scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILI TA'LIMI ORQALI YOSHLAR MA'NAVIY BARKAMOLLIGINI MUSTAHKAMLASHNING DOLZARBLIGI

Shermatova, Dilfuza

Abstract

This article analyzes the role and prospects of Uzbek language education in the formation of spiritual maturity of youth. Theoretical and practical mechanisms for strengthening the spiritual and moral potential of youth through Uzbek language lessons based on national-cultural values, unity of language and thought, competency-based approach, experience of developed countries and modern methodological technologies are highlighted. The results of the study show that Uzbek language education is the main driver in the formation of national identity, patriotism, social responsibility and cultural communication skills in the minds of young people.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 03, Issue 1, 2025 12 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us O‘ZBEK TILI TA’LIMI ORQALI YOSHLAR MA’NAVIY BARKAMOLLIGINI MUSTAHKAMLASHNING DOLZARBLIGI Shermatova Dilfuza Yakubjanovna NamDTU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti [email protected] Annotatsiya Ushbu maqolada o‘zbek tili ta’limining yoshlar ma’naviy barkamolligini shakllantirishdagi o‘rni va istiqbollari tahlil qilinadi. Milliy-madaniy qadriyatlar, til va tafakkur birligi, kompetensiyaviy yondashuv, rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda zamonaviy metodik texnologiyalar asosida o‘zbek tili darslari orqali yoshlarning ma’naviy-axloqiy salohiyatini mustahkamlashning nazariy va amaliy mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari yoshlar ongida milliy identitet, vatanparvarlik, ijtimoiy mas’uliyat va madaniy muomala ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘zbek tili ta’limining asosiy drayver ekanini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili ta’limi, ma’naviy barkamollik, kompetensiya, til va tafakkur, ijodiy tafakkur, milliy identitet, ma’naviy qadriyatlar. Аннотация В статье анализируются роль и перспективы узбекского языкового образования в формировании духовной зрелости молодёжи. Раскрываются теоретические и практические механизмы укрепления духовно-нравственного потенциала молодёжи посредством обучения узбекскому языку на основе национально-культурных ценностей, единства языка и мышления, компетентностного подхода, опыта развитых стран и современных методических технологий. Результаты исследования показывают, что узбекское языковое образование является основным фактором формирования национальной идентичности, патриотизма, социальной ответственности и навыков межкультурного общения у молодёжи. Ключевые слова: узбекское языковое образование, духовная зрелость, компетентность, язык и мышление, творческое мышление, национальная идентичность, духовные ценности. Abstract This article analyzes the role and prospects of Uzbek language education in the formation of spiritual maturity of youth. Theoretical and practical mechanisms for strengthening the spiritual and moral potential of youth through Uzbek language lessons based on national-cultural values, unity of language and thought, competency-based approach, experience of developed countries and modern methodological technologies are highlighted. The results of the study show that Uzbek language education is the main driver in the formation of national identity, patriotism, social responsibility and cultural communication skills in the minds of young people. Keywords: Uzbek language education, spiritual maturity, competency, language and thought, creative thought, national identity, spiritual values. Kirish Yoshlar ma’naviy barkamolligi har qanday jamiyatning barqaror taraqqiyoti, ijtimoiy barqarorlik va ma’rifiy rivojlanishining asosidir. