scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MATEMATIKKO'NIKMALARINI DIDAKTIK O'YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH

Maxmudjonova Elmira Maxmudjonovna

Abstract

Ushbu ishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlarning o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Didaktik o‘yinlar matematika darslarini qiziqarli tashkil etish, o‘quvchilarning faolligini oshirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, hisoblash malakalarini mustahkamlash hamda dars jarayoniga motivatsiyani kuchaytirishda samarali pedagogik texnologiya ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida turli yosh xususiyatlariga mos didaktik o‘yinlarning o‘quvchilarning matematik tasavvurini boyitishga, matematik amallarni yengil o‘zlashtirishga hamda mustaqil fikrlashni rivojlantirishga ijobiy ta’siri ko‘rsatib o‘tiladi. Ushbu ish natijalari didaktik o‘yinlardan muntazam va tizimli foydalanish matematika ta’limining samaradorligini oshirishini tasdiqlaydi.

Full text

928 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIKKO‘NIKMALARINI DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH Maxmudjonova Elmira Maxmudjonovna Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti pedagogika mutaxassisligi magistratura 1-bosqich 707-guruh talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18053566 Annotatsiya. Ushbu ishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlarning o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Didaktik o‘yinlar matematika darslarini qiziqarli tashkil etish, o‘quvchilarning faolligini oshirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, hisoblash malakalarini mustahkamlash hamda dars jarayoniga motivatsiyani kuchaytirishda samarali pedagogik texnologiya ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida turli yosh xususiyatlariga mos didaktik o‘yinlarning o‘quvchilarning matematik tasavvurini boyitishga, matematik amallarni yengil o‘zlashtirishga hamda mustaqil fikrlashni rivojlantirishga ijobiy ta’siri ko‘rsatib o‘tiladi. Ushbu ish natijalari didaktik o‘yinlardan muntazam va tizimli foydalanish matematika ta’limining samaradorligini oshirishini tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: didaktik o‘yin, matematika, boshlang‘ich ta’lim, ko‘nikma, o‘quvchi faolligi, mantiqiy tafakkur, o‘yin texnologiyasi, innovatsion metod. DEVELOPING MATHEMATICAL SKILLS OF PRIMARY STUDENTS THROUGH DIDACTIC GAMES Annotation. In this work, the role and significance of didactic games in the process of formation and development of mathematical skills of elementary students is highlighted. Didactic games are based on the fact that they are an effective pedagogical technology for the interesting organization of mathematics lessons, increasing student activity, developing logical thinking, strengthening computational skills, and strengthening motivation for the course process. During the study, the positive effect of didactic games corresponding to various age characteristics on the enrichment of the mathematical imagination of students, the relaxation of mathematical actions and the development of independent thinking is shown. The results of this work confirm that regular and systematic use of didactic games increases the effectiveness of mathematics education. Keywords: didactic game, mathematics, Elementary Education, Skills, Student Activity, logical thinking, game technology, innovative method. РАЗВИТИЕ МАТЕМАТИЧЕСКИХ НАВЫКОВ УЧЕНИКОВ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ ПОСРЕДСТВОМ ДИДАКТИЧЕСКИХ ИГР Аннотация. В данной работе освещается роль и значение дидактических игр в процессе формирования и развития математических навыков младших школьников. Обосновано, что дидактические игры являются эффективной педагогической технологией в интересной организации уроков математики, повышении активности учащихся, развитии логического мышления, закреплении вычислительных навыков и повышении мотивации к процессу урока. В ходе исследования будет показано положительное влияние дидактических игр, соответствующих различным возрастным особенностям, на обогащение математического воображения учащихся, легкое усвоение математических действий, развитие самостоятельного мышления. Результаты данной работы подтверждают, что систематическое и систематическое использование дидактических игр повышает эффективность обучения математике. 