scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA VATANGA MEHR MAZMUNINI IFODALOVCHI AFORIZMLAR

Alijonova Mehrinoz Sharifjon qizi

Abstract

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi mehr mazmunli aforizmlar, asosan vatanga mehr, yurtparvarlik mazmunidagi paremiologik birliklar, shuningdek, vatan tushunchasining axloqiy- ma’naviy mohiyatini ochib beruvchi aforizmlar lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ikkala til tuzilmasida vatanparvarlik tushunchasining ifodalanish vositalari va badiiy tasvir unsurlari, shuningdek, konseptual semantika qiyosan o’rganiladi.

Full text

983 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA VATANGA MEHR MAZMUNINI IFODALOVCHI AFORIZMLAR Alijonova Mehrinoz Sharifjon qizi Turon universiteti Andijon filiali Xorijiy til (ingliz tili), Lingvistika yoʻnalishi magistranti; Andijon Transport Texnikumi oʻqituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18054437 Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi mehr mazmunli aforizmlar, asosan vatanga mehr, yurtparvarlik mazmunidagi paremiologik birliklar, shuningdek, vatan tushunchasining axloqiyma’naviy mohiyatini ochib beruvchi aforizmlar lingvokulturologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ikkala til tuzilmasida vatanparvarlik tushunchasining ifodalanish vositalari va badiiy tasvir unsurlari, shuningdek, konseptual semantika qiyosan o’rganiladi. Kalit so‘zlar: aforizm, vatan konsepti, ingliz tili, o‘zbek tili, lingvokulturologiya, qiyosiy tahlil, vatanparvarlik, obraz, adabiyot, paremiologik birlik. Аннотация. В данной статье с лингвокультурологической позиции анализируются афоризмы в английском и узбекском языках, выражающие идею любви, прежде всего паремиологические единицы патриотического содержания, отражающие любовь к Родине, а также афоризмы, раскрывающие нравственно-духовную сущность понятия «Родина». В обоих языках сопоставительно изучаются средства выражения концепта патриотизма, художественно-образные средства, а также концептуальная семантика. Ключевые слова: афоризм, концепт родины, английский язык, узбекский язык, лингвокультурология, сравнительный анализ, патриотизм, образ, литература, паремиологическая единица. Annotation. This article examines, from a linguoculturological perspective, English and Uzbek aphorisms that convey the notion of affection—particularly paremiological units with patriotic content expressing love for the homeland, as well as aphorisms that reveal the moral and spiritual essence of the concept of “homeland.” The study provides a comparative analysis of the means of expressing the concept of patriotism, artistic imagery, and conceptual semantics in both languages. Keywords: aphorism, the concept of homeland, English language, Uzbek language, linguoculturology, comparative analysis, patriotism, image, literature, paremiological unit. Aforizm qisqa, lo’nda va chuqur mazmunga ega bo’lgan fikr bo’lib, hayot, inson va jamiyat to’g’risidagi umumiy haqiqatlar to’plamidir. Ko’pincha, aforizmlar mustaqil jumla shaklida ifodalanib, o’quvchini fikrlashga da’vat etadi. Badiiy adabiyotda aforizm nutq ta’sirchanligini taminlab beruvchi badiiy unsur sifatida foydalaniladi. 