scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TASAVVUF POETIKASI TARJIMASIDA "RUHIY SEMANTIKA" MODELI (transkultural kontekstda universal va lokal jihatlar)

Qahramonjon, Ismoilov

Full text

222 3 5 TASAVVUF POETIKASI TARJIMASIDA “RUHIY SEMANTIKA” MODELI (transkultural kontekstda universal va lokal jihatlar) Qahramonjon Ismoilov, Qo„qon davlat universiteti dotsenti, PhD E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18052374 Annotatsiya. Mazkur maqola tasavvufiy poetika terminlarini tarjima qilishda duch kelinadigan murakkabliklarni o„rganadi. Tadqiqotda an‟anaviy lingvistik yondashuvlar yetarli emasligi, terminlarning ruhiy, ontologik va poetik qatlamlari yo„qolishi aniqlangan. Shu asosda “ruhiy semantika” modeli taklif etildi. Ushbu model tarjimani nafaqat lingvistik, balki ruhiy, madaniy va estetik kontekstda amalga oshirish imkonini beradi. Tadqiqot transkultural kontekstda universal ruhiy mazmun va lokal poetik shakllarni uyg„unlashtirishga qaratilgan yondashuvni ko„rsatadi. Natijalar shuni isbotlaydiki, “ruhiy semantika” modeli tasavvufiy matnlarning tarjimasida samarali vosita bo„lib, tarjimonni madaniyatlararo va ruhiy ijodkor sifatida talqin qiladi. Kalit so‘zlar: tasavvufiy poetika, ruhiy semantika, tarjima, transkultural yondashuv, poetik qatlamlar, ontologik qatlamlar. Аннотация. Данная статья посвящена исследованию сложностей перевода терминов суфийской поэтики. В работе выявлено, что традиционные лингвистические подходы недостаточны, поскольку термины теряют свои духовные, онтологические и поэтические слои. В связи с этим предложена модель «духовной семантики», которая позволяет осуществлять перевод не только на лингвистическом уровне, но и с учѐтом духовного, культурного и эстетического контекста. Исследование демонстрирует подход к переводу суфийской поэтики в транскультурном контексте, сочетая универсальное духовное содержание с локальными поэтическими формами. Результаты подтверждают, что модель «духовной семантики» является эффективным инструментом перевода, позволяя переводчику выступать как культурный и духовный посредник. Ключевые слова: суфийская поэтика, духовная семантика, перевод, транс-культурный подход, поэтические слои, онтологические слои. Abstract. This article examines the challenges of translating terms in Sufi poetry. The study reveals that traditional linguistic approaches are insufficient, as they often neglect the spiritual, ontological, and poetic layers of terms. To address this, a “spiritual semantics” model is proposed, allowing translation to be carried out not only linguistically but also in spiritual, cultural, and aesthetic contexts. The research highlights a trans-cultural approach to translating Sufi poetry, harmonizing universal spiritual content with local poetic forms. Findings demonstrate that the “spiritual semantics” model is an effective tool for translation, enabling the translator to act as a cultural and spiritual mediator. Keywords: Sufi poetry, spiritual semantics, translation, trans-cultural approach, poetic layers, ontological layers. Kirish va mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy tarjimashunoslik fanida madaniy va ruhiy jihatdan murakkab matnlarni adekvat tarjima qilish masalasi dolzarb ilmiy muammo sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, tasavvufiy poetika singari chuqur metafizik, ontologik va estetik qatlamlarga ega bo„lgan adabiy matnlarni boshqa tillarga o„girish jarayonida an‟anaviy lingvistik yondashuvlar yetarli natija bermayapti. Tasavvufiy terminlar ko„pincha bir vaqtning o„zida diniy, falsafiy, poetik va ruhiy tajribani ifodalaydi. Shu sababli ularni faqat lug„aviy ekvivalentlar orqali tarjima qilish ularning ichki mohiyatini sezilarli darajada yo„qotishga olib keladi. 