scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHOLIQUSHI ROMANI HAQIDA

Meylikova Goʻzal Yoqubovna; Hafizova Feruza

Abstract

Ushbu maqolada Reshat Nuri Guntekinning “Choliqushi” romani tahlil qilinadi. Asarda bosh qahramon Feridening hayoti davomida turli toʻsiqlar, ijtimoiy munosabatlar, ichki konfliktlarga duch kelishi, shuningdek, uning mustaqil qarorlar qabul qilishi yoritilgan. Romanda qizning bolaligi va katta hayotga qadam qoʻyishi, muallim qizning Kamronga boʻlgan muhabbati va hijron kabi kechinmalari va qiyinchiliklarni yengib oʻtgan kuchli xarakterli qiz haqida yuritiladi.

Full text

964 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 CHOLIQUSHI ROMANI HAQIDA Meylikova Goʻzal Yoqubovna Termiz davlat niversiteti 1bosqich talabasi. Hafizova Feruza Ilmiy rahbar. https://doi.org/10.5281/zenodo.18053843 Annotatsiya. Ushbu maqolada Reshat Nuri Guntekinning “Choliqushi” romani tahlil qilinadi. Asarda bosh qahramon Feridening hayoti davomida turli toʻsiqlar, ijtimoiy munosabatlar, ichki konfliktlarga duch kelishi, shuningdek, uning mustaqil qarorlar qabul qilishi yoritilgan. Romanda qizning bolaligi va katta hayotga qadam qoʻyishi, muallim qizning Kamronga boʻlgan muhabbati va hijron kabi kechinmalari va qiyinchiliklarni yengib oʻtgan kuchli xarakterli qiz haqida yuritiladi. Kalit soʻzlar: Choliqushi, turk adabiyoti, qahramonlar, inson ruhiyati, ijtimoiy muhit, axloqiy qadriyatlar, mehr-muhabbat, fidoyilik, ijtimoiy ong, ma’naviy tarbiya, obrazlar. Reshat Nuri Guntekin - turk adabiyotining eng buyuk namoyandalaridan biri boʻlib, uning asarlari murakkab syujetga ega hamda inson ruhiyatiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. “Choliqushi” asari 1922yilda yozilgan boʻlib, o‘qituvchilik faoliyati va ayolning jamiyatdagi roli bilan tanishtiradi, o‘quvchiga insoniy qadriyatlar, sadoqat haqida chuqur tushuncha beradi. Shu bilan birga, “Choliqushi” romanini o‘qish nafaqat badiiy zavq bag‘ishlaydi, balki shaxsiy tafakkur va ma’naviy o‘sishga ham hissa qo‘shadi. Ushbu asar birinchi jahon urushi arafasida yozilgan. Voqealar qizning shaxsiy kundaligi orqali bayon qilinadi. Asarning qahramoni Feride yoshligida ota-onasidan ajrab, hayotda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Qiz oʻz xolasining oʻgʻli Kamronni sevib qoladi, ammo Kamronning xiyonatidan xabar topgan Feride yashirincha u shahardan ketishga qaror qiladi. Chekka bir qishloqda oʻqituvchilik faoliyatini boshlaydi hamda hayotiy tajribasi ortadi va maʼnaviy yetiladi. Xiyonatga koʻz yumib turmagan boʻlsa ham, sadoqati, vafosini unutmadi soʻngida esa ikki oshiqlar birga boʻlishdi. Shunda Kamron Feridega yuzlanib: Gulbashakarim, mening Gulbashakarim, - dedi 1 . Feride maktabda muallimining “ Qani koʻraylikchi, hayotingizdagi ilk xotiralaringizni yozing” deganini va sinfdoshlarining shoirona yolgʻonlarini esladi. Qiz oʻzini quyidagicha taʼriflaydi: “Men butunlay boshqacha qiz edim, shoʻx, sergapligimdan barcha bezor edi, shuning uchun ham sinfning burchagidagi bir partada yolgʻiz oʻzim oʻtirishga majbur edim”. Insonni, ayniqsa bolalarni o’zgartirmoq, baxtli qilmoq insoniylik bilan mumkindir. O’qituvchilikdan boshqa hech bir kasbda ko’rinmaydigan asl rol aynan shu asarda koʻrsatib, yoritilib berilganligiga shubha qilmoq behudadir” 2 . Asar qahramonlari quyidagicha tasvirlanadi: Feride (Choliqushi) — asarning bosh qahramoni, mustaqil qarorlar qabul qiladigan, dadil, sadoqatli, ma’rifatparvar ayol obrazi. Kamron — Feridening sevgani, ichki ziddiyatli, murakkab xarakterga ega obraz.Umuman olganda, Kamron obrazi romantik idealizmdan ko‘ra haqiqatga yaqin, hayotiy va murakkab shaxs sifatida yaratilgan bo‘lib, u orqali muallif sevgi, ishonch, xiyonat, jamiyat bosimi va shaxsiy mas’uliyat kabi mavzularni badiiy tahlil qiladi. 