MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI QORAQALPOQCHA TARJIMASIDA OKKAZIONALIZMLARNING BERILISHI
Full text
203 3 5 MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARI QORAQALPOQCHA TARJIMASIDA OKKAZIONALIZMLARNING BERILISHI Yeshboyeva Matluba Baxodir qizi, Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18052333 Annotatsiya: Ushbu maqolada okkazionalizmlar haqida, ularning tildagi o‘rni, ahamiyati, badiiy asarlarda, xususan, she’riyatda ishlatilgan bir nechta qo‘llanilish turlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Muhammad Yusufning qoraqalpoq tiliga qilingan tarjima ishlarida shoir qo‘llagan okkazionalizmlar qay tarzda o‘girilganligi tahlil qilingan. Tahlil davomida tarjimonning yutuq va kamchiliklari e’tirof etilgan hamda xulosa qilingan. Kalit so‘zlar: tarjima, tarjimon, yaqin tillar, qardosh tillar, okkazionalizm, nutqiy yasalma, tarjima jarayoni. Аннотация: В данной статье рассматриваются окказионализмы, их место и значение в языке, а также некоторые виды их употребления в художественных произведениях, в частности в поэзии. Проанализировано, каким образом окказионализмы, использованные поэтом Мухаммадом Юсуфом, были переведены на каракалпакский язык. В ходе анализа выявлены достижения и недостатки переводчика, сделаны соответствующие выводы. Ключевые слова: перевод, переводчик, близкородственные языки, родственные языки, окказионализм, речевое образование, процесс перевода. Abstract: This article examines occasionalisms, their role and significance in the language, as well as several types of their usage in literary works, particularly in poetry. The study analyzes how the occasionalisms employed by the poet Muhammad Yusuf have been translated into the Karakalpak language. During the analysis, the translator’s achievements and shortcomings are identified, and relevant conclusions are drawn. Keywords: translation, translator, closely related languages, cognate languages, occasionalism, speech formation, translation process. Kirish va dolzarbligi. Jahon tilshunosligida hech bir xalq yo„qki, boshqa tillardan o„zlashtirmasdan lug„at boyligi ortib, boyib boradigan. Har bir xalq, har bir millat o„zga tillardan so„z o„zlashtirib vaqt o„tgan sari lug„at boyligi kengayib boradi. Bu to„g„risida tilshunos olim I.A.Boduen de Kurtene o„zlashma so„zlar haqida fikr bildira turib, dunyoda faqat bir xalqqa tegishli sof til yo„qligini hamda bo„la olmasligini ta‟kidlaydi [1, S.16]. Tilimizga e‟tibor berish, ayniqsa, o„zbek tiliga davlat tili maqomi berilgandan so„ng adabiy til va madaniy nutq maromlarini qayta tartiblash, takomillashtirish, yangi so„z va ifoda yo„sinlarini izlash, yangi so„z-atamalar ijod qilish harakati faol ijtimoiy ehtiyojga aylanib qoldi. Tilning boyib, rivojlanib borishida har bir kasb egalarining o„z o„rni mavjudligini aytadigan bo„lsak, qalam alhi bo„lmish shoir-u yozuvchilarning o„rnini alohida ta‟kidlamoq zarur. Ular o„z ijod namunalari orqali xalqqa yangi so„zlarni yetkazib beradilar, xalq qabul qilishi yoki qilmasligini esa vaqt ko„rsatadi. Agarda xalq tomonidan yangi so„zlar qabul qilinsa, lug„at tarkibida yangilanish bo„lib, lug„atimiz shu tarzda boyib, ko„payib boradi. Yangilanishlarda shoir va yozuvchilar yana shu jihati bilan ahamiyatliki, ular