223 3 5 O„zbek mumtoz adabiyotida keng qo„llaniladigan “ishq”, “fano”, “baqo”, “zuhd”, “haqiqat”, “ko„ngul”, “yor”, “nuri jamol” kabi tasavvufiy tushunchalar alohida semantik birlik bo„lish bilan birga, muayyan madaniy-falsafiy tafakkur tizimini ham mujassamlashtiradi. Bu terminlar orqali shoirlar nafaqat hissiy holatni, balki ilohiy tajriba, ruhiy komillik va ontologik anglashni ifodalaydi. Tarjima jarayonida ushbu terminlar soddalashtirilganda, ularning ruhiy-semantik qatlamlari yo„qoladi va matn poetik kuchini yo„qotadi. Shu bois mazkur kichik tadqiqotda tasavvufiy terminlar tarjimasida “spiritual semantics” (“ruhiy semantika” – Q.I.) deb ataluvchi yangi nazariy model taklif etiladi. Ushbu model tarjimani faqat til darajasida emas, balki ruhiy, estetik va madaniy kontekstda amalga oshirishni nazarda tutadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, u tasavvuf poetikasini transkultural makonda universal va lokal jihatlar uyg„unligida tahlil qiladi hamda tarjima amaliyotiga yangi yondashuv olib kiradi. Metodlar va o„rganilish darajasi. Mazkur tadqiqotda tasavvufiy terminlar tarjimasini chuqur va tizimli o„rganish maqsadida kompleks metodologik yondashuv qo„llanildi. Tadqiqot metodlari bir-birini to„ldiruvchi va o„zaro uzviy bog„langan holda tanlandi, bu esa tasavvuf poetikasining lingvistik, ruhiy va madaniy qatlamlarini birgalikda tahlil qilish imkonini berdi. Xususan, tasavvufiy terminlarning tarjima jarayonidagi semantik siljishlarini, poetik transformatsiyalarini va madaniy moslashuv mexanizmlarini aniqlashga yo„naltirildi. Tadqiqotning asosiy metodlaridan biri sifatida qiyosiy-tahliliy metod tanlandi. Ushbu metod orqali o„zbek mumtoz adabiyotidagi tasavvufiy terminlar ingliz tiliga qilingan mavjud tarjimalar bilan solishtirildi. Qiyosiy tahlil jarayonida terminlarning lug„aviy mosligi bilan bir qatorda, ularning poetik ohangi, ruhiy konnotatsiyasi va madaniy yukining qay darajada saqlangani aniqlandi. Natijada ayrim terminlarning tarjimada soddalashtirilgani yoki semantik jihatdan torayib ketgani kuzatildi. Shuningdek, semantik va konnotativ tahlil usuli yordamida tasavvufiy terminlarning ichki, yashirin ruhiy qatlamlari o„rganildi. Bu jarayonda har bir atamaning faqat asosiy ma‟nosi emas, balki uning tarixiy, diniy va estetik konnotatsiyalari ham hisobga olindi. Ayniqsa, Umberto Eko tomonidan ilgari surilgan “semiotic layering” (“semiotik qatlamlanish” – I.Q.) konsepsiyasi mazkur tadqiqot uchun muhim metodologik asos bo„lib xizmat qildi. U.Eko ta‟kidlaganidek, poetik va diniy kontekstda qo„llanilgan so„zlar bir vaqtning o„zida bir nechta semantik qatlamlarni faollashtiradi va o„quvchida turli darajadagi anglash jarayonini yuzaga keltiradi [3, p.56]. Shu bois, tasavvufiy terminlarni tarjima qilishda ushbu qatlamlarning har birini hisobga olish zarur, deb topildi. Bundan tashqari, tadqiqotda transkultural yondashuv qo„llanilib, tasavvufiy poetikaning universal va lokal jihatlari o„zaro bog„liqlikda tahlil qilindi. Bu yondashuv tarjimani faqat ikki til o„rtasidagi lingvistik jarayon emas, balki madaniyatlararo ruhiy muloqot shakli sifatida ko„rishga imkon beradi. Mazkur metod Homi K.Bhabhaning “third 224 3 5 space” (“uchinchi bo„shliq” – I.Q.) [4, pp. 36-39] kontseptsiyasiga tayangan holda amalga