MAKTAB O'QUVCHILARINING UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA YO'NALTIRILGAN PEDAGOGIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI
Full text
91 3 5 MAKTAB O‘QUVCHILARINING UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN PEDAGOGIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI Abdiramanov Bahadır Saǵıydullaevich, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat instituti tayanch doktoranti E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18053217 Abstract. This article focuses on teaching students etiquette through hadiths and developing their general cultural competencies. In the “Tarbiya” lesson, a number of general requirements for selecting hadiths for the specified topics are highlighted. In the history of our people, many types of live upbringing were used in the upbringing of children in childhood and adolescence, and the meaning of live upbringing is highlighted. Keywords: general cultural competence, hadith, modern educational methods, live upbringing, general cultural level, spirituality. Annotatsiya. Mazkur maqola o„quvchilarda hadislar vositasida odob o„rgatish, umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirish masalasiga qaratiladi. “Tarbiya” darsida belgilangan mavzularga hadis tanlashga quyiladigan bir qator umumiy talablar yoritib beriladi. Xalqimiz tarixida bolalarni bolalik, o„smirlik davrlarida tarbiyalashda jonli tarbiyaning ko„plab turlari qo„llanganliklarini keltirib, jonli tarbiya ma‟nosi yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: umummadaniy kompetensiya, hadis, zamonaviy tarbiya metodlari, jonli tarbiya, umumiy madaniy saviya, ma‟naviyat. Аннотация. Данная статья посвящена обучению учащихся этикету посредством хадисов и развитию их общекультурных компетенций. На уроке "Воспитание" освещается ряд общих требований к выбору хадисов по заданным темам. В истории нашего народа при воспитании детей в детском и подростковом возрасте применялись многие виды живого воспитания, освещается смысл живого воспитания. Ключевые слова: общекультурная компетенция, хадис, современные методы воспитания, живое воспитание, общий культурный уровень, духовность. Kirish. Hozirgi kunda Respublikamizda milliy maktabni va unda milliy mazmunga ega ta‟lim-tarbiya tizimi barpo qilish ehtiyoji dinni va hadislarni o„rganishni taqozo qiladi. Din va hadislarni o„rganish taqvodorlik yoki din hukmronligi nuqtai-nazaridan emas, balki umumiy madaniy saviya, ma‟naviyat nuqtai-nazaridan zarurdir. Bunda Islom dini va uning tarixini hamda uning boshqa dunyoviy dinlar tizimida o„rnini qiyosiy o„rganish lozim. Demak, hadislardan foydalanish o„sib kelayotgan yoshlarni mehnat qilish, ilm olish, matonatli, g„ayratli hamda ma‟naviyatli bo„lish va axloq-odobning oltin qoidalarini o„zlashtirishda shuningdek, umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot ob’ekti va qo‘llanilgan metodlar. O„quvchilarga hadislar vositasida odob o„rgatish, umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirish ta‟lim va tarbiyaning boshqa shakl va metodlari tizimida ijobiy natija berishi hammamizga ma‟lum. Chunki hadislar o„z mohiyati bilan insonlar tabiatiga, milliy ruhiga yaqin turadi. Bu yaqinlik hadislarning
92 3 5 insonlar yashash tarzi, milliy ruhiga zo„rovonlik bilan emas, balki ixtiyoriy ehtiyoj, ma‟naviy oziq sifatida kiritilishidir. Agar biz hadislarni zamonaviy tarbiya metodlari, vositalari, yo„llari hamda tamoiyllari nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo„lsak, ular tarbiya metodlari, o„z-o„zini tarbiyalash, insonlarning ruhiy holati orqali ta‟sir ko„rsatish, ibrat-namuna, axloqiy poklik kabilarga asoslanadi. Tarbiya tamoiyllari insonni o„ziga xos xususiyati, inson tabiyatini bilish, uning ruhi, o„ziga xos xususiyatlarini, milliy tomonlarini nazarda tutib tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatishga asoslanadi. Maktabda