204 3 5 okkazionalizmlardan unumli foydalanadi, bu yaratgan okkazionalizmlari vaqt o„tishi bilan lug„at tarkibidan o„rin olishi mumkin. Qardosh tillardan tarjima qilish jarayonida shoir qo„llagan okkazionalizmlar tarjimon tomonidan o„girilib, kitobxonlarga havola qilinadi. Agar kitobxonlar bu okkazionalizmlarni qabul qilsa, shu tilning ham lug„atidagi so„zlar soni ortib boradi. Buning uchun esa, albatta, tarjima to„g„ri, aniq, mukammal qilinmog„i lozim. Metodlar va o‘rganilish darajasi. Tilda marom va maromsizlik, odatiylik va noodatiylik yonma-yon yuradi. Til – ijtimoiy hodisa, u vaqt o„tgan sari o„zgarib boradi. Shu tufayli so„z yasash qoidalaridan cheklangan holda yangi yasalmalar paydo bo„lishi mumkin. Bu hodisa adabiyotlarda okkazionalizmlar deya uchraydi. Okkazionalizm – mahsuldor bo„lmagan model asosida yasalgan va faqat shu nutqiy matnning o„zida qo„llangan so„z, individual-uslubiy neologizm[2, S.74]. Rus tilshunosligida nutqiy yasalmalarni okkazionalizm atamasi bilan alohida hodisa sifatida talqin qilish 50-yillarga to„g„ri keladi [7]. O„zbek tilshunosligida esa okkazionalizmlarni izchil ilmiy asoslarda o„rganishni 90yillar oxirida S.Toshaliyevaning tadqiqot ishlarida kuzatish mumkin [5]. Okkazionalizmlarni badiiy-estetik jihatdan tahlil qilgan O.To„xta-sinovaning ilmiy tadqiqotida shunday deyiladi: “Lug„at tarkibida o„z o„rniga ega bo„lmasdan yakka (individual) nutqqa xos va o„sha nutq (matn) doirasidagina qolib ketadigan, tasodifiy, ya‟ni favqulodda yaratilgan va ko„pincha lisoniy aloqa jarayonida atigi bir martagina qo„llanadigan so„zlar borki, ular hamisha yangiligi, g„ayritabiiy tuyulishi, betakrorligi, adabiy normadan tashqarida bo„lishi bilan ajralib turadi. Bunday so„zlarni xalq va til ijodkorlari yaratadi. Xalq yaratgan so„zlar tilshunoslikda og„zaki nutq okkazionalizmi, ma‟lum ijodkorlar tomonidan yaratilgan so„zlar esa individual – yakka nutqqa xos , ya‟ni badiiy okkazionalizmlar deb yuritiladi” [6]. Tadqiqot natijalari. Okkazionalizmlarning qay tartibda yuzaga kelganligi, qo„llanilishi, tuzilishi haqida ma‟lumotlar keltirilgan. Ammo tarjima jarayonida qay tarzda o„girilganligi haqida, xususan, Muhammad Yusufning qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan asarlarida okkazionalizmlarning qay holda tarjima qilinganligi haqida tahlil qilinmagan. Shoir tomonidan yaratilgan nutqiy yasalmalar – okkazionalizmlarning tarjima ishlarida keltirilganini asliyat bilan solishtirgan holda tahlilga tortamiz. Okkazionalizmlar Muhammad Yusuf ijodida 2 xil uslubda qo„llanilgan: a) yangi so„z uslubida; b) mavjud so„zni boshqa ma‟noda qo„llash uslubida. Tahlilimizda avvalo yangi so„z uslubida qo„llanilgan okkazionalizmlarni keltiramiz. “Kechikish” she‟rida : Tushunolmay qoldim qandaydir Toshmehrroq chiqding o„zing ham. [3, S.88] misralari keltirilgan. B. Seytayev qilgan tarjimada esa quyidagicha o„girilgan: Túsinbedim ulım men saǵan, Tas bawır bop shıqtıń óziń de. [4, S.6]
205 3 5 Asliyatda qo„llanilgan “toshmehr” so„zi nutqiy yasalma hisoblanadi. Ammo tarjimada buning o„rniga mavjud so„zdan, ya‟ni o„zbek tilida “toshbag„ir” ma‟nosini beruvchi so„zdan foydalangan. “She‟riyat bu …” she‟rida esa: She‟riyat bu qadim buyuk So„qmoq ekan, Kiyikso„qmoq ekan, kiyik So„qmoq ekan. [3, S.13] Misralari mavjud bo„lib, unda “kiyikso„qmoq” so„zi keltirilgan. Tarjimada: Qosıq áyyemgi biyik Soqpaq eken. Kiyiksoqpaq eken, kiyik Soqpaq eken. [4, S.7-8] Asliyatda berilgan okkazionalizm tarjimada shu holda, o„zgarishsiz berilgan. Tarjimalarni kuzatishimiz va tahlil qilishimiz mobaynida shuni ko„rdikki, ko„pgina nutqiy yasalmalar hech qanday o„zgarishsiz, faqatgina