scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Matrazov, Kuranmurat Salayevich

Full text

79 3 5 KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI Matrazov Kuranmurat Salayevich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Proporsional ta’limni rivojlantirish instituti mustaqil izlanuvchisi E-mail: [email protected] ORCID: https://orcid.org/0000-0003-1022-2618 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18053197 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida dual ta’lim modelini joriy etish zarurati, uning nazariy-metodologik poydevori va o‘quvchilarda kasbiy-amaliy kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Metodologiya tushunchasining ilmiy talqinlari, dual tizimning pedagogik tamoyillari, kompetensiyaviy yondashuvning mazmuni hamda tizimli, sinergetik, aksiologik va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodologik asoslar asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: dual ta’lim, metodologiya, kompetensiya, kompetentlik, tizimli yondashuv, sinergetika, aksiologiya, kasbiy-amaliy kompetensiya. Аннотация. В данной статье рассматриваются необходимость внедрения модели дуального образования в систему образования Узбекистана, еѐ теоретико-методологические основания и роль в формировании профессионально-практической компетентности учащихся. Анализируются научные трактовки понятия «методология», педагогические принципы дуальной системы, содержание компетентностного подхода, а также значение системного, синергетического, аксиологического и личностно-ориентированного подходов. Кроме того, обосновываются методологические основы, способствующие развитию практических навыков учащихся в учреждениях профессионального образования. Ключевые слова: дуальное образование, методология, компетенция, компетентность, системный подход, синергетика, аксиология, профессионально-практическая компетентность. Abstract. This article examines the necessity of introducing the dual education model into Uzbekistan’s educational system, its theoretical and methodological foundations, and its role in developing students’ professional-practical competence. The scientific interpretations of the concept of methodology, the pedagogical principles of the dual system, the essence of the competence-based approach, and the significance of systemic, synergetic, axiological and learner-centered approaches are analyzed. Moreover, the study substantiates the methodological bases that contribute to the development of practical skills among students in vocational education institutions. Keywords: dual education, methodology, competence, competency, systemic approach, synergetics, axiology, professional-practical competence. Kirish. Zamonaviy global jarayonlar, ishlab chiqarish texnologiyalarining jadal modernizatsiyasi, raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va mehnat bozorida malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabning ortib borishi kasbiy ta’lim tizimining tubdan yangilanishini taqozo etmoqda. Har bir mamlakat o‘zining iqtisodiy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Chunki aynan shu toifa mutaxassislar real ishlab chiqarish jarayonlarini boshqaradi, texnologik uzluksizlikni saqlaydi va yangi innovatsiyalarning amaliy hayotga tatbiq etilishida muhim o‘rin egallaydi. [1,2] 80 3 5 O‘zbekistonda so‘nggi yillarda kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, uning samaradorligini oshirish, ta’limning amaliy yo‘nalganligini kuchaytirish va mehnat bozori bilan integratsiyasini ta’minlash masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu jarayonlarni tashkil etishda dual ta’lim tizimining joriy etilishi eng muhim innovatsion yondashuvlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. [4]Dual ta’lim modeli nazariy ta’limni ta’lim muassasasida, amaliy tayyorgarlikni esa ishlab chiqarish korxonalarida olib borishni nazarda tutadi. Mazkur