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yoshlarning intellektual salohiyati, INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 03, Issue 1, 2025 13 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik hissini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu jarayonda o‘zbek tili ta’limi nafaqat lingvistik kompetensiyalarni, balki shaxsning ichki dunyosini, axloqiy ongini, ijtimoiy faolligini shakllantiruvchi muhim vosita sifatida maydonga chiqmoqda. Chunki til – bu faqat kommunikativ mexanizm emas, balki xalq dunyoqarashi, qadriyatlari, madaniy xotirasi va ruhiyati mujassam bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Shu nuqtayi nazardan, o‘zbek tili ta’limi orqali yoshlar ma’naviy barkamolligini yajudiy mustahkamlash dolzarbligi bugungi globallashuv, mafkuraviy raqobat va axborot xurujlari davrida yanada oshmoqda. Nazariy asoslar O‘zbek tili ta’limining yoshlar ma’naviy barkamolligini shakllantirishdagi o‘rni nafaqat lingvistik, balki falsafiy, pedagogik, psixologik hamda sotsiokultural omillar majmuasida ilmiy asoslangan holda o‘rganishni talab qiladi. Mazkur bo‘lim tilning ijtimoiy mohiyati, ma’naviy qadriyatlarni yetkazishdagi funksiyalari, zamonaviy til ta’limi paradigmalari hamda milliy pedagogik meros kontekstida keng yoritiladi. Til insoniyatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida asosiy aks ettiruvchi kuch sifatida qadimdan falsafa, etnolingvistika, sotsiologiya, kulturologiya fanlarining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Falsafiy adabiyotlarda til inson tafakkurining tashqi shakli sifatida talqin qilinadi. Vygotskiy, Humboldt, Sapir, Uorflar fikriga ko‘ra: til – dunyoni idrok etish modelidir; til – shaxsning ichki axloqiy me’yorlarini shakllantiruvchi vositadir; til – jamiyatning ma’naviy tamoyillarini avloddan avlodga yetkazadi. Demak, o‘zbek tili ta’limi jarayonida nafaqat komunikativ kompetensiya, balki shaxsning ma’naviyintellektual qiyofasi shakllantiriladi. O‘zbek xalqining tarixiy shakllanishi, boy madaniy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari o‘zbek tilida aks etgan. Demak: til – milliy o‘zlikning markazi, til – tarixiy xotiraning saqlanish vositasi, til – milliy g‘urur va vatanparvarlikning tayanchi, til – yoshlarda ma’naviy immunitetni shakllantiruvchi kuchdir. Shu sababli o‘zbek tili ta’limi shaxsning milliy-ma’naviy barkamollik darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida qaraladi. I. Ma’naviy barkamollik tushunchasining ilmiy-pedagogik talqini Ma’naviy barkamollik – bu shaxsning axloqiy mezonlari shakllanganligi, ijtimoiy mas’uliyati yuqoriligi, milliy qadriyatlarga sodiqligi, estetik didi va madaniy saviyasi, kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyati bilan ifodalanadigan ko‘p qirrali sifatdir. Avloniy fikricha “Ma’naviyat – insonning eng buyuk qurolidir”. Zamonaviy pedagogikada ma’naviy barkamollik aksiyologik component, kognitiv component, emotsional component, xulqiy (behaviоral) komponentlar majmuasi sifatida talqin qilinadi. Aksiyologik komponent – qadriyatlarni anglash va qabul qilish. Kognitiv komponent – ma’naviyatga oid ilmiy va madaniy bilimlar. Emotsional komponent – shaxsning ichki hissiy madaniyati. Xulqiy (behaviоral) komponent – axloqiy me’yorlarda amal qilish. O‘zbek tili darslari aynan shu komponentlarni ijtimoiy-madaniy muhit bilan uyg‘unlikda rivojlantirib boradi. II. O‘zbek tili ta’limining ma’naviy-tarbiyaviy funksiyalari INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 03, Issue 1, 2025 14 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us