qoraqalpoq tiliga moslashgan holda o„girilgan ekan. Asliyatda qanday qo„llangan okkazionalizm bo„lsa, boshqa so„zga o„zgarmasdan tarjima qilinsa, shoirning yetkazib bermoqchi bo„lgan his-tuyg„usi kitobxonga yetib boradi hamda shu bilan birgalikda ijodkorning mahorati, so„z qo„llash uslubi e‟tiborni tortadi. “Muhabbatim” she‟ridagi misralarda yana bir okkazionalizm ishlatilgan: Muhabbatim, qaydasan, qalb ardog„im, Jayronko„zim, qirlarda qolgan ohum. [3, S.33] Shoir sevgan yoriga “muhabbatim”, “qalb ardog„im” kabilar qatorida unga “jayronko„zim” deya murojaat qiladi. Tarjimon ham okkazionalizmni xuddi asliyat kabi quyidagicha o„girgan: Muhabbatım, qaydasań, ıǵbal baxtım, Jeyrankózim, qırlarda qalǵan aqquw. [4, S.31] “Jeyrankózim” deya tarjima qilib, faqat grafemalarini o„zgartirib, qoraqalpoq tiliga moslashtirgan. “Sumalak” she‟rida ham shoir yurt sotqinlariga qarata “navro„zfurushlar” deb aytgan: Bir o„y qiynamasmi gohida sizni – Navro„zfurushlar? [3, S.78] O„zbek tilida –furush so„z yasovchi qo„shimchasi otlarga qo„shilib, faqat bir narsa savdosi bilan shug„ullanishni bildiradi: ko„katfurush, g„allafurush singari. Ammo shoir bu qo„shimchani “Navro„z” so„ziga qo„shib, mustaqillikdan avvalgi davrda yurtni sotgan vatandoshlarimizga nisbatan “Navro„zfurushlar” deya kinoya bilan murojaat qilgan. Tarjimada esa buni tarjimon o„z holida o„girgan:
206 3 5 Bir oy qıynamayma gey waqta sizdi – Nawrızpurıshlar? [4, S.59] Mutarjim she‟rni xuddi asliyatdagi kabi kinoya bilan, so„zlarini o„z o„rnida to„g„ri tarjima qilib mahorat bilan o„girishga harakat qilgan va buni uddalay olgan. Kuzatishimizcha, yuqoridagi barcha okkazionalizmlar tarjimalarda xuddi shoir ifodalaganday keltirilgan. Bu orqali tarjimon she‟rdagi ifodalangan hissiylik, badiiylik, ifodaviylikni kitobxonga to„la-to„kis yetkazib bera olgan. Tarjimalarni tahlil qilar ekanmiz, tahlilimiz davomida bir qancha okkazionalizmlarning boshqa so„z va birliklar bilan o„zgarib tarjima qilinganligiga guvoh bo„ldik. Quyida ularga bir nechta namunlarni keltirib o„tmoqchimiz: “Ota” she‟rining oxirgi misralari bo„lmish: Qizg„aldoqlar bosh egib qon yig„lab turgan Bu makonda mening ham nurjahonim bor. [3, S.67] Satrlarida “nurjahon” nutqiy yasalmasi ishlatilgan. Tarjimada: Qızǵaldaqlar iyilip qan jılaǵan Bul mákanda meniń nurlı jáhánim bar. [4, S.31] Misralarida esa “nurli jahon” birikmasi bilan keltirilgan. Asliyatdagi okkazionalizm oddiy birikmaga o„zgartirilgan. “Yalpiz” she‟rida esa: Men shoir emasman, men nazmboz kosib, She‟rim shuhratimga emas munosib. [3, S.193] Satrlari mavjud bo„lib, tarjimada quyidagicha keltirilgan: Shayırlıq men ushın mázi bir kásip, Qosıǵım atıma emes múnásip. [4, S.65] Asl nusxada “nazmboz” so„zi nutqiy yasalma hisoblanadi, misralar ma‟nosi: “Men shoir emasman, men nazmga, she‟riyatga ishqiboz bir kosibman”. Tarjimada esa misra ma‟nosi o„zgargan: “Shoirlik men uchun bekorga tanlangan kasb”. Asliyatdagi okkazionalizm ham, ifodalangan ma‟no ham xato o„girilgan. Tarjimon bu o„rinda soxta ekvivalentga aldanib qolgan ko„rinadi. “Kosib” so„zi O„TIL da quyidagicha izohlangan: “1 Qo„l ishi bilan shug„ullanuvchi hunarmand. Qo‘li sust kosibdan oyog‘i ildam gadoy yaxshi.Maqol. Usta Mo‘min yolg‘izqo‘l bir kosib edi. A.Qahhor, Asror bobo. 2 Oyoq kiyimi (etik, mahsi va sh. k. ) tikish bilan shug„ullanuvchi hunarmand. Bu odamlarning biri – Farmon kal laqabli etikdo‘z kosib bo‘lib, yoshi o‘tishi bilan u tuzalib ketgan. Mirmuhsin, Me‟mor.” Tarjimon qo„llangan “kásip” so„zi QTTS da: “1 Kár, professiya, xızmet, jumıs, miynet, talap, is. Qarajannıń baqsıshılıq kásibin úyretken ustazı óz anası boladı (Q. Ayımbetov). 2 Ata-anasınıń kári. Meniń anam boldı gilem sheberi, Tereń sırın bilgen usı kásiptiń (I. Yusupov).” Tarjimon bu so„zni “kasb” so„zi deb o„ylagan bo„lsa kerak, shu tufayli xatolikka yo„l qo„ygan. “Jiyda tagida” she‟rida :