modelning afzalligi shundaki, o‘quvchilar ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni real vaziyatlarda qo‘llash imkoniga ega bo‘ladi va bu ularning kasbiyamaliy kompetensiyalarini barqaror shakllantirishga xizmat qiladi. Shaxsning kasbiy-amaliy kompetensiyasini rivojlantirish jamiyatning iqtisodiy rivojlanish sur’atlari, texnologik taraqqiyot darajasi va ishlab chiqarishning zamonaviy talablariga bevosita bog‘liq. Bugungi ishlab chiqarish tizimlari yuqori aniqlik, mas’uliyat, jadal fikrlash, muammoli vaziyatlarda tez qaror qabul qilish, kommunikativ madaniyat, texnik fikrlash va faoliyatni tashkil etish qobiliyatlarini talab qiladi. [4,5,6,7] Dual ta’lim aynan shu talablarga javob beradigan malakalarni shakllantirishning eng maqbul usullaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ta’limni metodologik asosda tashkil etish, o‘quv jarayonining nazariy va amaliy tarkibini ilmiy jihatdan asoslash, tadqiqot predmetiga mos metodlarni aniqlash va kompetensiyaviy yondashuvni tizimli qo‘llash dual ta’limning samaradorligini oshiruvchi asosiy omillardir. Metodologiya har qanday ilmiy tadqiqotning ichki mantiqiy tizimini belgilab beruvchi nazariy vosita bo‘lib, dual ta’lim jarayonini ilmiy asoslashda ham shu jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Metodologik yondashuvlar, jumladan tizimli, sinergetik, kompetensiyaviy, aksiologik va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompleks yondashuvni shakllantiradi. Tizimli yondashuv dual ta’lim jarayonini yaxlit pedagogik tizim sifatida ko‘rishga, uning komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviy bog‘liqlikni tahlil qilishga imkon beradi. Sinergetik yondashuv ta’lim jarayonining dinamik, o‘zgaruvchan va o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi xususiyatini yoritadi. Kompetensiyaviy yondashuv esa o‘quvchilarni faqat bilim bilan emas, balki real kasbiy vazifalarni bajarishga moslashtirilgan amaliy malakalar bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi. [10,11]Aksiologik yondashuv o‘quvchilarda kasbga nisbatan ijobiy qadriyat munosabatini shakllantirsa, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv o‘quvchilarni individual xususiyatlari, qobiliyatlari va ehtiyojlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etishga imkon beradi. Dual ta’lim tizimi aynan mana shu metodologik qarashlar uyg‘unligida o‘zining haqiqiy samaradorligini ko‘rsatadi. Bu tizim o‘quvchilarni real mehnat bozoriga tayyorlaydi, ularning kasbiy kompetensiyalarini chuqurlashtiradi, mustaqil faoliyatga tayyorlaydi va ishlab chiqarish talablariga mos ravishda ixtisoslashtirilgan malaka shakllanishini ta’minlaydi. [12,14,15]Shu sababli, dual ta’limning nazariy-metodologik asoslarini chuqur o‘rganish, 81 3 5 uning pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilish va kasbiy ta’lim amaliyotiga ilmiy asosda tatbiq etish bugungi ta’lim tizimi uchun nihoyatda dolzarb masaladir. Dual ta’lim modeli zamonaviy kasbiy ta’limning eng muhim pedagogik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning nazariy tayyorgarligi bilan real ishlab chiqarish jarayonidagi amaliy faoliyatni uzviy bog‘laydi. Bunday ta’lim jarayoni o‘quvchilarni haqiqiy mehnat muhitiga tayyorlaydi, kasbiy-amaliy kompetensiyalarining shakllanishini jadallashtiradi va mehnat bozorining talablariga moslashuvchan, raqobatbardosh kadrlarning yetishib chiqishini ta’minlaydi. Dual ta’limning samaradorligi, eng avvalo, uning mustahkam nazariy-metodologik asoslar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Dual ta’lim nazariyasi va amaliyoti o‘quvchi faoliyatini ikki asosiy muhitda tashkil etadi: ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish korxonalarida amaliy faoliyatni bajarish. Ta’limning bunday ikki yoqlama tashkil etilishi o‘quvchi shaxsida kasbiy malakalarni real vaziyatlarda shakllantirishga keng imkon yaratadi. Mazkur tizimning mantiqiy