1 Güntekin Reşat Nuri. 2007. Çalıkuşu. İstanbul: İnkılap Kitabı, 83-b. 2 Güntekin Reşat Nuri. 2007. Çalıkuşu. İstanbul: İnkılap Kitabı, 83-b. 965 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Basima — Feridening xolasi, Kamroning onasi.Basima obrazi orqali muallif o‘sha davrdagi turk jamiyatida ayollarning o‘ziga xos o‘rni, ularning maishiy va oilaviy aloqalardagi ishtiroki, shuningdek, an’anaviy qarashlar ta’sirida shakllangan xarakter xususiyatlarini namoyish etadi. Mujgon — Feridening amalivachchasi. Mujgon yozuvchi tomonidan sokin, itoatkor, an’anaviy tarbiya ta’sirida shakllangan qiz sifatida tasvirlanadi. Uning xarakteri Feridening sho‘x, erkin va mustaqil tabiatiga kontrast bo‘lib xizmat qiladi. Bu qarama-qarshilik orqali muallif o‘sha davrdagi turk jamiyatida ayollar tarbiyasi, ularning ma’naviy dunyosi va ijtimoiy o‘rni o‘rtasidagi farqlarni badiiy tarzda ochadi. Mujgonning obrazi, bir tomondan, oila muhitining sokin va beqaror emasligini ifodalaydi; ikkinchi tomondan, ayollarning jamiyat tomonidan belgilangan an’anaviy rolini aks ettiradi. Uning Feridega bo‘lgan munosabati ko‘pincha mehr, hayrat va biroz hasad uyg‘otuvchi hissiyotlar aralashmasidan iborat. Mujgon Feridening kuchli xarakteri, mustaqilligi va o‘zgacha fikrlashini qadrlaydi, biroq o‘zi uning kabi bo‘lishga jur’at eta olmaydi, shuningdek, Mujgon obrazi Feride xarakterining kuchli jihatlarini yanada yorqinlashtiruvchi psixologik kontrast rolini bajarargan. Munisa — Feridenining boqib olgan qizi. Munisa yosh bo‘lsa ham sezgir, samimiy va mehrga tashna qizaloq sifatida tasvirlanadi. Uning obrazi orqali muallif bolalarning o‘ziga xos dunyoqarashi va hayotga beg‘ubor munosabati kabi masalalarni badiiy asarda keltiradi. Feride (Choliqushi) Munisaga nafaqat o‘qituvchi, balki ma’naviy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi shaxs sifatida ta’sir qiladi. Shu bilan birga, asarda tarbiya, mehr-muhabbat, sabr-toqat va mas’uliyat kabi pedagogik tushunchalar keltiriladi. Ushbu obraz Feridening ruhiy yengillik topishida, hayotida ijobiy hislarning uyg‘onishida va o‘zini yanada mustahkam va irodali tutishida muhim psixologik ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, Munisa obrazi “Choliqushi” romanida bolalikning beg‘ubor dunyosini aks ettiruvchi, qahramonlarning emosional rivojlanishiga ta’sir etuvchi va Feridening ichki dunyosini yanada to‘laqonli ochib beruvchi badiiy vosita sifatida alohida ahamiyatga ega. Hayrullah bey— “Choliqushi” romanida Ferideni eng og‘ir paytida qo‘llabquvvatlaydigan, saxiy, mehribon va doktor boʻlgan keksa chol. Ferideni turli ig‘volardan himoyalanishi uchun Ferideni nikohiga oladi, u Ferideni qizidek ko‘radi, uni yomon gapso‘zlardan himoya qiladi. Roman oxiriga yaqin Hayrullah bey vafot etadi va Feridega barcha merosini qoldiradi. Romanning asosiy mavzusi muhabbatdir. Feride uzoq vaqt mobaynida sevgisini tan olmasdan, Kamrondan nafratlanishini aytsa-da, maktabda o‘qib yurgan paytlarida ham, Anadoluda ishlab yurgan paytlarida ham, Kamronni qattiq sevishda davom etadi. Feridening uzoq vaqt sevganidan ayro qolishiga sabab g‘ururi va sevgisi orasida muntazam kurashni to‘xtatolmagan Feride uzoq yil g‘ururining sevgisi ustidan qozongan g‘alabasidan