MADANIY DIPLOMATIYANING XALQARO HAMKORLIK VA MILLIY IMIJGA TA`SIRI
Abstract
Maqolada madaniy diplomatiyaning xalqaro munosabatlar tizimidagi oʻrni va ahamiyati tahlil etiladi. Muallif madaniy diplomatiyani davlatning “yumshoq kuch” (soft power) strategiyasining asosiy elementi sifatida talqin qiladi. Shu bilan birga, madaniy diplomatiyaning globallashuv sharoitida davlatlar nufuzini oshirish, ishonchni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi roli ochib beriladi.
Full text
978 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 MADANIY DIPLOMATIYANING XALQARO HAMKORLIK VA MILLIY IMIJGA TA`SIRI Bafoyev Feruz Murtazoyevich Siyosiy fanlar nomzodi, dotsent, Buxoro davlat texnika universiseti. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18054384 Annotatsiya. Maqolada madaniy diplomatiyaning xalqaro munosabatlar tizimidagi oʻrni va ahamiyati tahlil etiladi. Muallif madaniy diplomatiyani davlatning “yumshoq kuch” (soft power) strategiyasining asosiy elementi sifatida talqin qiladi. Shu bilan birga, madaniy diplomatiyaning globallashuv sharoitida davlatlar nufuzini oshirish, ishonchni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi roli ochib beriladi. Kalit soʻzlar:madaniy diplomatiya, yumshoq kuch, xalqaro munosabatlar, ishonch kapitali, milliy imij, globallashuv, YUNESKO, Gyote instituti. ВЛИЯНИЕ КУЛЬТУРНОЙ ДИПЛОМАТИИ НА МЕЖДУНАРОДНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО И НАЦИОНАЛЬНЫЙ ИМИДЖ Аннотация. В статье анализируется роль и значение культурной дипломатии в системе международных отношений. Автор трактует культурную дипломатию как ключевой элемент стратегии государства “мягкая сила” (soft power). При этом раскрывается роль культурной дипломатии в повышении престижа государств, укреплении доверия, развитии международного сотрудничества в условиях глобализации. Ключевые слова: культурная дипломатия, мягкая сила, международные отношения, капитал доверия, национальный имидж, глобализация, ЮНЕСКО, Институт Гете. THE IMPACT OF CULTURAL DIPLOMACY ON INTERNATIONAL COOPERATION AND NATIONAL IMAGE Abstract. The article analyzes the role and importance of cultural diplomacy in the system of international relations. The author interprets cultural diplomacy as a key element of the state's “soft power" strategy. At the same time, the role of cultural diplomacy in increasing the prestige of states, building trust, and developing international cooperation in the context of globalization is revealed. Keywords: cultural diplomacy, soft power, international relations, capital of trust, national image, globalization, UNESCO, Goethe Institute. XXI asrda xalqaro munosabatlar tizimi an'anaviy siyosiy va iqtisodiy vositalar bilan bir qatorda madaniy, ma'naviy va axloqiy omillarga ham asoslanmoqda. Davlatlar oʻrtasidagi raqobat nafaqat harbiy yoki iqtisodiy salohiyat bilan, balki madaniy ta'sir kuchi orqali ham namoyon boʻlmoqda. Madaniy diplomatiya – bu davlatning tashqi siyosatida madaniyat, ta'lim, san'at va meros orqali ishonch va hamjihatlik muhitini yaratishga qaratilgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi — xalqlar oʻrtasida oʻzaro anglashuv va muloqot koʻprigini qurish. Jahon tajribasida madaniy diplomatiya davlatlarning xalqaro munosabatlardagi muhim va keng qoʻllaniladigan vositasi boʻlib, turli mamlakatlar oʻziga xos maqsadlar va usullar bilan bu yoʻnalishda faoliyat olib boradi.