oshirildi, unga ko„ra tarjima jarayonida yangi ma‟nolar madaniy muzokara natijasida shakllanadi [4, p. 212]. Tadqiqotning nazariy asosi Yu. Nidaning “dynamic equivalence” (“dinamik ekvivalentlik” – Q.I.) nazariyasi, L.Venutining “foreignization” (“xorijiylashtirish” – Q.I.) yondashuvi, H.Bhabhaning transkultural konsepsiyasi hamda olmon islomshunosi Annemarie Schimmelning tasavvufiy poetika va mistik terminlar haqidagi qarashlariga tayangan holda shakllantirildi. Yu. Nida tarjimada o„quvchi reaksiyasini muhim deb hisoblagan bo„lsa-da, tasavvufiy matnlarda bu reaksiya hissiy emas, balki ruhiy-ma‟naviy anglash bilan bog„liqligi e‟tiborga olindi [1, p.159]. Venuti esa tarjimada madaniy begonalikni saqlash zarurligini ta‟kidlab, tasavvufiy terminlarni soddalashtirmasdan, ularning o„ziga xosligini saqlashni taklif etadi [2, p.94]. Schimmel esa tasavvufiy atamalarni poetikmadaniy fon bilan anglamasdan turib tarjima qilish ularning ichki rezonansini yo„qotishini alohida qayd etadi [5, p.307]. O„rganilish darajasi shuni ko„rsatadiki, tasavvufiy matnlar tarjimasi masalasi turli ilmiy ishlar doirasida alohida jihatlardan tadqiq qilingan. Biroq mavjud tadqiqotlarning aksariyatida tasavvufiy terminlar lingvistik yoki umumiy madaniy nuqtai nazardan tahlil qilingan bo„lib, ularning ruhiy-semantik mohiyatini tizimli model asosida o„rganish yetarli darajada amalga oshirilmagan. Ayniqsa, tasavvufiy terminlarni ruhiy-ontologik kontekstda talqin qiluvchi yagona nazariy modelning yetishmasligi ilmiy bo„shliq sifatida namoyon bo„ladi. Mazkur maqola aynan shu ilmiy bo„shliqni to„ldirishga qaratilgan bo„lib, unda tasavvufiy terminlar tarjimasini “ruhiy semantika” modeli asosida tahlil qilish taklif etiladi. Ushbu model tasavvuf poetikasini nafaqat semantik, balki ruhiy, estetik va transkultural hodisa sifatida talqin etishga imkon beradi hamda zamonaviy tarjimashunoslik uchun yangi metodologik istiqbollarni ochadi. Tadqiqot natijalari va muhokama. Tadqiqot natijalari tasavvufiy terminlarning tarjimasida bir qator muhim muammolar mavjudligini ko„rsatdi. Birinchi navbatda, ko„plab tarjimalarda terminlarning faqat yuzaki, lug„aviy semantik ma‟nosi saqlanib, ularning chuqur ruhiy-ontologik mohiyati e‟tibordan chetda qolayotgani aniqlanadi. Bu holat ayniqsa tasavvufiy matnlarning poetik va madaniy kontekstida seziladi, chunki har bir atama o„zida ko„p qatlamli ma‟nolarni mujassamlashtiradi [3, p.56]. Masalan, “fano” tushunchasi ko„pincha ingliz tiliga “annihilation” yoki “self-destruction” tarzida tarjima qilinadi [5, p.47, p.142]. Biroq tasavvufiy ma‟noda “fano” shaxsiy mavjudlikning yo„qolishi emas, balki Haq bilan birlashish jarayonidagi ruhiy holat bo„lib, u inson qalbining ichki transformatsiyasini ifodalaydi. Shu sababli uni izohli-poetik tarjima orqali berish zarur, bunda atamaning ontologik, ruhiy va poetik qatlamlari saqlanadi [3, p.56]. 225 3 5 Ikkinchi muhim natija shundaki, tasavvuf poetikasida universal ruhiy mazmun bilan lokal poetik obrazlar o„rtasidagi uyg„unlik muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, “zuhd” g„arbiy kontekstdagi “asceticism” tushunchasiga yaqin bo„lsa-da, u faqat dunyodan yuz o„girishni emas, balki qalbni ilohiy haqiqatga tayyorlash va ruhiy intilish jarayonini ifodalaydi [5, p.289]. Shu jihatdan tarjimonlar uchun muammo shundaki, soddalashtirilgan ekvivalentlar orqali asl matnning ruhiy va madaniy qatlamlari yo„qoladi. Tadqiqot natijalari shuni ko„rsatdiki, “ruhiy semantika” modeli tasavvufiy terminlarni tarjimada saqlash, ruhiy kontekstni