azoblanib yashaydi. Anadoluda oʻtgan yillari uni batamom o‘zgartiradi. Xotira daftarining oxirgi sahifalarida Feride yillar davomida hatto o‘zidan ham yashirishga urinib kelgan sevgisini nihoyat tan oladi. “Ha, nega endi aldashim kerak? Butun nafratimdan, isyonlarimdan, butun o‘sha bo‘lib o‘tgan noxushliklardan qat’i nazar, men sening bir parchang edim”. Yozuvchi Feride tilidan shunday yozadi: “Naqadar orsiz ko‘nglim bor mening, atrofimdagi insonlarni bunchalar tez yoqtirib qolaveraman”.Inson o‘zi yashagan joylarda ko‘ngliga yaqin olgan insonlarga ko‘rinmas simlar bilan bog‘langan. Ayriliq vaqtida bu simlar tortila boshlaydi va uzilib ketgan cholg‘u simlariday xazin ovoz chiqaradi; Inson kimnidir sevib qolsa, falokatga uchraganida asirga olinganday bo‘ladi; Odamzot eng ko‘p sevgan kishisi bilan sinaladi; Haqiqiy muhabbat orada qanchalik to‘siqlar bo‘lishidan qat’i nazar aslo yo‘qolib 966 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 ketmaydi; G‘amda qandaydir yashirin shafqat borday. Shikoyat qilmaganlarga nisbatan, ularni kulib qarshilaganlarga nisbatan qamroq zulmkor bo‘ladi 3 . “Men muallimlikni ochlikdan o’lmaslik uchun tanlagan edim. Hisoblarim to’g’ri chiqmadi. Bu kasb ochlikdan o’ldirishi mumkin ekan. Nima boʻlibdi? Axir mening ko‘nglimning shafqatga bo‘lgan ochligini to‘ydiradigan narsa — o‘z hayotini boshqalarning saodatiga bag‘ishlashdan keladigan tasalli emasmi? Feridening ushbu so‘zlari Rashod Nuri Guntekin yaratgan o‘qituvchi obrazining eng go‘zal soʻzlaridan biridir. “Choliqushi” romani zamonaviy adabiyotda insoniy va ijtimoiy mavzularni chuqur ochib bergan muhim asarlardan biridir. Asarda yozuvchi qahramonlarning ichki dunyosini, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rinini, qadriyat va axloq masalalarini asosan xarakterlar orqali yoritadi. Roman orqali o‘quvchi jamiyatdagi adolatsizlik, insoniy mehr-muhabbat, fidoyilik va jasorat , sadoqat kabi fazilatlarni anglaydi, qolaversa, muallif personajlar orqali davr bilan inson oʻrtasidagi ziddiyatni ham tasvirlaydi. Natijada, asar jamiyatning axloqiy va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ijtimoiy voqealarga tanqidiy yondashishini oshirish kabi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Oʻquvchilar uchun tarbiyaviy ahamiyati shundaki, asar sadoqat, mehr-muhabbat, fidoyilik va adolat kabi insoniy xislatlarni anglash imkonini beradi. Bundan tashqari, ijtimoiy ongni rivojlantirishga, ya'ni obrazlarning hayotiy kurashlari, ichki va tashqi konfliktlar orqali o‘quvchi jamiyatdagi ijtimoiy ziddiyatlarni tushunadi va tanqidiy fikrlash qobiliyatini ortadi. Shuningdek, inson ruhining murakkab tomonlarini, ichki kechinmalar va mustaqil va keskin qaror qabul qilish jarayonlarini o‘rgatadi. Xususan, qahramonlar hayoti va ular duch kelgan muammolari o‘quvchiga o‘z hayotidagi qarorlar uchun saboq beradi va yanglish fikr hamda qaror qabul qilish istagini yoʻqqa chiqaradi. “Choliqushi” asari tarbiyaviy va ma’naviy tafakkur, ijtimoiy ong va insoniy qadriyatlar va fazilatlarni rivojlantirishga hissa qoʻshadi hamda barcha uchun ahamiyatli manba sifatida eʼtirof etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Güntekin Reşat Nuri. 2007. Çalıkuşu. İstanbul: İnkılap Kitabı ( 223-b)(419-b). 2. Emil Birol. 1990. Öğretmenler Romancısı Reşat Nuri Güntekin. Marmara Üniversitesi Atatürk Eğitim Fakültesi Eğitim Bilimleri Dergisi. s. (1:73-83b ). 3. https://www.facebook.com/share/17khJD9Qu2/ 4. https://refocus.uz/ 3 https://www.facebook.com/share/17khJD9Qu2/