scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MATN USTIDA ISHLASH KOMPETENSIYASI TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI

Norboboyeva, Habiba Abdimannon qizi

Abstract

Mazkur maqolada kompetensiya haqida tushuncha, kompetensiyaning turlari, matn va uning turlari hamda matn ustida ishlash kompetensiyasi tushunchasi va uning mohiyati haqida fikr yuritilgan.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 109 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18048541 MATN USTIDA ISHLASH KOMPETENSIYASI TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI Norboboyeva Habiba Abdimannon qizi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 5A111701 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ta’lim yo‘nalishi 1-kurs magistranti ANNONATSIYA Mazkur maqolada kompetensiya haqida tushuncha, kompetensiyaning turlari, matn va uning turlari hamda matn ustida ishlash kompetensiyasi tushunchasi va uning mohiyati haqida fikr yuritilgan. Kalir so‘zlar: kompetensiya, kompetentlik, individual mualliflik konsepsiya, badiiy matn, lingvistik tahlil, filologik tahlil, badiiy til vositasi, madaniy kontekst, milliy tarix, milliy madaniyat. АННОТАЦИЯ В данной статье рассмотрено понятие компетенции, виды компетенции, текст и его виды, а также понятие компетенции работы над текстом и ее сущность. Ключевые слова: компетентность, компетентность, индивидуальное авторство понятие, художественный текст, лингвистический анализ, филологический анализ, средство художественного языка, культурный контекст, национальная история, национальная культура. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 110 ANNOTATION This article reflects on the concept of competence, the types of competence, the concept of competence and its types and the concept of competence of work on the text and its essence. Keywords: competence, competence, individual authorship concept, artistic text, linguistic analysis, philological analysis, artistic language tool, cultural context, National History, national culture. Bugungi kunda yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalasi har doimgidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, bugungi globallashuv sharoitida – raqobat tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda – fan sohalarini rivojlantirib, ta’limtarbiyani yanada yuksak pog‘onalarga ko‘tarish uchun yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish maqsadida yurtimizda ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Harakatlar strategiyasi”ning maqsad-mazmuni bilan uyg‘un bo‘lib [13], unda belgilangan vazifalarning bevosita davomiy ko‘rinishi sifatida ta’limtarbiyaning rivojida yangi bosqichni boshlab berishi, shubhasizdir. [4; 132] Shavkat Mirziyoyevning: “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshla-nadi” degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etildi [15], – degan gaplari hamda “Men sizlarning timsolingizda o‘z hayotini dunyodagi eng ulug‘ va olijanob ishga – yangi avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan, o‘z kasbiga sodiq va fidoyi insonlarni ko‘raman. Bugun sizlar ta’lim-tarbiya berayotgan, qalbini, ongini ezgulik bilan to‘ldirayotgan millionlab farzandlarimiz ertaga Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lib bizning safimizga kiradi. Vatanimiz, xalqimiz sizlarning bunday oliyjanob xizmatlaringizni hech qachon unutmaydi. O‘qituvchilik kasbini e’zozlash, uning mehnatini qadrlash bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Yangilangan Konstitutsiyamizda o‘qituvchi maqomini mustahkamlab qo‘ydik. Kelgusida shu asosda, albatta, ko‘p ishlarni amalga oshiramiz” deb, ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori haqida fikrlarini davom ettiradi: GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 111 “Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir”; “Bilim berishda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, tarbiyada esa milliy an’ana va qadriyatlarga suyanish muhim”; “Milliy g‘oya va uning mafkuraviy negizlarini puxta ishlab chiqish, yosh avlodni bolalikdan milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega”[11]. Ta’lim haqida bunday aforizmlarni ko‘plab keltirishimiz mumkin va zarurdir. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshlang‘ich sinflar ta’limi sifatini oshirishga katta e’tibor qaratadi, darsliklarning yangi avlodlariga milliy g‘oya va ajdodlar merosini singdirishni va xalqaro tajribalar asosida yaratishni, shuningdek, inklyuziv ta’limni rivojlantirish zarurligini ta’kidlaydi, zero ta’lim sifatli bo‘lsa, keyingi avlodlarimizning kelajagi ta’minlanadi deb hisoblaydi. Boshlang‘ich sinflarda Ona tili va O‘qish darslarini o‘qitish bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. “Ona tili dasturi”ning asosiy tamoyillaridan biri ham nutqni rivojlantirishga qaratilgan ekan, bu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish uchun har bir o‘qituvchi, birinchidan, nutq o‘stirish bo‘yicha ishlar mazmuni, ya’ni o‘quvchiga berish lozim bo‘lgan aniq nutqiy malakalarni, ikkinchidan, ta’limni tashkil qilish usullari, ya’ni tegishli mashq turlarini aniq tasavvur qilishi lozim. [4; 100]. O‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish, so‘z boyligini oshirish, eng asosiysi, mazmunli va yaxshi gapirishga o‘rgatishda butun bir matnni ham lingvistik, ham badiiy tahlil qilish salmoqli natija beradi. Fransuz olimi Fozev Reman qayd qilganidek: “Yaxshi gapirish bu – ovoz chiqarib turib o‘ylash demakdir”. Demak, biz ustozlar zimmasidagi vazifa yosh avlodning nutqiy madaniyatini shakllantirish, ularni yaxshi gapirish, to‘g‘ri o‘ylash, fikrlashga o‘rgatish. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal etish uchun tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish lozim. Bugun o‘qituvchi tayyor elektron resurslar yordamida dars o‘tish bilan GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 112 chegaralanmasdan, balki zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishi kerak. Bugungi kunda dunyo ta’limini yangilashning asosiy yo‘nalishi ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuv orqali dunyoni, hayotni, kasbiy faoliyatni yaxlit tizimli ko‘ra olish, unda tizimli faoliyat ko‘rsatish, yangi-yangi muammo va topshiriqlarni hal eta olish tajribasini shakllantirishdan iboratdir [18]. Kompeten-siyali yondashuv, inson faoliyatida har tomonlama kompetenlilikni shakllantirish hozirgi zamon jamiyati va ta’limining asosiy sharti hisoblanadi. Bu talab o‘qituvchi-pedagoglar faoliyatiga ham bevosita daxldordir. Dastavval, kompetensiya termini haqida tushuncha berib o‘tsak, maqsadga muvofiq bo‘lsa kerak. Kompetensiya (lotincha: compete – erishyapman, munosib-man, loyiqman) – 1) muayyan davlat organi (mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yo bu sohadagi bilimlar, tajriba [10, 12]. Demak, kompetensiya (lotincha competere – munosib boʻlmoq, qodir boʻlmoq) – bu muayyan bir sohada muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur boʻlgan bilimlar, koʻnikmalar, tajribalar, malakalar va shaxsiy sifatlar (qobiliyatlar)ning bir butun majmuasidir; shuningdek, qonuniy vakolatlar doirasi ham deyiladi. Asosiy mohiyati: biror ishni qila olish qobiliyati va bunga munosiblik [17]. Kompetentlik tushunchasining lug‘aviy ma’nosi turli tillarda quyidagicha izohlangan: Компетенция (rus tilida) rozilik, mutanosiblik va competere – mos kelish, to‘g‘ri kelish – kimdir yaxshi biladigan