1 “Aforizm” qadimgi yunoncha aphorismos — “aniq belgilash”, “xulosa chiqarish” ma’nosini anglatadi. Bu atamadan dastlab tibbiyot sohasida tanilgan bo’lib, yunon tabibi bo’lgan Gippokrat “Aforizmlar” kitobida tibbiy kuzatishlarini qisqa va tushunarli jumalalar bilan ifodalagan va bu ilmiy ifoda keyinchalik falsafa va adabiyotda ham kuzatilgan. Shu sababdan ham aforizm dastavval ilmiy ifoda shakli sifatida, keyinchalik bo’lsa falsafa va adabiyotga kirib kelgan. 2 1 Abrams, M. H. A Glossary of Literary Terms. 2 Hippocrates. Aphorisms. 984 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Falsafa fanida aforizmlar murakkab g’oyalarni qisqa va lo’nda shaklda ifodalash vazifasini bajargan. Misol uchun, F. Nietzsche “Ezgu va yovuzlik ortida” asarida aforistik ixcham fikrlar orqali inson, axloq va jamiyatni tahlil qilgan. Bu uslub o’z – o’zidan o’quvchidan kuchli tafakkurni talab qilgan. Shu tariqa aforizmlar adabiyotda o’z o’rnini topgan, shuningdek, ifodadagi ta’sir doirasiga ko’ra faol nutq birligiga aylangan. 3 Fransuz adibi La Rochefoucauldning “Maksimalar” asari ham aforizmlarning yuksak namunalarini o’z ichiga olgan. Unda inson fe’latvori, manfaat va munosabatlar haqida qisqa, ammo chuqur fikrlar ifoda etilgan. 4 Aforizmlar qisqa va aniq ifoda yo’siniga ega bo’lib, chuqur ma’no va mazmunni ifodalaydi, yodda qoladigan va ta’sirchan ifodaga ega bo’ladi, ko’pincha ibrat, nasihat yoki umumiy xulosa ma’nosini bildiradi. Aforizmlar ifoda mazmuniga ko’ra, falsafiy aforizmlar, axloqiy aforizmlar, ijtimoiy aforizmlar kabi turlarga bo’linadi. Aforizmlar insonni fikrlashga undaydi, hayotiy tajribani umumlashtirgan holda ifodalaydi, va nutqni boyitadi. Ular adabiyot, nutq madaniyati, insho va ma’ruzalarda keng qo’llanadi. Aforizmlarxalq yoki ma’lum bir muallifning dunyoqarashi, hayotiy tajribalari, axloqiy qadriyatlar to’g’risidagi fikrlari, ma’lum bir xalq yoki muallif mansub bo’lgan millatning hayot tarzi to’g’risidagi qarashlari jamlangan, muayyan shaklga keltirilgan nutq birliklaridir. Ingliz va o’zbek tillarida Mehr mazmunli aforizmlar yetarlicha ko’p bo’lib, ularning asosiy qismini Vatanga mehr mazmundagi aforizmlar egallaydi. Tarixdan ma’lumki, Vatanparvarlik tuyg’usi ikki xalqning ham qon-qoniga singib ketgan bo’lib, vatanga mehr mazmunidagi aforizmlar ikki millat uchun ham eng qadrli va noyob birliklar sirasiga kiradi, chunki ular milliy xotira va ma’naviy ruhni aks ettiradi. Ingliz va o’zbek tillarida “Vatan”, “Ona diyor”, “Ota makon”, “Homeland”, “Motherland” kabi birliklar umumiy ma’naviy asosga ega bo’lsada, ularning konnotativ qatlamlarida o’ziga xos milliy xususiyatlar sezilib turadi. Aforizmlar qisqa va ta’sirchan shaklda yozilgan nutq birligi bo’lib, ma’naviy va milliy qadriyatlarni ifodalash vositasidir. Ular ko’pincha xalq og’zaki ijodi namunalarida yoki adabiy asarlarda uchraydi. Tarbiyaviy funksiyasiga ko’ra, Vatanga mehr aforizmlari tinglovchiga milliy g’urur va vatanparvarlik hissini beradi. Aforizmlar ko’pincha