faollashtirish va poetik rekonstruktsiya orqali madaniy izohlarni uyg„unlashtirish imkonini beradi. Uchinchidan, tarjima jarayonida tasavvufiy terminlarning transkultural mosligi alohida o„rganildi. Olingan natijalar Yu. Nidaning “dynamic equivalence” nazariyasi bilan qiyosiy tahlil qilindi. Nida ta‟kidlaganidek, tarjimaning kommunikativ ta‟siri o„quvchida original matn bilan o„xshash reaksiya uyg„otishi lozim [1, p.159]. Biroq tasavvufiy matnlarda bu reaksiya hissiy emas, balki ruhiy va ontologik anglash bilan bog„liqdir. Shu nuqtai nazardan, “ruhiy semantika” modeli Nida yondashuvini poetik va ruhiy jihatdan boyitadi, atamalarni nafaqat lingvistik, balki madaniy va ruhiy qatlamlar bilan uyg„unlashtiradi. Shuningdek, L.Venutining “foreignization” yondashuvi tasavvufiy terminlarni soddalashtirmasdan, ularning begonaligini saqlashni taklif qiladi [2, p.94]. Bu yondashuv tarjimaning transkultural kontekstdagi to„g„ri talqini va asl ruhiyatni yetkazish imkoniyatini oshiradi. Tadqiqotda kuzatilganidek, Venutining uslubi bilan “ruhiy semantika” modelining tamoyillari mukammal mos keladi: har bir atama o„zining madaniy, poetik va ruhiy qatlamini saqlab qolgan holda tarjima qilinadi, shu bilan birga o„quvchida o„ziga xos ruhiy anglash jarayoni yuzaga keladi. Bundan tashqari, Homi K.Bhabha tomonidan ilgari surilgan “third space” konsepsiyasi tadqiqotda muhim metodologik asos bo„ldi [4, p.212]. Bhabha ta‟kidlaganidek, tarjima jarayonida madaniyatlararo muloqot natijasida yangi ma‟no yuzaga keladi, ya‟ni tarjima o„quvchi va original madaniyat o„rtasida interaktiv, transkultural makon hosil qiladi. Shu nuqtai nazardan, tasavvufiy matnlarni tarjima qilishda har bir atamaning ruhiy, poetik va madaniy qatlamlari saqlanib, yangi madaniyat makonida samarali anglashni ta‟minlashi muhimdir. Tahlil shuni ko„rsatdiki, “ruhiy semantika” modeli tasavvufiy poetika tarjimasida ikki asosiy funksiyani bajaradi: birinchidan, terminlarning ichki ruhiy va ontologik qatlamlarini saqlash; ikkinchidan, transkultural kontekstda universal ruhiy mazmunni lokal poetik kodlar bilan uyg„unlashtirish. Natijalar shuni isbotlaydiki, mazkur yondashuv zamonaviy tarjimashunoslikda tasavvufiy matnlarni aniq va poetik tarzda o„girishda samarali vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, tadqiqot davomida kuzatilgan amaliy misollar, jumladan “fano”, “baqo”, “zuhd”, “ko„ngul” va “nuri jamol” kabi terminlarning tarjima jarayonidagi 226 3 5 qiyinchiliklari sabab, “ruhiy semantika” modelining samaradorligini tasdiqladi. Mazkur model nafaqat tarjimonning lingvistik qobiliyatini, balki uning madaniy va ruhiy sezgisini ham faollashtiradi, shu orqali tarjima jarayoni poetik, madaniy va ruhiy intersemiotik vositaga aylanadi [3, p.56; 5, p.307]. Natijalar va muhokama shuni ko„rsatdiki, tasavvufiy poetik matnlarni tarjima qilishda lingvistik ekvivalent yetarli emas. Har bir atama o„zining ruhiy, madaniy va ontologik qatlamlari bilan tarjima qilinishi lozim, aks holda matnning poetik kuchi va ruhiy anglash imkoniyati sezilarli darajada kamayadi. Shu nuqtai nazardan, “ruhiy semantika” modeli zamonaviy tarjimashunoslikda yangi metodologik istiqbollarni ochib beradi va transkultural tarjima jarayonida universal va lokal poetik qatlamlarni uyg„unlashtirish imkonini beradi. Xulosalar. Tadqiqot natijalari shuni ko„rsatadiki, tasavvufiy poetika tarjimasida an‟anaviy semantik yondashuvlar yetarli emas, chunki ular faqat lug„aviy ekvivalentlar bilan cheklanishi natijasida terminlarning ruhiy, ontologik va