masalalar doirasi, competent (fransuz tilida) – vakolatli, competent (lotin tilida) – qobilyatli, competent (ingliz tilida) qobilyatli, competenens (qozoq tilida – құзыреттілік) – qobilyatli, taalliqli. “Kompetensiya” va “kompetentlik” so‘zlari doimo yonma-yon yursada ma’no jihatdan tubdan farq qiladi. Ushbu tushunchalarni mohiyatini o‘rganish maqsadida quyidagi lug‘atlarga e’tbor qaratdik: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” da kompetensiya quyidagicha talqin etilgan: kompetensiya – u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba [5; 184]. Kompetensiya – bu ishda yoki boshqa holatlarda ishlash mezonlari asosida samarali yoki eng yaxshi GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 113 natijalarga ega bo‘lgan shaxsning asosiy sifati [7; 132]. Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Ona tili va O‘qish darslari boshlang‘ich ta’lim tizimining asosiy va muhim tarkibiy qismi bo‘lib, unda o‘quvchilarga nafaqat til tizimi haqidagi bilimlar, balki to‘g‘ri va ravon fikr yuritish, o‘z fikrini ifoda etish, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish ko‘nikmalari ham shakllantiriladi. Ayniqsa, matn ustida ishlash bu jarayonning markazida turadi, chunki matn tahlili orqali o‘quvchilar axborotni tushunish, uni qayta ishlash, baholash va izohlay olish kabi ko‘nikmalarni egallaydilar. Ammo, amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, Ona tili va O‘qish darslarida matn ustida ishlash hali ham ko‘p hollarda an’anaviy yondashuvlar asosida olib borilmoqda. Bu holat darslarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, chunki o‘quvchilarda tahliliy fikrlash, ijodiy yondashuv, mustaqil xulosa chiqarish kabi muhim kompetensiyalar yetarli darajada shakllanmayapti. Shu bois, matn ustida ishlash texnologiyasini takomillashtirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Ushbu masala zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yechim topilishi kerak bo‘lgan dolzarb muammo sifatida qaralmoqda [1; 213]. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning egallangan bilimlar, ko‘nikma va malakalarning amaliy tatbiqi asosida mustaqil matn yaratish ona tili darslarida o‘tilayotgan har bir mavzuning asosiy maqsadiga aylanishi lozim. Matn ustida ishlash va uni tahrir qilish orqali esa matnning mantiqiy-mazmuniy va uslubiy shakllanganlik darajasi aniqlanadi, matndagi imloviy va uslubiy nuqsonlar bartaraf etish jarayonida o‘quvchilarda matn yaratish mahorati rivojlantirib boriladi. Maktab o‘quvchilarida mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishda topshiriqli mashqlar tizimidan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi [6; 71]. Badiiy matn haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, badiiy matn – bu filologik tahlil obyektiga aylantirilgan murakkab til belgilaridan iborat bo‘lgan nutq asari. Badiiy matn mantiqan bir-biri bilan bog‘liq va voqelikni aks ettirgan ma’lumotlarni, shu bilan GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 114 muallifning dunyoqarashidagi ijodiy individualligining natijasini ifodalaydi. Badiiy matnning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: estetik funksiya; tasvir; dialogiklik; dinamiklik; ortiqcha; kamsitilish; konkretlik; noaniqlik; talqin qilish va sotsiologik [9, 14]. Badiiy matn – bu adabiy ijod mahsuli bo‘lib, tasviriy san’at va emotsional ta’sir orqali o‘quvchiga muayyan ma’no yetkazishga xizmat qiladi. Uning asosiy xususiyatlari: obrazlilik va tasviriylik – jonli va rang-barang tasvirlar qo‘llaniladi; estetik ta’sir kuchi – badiiy til vositalari yordamida o‘quvchining hissiyotiga ta’sir ko‘rsatadi; murakkab kompozitsiya – syujet va qahramonlarning o‘zaro bog‘liqligi mavjud; badiiy ifodaviylik – she’riy va nasriy uslublar ishlatiladi [7; 606]. Boshlang‘ich sinf “Onq tilit” va “O‘qish kitobi” darsliklariga kiritilgan badiiy matnlarni o‘qish o‘quvchilarning ma’naviyatini shakllantirish, tasavvurlarini kengaytirish hamda his-hayajonini tarbiyalashga ham ko‘maklashadi. Shu jarayonda ularning nutqi ham yangi-yangi so‘z va iboralar bilan boyiydi. Metodist-olimlarning fikricha, o‘qish matndan axborotni aniqlash, faol qayta ishlash va anglashdan iborat bo‘lgan nutqiy faoliyat ko‘rinishidir. To‘g‘ri, matnni o‘qish unda bayon etilgan axborotni aniqlash hisoblanadi, biroq bu uning o‘ziga xos tavsif emas, chunki, umuman, nutqni eshitish, hikoya qilingan yoki kimdir ovoz chiqarib o‘qiganini tushunish ham axborotni aniqlash, faol qayta ishlash, anglashdir. Demak, o‘qishning muhim xususiyati axborotni olishda emas, balki, axborotni olish qanday asosda kechganligidadir. O‘qish jarayoni matn bilan chambarchas bog‘liq, hatto eng yaxshi o‘qiydigan o‘quvchi ham qiyin so‘z yoki murakkab matnga duch kelsa, qiyinchilik bilan sekin o‘qiy boshlaydi. Boshlang‘ich sinflarda nutq va uni o‘stirishning nazariy asoslari, usullari borasida ko‘pgina olimlar, tilshunos va adabiyotshunoslar, metodist va o‘qituvchilar o‘z fikrlarini bayon etganlar. Demak, badiiy matn – badiiy asar matni boʻlib, unda muallif umumlashgan obrazlar yaratib, tasvirlangan voqea va personajlarga oʻz munosabatini bildiradi. Matnlarning eng yorqin namunalari yordamida butun xalqlar va butun insoniyatning erkin muloqoti amalga oshiriladi. Bu madaniy kontekstdagi matnlarning eng muhim GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 115 vazifasidir. Badiiy matn bilan ishlashni tashkil etish amaliyoti uchun matnning estetik xususiyatlarini tushunish nihoyatda muhimdir, bu badiiy matnni madaniy voqelik sifatida belgilaydigan muhim xususiyat sanaladi. Matnning mohiyati uning polifonik (ko‘p ovozli) tabiati, karnavallashtirish, xronotop (vaqt-makon) va nutqiy janrlar kabi tushunchalar orqali ochiladi, shuningdek, u matnni uning yaratilishi va qabul qilinishidagi ijtimoiy-madaniy kontekst bilan bog‘laydi[16]. Umuman olganda, matn M.M.Baxtinning fikricha, badiiy yoki estetik deb atalmish ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “estetik obyekt” sifatida ishlaydi [2; 88]. Badiiy matnning xususiyatlari lirik qahramonning mavjudligini ham o‘z ichiga olishi kerak. Badiiy matn muallifning pozitsiyasidan, muallifning qahramonlar va voqealarga munosabatidan xoli bo‘lishi mumkin emas. Shu bilan birga, muallif obrazini, uning nomidan hikoya qilinayotgan hikoyachi obrazi bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Ammo hikoya qahramonlardan birining nomidan aytilgan taqdirda ham, muallif har doim uning orqasida turib, o‘quvchi bilan bilvosita suhbat olib boradi. Ana shu yashirin suhbat tasvirlangan voqealardan ko‘ra muhimroq bo‘lib chiqadi. Badiiy matnlar tuzilmaviy xilma-xilligi yoki boshqacha aytganda, kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Badiiy asarda turli hikoyalar bilan bog‘liq epizodlar almashinishi, xronologik yoki mantiqiy rejalar aralashib ketishi yoki siljishi mumkin. Ilgari o‘qilgan narsalarni yangi ma’lumot olgandan keyin qayta ko‘rib chiqish mumkin. Muallif ma’lum bir lahzagacha ba’zi ma’lumotlarni ataylab yashirishi, ataylab noaniqlik yaratishi mumkin. Bularning barchasi o‘quvchida kerakli kayfiyat va taassurot yaratishga xizmat qiladi va muallifga o‘quvchini keyingi voqealarni idrok etishga tayyorlashga yordam beradi. Badiiy matnning navbatdagi xususiyati shundaki, u odatda yuqori darajadagi milliy-madaniy va zamon shartliligi bilan ajralib turadi. Muallif bunga intiladimi yoki yo‘qmi, har doim badiiy matnda muallif kimning vakili bo‘lgan va kimning