979 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Asosiy maqsad – mamlakatning xalqaro obroʻsini oshirish, oʻzaro tushunishni kuchaytirish, doʻstlik aloqalarini oʻrnatish va tashqi siyosiy manfaatlarni "yumshoq kuch" orqali ilgari surishdir. AQShlik siyosatshunos Jozef Nay ta'kidlaganidek, “yumshoq kuch” siyosiy majburlashga emas, balki “joziba orqali ta'sir”ga tayanadi[1]. Madaniy diplomatiya shu “yumshoq kuch”ning amaldagi ifodasi boʻlib, u xalqaro munosabatlar tizimini barqaror va insonparvar yoʻnalishda rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Jamiyatshunos Jan Melissenga koʻra, "madaniy diplomatiya yumshoq kuchning eng samarali vositalaridan biridir, chunki u ishontirish yoki majburlashga emas, balki ishonch va hamdardlikni kuchaytiradi[2], ya'ni oʻzaro muloqot va yakdillik formatini maydonga keltiradi. Tadqiqot jarayonida madaniy diplomatiyaning xalqaro munosabatlar tizimidagi oʻrni va ta'sirini chuqur tahlil qilish maqsadida bir nechta ilmiy yondashuvlardan foydalanildi. Avvalo, siyosiy tahlil usuli orqali madaniy diplomatiya xalqaro siyosiy tizimning ajralmas qismi sifatida koʻrib chiqildi. Bu usul davlatlar oʻrtasidagi siyosiy manfaatlar va madaniy ta'sir vositalari oʻrtasidagi munosabatni ochib berishga xizmat qildi. Qiyosiy tahlil usuli esa turli davlatlar tajribasini solishtirish orqali madaniy diplomatiyaning turli modellarini oʻrganishga qaratildi. Bu usul har bir mamlakatning madaniy siyosatini taqqoslab, umumiy va milliy xususiyatlarni ajratib koʻrsatish imkonini berdi. Shuningdek, institusional yondashuv qoʻllanilib, “Milliy madaniy institut” modeli (til + ta'lim + madaniy tadbirlar) koʻzga tashlanadi. Bu modelda davlat oʻz madaniyatini uzoq muddatli, tizimli tarzda ilgari surish uchun maxsus institutlar tarmogʻini yaratadi. Buyuk Britaniya — British Council: madaniy aloqalar va ta'lim orqali ishonch qurishga urgʻu beradi; tashkilot 1934 yilda asos solingani va 200 dan ortiq mamlakat va hududda faoliyat yuritishi ta'kidlanadi. Germaniya — Goethe-Institut: 1951 yildan boshlab nemis tili va madaniy almashinuv orqali Germaniya haqida bilim va qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Fransiya — Alliance française: 1883 yilda tashkil etilgan, fransuz tili va frankofon madaniyatini global tarmoq orqali ommalashtiradi (koʻp mamlakatlarda mustaqil markazlar shaklida). Ispaniya — Instituto Cervantes: 1991 yilda tashkil etilgan davlat muassasasi boʻlib, ispan tilini va ispan-latinoamerika madaniyatlarini xorijda tarqatishga qaratilgan. Yaponiya — The Japan Foundation: xalqaro madaniy almashinuv, til va muloqot orqali doʻstlik, ishonch va oʻzaro tushunishni kuchaytirishni maqsad qiladi; institut sifatida 1972 yilda tashkil etilgani koʻrsatiladi. Koreya Respublikasi — Korea Foundation (KF): 1991 yilda tashkil etilgan, jamoat diplomatiyasi doirasida akademik, inson va madaniy almashinuv loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Xitoy — Confucius Institute: 2004 yildan boshlangan dastur boʻlib, xitoy tili va madaniyatini targʻib qilish, madaniy almashinuvni qoʻllab-quvvatlash maqsad qilinadi; universitetlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Bu institutlar milliy imijni “reklama” bilan emas, balki oʻrganish–muloqot–ishonch zanjiri orqali (uzoq muddatda) qurishga harakat qiladi. Ularning faoliyati tahlili madaniy diplomatiyaning amaliy mexanizmlari va uning xalqaro maydondagi ta'sir doirasini aniqlash imkonini berdi. Shu bilan birga, sinergetik yondashuv tadqiqotning metodologik asoslaridan biri sifatida tanlandi. U madaniy diplomatiyaning siyosat, iqtisod va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro ta'sirini tizimli va dinamik jarayon sifatida tahlil qilish imkonini yaratdi. Madaniy diplomatiya bugungi geosiyosiy sharoitda jonli diplomatiya vositasiga aylanmoqda. U an'anaviy elchilik yoki siyosiy muzokaralardan farqli ravishda xalqlar qalbiga ta'sir qiladi.