hadislardan foydalanish o„quvchilarda o„qish va bilishga ixlosni o„stirish jihatidan, umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishda bevosita darslarda ma‟lum mavzularga bog„lab yoki alohida misollar tariqasida ham bo„lishi mumkin. Olingan natijalar va ularning tahlili. Biz o„z tadqiqot ishimiz davomida VII-IX sinflarda “Tarbiya” o„quv fanida ayrim mavzular tarkibida hadislar vositasida o„quvchilarning umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan ish olib borganmiz. O„qituvchilar tomonidan suhbat, ma‟ruza va bahs-munozaralarni tashkil etish, referatlar yozdirish, savol-javob, test savollarini yechish, kartochkalar, albomlar tuzdirish, kompyuter texnologiyalaridan foydalanib slaydlar, animatsyalar kabi harakatlarning tashkil etilishi dars jarayonida hadislardan foydalanishga oid ishlarning samarali bo„lishini ta‟minladi. Ilg„or shakl va usullardan foydalanib "Tarbiya" darsida ayrim mavzularni o„tish jarayoni ishlab chiqildi va o„qituvchilarga tavsiya etildi. Umuman, "Tarbiya" darsida belgilangan mavzularga hadis tanlashda bir qator umumiy talablarga rioya qilish lozimdir. Bularga quyidagilar kiradi: - o„quvchilarning yosh xususiyatlari, ma‟naviy ehtiyoji, talabi, qiziqishlarini hisobga olish va bilim darajsiga mosligi; - sinf o„quvchilarining umumiy saviyasiga mosligi; - hadislarning o„z tarbiyaviy ahamiyati uning davr ruhi, milliy istiqlol mafkurasi va g„oyasiga mosligi; - hadislarning maqsadga muvofiq kelishi, o„quvchilarning aqliy imkoniyatlarini kengaytirishi, hayotiy bilim va tushunchalarini aks ettirishi; - maktab, oila, jamoatchilik qarashlari va urf-odatlarga mos bo„lishi kabilar [3]. Biz tadqiqot ishmizda mazkur talablarni hisobga olgan holda hadislarni tavsiya qilishga harakat qildik. Shu bilan bir qatorda u yoki bu mavzu bilan bog„liq tarzda hadislarni erkin tarzda tanlashlari uchun o„qituvchilar, jumladan, quyidagilarga rioya qilishlar i kerak: - tanlangan hadis o„tiladigan mavzuga mos kelishiga ahamiyat berish; - o„quvchi nutqini rivojlantira olishi; - hadislar xalqning ijtimoiy turmush-tarziga va milliy dunyoqarashiga to„g„ri kelishiga e‟tibor berish;
93 3 5 - o„quvchiga tushunarli bo„lishi uchun hadisning matn qisminigina olishi; - hadislarning mazmunidagi axloqiy g„oyalarni izohlash uchun tushunchalar tizimini shakllantirish. Insoniyat oldida turgan buyuk vazifalardan biri - kelajak avlodni tarbiyalashdir va bu tarbiya maktab ostonasidan, ta‟lim-tarbiya tizimidan boshlanishi lozim. Yosh avlodga bog„cha, maktab va oliygohlarda sifatli ta‟lim-tarbiya berishni yo„lga qo„yamiz, ular jismoniy va ma‟naviy sog„lom, Vatani uchun fidoyi insonlar bo„lib kamol topishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz. Xalqimiz tarixida bolalarni bolalik, o„smirlik davrlarida tarbiyalashda jonli tarbiyaning ko„plab turlari qo„llaniladi. "Jonli" tarbiya - bu ulug„ allomalarimizning oltindan qimmat rivoyat qilgan hadisi shariflari va bebaho hikmatlari, ajdodlarimizning oltinga teng pandnasihatlari va betakror hikoyalari, mehribon ota-onalarimizdan o„rganib kelayotgan gavhar o„gitlari va beqiyos so„zlar, el-yurtimiz tanigan va xalqimiz e‟tirof etgan ustozlarimizdan ta‟lim olib kelayotgan zar tushunchalari va bebaho ilmlari, jannatmakon yurtimiz - muqaddas Vatanimizning bilim dargohlarida o„qitilayotgan durdona fanlar va beqiyos bilimlardir. Vaholanki, ushbu hadisi shariflardan olingan "jonli" tarbiyadagi ma‟lumotlar ma‟naviyat va ma‟rifat yo„nalishiga hamda tarbiya sohasiga tegishli har bir o„qituvchi uchun, har bir ota uchun, har bir ona uchun beqiyos manba bo„lib xizmat qiladi. Oila boshlig„i - ota yoki buvi, ota yoki ona har kuni, ayniqsa, juma oqshomida, oila dasturxoni atrofida o„tirib, oilasining har bir a‟zosining ismini nomma-nom aytib, o„g„ilqizlari, kelin-kuyovlari, nevara-chevaralari haqqiga ezgu tilaklar bildirsa - bu ham "jonli" tarbiyaning bir turi hisoblanadi. Bunday "jonli" tarbiyani hammamizning ota-bobolarimiz, momolarimiz azal-azaldan chin ixlos bilan, pok ishonch bilan go„zal ibrat bo„lib, mukammal darajada berib kelganlar. Shu bilan birga, o„qituvchi tarbiya kitobida keltirilgan Imom Buxoriy, Imom Termiziyning to„plagan hadisi shariflari, ota-bobolarimizning o„git-nasihatlari farzandning boshqa nojo„ya xatti-harakatlardan tiyilishiga turtki bo„ladi va farzand tarbiyasiga mos kelmaydigan ishlardan saqlanishga chaqiradi. Biz tajriba-sinov ishmiz davomida Tarbiya fani bo„yicha bir qator mavzularni o„qitish jarayonida hadislardan foydalanish uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqishga harakat qilganmiz va shu asosda darslarni tashkil qilganmiz. Misol tariqasida Z.Zamonov, O.Maxmudov va b. muallifligida tayyorlandan 8sinfda berilgan 19- “Ilm va zakovat” mavzusida[1.;69] Buyuk mutafakkirlarimiz AlBeruniy, Umar Xayyom, Al-Xorezmiy, Abu Rayxon Beruniy, Ubn Sino, Abu Nasr Farobiy, Mirzo Ulug„bek va shu kabi mutafakkirlarning ilmiy mehnatlari haqida ochib beriladi, Albert Eynshteyn va Nyutonlarning ilm yo„lidagi izlanishlari yoritilib o„tiladi. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida O„zbekistonning bir guruh ziyolilari o„z yurtini rivojlantirish, taraqqiy ettirish yo„lida ilm-fan va ma‟rifatni qo„llabquvvatlagan jadidchilar haqida ma‟lumotlar keltiriladi. Shu o„rinda biz
94 3 5 o„z tadqiqotimiz davomida Ilm haqida keltirilgan hadislardan foydalanish ham katta tasurot qoldirishini sinab ko„rganmiz. Natijada, o„quvchilaga ilm va zakovat haqidagi bilimlarni egallashga katta tasir ko„rsata oldi. Bunda biz quyidagi hadislarni keltirib o„tganmiz: "Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun ham qarz - ham farzdir"[2,; 23], "Ilmning foydasi ochko„zlik bilan oltin-kumush to„plash uchun bo„lmay, balki u orqali inson uchun foydali narsalarga ega bo„lishdir", "Ilm egallang. Ilm sahroda do„st, hayot yo„llarida tayanch, yolg„iz damlarda yo„ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg„uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir", "Yoshlikda olingan ilm toshga o„yilgan naqsh kabidir" va boshqalar, shubhasiz ushbu hadislardan foydalanish o„quvchilarning ilm olishga qiziqishini orttiradi. Keltirilgan hadislarning mazmunini tahlil qilishda biz “Insert” metodidan foydalanganmiz. Bu metodni foydalanishda kichik guruhlarda ishlash metodidan ham foydalanishga harakat qildik. Dars boshlanishidan oldin o„quvchilar kichik guruhlarga bo„linib o„tirib olishadi. Hadislar kartochkalarda yozilgan bo„ladi. O„quvchilar hadislarning yoniga belgilar quyishdi bunda: “ⱽ”- buni bilardim “?”- tushunmadim “+”- yangilik. So„ngra o„quvchilar hadislarning mazmunini izohlashadi. Tushinmagan hadislarni o„qituvchining o„zi tushuntirib beradi. Bu metodtan foydalanish orqali o„quvchilar hadislarni tahlil qilish va anglashga yordam beradi. Xulosa. Maktab o„quvchilarining umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo„naltirilgan pedagogik faoliyatni tashkil etishda bir qator talablarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. “Tarbiya” o„quv fani asoslarini o„rgatish, shuningdek, sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda hadislarning o„rganilayotgan mavzu, shu jumladan, pedagogik ta‟sir xususiyatiga ega bo„lganlarini ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida nomlari qayd etilgan o„quv fani asoslarini o„rgatish borasida tashkil etilayotgan faoliyatning maqbul shakl va ususllarini aniqlash bu yo„lda ijobiy samara bera oladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Zamonov Z, Maxmudov O.va b. 8 sinf “Tarbiya” darslik. Toshkent-2020. “Zamin” nashr”,-112 b. 2. Имом ал-Бухорий. Солиҳ амаллар. Сайланма ҳадислар. –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 1998. -112-б. 3. M.Pazilova. O„quvchi ma‟naviyatini hadislar vositasida shakllantirishning pedagogik asoslari. P.n. diss Toshkent 2004.