asosida bilim, ko‘nikma va malakalarning bir vaqtning o‘zida shakllanishi, o‘quvchilarning amaliy faoliyatga bevosita jalb etilishi, kasbiy vazifalarni bajarishga psixologik tayyorgarligi va kasbiy moslashuvchanlikning kuchayishi yotadi. Dual ta’limning mazmuni o‘z ichiga ta’lim jarayonining nazariy blokini, ishlab chiqarish muhitidagi amaliy mashg‘ulotlarni, korxona va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish va baholash tizimini qamrab oladi. Bu yondashuv nafaqat o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini kuchaytiradi, balki ta’lim jarayonining amaliy ahamiyatini oshirib, o‘quvchi shaxsining kasbiy shakllanishiga kuchli turtki beradi. Metodologiya har qanday ilmiy va amaliy faoliyatning asosiy tamoyillari, usullari va qonuniyatlarini belgilovchi nazariy poydevor sifatida e’tirof etiladi. U ta’lim, ilmiy izlanish yoki amaliy faoliyatni izchil tashkil etish, mazmunini asoslash, maqsadlarini belgilash va natijalarni baholash uchun zarur bo‘lgan tamoyillar tizimini ifodalaydi. Kasbiy ta’lim metodologiyasi o‘quv jarayonining mantiqiy qurilishi, o‘qitish shakllari va usullarining izchil tanlanishi, bilim va malakalarni egallash jarayonining izchilligini ta’minlaydi. Dual ta’lim metodologiyasi o‘quv jarayonining ikki muhitda amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab pedagogik jarayonlarni boshqarish, o‘qitishning nazariy va amaliy komponentlari o‘rtasidagi nisbatni to‘g‘ri belgilash, o‘quvchilarning amaliy tayyorgarlik darajasini nazorat qilish, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini tartibga solish va ishlab chiqarish bilan hamkorlik mexanizmlarini tashkil etish kabi masalalardan iboratdir. Metodologiyaning nazariy jihatlari o‘quv jarayonining umumiy tamoyillarini belgilasa, amaliy metodologiya esa uni real ta’lim jarayonida qanday amalga oshirishni ko‘rsatadi. Metodlar va o’rganilish darajasi. Dual ta’limda asosiy metodologik yondashuvlar. Dual ta’lim murakkab didaktik tizim bo‘lib, unda o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ustozlari, o‘quv dasturlari, amaliyot jarayonlari, baholash mexanizmlari va tashkiliy 82 3 5 jarayonlar yagona funksional tizim sifatida qaraladi. Tizimli yondashuv dual ta’limni yaxlit tizim sifatida tahlil qilishni, uning ichki bo‘linmalarini o‘zaro bog‘lanishda o‘rganishni, tizimning samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlashni taqozo etadi. Sinergetik yondashuv dual ta’lim tizimini doimiy rivojlanib boruvchi, tashqi sharoitlarga moslashuvchan va o‘z-o‘zini boshqaruvchi tizim sifatida talqin qiladi. Ta’lim jarayoni statik emas, balki dinamik va o‘zgaruvchan bo‘lib, ishlab chiqarish texnologiyalaridagi yangiliklar o‘quv jarayoniga bevosita ta’sir qiladi. [17] Bu o‘quvchilarning innovatsion fikrlashi, kreativ yondashuvi va o‘zini-o‘zi rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun zamin yaratadi. Kompetensiyaviy yondashuv dual ta’limning markazida turadi. Bu yondashuv o‘quvchilarning kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka, motivatsiya va shaxsiy sifatlarni integrallashgan holda shakllantirishni nazarda tutadi. Dual ta’lim jarayonida o‘quvchilar ishlab chiqarishda turli vazifalarni bajara borib, kompetensiyalarning real vaziyatlarda shakllanishini ta’minlaydilar. Bu esa ularning kelgusida ish faoliyatiga tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada oshiradi. Aksiologik yondashuv ta’lim jarayonini qadriyatlar tizimi bilan boyitadi. Kasbiy ta’limda qadriyatlar o‘quvchining kasbga bo‘lgan munosabati, mehnat madaniyati, mas’uliyat, axloqiy tamoyillar, mehnatsevarlik va kasbiy etika kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Dual ta’lim jarayonida aksilologik yondashuv o‘quvchilarning kasbga nisbatan ijobiy munosabatini kuchaytirib, ularning kasbiy ijtimoiylashuvini jadallashtiradi. [19] Natijalar. Dual ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv o‘quvchi