ramziy obrazlar orqali ifodalanadi. Misol uchun “Ona Vatan” yoki ingliz tilidagi “Motherland” so’zlari Ona siymosi vositasida Vatanni shaxsiy xis-tuyg’ular bilan bog’laydi. Aforizmlar qisqa va mazmunli ifoda yo’siniga ega bo’lganligi sababli tinglovchida chuqur emotsional rezonans uyg’otadi, vatanparvarlik va milliy g’urur tuyg’ularini yanada oshiradi. Qisqa shaklda ifodalanganligi va ritmik bo’lganligi sabab aforizmlar o’quvchining xotirasida yaxshi qoladi va tarbiyaviy maqsadlarda ta’sir doirasi kengligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbek adabiyotida Vatan tushunchasi “ona yurt”, “ota makon”, “maskan”, “el-yurt” kabi poetik obrazlar vositasida ifodalanadi. O’zbek adabiyotida “Vatanga mehr” tushunchasi asosan, “Onaga mehrga” qiyoslanadi, vatan huddi onadek aziz va mo’tabar yaqin kishidek ifoda etiladi. Masalan, “Ona yurtning bir hovuch tuprog‘i ming yurtga tatig‘ay.” 5 “Shuningdek, “Vatan” tushunchasi butun millat, o’zi istiqomat qilayotgan jamiyatga bo’lgan hurmatni ham ifodalaydi. Vatanparvarlik, Vatanga sadoqat tuyg’ulari ajdodlarimizdan qolgan azaliy qadriyatga aylanib ketgan bo’lib, nafaqat, fuqarolik mas’uliyati, balki, hayotiy burch sifatida ahamiyat kasb 3 Nietzsche, F. Beyond Good and Evil. 4 La Rochefoucauld, F. Maxims. 5 Maqollar va matallar, Sharq nashriyoti, 1999 985 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 etadi. “Vatan uchun jon fido.”, “Vatan – muqaddas, uni sevmoq farz.” 6 Keltirilgan maqolga ko’ra, vatanga muhabbat diniyaxloqiy burch sifatida qaraladi. Yurt uchun fidoyilik ko’rsatish, ma’lum bir jabhada millatga foyda keltirish har bir fuqaroning vazifasi sifatida ifoda etiladi. O’zbek aforizmlarida Vatanga mehr tuyg’usi otabobolardan meros, har bir millat a’zosidan buyuk fidoyilik talab qiladigan burch sifatida ko’rsatiladi. O’zbek adabiyotida “Vatan” konsepti nafaqat geografik hududni, balki, butun millatning tarixiy xotirasi, ruhiy olami, qadriyatlar tizimini mujassam etadi. Vatanga mehr bu jamiyatga sadoqat, tarixiy merosga ehtirom, milliy birdamlik tuyg’usini his qilishdir. Shu boisdan, O’zbek adabiyotida vatanparvarlik to’grisidagi aforizmlarda Vatanga mehrmuhabbat nafaqat shaxsiy hissiyot sifatida, balki, umumbashariy qadriyatlar ifodasi o’laroq tavsiflanadi. Islomiy talqinlarda vatan muqaddas, Vatanga muhabbat burch va sadoqatga tenglashtirilganidek, o’zbek madaniyatida ham bu tushuncha diniy va ruhiy qadriyatlar bilan uzviy bog’liqdir. Shuningdek xalq og’zaki ijodida ham, aforizmlarda ham bu uzviylik o’z ifodasini topgan. Vatan-muqaddas makon, halollik va burch ramzi sifatida talqin qilinadi. Bu jihatdan vatanga bo’lgan mehr nafaqat ijtimoiy yoki ma’naviy, balki, axloqiy-me’yoriy darajada ekanligini namoyon qiladi. O’zbek aforizmlarida Vatan konsepti asosan metafora, metonimiya, giperbola kabi estetik vositalar orqali ko’rsatiladi. Bu kabi poetik vositalar konseptning yanada kuchli emotsional ta’sirga ega bo’lishini ta’minlab, aforizmlarning his-tuyg’uga boyligini oshiradi. O’z o’rnida, Vatanga mehr tushunchasi ruhiyestetik qadriyat darajasiga ko’tarilib, aforizmlarning