207 3 5 Tahoratkash chol, Uyga aytdi lol. [3, S.123] Misralari mavjud bo„lib, u tarjimada quyidagicha o„girilgan: Tahret alǵan ǵarrı da Úyge qayttı lal. [4, S.103] Asliyatdagi “tahoratkash” so„zi okkazionalizm bo„lib, tarjimada bu oddiy birlik bilan ifodalangan. Tahlilimiz davomida QTTS da “tahret” so„zini uchratmadik, “tahorat ” so„ziga “dáret” so„zi mos keladi. O„zbek tilida ham, qoraqalpoq tilida ham –kash (qoraqalpoq tilida - kesh) qo„shimchasi sifat yasovchi qo„shimcha mavjud bo„lib, mehnatkash, hazilkash kabilar misol bo„la oladi, ya‟ni o„sha narsani ko„p qiluvchi ma‟nosini anglatadi. Shoir esa buni boshqacha ifodalaydi, tarjimon buni tarjimada yetkazib bera olmagan. Bizningcha, tarjimon “dáretkesh” so„zini qo„llaganda maqsadga muvofiq bo„lar edi. “O„zbekfilm” she‟ridagi misralar: Bog„larga burkandi, yantoqzor yerlar, Toshlar-da gulladi, sen o„rtanmading... Temirlar yig„ladi, simlar yig„ladi, Kesaklar kuyladi – bir o„ylanmading. [3, S.95] Tarjimada: Baǵlarǵa aylandı jantaq basqan jer, Taslar da gúlledi, sen órtenbediń... Temirler jıladı, sımlar jıladı, Kesekler jırladı – sen derpenbediń. [4, S.104-105] Asliyatda keltirilgan “toshlar gullashi”, “temirlar yig„lashi”, “simlar yig„lashi”, “kesaklar kuylashi” birikmalar shoir tomonidan yaratilgan birikmalar bo„lib, tarjimada bular barchasi o„z o„rnida va to„g„ri berilgan hamda shu orqali tarjimon B.Seytayev asl nusxadagidek hissiylikni bera olgan. Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo„lsak, nutqiy yasalmalar til lug„at qatlamining boyishida muhim o„rin tutadi. Vaqt o„tib bu kabi okkazionalizmlar xalq tomonidan qabul qilinib, yangi so„zga – neologizmga aylanishi va lug„at boyligini yana bir bora boyitishi mumkin. Har bir badiiy asar ustida shoir ijod qiladi, ham shakl jihatdan, ham mazmun jihatdan yangi ma‟no berishga harakat qiladi. Bu esa ijodkordan ikki hissa mehnatni talab qiladi. Tarjimon ham tarjima jarayoniga kirishar ekan, bir qancha talablarga javob bergan holda, shakl va mazmunni saqlagan tarzda ijod qiladi. Shakliga shoir ishlatgan okkazionalizmlarni ham keltirsak to„g„ri bo„ladi, sababi ular lug„atda mavjud bo„lmagan ba‟zi so„zlar ham bo„lishi mumkin. Bu kabi maqsadli nutqiy yasalmalar o„quvchiga zavq beradi hamda kitobxonni o„ziga jalb qiladi. Zamonaviy o„zlashmalar tufayli til lug„at qatlami boyib, kengayib boraveradi.
208 3 5 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Бодуен де Куртене И.А. Избранные труды по общему языкознанию. В 2 томах. том II. – Москва: АН, 1963. 2. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug„ati. – T.:O„zbekiston milliy ensiklopediyasi. – S.158. 3. Muhammad Yusuf. Saylanma. – T.:Sharq. 2019. – S.286. 4. Seytayev B. Qo‟lyozma nusxasi. – S.138. 5. Tошалиева С. Ўзбек тилида окказионал сўз ясалиши: Филол.фанлари номзоди...дис. – T.,1998. – S.154 6. To„xtasinova O. O„zbek tilida leksik okkazionalizmlar va ularning badiiy-estetik xususiyatlari. Filol.fanlari nomzodi…dis. – T.,2007. – S.122. 7. Винокур Г. – Маяковский новатор языка. Москва, 1943. – S.138.