuylash orqali o‘quvchilarning musiqiy idroki mustahkamlanadi. Uchinchidan, milliy ijrochilik uslubiga e’tibor qaratish. O‘qituvchi qo‘shiqning milliy ohang xususiyatlari, talaffuzi va ifodaviy jihatlarini tushuntirib berishi zarur. Bu esa o‘quvchilarda milliy musiqiy tafakkurni shakllantiradi. Shuningdek, xalq qo‘shiqlarini o‘rganishda jamoaviy kuylash, savol – javob, ijodiy topshiriqlar, harakatli mashqlar kabi metodlardan foydalanish darsning samaradorligini oshiradi. O‘quvchilarda kuylash malakalarini rivojlantirishda xalq qo‘shiqlarining o‘rni. Xalq qo‘shiqlari tabiiy va qulay ohangga ega bo‘lgani sababli o‘quvchilarning ovoz imkoniyatlariga mos keladi. Ularni muntazam kuylash orqali nafasni to‘g‘ri olish, tovushni toza chiqarish, ritmni his qilish kabi muhim vokal – xor malakalari shakllanadi. Ayniqsa, jamoa bo‘lib kuylash jarayonida o‘quvchilar bir – birini tinglash, uyg‘unlikni saqlash va musiqiy intizomga amal qilishni o‘rganadilar. Bundan tashqar,
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 107 xalq qo‘shiqlarining mazmuni o‘quvchilarda nutq madaniyatini, so‘z boyligini oshirishga ham xizmat qiladi. Qo‘shiq matnini anglab kuylash esa ularning badiiy tafakkurini rivojlantiradi. Xalq qo‘shiqlari asosida innovatsion yondashuvlar. Bugungi ta’lim jarayonida an’anaviy metodlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishda innovatsion taxnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini yanada oshiradi. Jumladan, audio va video yozuvlar, interaktiv taqdimotlar, mobil ilovalar orqali qo‘shiqlarni tinglash va tahlil qilish o‘quvchilarning qiziqishini kuchaytiradi. Shuningdek, rolli o‘yinlar, sahnalashtirish, musiqiytopishmoqlar va ijodiy improvizatsiya usullari orqali xalq qo‘shiqlarining mazmunini chuqurroq anglashga erishiladi. Masalan, marosim qo‘shiqlarini o‘rganishda ularning kelib chiqishi, tarixiy ildizlari va ijro etilish holatlarini sahna ko‘rinishlari orqali ifodalash o‘quvchilarda musiqaga nisbatan jonli munosabatni shakllantiradi. Xalq qo‘shiqlari orqali ma’naviy – axloqiy tarbiya. O‘zbek xalq qo‘shiqlari nafaqat musiqiy, balki kuchli ma’naviy – axloqiy tarbiya vositasi hamdir. Ularning matnlarida kattaga hurmat, kichikka izzat, ota – onaga mehr, do‘stlik, sadoqat va vatanparvarlik kabi fazilatlar mujassam. Musiqa darslarida ushbu g‘oyalarni tahlil qilish, qo‘shiq mazmuni yuzasidan suhbatlar tashkil etish o‘quvchilarning hayotiy qarashlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalq qo‘shiqlarini kuylash jarayonida o‘quvchilar jamoada ishlash, bir – birini tushunish va hurmat qilishni o‘rganadilar. Bu esa ularning ijtimoiy moslashuviga, shaxs sifatida shakllaninishiga ximat qiladi. Xalq qo‘shiqlarini tanlash mezonlari va ularning pedagogic ahamiyati. Musiqa ta’limi jarayonida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini tanlashda ma’lum pedagogic mezonlarga amal qilish muhimdir. Avvalo, qo‘shiqning mazmuni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi, matni aniq va tushunarli, ohangi esa yod olish uchun qulay bo‘lishi lozim. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda tor diapazonli, soda ritm va takrorlanuvchi kuylarga ega qo‘shiqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, tanlagan xalq qo‘shiqlari milliy urf – odatlar, an’analar va tarixiy
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 108 qadriyatlarni aks ettirishi bilan ham ahamiyatlidir. Bunday qo‘shiqlar orqali o‘quvchilar xalqning turmush tarzi, dunyoqarashi va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishadilar. Bu esa musiqiy tarbiyaning tarbiyaviy funksiyasini yanada kuchaytiradi. O‘zbek xalq qo‘shiqlari orqali fanlararo integratsiya. O‘zbek xalq qo‘shiqlaridan foydalanish imkoniyatlari faqat musiqa fani bilan chegaralanib qolmaydi. Ularni adabiyot, tarix, ona tili kabi fanlar bilan integratsiya qilish orqali darslar yanada mazmunli va samarali bo‘ladi. Masalan, qo‘shiq matnini tahlil qilish jarayonida adabiy obrzalar, she’riy tuzilma va badiiy ifoda vositalari o‘rganiladi. Tarix fanida esa qo‘shiqlarning paydo bo‘lish davri, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilishi mumkin. Bunday fanlararo yondashuv o‘quvchilarning tafakkurini kengaytiradi, ularni musiqani boshqa fanlar bilan bog‘liq holda idrok etishga o‘rgatadi hamda bilimlarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Xulosa. Xulosa qilib qytganimizda o‘zbek xalq qo‘shiqlari musiqiy tarbiyaning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Ular orqali o‘quvchilarda musiqiy savodxonlik, kuylash malakalri, estetik did va milliy g‘urur tuyg‘ulari shakllanadi. Musiqa darslarida xalq qo‘shiqlaridan tizimli va maqsadli foydalanish yosh avlodni ma’naviy barkamol, milliy qadriyatlarga sodiq insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu bois, har bir musiqa o‘qituvchisi xalq qo‘shiqlarini o‘qitish metodikasini chuqur egallashi va amaliyotda samarali qo‘llashi muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Rajabiy Y. O‘zbek xalq musiqasi. Toshkent G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2005. 2.Jabborov A. Musiqa o‘qitish metodikasi. Toshkent o‘qituvchi 2018. 3.Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat tarbiyasi asoslari. Toshkent 2016. 4. Yo‘ldoshev B. Maktabda musiqa tarbiyasi asoslari. Toshkent 2016. 5. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari to‘plami. Toshkent 2014.