shaxsining individual imkoniyatlarini, qiziqishlarini, qobiliyatlarini va ehtiyojlarini inobatga olgan holda o‘qitish jarayonini tashkil etishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilarga mustaqil qaror qabul qilish, o‘z faoliyatini rejalashtirish, o‘z qobiliyatini namoyon etish imkoniyati beriladi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv dual tizimning insonparvarlik mohiyatini ifodalaydi. Kasbiy-amaliy kompetensiya dual ta’limning asosiy natijasidir. Bu kompetensiya nazariy bilimlarni real mehnat jarayoniga tadbiq etish, texnologik jarayonlarni tushunish, amaliy vazifalarni mustaqil bajarish, ishlab chiqarishda paydo bo‘ladigan muammolarni hal etish, texnik fikrlash va kasbiy mas’uliyat kabi jihatlarni qamrab oladi. Kasbiy-amaliy kompetensiyaning shakllanish jarayoni quyidagi omillar orqali ta’minlanadi:  real ishlab chiqarish muhiti bilan tanishuv;  texnik vositalar bilan ishlash mashg‘ulotlari;  amaliy topshiriqlarni bajarish orqali malaka shakllantirish;  ustoz-shogird tizimi orqali kasbiy tajriba orttirish;  o‘z faoliyatini refleksiv baholash. Kasbiy-amaliy kompetensiyani shakllantirishda o‘quvchilar amaliy faoliyat jarayonida malaka orttiradilar, nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar, kasbiy vaziyatlarni tahlil qilishni 83 3 5 o‘rganadilar va kelgusida mustaqil faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan malakalarga ega bo‘ladilar. Xulosa. Dual ta’lim tizimi zamonaviy kasbiy ta’limni modernizatsiya qilishning eng samarali mexanizmlaridan biri sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Bu tizimning mohiyati ta’lim jarayonining ikki asosiy muhitda — ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish korxonasida bir vaqtning o‘zida olib borilishiga asoslanadi. [20] Natijada o‘quvchida nazariy bilimlarning amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi, bu esa kasbiy-amaliy kompetensiyaning shakllanishi uchun tabiiy, real va samarali pedagogik sharoit yaratadi. Tadqiqot davomida dual ta’limning nazariy, metodologik va amaliy asoslari keng yoritildi, uning kasbiy ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilindi. Dual ta’limning metodologik asoslarini tizimli, sinergetik, kompetensiyaviy, aksiologik va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar tashkil etadi. Bu yondashuvlar o‘quvchining kasbiy shakllanish jarayonini turli qirralardan yoritishga, o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etishga va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tizimli yondashuv dual ta’limni yaxlit pedagogik tizim sifatida ko‘rib chiqib, uning barcha komponentlari o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni ochib berdi. Sinergetik yondashuv dual tizimning o‘zgaruvchan, o‘zinio‘zi rivojlantiruvchi xususiyatini ta’kidlab, ta’lim jarayonining dinamik mohiyatini ko‘rsatdi. Kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchini real kasbiy vazifalarni bajarishga tayyorlashni maqsad qilgani, aksiologik yondashuv kasbning ijtimoiy qadriyat sifatidagi ahamiyatini yoritgani, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv esa o‘quvchi shaxsining ehtiyoj va imkoniyatlarini inobatga olishni taqozo etgani bilan ajralib turadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, kasbiy-amaliy kompetensiya dual ta’lim tizimining eng muhim natijaviy ko‘rsatkichidir. Unda nafaqat nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishi, balki shu bilimlarning real ishlab chiqarish sharoitida qo‘llanilishi, amaliy ko‘nikmalarning rivojlanishi, kasbiy muammolarni hal eta olish salohiyati, mehnat madaniyati, kasbiy mas’uliyat, muloqot, jamoa bilan ishlash va kasbiy etika kabi sifatlar mujassamdir. Bu kompetensiyaning shakllanishi o‘quvchining kelgusida mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi, o‘z kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishi va ishlab chiqarish jarayoniga tez moslashishi