poetik qatlamlari yo„qoladi [3, p.56]. Shu sababli tarjima jarayonida atamalarning ichki semantik va madaniy konnotatsiyalari hisobga olinmaganida, matnning asl ruhiy ta‟siri sustlashadi va o„quvchida chuqur anglash jarayoni yuzaga kelmaydi. Mazkur tadqiqot tasavvufiy terminlarni tarjima qilishda “ruhiy semantika” modelining samaradorligini aniq ko„rsatdi. Ushbu model orqali terminlar faqat lingvistik ma‟nosi bilan emas, balki ularning ichki ruhiy, estetik va ontologik qatlamlari bilan birgalikda uzatiladi. Natijalar shuni isbotlaydiki, “ruhiy semantika” modeli tarjimonni faqat til vositachisi emas, balki madaniyatlararo va ruhiy ijodkor sifatida talqin qilishga imkon beradi. Tarjimon bu jarayonda atamalarning ruhiy va poetik yukini yangi til kontekstida saqlab qoladi, shu bilan birga o„quvchida asl matn bilan teng ruhiy va estetik ta‟sir uyg„otadi [5, p.307]. Shuningdek, tadqiqot transkultural kontekstda tasavvuf poetikasining tarjimasida bir qator dolzarb jihatlarni aniqladi. Tarjima jarayoni faqat matnni boshqa tilga o„girish emas, balki universal ruhiy mazmunni saqlagan holda, lokal poetik shakllarni izohli va poetik rekonstruktsiya orqali uzatishni talab qiladi. Bu esa tasavvufiy merosning global anglanishiga, turli madaniyatlar o„rtasida chuqur ruhiy aloqalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, tarjimon transkultural muloqotda nafaqat lingvistik ekvivalentni, balki matnning madaniy, estetik va ruhiy qatlamlarini o„quvchiga yetkazadigan vositachi bo„ladi. Tadqiqot davomida kuzatilgan amaliy misollar – masalan, “fano”, “baqo”, “zuhd”, “ko„ngul” va “nuri jamol” kabi terminlarning tarjima jarayonidagi qiyinchiliklari – “ruhiy semantika” modelining amaliy samaradorligini tasdiqladi. Ushbu yondashuv, shuningdek, tarjimonning lingvistik qobiliyatini, madaniy va ruhiy sezgisini faollashtiradi, shu orqali tarjima jarayoni intersemiotik, poetik va ruhiy vositaga aylanadi. Xulosa qilib aytganda, “ruhiy semantika” modeli tasavvufiy matnlarning tarjimasida poetik, ruhiy va madaniy qatlamlarni uyg„unlashtirish, transkultural kontekstdagi mazmunni 227 3 5 saqlash va o„quvchida asl matn bilan teng ruhiy-intellektual ta‟sir uyg„otish imkonini beradi. Bu yondashuv zamonaviy tarjimashunoslikda tasavvufiy matnlarni global kontekstdagi o„rni va ahamiyatini oshiradi, shuningdek, tasavvufiy merosni bugungi dunyo madaniyatlari uchun ham anglash va qadrlash imkoniyatini yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati: 1. Nida E. Toward a Science of Translating. Leiden: Brill, 1964. 2. Venuti L. The Translator‟s Invisibility. London: Routledge, 1995. 3. Eco U. Semiotics and the Philosophy of Language. Bloomington: Indiana University Press, 1984. 4. Bhabha H. K. The Location of Culture. London: Routledge, 1994. 5. Schimmel A. Mystical Dimensions of Islam. Chapel Hill: UNC Press, 1975. 6. Baker M. In Other Words. London: Routledge, 2011. 7. Lotman Y. Universe of the Mind. London: I.B. Tauris, 1990. 8. Ismoilov Kahramonjon. (2022). SUFI WOMEN IN ISLAM (on the basis of foreign researches). INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact Factor: 8.036, 11(12), 429–431. Retrieved from https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR/article/view/1475 9. Ismoilov Kahramonjon. (2022). COMPARATIVE ANALYSIS OF SULAYMAN BAKIRGANI AND "BOOK OF BAKIRGAN" BASED ON FOREIGN SOURCES. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact Factor: 8.036, 11(09), 402–405. Retrieved from https://www.gejournal.net/index.php/IJSSIR/article/view/1318