929 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Ключевые слова: дидактическая игра, математика, начальное образование, умение, активность учащихся, логическое мышление, игровая технология, инновационный метод. Kirish. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilarda dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, matematika fani bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, tahlil qilish, solishtirish, umumlashtirish kabi intellektual jarayonlarni shakllantirishda asosiy omillardan biridir. Mazkur fanning murakkab tushunchalarini bolalar oson qabul qilishi uchun ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchi yoshiga mos metodlardan foydalanish zarur. Shu nuqtai nazardan didaktik o‘yinlar matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni faol ishtirokchi sifatida darsga jalb etish, mavzuni qiziqarli va tushunarli shaklda bayon etish hamda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilar matematik amallarni bajarish, son va shakllar ustida ishlash, masalalarni yechish jarayonini o‘zlashtirgan holda ularni hayotiy vaziyatlarga tatbiq etishni o‘rganadilar. O‘yin jarayonida o‘quvchi o‘zining bilish faoliyatini erkin namoyon qiladi, muloqotga kirishadi, raqobatga intiladi va bu jarayon uning psixologik rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, didaktik o‘yinlar darsning jonli, qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minlab, o‘quvchining motivatsiyasini oshiradi hamda darsning asosiy maqsadiga erishishga yordam beradi. Shu bois mazkur mavzuni o‘rganish dolzarb bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik ko‘nikmalarini didaktik o‘yinlar orqali rivojlantirishning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va samaradorligini tahlil qilish ushbu ishning asosiy maqsadini tashkil etadi. Mavzuga doir adabiyotlar tahlili. Boshlang‘ich ta’limda matematika o‘qitish jarayonini takomillashtirish, o‘quvchilarda matematik ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ularni qiziqarli usullar bilan rivojlantirish masalasi ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlarida keng yoritilgan. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, didaktik o‘yinlar matematika darslarida o‘quvchilar faolligini oshirish va dars samaradorligini kuchaytirishda eng samarali metodlardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonlik olimlardan A. Qodirov, M. Jo‘rayev, Z. Mamatqulova va D. Rasulovlarning ilmiy ishlarida didaktik o‘yinlarning o‘quv jarayonidagi roli keng yoritiladi. A. Qodirov boshlang‘ich ta’limda o‘yin metodidan foydalanish bolalarning mavzuni o‘zlashtirish darajasini oshirishini, ularni mustaqil fikrlashga undashini ta’kidlaydi. M. Jo‘rayev matematika darslarida o‘yin elementlaridan foydalanish o‘quvchilarda tez hisoblash malakasini shakllantirishini, son tushunchalarini mustahkamlashini qayd etadi. Z. Mamatqulova didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur kabi psixik jarayonlarini rivojlantirishini ilmiy asoslab beradi.Xorijiy tadqiqotchilar D. Bruner, J. Piaget va V. Vygotskiylarning nazariy qarashlari didaktik o‘yinlarning ta’limdagi o‘rnini asoslovchi eng muhim ilmiy manbalardan hisoblanadi. J. Piagetning “o‘yin bolaning intellektual rivojlanishining tabiiy shakli” haqidagi fikri o‘yin metodining pedagogik qiymatini tasdiqlaydi. Vygotskiy o‘yin jarayonida bola tasavvuri kengayayotganini, amaliy faoliyati ijtimoiylashayotganini, bu esa kognitiv jarayonlarning jadallashuviga olib kelishini ta’kidlaydi. Bruner esa o‘yin orqali bilimlarni o‘zlashtirish bolaning ichki motivatsiyasini oshirishini qayd etadi.Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ham didaktik o‘yinlardan foydalanishning ijobiy natijalarini tasdiqlaydi. Ularning fikriga ko‘ra, o‘yinli darslar o‘quvchilarni darsga faol jalb etadi, mavzuni chuqurroq tushunishga yordam beradi, guruhda ishlash, muloqot qilish, mustaqil qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. 930 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Tahlil qilingan adabiyotlardan kelib chiqqan holda, didaktik o‘yinlarning matematika o‘qitishdagi ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: — o‘quvchilarning matematik tasavvurini kengaytiradi; — mavzuni o‘zlashtirishni tezlashtiradi; — darsni qiziqarli va samarali tashkil etishga yordam beradi; — mantiqiy fikrlash va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantiradi; — bolalarning yosh psixologik xususiyatlariga mos ta’lim muhiti yaratadi. Shunday qilib, ilmiy adabiyotlar didaktik o‘yinlarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi muhim pedagogik vosita ekanligini ilmiy jihatdan tasdiqlaydi. Tadqiqotlar metodologiyasi. Tadqiqotning metodologiyasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik ko‘nikmalarini didaktik o‘yinlar orqali rivojlantirish jarayonini ilmiy asosda o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, unda nazariy, amaliy va tahliliy yondashuvlar uyg‘un holda qo‘llanildi. Avvalo, matematika o‘qitish metodikasi, didaktik o‘yinlar va boshlang‘ich yoshdagi bolalar psixologiyasiga oid ilmiy manbalar tahlil qilinib, o‘yinlarning pedagogik ahamiyati, ularning matematik tushunchalarni shakllantirishdagi o‘rni nazariy jihatdan asoslab olindi. Tadqiqot davomida dars jarayonlarini kuzatish orqali o‘quvchilarning o‘yinlardagi ishtiroki, faolligi va o‘yinlarning bilim olishga ta’siri baholandi. Shuningdek, tajriba jarayonida “Matematik domino”, “Sonlar poygasi”, “Kim tez?”, “Top va joylashtir” kabi didaktik o‘yinlar qo‘llanib, ularning dars samaradorligiga ta’siri amaliy tarzda tekshirildi. O‘yinlar qo‘llanilishidan oldin va keyingi natijalarni solishtirish uchun kichik diagnostik testlar, o‘yinli topshiriqlar va tezkor savollar tashkil etilib, o‘quvchilarning matematik ko‘nikmalaridagi o‘zgarishlar aniqlashtirildi. Tajriba jarayonida o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, o‘yinli metodlarning qulayliklari va dolzarb jihatlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olindi.Olingan barcha ma’lumotlar tahlil qilinib, umumlashtirish orqali didaktik o‘yinlarning matematik ta’limdagi samaradorligi aniqlab berildi. Natija va muhokama. Natijalar va muhokama jarayoni tadqiqot davomida to‘plangan nazariy, kuzatuv, diagnostika va tajriba ma’lumotlariga tayangan holda shakllantirildi. Tadqiqotda didaktik o‘yinlardan muntazam foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik ko‘nikmalarini ancha tez va samarali shakllantirishini ko‘rsatdi. O‘yinli mashg‘ulotlar qo‘llanilgan sinfda o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi ortgani, faol ishtirok darajasi ko‘tarilgani, matematik amallarni bajarishda tezlik va aniqlikning yaxshilangani kuzatildi. O‘yinlarning o‘quvchilarda raqobat, diqqatni bir joyga jamlash, mantiqiy fikrlash va muammoli vaziyatlarda yechim topish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirgani tajribada yaqqol namoyon bo‘ldi.Didaktik o‘yinlar qo‘llanilgan guruhda o‘quvchilarning sonlar ustida amallar bajarish, solishtirish, shakllarni farqlash, masalalar yechish bo‘yicha ko‘rsatkichlari o‘yin qo‘llanilmagan sinfga nisbatan sezilarli yuqori ekanligi aniqlangan. O‘quvchilar test va o‘yinli topshiriqlarni