ta’sir doirasini kengayishiga xizmat qiladi. Ingliz adabiyotida “Vatan” tushunchasi ko’proq “home” “country”, “motherland” kabi birliklar orqali ifodalanadi. Ingliz adabiyotida “Vatanga mehr” tushunchasi ko’proq shaxsiylashtirilgan holatda aks etadi. Masalan, “A man’s country is not a certain area of land, of mountains, rivers and woods, but it is a principle — and patriotism is loyalty to that principle.” Shuningdek “Vatan” tushunchasi ingliz aforizmlarida “home” ya’ni “uy”ga qiyoslanadi. Vatan bu “uy”, insonning tug’ilib o’sgan, istiqomat qiladigan, va ma’lum bir kasb bilan shug’ullanadigan, oilasi bilan umr kechiradigan maskan. Misol uchun, “Home is where the heart is.” 7 -“Inson qayerda ruhiy osoyishtalik topsa, o’sha joy uning vatani hisoblanadi.” Yoki “There is no place like home.” 8 - “Vatan o’ziga xos, almashtirib bo’lmaydigan makondir.” Yuqorida keltirilgan aforizmlarda “home”- kimgadir tegishli, shaxsiy uyni emas, aynan “Vatan “timsolini ifodalaydi, shunga ko’ra, Vatan huddi shaxsiy uydek e’zozlanadi. Vatanga mehr aforizmlari xalq xotirasi va ma’naviy qadriyatlarni saqlashga xizmat qiladi, ularni o‘quvchiga yetkazishda qattiq, ammo qisqa va ta’sirchan shaklni tanlaydi. Ingliz mentalitetida shaxsning mustaqilligi, individual erkinligi alohida qadrlanadi. Shu sababdan Vatan konsepti to’g’risidagi “homeland”, “native land” kabi birikmalar ko’p hollarda shaxsiy hayotiy tajriba, biror shaxsga tegishli ruhiy holat bilan bog’liq holda talqin qilinadi. Ingliz tilida “home” nafaqat jismoniy joyni, balki simvolik makonni ham ifodalaydi, ya’ni uy bu xavfsizlik va xotirjamlik, tarixiy xotira va ijtimoiy identitetdir. Ingliz aforizmlarida tarixiy xotirani saqlash, shaxsni jamiyat bilan bog’lash, milliy birlikni mustahkamlash kabi funksiyalar ko’zga tashlanadi. Vatanga mehr tushunchasi millatning fuqarolari uchun jamiyat bilan aloqa, jamiyatga keltirayotgan foydasi, na’munali fuqaro bo’lish, o’z burch va majburiyatlarini anglash va amal qilish kabilar bilan ifodalanadi. 6 O‘zbek maqollari to‘plami, Toshkent: Fan, 1987. 7 J. J. McCloskey, “Proverbs: A Handbook”, 2014 8 English Proverbs and Sayings Collection, Oxford University Press, 2015. 986 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Mehr mazmunli aforizmlarning asosi ham aynan burch, sadoqat va mas’uliyatdan tashkil topgan. Inglizcha aforizmlarning ayrimlarida Vatan ruhiy panoh, shaxsning shakllanish joyi sifatida ifoda etiladi. Bu yondashuv orqali oquvchiga Vatan g’oyasini hissiy jihatdan yaqinlashtirish, uni abstrakt tushunchadan shaxsiy kechinma darajasiga olib chiqish ko’zda tutiladi. Ingliz va o’zbek tillarida Vatanga mehr mazmunini ifodalovchi aforizmlar semantik va stilistik jihatdan farq qiladi. Ingliz aforizmlarida Vatan haqidagi ifodalar shaxsiy tinchlik, hayotiy qulaylik, o’z joying tushunchasini bildiradi. Vatanga sevgi tushunchasi esa bor sharoitga rozilik, qiyin bo’lsada o’z joyingda, Vataningda bo’lishlikning ahamiyati bilan ifodalanadi. Misol uchun: Dry bread at home is better than roast meat abroad.” — Qiyin bo‘lsa ham, o‘z uyda bo‘lish chetga chiqib begona