uchun zarur zaruriyatdir. Dual ta’limning afzalliklari orasida o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini kuchaytirishi, ularni real kasbiy muhitga tayyorlashi, malaka egallash jarayonini tezlashtirishi, korxonalar ehtiyojiga mos kadrlar tayyorlanishini ta’minlashi va o‘quvchi–ustoz–ishlab chiqarish uchligi o‘rtasida barqaror pedagogik hamkorlikni shakllantirishi alohida e’tirof etiladi. Bu tizim natijasida o‘quvchilarning bandlik darajasi oshadi, ular real mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lib yetishadilar. Shu bilan birga, dual ta’limning rivojlanishida ayrim cheklovlar mavjud bo‘lib, ular tizimni yanada takomillashtirishni talab qiladi. Bular qatoriga ayrim korxonalarning o‘quvchilarni qabul qilish imkoniyatlarining cheklanganligi, amaliyot sifatining turlicha 84 3 5 darajada bo‘lishi, o‘qituvchi va ishlab chiqarish ustalari o‘rtasidagi metodik hamkorlikning yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi kiradi. Bu jihatlar tizimni rivojlantirishning keyingi bosqichlarida ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rilishi lozim. Umuman olganda, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, dual ta’lim modeli O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning kasbiy-amaliy kompetensiyasini shakllantirishda yuqori samaradorlikka ega. Bu tizim kelajak mutaxassisining nafaqat kasbiy tayyorgarligini, balki shaxsiy rivojlanishini, ijtimoiy faolligini, muloqot madaniyatini va mehnat bozoriga tayyorligini ta’minlaydi. Shuning uchun dual ta’limni keng joriy qilish, metodologik asoslarini mustahkamlash, o‘quv jarayonini takomillashtirish va ta’lim–ishlab chiqarish hamkorligini kuchaytirish davlat ta’lim siyosatining muhim vazifalaridan biri sifatida qaralishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abdullayev, A. Kasbiy ta’lim metodologiyasi va zamonaviy yondashuvlar. – Toshkent: Fan, 2021. 2. Djuraev, R.X. Kasbiy ta’limning nazariy asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 3. Muslimov, N.A. Kasbiy pedagogikaning ilmiy-metodik asoslari. – Toshkent: Innovatsiya, 2020. 4. Xodjayev, A.R. Dual ta’limning o‘quv jarayonidagi o‘rni. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2022. 5. Olimov, Q.T. Kasbiy ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning shakllanishi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. 6. Sharipov, Sh.S. Pedagogik jarayonda integratsiya tamoyillari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020. 7. Hamidov, J.A. O‘quvchilar kasbiy-amaliy tayyorgarligini oshirish texnologiyalari. – Buxoro: BDU nashr, 2021. 8. Himmataliev, D.O. Kasbiy ta’limda metodologik yondashuvlar. – Toshkent: Innovatsion pedagogika, 2022. 9. Qo‘ysinov, O.A. Kompetentlik va kompetensiya tushunchalarining talqini. – Toshkent: O‘quv qo‘llanma, 2017. 10. Ziyodov, A. Kasbiy ta’limda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish. – Farg‘ona: FDU, 2019. 11. Zeer, E.F. Психология профессионального образования. – Москва: Академия, 2014. 12. Zimnyaya, I.A. Ключевые компетенции как результат образования. – Москва: Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов, 2010. 13. Baidenko, V.I. Болонский процесс и компетентностный подход в образовании. – Москва: Логос, 2013. 14. Дьюи, Дж. Демократия и образование. – Москва: Педагогика, 2000. 15. Myunx, W. Duale Ausbildung und Berufspädagogik. – Berlin: Springer, 2015. 16. Shelton, A. Modern Approaches to Dual Vocational Education. – London: Routledge, 2019. 17. Mulder, M. Competence-Based Vocational Education. – New York: Springer, 2017. 18. UNESCO. TVET Policy Review: Global Trends in Technical and Vocational Education. – Paris: UNESCO Publishing, 2020. 19. OECD. Skills for Jobs Indicators: Matching Skills and Labour Market Demand. – Paris: OECD Press, 2018. 20. European Commission. Dual Education Systems in Europe: Comparative Analysis. – Brussels: EC Publications, 2021.