bajarish jarayonida o‘zlariga ishonchi ortgani, xatolar soni kamaygani, topshiriqlarni bajarishda ijodkorlik va mustaqillik namoyon bo‘lgani ko‘rildi. Shuningdek, o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan suhbatlar ham o‘yinlarning darsni jonlantirishi, o‘quvchining faol ishtirokchi sifatida darsga qo‘shilishini ta’minlashi, bilimlarni mustahkamlash jarayonini qulaylashtirishi haqida ijobiy fikrlarni tasdiqladi.Tajriba natijalaridan kelib chiqib, didaktik o‘yinlar matematika darslarini faollashtirish, mavzularni chuqurroq o‘zlashtirish, o‘quvchilarning fikrlash jarayonini rivojlantirish va ularni mustaqil o‘rganishga yo‘naltirishda muhim pedagogik vosita ekanligi aniqlandi. 931 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 O‘yinli metodlar darsning mazmunini boyitibgina qolmay, balki o‘quvchilarda emotsional ko‘tarinkilik yaratishi, darsni qiziqarli shaklda tashkil etishi bilan o‘z samarasini ko‘rsatdi. Shu bois didaktik o‘yinlardan tizimli foydalanish boshlang‘ich sinf matematika ta’limi samaradorligini oshirishning eng qulay va ta’sirchan usullaridan biri sifatida tavsiya etiladi. Xulosa va takliflar. Tadqiqot natijalariga tayangan holda aytish mumkinki, didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik ko‘nikmalarni samarali va tabiiy tarzda rivojlantiruvchi kuchli pedagogik vosita hisoblanadi. O‘yin jarayonida o‘quvchilar matematik tushunchalarni tezroq anglaydi, amallarni bajarishda faolroq bo‘ladi, mantiqiy fikrlash, diqqatni jamlash va mustaqil qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalar shakllanadi. O‘yinlar darslarni jonlantirib, bolalarning darsga nisbatan motivatsiyasini oshiradi, ularda raqobat va qiziqish uyg‘otadi, bu esa o‘z navbatida bilimning mustahkam o‘zlashtirilishiga xizmat qiladi. Tajriba jarayoni shuni ko‘rsatdiki, didaktik o‘yinlardan muntazam foydalanilgan sinflarda o‘quvchilarning matematik savodxonligi, tez hisoblash malakasi va masala yechish ko‘nikmasi ancha yaxshilangani kuzatildi.Ushbu holatlardan kelib chiqib, didaktik o‘yinlardan boshlang‘ich sinf matematika darslarida tizimli ravishda foydalanishni tavsiya etish mumkin. O‘qituvchilarga har bir mavzu mazmuniga mos turli o‘yin shakllarini tanlash, o‘yinlarni o‘quvchilar yoshiga moslashtirish, darsning kirish, asosiy yoki mustahkamlash bosqichlarida maqsadli qo‘llash tavsiya etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning faolligini oshirish uchun guruhli, juftlikdagi va individual o‘yinlarni uyg‘unlashtirish, dars jarayonini qiziqarli muhitda tashkil etish, o‘yin davomida o‘quvchilarni rag‘batlantirish va ularning ijodkorlik imkoniyatlarini ochishga e’tibor qaratish lozim. Matematika o‘qituvchilarining didaktik o‘yinlar bo‘yicha metodik tayyorgarligini kuchaytirish, zamonaviy o‘yinli texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish ham dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qodirov, A. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 2. Yo‘ldoshev, J., Hasanboeva, O. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 3. To‘xtayeva, M. Matematika o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2018. 4. Tursunov, S., Raxmatullayev, R. Boshlang‘ich sinflarda matematika darslari. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021. 5. Yo‘ldosheva, D. Didaktik o‘yinlar va ularning ta’limdagi o‘rni. – Toshkent: Tamaddun, 2017. 6. Mavlonova, R., Rasulova, D. Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. 7. Murodova, U. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion metodlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 8. Ashurova, Z. Matematika o‘qitishda rivojlantiruvchi texnologiyalar. – Toshkent: Ziyo, 2018. 9. G‘ulomova, X. Boshlang‘ich ta’lim psixologiyasi. – Toshkent: Fan, 2016. 10. Qurbonova, S. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish metodlari. – Buxoro: Durdona, 2022.