yurtda hayot kechirishdan afzal. Ya’ni har bir kishi o’zi tug’ilib o’sgan joyida erkin, baxtli hayot kechiradi. O’zbek aforizmlarida esa Vatan bu muqaddas ona sifatida talqin qilinadi. “Ona yurt”, “Ona vatan” kabi obrazlar orqali tug’ilib o’sgan joyga cheksiz hurmat ko’rsatiladi. Shuningdek, Vatan bu umumiy uy, ajdodlar xotirasi va madaniy me’roslar jamlanmasi demakdir. O’zbek xalqi azaldan o’zining yurtparvarligi va xalqsevarligi bilan boshqa millat vakillaridan ajralib turgani holda, bu mehr xalq og’zaki ijodi bilan bir qatorda, muallifi aniq bo’lgan til birliklariaforizmlarda ham o’z aksini topadi. Masalan: “Ona yurting omon bo‘lsa, etaging gulga to‘lar.”- Inson hayoti Vatan ravnaqi bilan uzviy bog’liqdir, Yurt tinch bo’lsa, hayot osoyishta, oila tinch, ko’ngil farovon bo’ladi. Ingliz an’anasida “vatan” konsepti ko’pincha “home’ so’zi bilan ifodalanib, bu birlik orqali jismoniy makondan tashqari, ruhiy osoyishtalik, shaxsiy tinchlik va shaxsiy xotiralar ifoda etiladi. Tadqiqotlarda qayd etilishiga ko’ra, ingliz tilida “home” bu invidual psixologik hudud sifatida tushunilgan. 9 Misol tariqasida “There is no place like home.” aforizmida uy qulaylik, tinchlik va tegishlilik hissini mujassam etadi. Yoki “Home is where the heart is.” aforizmida ham shu yo’sinni ko’rishimiz mumkin. O’zbek aforizmlarida “Vatan”- ona yurt, xalq, avlod, fidoyilik tushumchalari bilan uzviy bog’liqdir. “Vatan” nafaqat shaxsning makoni, balki jamiyatning birlashuvi, tarixi va kelajagi bilan mushtarak qadriyat sifatida qaraladi 10 El — yurtning ko‘rki, yurt — elning suyanchi.”aforizmida Vatan va xalq ajralmas tushunchalar sifatida talqin etiladi. Ingliz va o’zbek adabiyotidagi mehr mazmunli, yani Vatanga muhabbat mazmunidagi aforizmlar ilmiy tahlillar quyidagi asoslarga tayanib talqin qilinadi. 1.Semantik o’xshashliklar: Har ikkala tilning frazeologik birliklarida ham vatan inson uchun ruhiy tayanch va hayotining mazmun mohiyati sifatida e’tirof etiladi va har ikkala tilda ham vatan bu boshqasi bilan alishtirib bo’lmaydigan konseptdir. 2. Semantik farqlar: Ingliz aforizmlarida Vatan ko’proq individuallikni, shaxsiy tamoyillarni, shaxsiy makonuyni bildirsa, o’zbek aforizmlarida Vatan muqaddas makon, birdam xalq, sadoqat kabi ma’nolarni anglatadi. 3.Lingvokulturologik xulosalarga ko’ra, o’zbek aforizmlarida vatan tushunchasi diniy-ahloqiy qadriyatlar vositasida talqin qilinsa, ingliz aforizmlarida shaxsiy identitet, fuqarolik mas’uliyati kabilarga bog’liqdir. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, O’zbek aforizmlarida Vatanga mehr tushunchasi ko’proq jamoaviy, tarixiy sadoqat, Vatan oldidagi burch va mas’uliyat bilan bogliq. Ingliz aforizmlarida esa bu tushuncha shaxsiylik, shaxsiy makon, qulaylik, makonga tegishlilik kabilar bilan bog’liqdir. Ikki til o’rtasidagi tafovutlar tahlil qilinganda til va madaniyat o’rtasidagi struktur farqlar, ya’ni, semantik farqlar, xalqining azaliy qadriyatlari, til birliklari tuzilishi kabilarga ahamiyat berish lozim. 9 (Mieder, 2004; Ayto, 2010). 10 (Karimov, 2002). 