tilida yozayotgan xalqning xususiyatlari, u yashayotgan zamon o‘z aksini topadi. Til atrofdagi dunyoni idrok etish va aks ettirishda xalqning tarixan shakllangan xususiyatlarini, shu jumladan uning majoziy aksini birlashtiradi. Bu barqaror GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 116 taqqoslashlar, lingvistik metaforalar, epitetlar va metonimik nominatsiyalar mavjudligida namoyon bo‘ladi. Yuqoridagilar badiiy matnning ayrim o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Bular: obrazlilik, o‘quvchiga hissiy ta’sir, intellektual, hissiy, estetik ma’lumotlar, kompozitsiyaning rang-barangligi, milliy-madaniy va zamon sharti, lirik qahramonning mavjudligi, muallif obrazining mavjudligidir [2; 92-93]. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga badiiy matnlarni o‘rgatish va ularni tahlil qilish, nafaqat ularning til bilimlarini rivojlantirishga, balki estetik, axloqiy va estetik tushunchalarini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Badiiy matnlar tahlili o‘quvchilarni murakkab tasavvurlarni tushunishga, nutq madaniyatini rivojlantirishga va yaratuvchan fikrlashni shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, tahlil jarayonida o‘quvchilar matnni chuqur anglab, uning mazmuni va shaklini yaxshiroq tushunishlari mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Erdanova Z.O. Ona tili darslarida matn ustida ishlash texnologiyasini takomillashtirish pedagogik muammo sifatida. Pedagogika va ta’lim muammolar . Scientific Journal of Construction and education. Volume 4, Issue 5. 2025. – B. 213 2. Fayzulloyeva M.A. Badiiy matn xususiyatlari. Evelopment and innovations in science. International scientific-online conference. Published May 20, 2024 | Version v1. – B. 88. 3. Kuchkarova Sh.A. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida matn ustida ishlashning nazariy asoslari. Zamonaviy dunyoda innovatsiyon tadqiqotlar: “Nazariya va amaliyot” nomli ilmiy, masofaviy, omlayn konferensiya. –B. 100. 4. Nasriyeva D., Isoqulova D. O‘quvchilarda nutqiy malakani shakllantirish usullari. Central asian academic journal. Of scientific research. Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63). Volume 2 ǀ Issue 10 ǀ 2022. – B. 132. 5. Pedagogik enseklapediya II; 184 b. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 19 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 117 6. Rahimboyeva D.Q. Ona tili ta’limida matn ustida ishlashning didaktik tamoyillari. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2024, –№6. – B. 71 7. To‘xtayeva F.Sh. Ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondoshuvda pedagogning raqamli kompetentlikning ahamiyati. Образование и инновационные исследования. 2022 год. – №7. – B. 132 8. Tursunova I.S., Raxmatullayeva F.A. Yuqorida ko‘rsatilgan manba.. 2024. – B. 606 9. Мусоева Ш. Ю. Особенности художественного текста: специфика, категории и функции // Вестник Педагогического университета. 2022. – №3. 10. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. 11. OAV materiallari. http://insonhuquqlari.uz/oz/news/presidential-views-onschooling. 12. https://uz.wikipedia.org/wiki/Kompetensiya (Murojaat sanasi 22.12. 2025) 13. https://lex.uz/mact/-3107036 14. file:/C:/Users/user/Downloads/osobennosti-hudozhestvennogo-tekstaspetsifika-kategorii-i-funktsii.pdf . 15. https://president.uz/oz/lists/view/6622 16. https://www.google.com/search?Sourceid=chrome&ie=UTF-8 17. https://www.google.com/search?q=kompetensiya+nima&oq=Kovpetensiya &gs_lcrp. (Murojaat sanasi 22.12.2025) 18. https://uz.goodinternet.org/uz/sections/pedagoglar/talim-vamen/kompetensiya/. (Murojaat sanasi 23.12.2025) 19. file:///C:/Users/user/Downloads/ZDIT+2329.pdf (Murojaat sanasi 20.12. 2025)