980 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Biroq bu jarayonda ayrim muammolar ham mavjud: ayrim davlatlarda madaniy diplomatiya propaganda vositasi sifatida qabul qilinadi; moliyaviy va institusional resurslar etishmasligi; milliy madaniyatni notoʻgʻri talqin qilish xatarlari. Shuningdek, madaniy diplomatiyaning samaradorligi davlatning ichki madaniy siyosatidan ham koʻp jihatdan bogʻliq. Milliy madaniyat ichidagi barqarorlik va ochiqlik tashqi imijni mustahkamlaydi. Bugungi kundagi global kommunikasiya jarayonlari, raqamli texnologiyalar va kreativ iqtisodiyotning jadal rivojlanishi madaniy diplomatiyani mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi. Xalqaro munosabatlar tizimida madaniyat faqat estetik yoki ma'naviy hodisa emas, balki tashqi siyosatning strategik vositasi sifatida namoyon boʻlmoqda. Zamonaviy xalqaro munosabatlar madaniy diplomatiya uchta asosiy vazifani oʻz oldiga qoʻyadi: Ishonch asoslarini qoʻyish (trust-building) – xalqlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va anglashuv muhitini yaratish; Imij yaratish – davlatning xalqaro nufuzini oshirish, uning madaniy merosini namoyish etish; Madaniy muloqot – ta'lim, san'at va ommaviy madaniyat vositasida diplomatik aloqalarni rivojlantirish. Raqamli madaniy diplomatiya — bu Internet, ijtimoiy tarmoqlar, veb-platformalar va raqamli media vositalari orqali milliy madaniyatni xalqaro miqyosda targʻib qilish va ishonch muhitini yaratish jarayonidir. Unda davlat va madaniy institutlar rasmiy veb-saytlar, YouTube kanallar, virtual muzeylar, onlayn koʻrgazmalar orqali axborot tarqatish, “soft power” vositalari endilikda jonli tadbirlar emas, balki raqamli muloqot maydoni orqali amalga oshirish, ijtimoiy tarmoqlardagi diplomatik akkauntlar (masalan, Twitter Diplomacy, Instagram Diplomacy) davlatlar nufuzini shakllantirish nazarda tutiladi. Bu shundan dalolat beradiki, raqamli madaniy diplomatiya orqali davlatlar nafaqat siyosiy elitalar bilan, balki butun jahon jamoatchiligi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻldi. Ta'lim madaniy diplomatiyaning eng ta'sirchan va uzoq muddatli vositalaridan biridir. U orqali davlatlar yosh avlod ongini, dunyoqarashini va ilmiy fikr almashuvini shakllantiradi. Jan Melissen ta'kidlaganidek, “yangi jamoat diplomatiyasi davlatlar emas, balki jamiyatlar va ta'lim muassasalari orqali amalga oshiriladi [2]”. Demak, ta'lim sohasidagi muloqot madaniy diplomatiyaning inson kapitalini shakllantiruvchi va uzoq muddatli “yumshoq kuch” manbaiga aylandi. Soʻnggi oʻn yillikda kreativ iqtisodiyot — ya'ni dizayn, kino, moda, musiqa, reklama va axborot texnologiyalari sohalari — davlatlarning tashqi siyosatida strategik ahamiyatga ega boʻlib bormoqda. Bu sohalar orqali mamlakatning madaniy imiji va jozibadorligi shakllantiriladi. Madaniy diplomatiyaning zamonaviy tendensiyalari shundan dalolat beradiki, bu sohadagi faoliyat endilikda faqat davlat organlari bilan cheklanmay, balki raqamli maydon, ta'lim muassasalari va kreativ jamoalarni qamrab olmoqda. Ushbu yoʻnalishlar oʻzaro bogʻliq holda ishlab, xalqaro munosabatlarda yangi muloqot madaniyatini shakllantirmoqda. Shunday qilib, raqamli madaniy diplomatiya, ta'lim almashuv dasturlari va kreativ industriyalar integrasiyasi davlatlar nufuzi, ishonch kapitali va xalqaro imijini belgilab beradigan asosiy strategik omillar sifatida namoyon boʻlmoqda.