987 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 12 Demak, ingliz va o’zbek tillaridagi aforizmlar qiyosiy tahlil qilinganda, nafaqat tarjima yoki tilning tuzilishi jihatidan emas, balki, tarixiy tajriba, xalq ongining chuqur qatlamlarini ham inobatga olish lozimdir. Ingliz va o’zbek tillaridagi vatanga mehr mazmunli aforizmlar semantik va konseptual jihatdan umumiylikka ega bo’lsada, ularning ifoda vositalari, ma’naviy urg’ularida milliy xususiyatlar seziladi. Ingliz aforizmlarida individualizm, shaxsiy prinsiplar ustun bo’lsa, o’zbek aforizmlarida ona vatanning muqaddasligi, unga sadoqat va fidoyilik asosiy o’rinda turadi. Vatanga mehr mazmunidagi aforizmlar har qanday tilda ham nafaqat ma’naviy, tarbiyaviy qadriyatlarni ifodalaydi, balki milliy xotira, tarixiy ongni ham mujassam etadi. Ingliz va o’zbek tillaridagi aforizmlar konnotativ, stilistik, psixologik jihatdan farq qilsada, ularning asosiy vazifasi Vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirish va mustahkamlashdir. ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Nazarova, N., & Qodirova, M. Ingliz va o‘zbek tillarida vatan mavzusining lingvomadaniy talqini. — Oriental Journal of Philology, 2021. 2. Kurbanova, D. =Semantics of Patriotic Proverbs in English and Uzbek Languages. — MJSSH Academic Journal, 2022. (PDF: mjssh.academicjournal.io) 3. Abdurahimova, S. Love for the Homeland in English and Uzbek Proverbs: Comparative Analysis. — ID Publications, UK, 2019. (PDF: idpublications.org) 4. Xudoyberdiyeva, D. Metaphorical Thought in Uzbek Proverbs about the Homeland. — International Journal of Multidisciplinary Research & Innovation (IJMRI), 2023. (ijmri.de) 5. Saidova, N. Contrastive Analysis of Concept “Motherland” in English and Uzbek Languages. — Modern Humanities Research, 2022. 6. O‘zbek xalq maqollari. — Toshkent: Fan nashriyoti, 1987. 7. Karimov, A. O‘zbek maqollarining semantik-struktur xususiyatlari. — O‘zR FA Tilshunoslik instituti, 2002. 8. Sobirov, H. Ona yurt talqini o‘zbek aforizmlarida. — “Til va adabiyot ta’limi” jurnali, 2021. 9. Nazarov, Q. Folklor va milliy ong: Vatan tushunchasining shakllanishi. — Toshkent: Yangi Asr Avlodi, 2008. 10. Mieder, W. A Dictionary of English Proverbs. — Oxford University Press, 2004. 11. Speake, J. (Ed.). Oxford Dictionary of Proverbs. — Oxford University Press, 2015. 12. Ayto, J. The Oxford Dictionary of Idioms. — Oxford University Press, 2010. 13. Collins International Dictionary of Proverbs. — HarperCollins Publishers, 2012. 14. Taylor, A. Proverbs: A Handbook. — Greenwood Folklore Series, 1996. 15. Lakoff, G., & Johnson, M. Metaphors We Live By. — Chicago: University of Chicago Press, 1980. (Metafora nazariyasi uchun asosiy manba) 16. Wierzbicka, A. Understanding Cultures Through Their Key Words. — Oxford University Press, 1997. (Ingliz–slavyan–turkiy tillardagi konsept tahlil uchun asosiy manba) 17. Sharifho‘jayev, M. Til va madaniyat: lingvomadaniy tahlil asoslari. 18. Alijonova Mehrinoz Sharifjon qizi; Turon universiteti Andijon filiali Xorijiy til(ingliz tili), Lingvistika yoʻnalishi magistranti; Andijon Transport Texnikumi oʻqituvchisi