981 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Oʻzbekiston oʻzining boy tarixiy-madaniy merosi, Buyuk Ipak yoʻlidagi noyob geografik mavqei va "Yangi Oʻzbekiston" siyosati doirasidagi ochiqlik tamoyili tufayli madaniy diplomatiyani faol rivojlantirmoqda. Mamlakat qadimiy merosini targʻib qilish, ziyorat turizmini rivojlantirish, ta'lim va ilmiy almashinuvlarni kengaytirish, hamda san'at va madaniy festivallar orqali xalqaro maydonda oʻz mavqeini mustahkamlamoqda. Oʻzbekiston uchun madaniy diplomatiya juda muhim ahamiyatga ega, chunki: 1. Mamlakatning xalqaro imiji va "soft power" (yumshoq kuch)ini oshiradi. Oʻzbekiston oʻz tarixi, madaniyati va zamonaviy yutuqlarini namoyish etib, global sahnada ijobiy taassurot qoldirishi mumkin. 2. Iqtisodiy rivojlanishga hissa qoʻshadi. Madaniyatni targʻib qilish turizmni, investisiyalarni va xalqaro ta'lim aloqalarini ragʻbatlantiradi. Misol uchun, oʻzbek milliy taomlari, hunarmandchilik yoki tarixiy obidalarni tanishtirish turizmni rivojlantirishga olib keladi. 3. Siyosiy munosabatlarni mustahkamlaydi. Madaniy yaqinlik va oʻzaro hurmat davlatlar oʻrtasidagi siyosiy muloqot va hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratadi. 4. Milliy oʻzlikni anglash va gʻururni kuchaytiradi. Madaniyatni chet ellarda namoyish etish oʻzbek xalqining oʻz qadriyatlariga boʻlgan ishonchini oshiradi. Oʻzbekiston madaniy diplomatiyasining samaradorligini oshirish uchun yagona milliy strategiyani ishlab chiqish, an'anaviy va zamonaviy madaniyat elementlarini uygʻunlashtirish, raqamli kanallardan faol foydalanish, ikki tomonlama almashinuvlarni kuchaytirish hamda ijodiy sanoatni qoʻllabquvvatlash kabi takliflar muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, xorijdagi diasporani jalb qilish va mintaqaviy madaniy hamkorlikni chuqurlashtirish ham strategik jihatdan foydalidir. Madaniy diplomatiya Oʻzbekistonning global imijini yaxshilash, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va xalqaro hamjamiyatda ishonchli hamkor sifatida oʻz oʻrnini topishi uchun uzoq muddatli va strategik sarmoyadir. Ushbu yoʻnalishdagi izchil va samarali sa'y-harakatlar Oʻzbekistonning “Yangi Oʻzbekiston” konsepsiyasida belgilangan ulugʻvor maqsadlarga erishishiga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, madaniy diplomatiya ko‘plab davlatlar faol foydalanadigan xalqaro faoliyatning muhim sohasidir. Tashqi siyosatida tinch-totuv yashash va xayrixohlik tamoyillariga amal qiladigan mamlakatlar uni milliy madaniy merosni targ‘ib etish, madaniyat, fan va ta’lim sohalaridagi yutuqlarni xalqaro miqyosda namoyish qilish vositasi sifatida qo‘llaydilar. Шу билан бирга, madaniy diplomatiya davlatlarning geosiyosiy pozitsiyalarini mustahkamlashga, tashqi siyosiy hamda iqtisodiy muammolarini samarali hal etishga ko‘maklashadi. Aslida, u har qanday davlatning barqarorligi va rivojlanishi tayanadigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy-falsafiy yondashuv esa madaniy diplomatiyani faqat tashqi siyosat instrumenti sifatida emas, balki insonlar o‘rtasida ma’no va qadriyatlar almashinuvini ta’minlaydigan, sivilizatsion muloqotni kengaytiradigan keng qamrovli fenomen sifatida anglashga imkon beradi. Shu bois, milliy imij strategiyasi ham shunchaki “ko‘rinish”ni yaratish emas, balki jamiyatning o‘z qadriyatlarini teran anglab, ularni mas’uliyat bilan ichki va tashqi maydonda namoyon etish jarayonidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI. 1. Joseph S. Nye Jr., Soft Power: The Means to Success in World Politics (New York: PublicAffairs, 2004), p.191 2. Jan Melissen, The New Public Diplomacy: Soft Power in International Relations (New York: Palgrave Macmillan, 2005), 12.
982 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 3. Бафоев Ф. М. Культурная дипломатия в системе международных связей на постсоветском пространстве //Молодой ученый. – 2016. – №. 6. – С. 662-667. 4. Бафоев Ф. М. Геополитические трансформации в эпоху искусственного интеллекта //Актуальные исследования. – 2025. – №. 42 (277). – С. 89-93. 5. Бафоев Ф. М. Современные тенденции мировой политики в контексте Римской декларации G20 //Актуальные исследования. – 2021. – С. 10. 6. Бафоев Ф. Проблемы нелинейного воздействия и неравновесность в современной мировой политике //Farg'ona davlat universiteti. – 2025. – №. 1. – С. 54-54. 7. Бафоев Ф. М., Темиров Ш. Т. Современная история Узбекистана в неразрывной связи с региональными цивилизационными процессами //Фундаментальные научные исследования: теоретические и практические аспекты. – 2016. – С. 152154.