a) Kommunikativ-fahmiy funksiya. Nutq madaniyati, muomala madaniyati, etika – ma’naviy barkamollikning asosiy ko‘rsatkichlaridan. O‘zbek tili ta’limi to‘g‘ri so‘zlashish, fikrni aniq ifodalash, madaniyatli muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. b) Aksiologik (qadriyatlarni singdirish) funksiya. O‘zbek tili o‘quv materiallari – maqol, hikmat, hadis, rivoyat, badiiy matnlar – qadriyatlar manbai hisoblanadi. Ular orqali halollik, adolat, mehnatsevarlik, odob, kattaga hurmat, kichikka izzat, kabi fazilatlar o‘quvchi ongiga singiydi. c) Estetik funksiya. Til – go‘zallikni his etish vositasidir. Yozma va og‘zaki nutqda badiiy obrazlar, tasviriy vositalar, nutqiy ohang, yoshlarning estetik tafakkurini yuksaltiradi. d) Ma’naviy immunitetni shakllantirish funksiyasi Zamonaviy axborot makonida yoshlar ko‘plab mafkuraviy tahdidlarga duch kelmoqda. O‘zbek tili darslarida beriladigan tanqidiy fikrlash, matn tahlili, axborotga tanlab yondashish ko‘nikmalari yoshlarni zararli g‘oyalardan himoya qiladi. III. Milliy pedagogik meros va o‘zbek tili ta’limi O‘zbek pedagogika tarixi boy va 100 yillik ilmiy an’analarga ega. Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Oybek kabi ma’rifatparvarlar asarlarida millatning ma’naviy ildizlari, insoniy fazilatlar, ona tilining sharafi katta e’tibor bilan yoritilgan. Avloniy tilni inson kamolotining poydevori deb biladi. “Til – tarbiya yo‘li, fikr – til yo‘li bilan namoyon bo‘lur.” Demak, tilni o‘rgatish – tarbiyaning eng samarali shaklidir. 2020-yildan boshlab qabul qilingan davlat dasturlari, o‘quv rejalari va konsepsiyalarda ona tili ta’limi, ma’naviy tarbiya, milliy o‘zlikni anglash kabi tushunchalar bir-biridan ajralmas jarayon sifatida belgilandi. IV.Zamonaviy til ta’limi paradigmalari 1. Kompetensiyaviy paradigma Til ta’limi faqat bilim emas, balki shaxsga yo‘naltirilgan kompetensiyalarni shakllantiradi: lingvistik kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, madaniy kompetensiya, aksiyologik kompetensiya, ma’naviy-axloqiy kompetensiya. 2. Kommunikativ paradigma Til – bu nutq faoliyati; nutq faoliyati esa ijtimoiy-axloqiy tafakkurni shakllantiradi. O‘quvchilar fikrlaydi, bahslashadi, o‘z pozitsiyasini himoya qiladi, bu esa ma’naviy yetuklikni kuchaytiradi. 3. Aksiologik paradigma (qadriyatga yo‘naltirilgan ta’lim) Darslar qadriyatlar asosida quriladi: badiiy matnlar tahlili, muammoli savollar, ma’naviy vaziyatlarni hal qilish, orqali yoshlarning ichki ruhiyati rivojlanadi. 2.6. O‘zbek tili ta’limida ma’naviy komponentni kuchaytiruvchi vositalar 1. Badiiy adabiyot. Badiiy asarlar milliy ruh, tarixiy xotira, axloqiy fazilatlar singdirishning eng kuchli vositasidir. 2. Maqollar, hikmatlar, xalq og‘zaki ijodi. Ular qisqa, mazmunli bo‘lib, axloqiy me’yorlarni tez o‘zlashtirishga yordam beradi. 3. Hayotiy case-studiylar. O‘quvchilarda muammoni axloqiy nuqtai nazardan baholash, to‘g‘ri qaror qabul qilish, ko‘nikmalarini shakllantiradi. 4. Media va raqamli resurslar. Ma’naviy-tarbiyaviy kontentlar milliy film va videolar, podkastlar, ma’naviyatga oid intervyular, ularda ma’naviy immunitetni mustahkamlaydi. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 03, Issue 1, 2025 15 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us 2.7. Nazariy asoslarning umumiy xulosasi Yuqoridagi ilmiy-nazariy yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki: til shaxs ma’naviyatining asosiy manbai; o‘zbek tili ta’limi yoshlar ma’naviyatini shakllantiruvchi strategik omil; til o‘qitish jarayonida ma’naviy qadriyatlarni singdirish tabiiy, tug‘ma jarayon; ma’naviy barkamollik til o‘qitishning umumiy maqsadi sifatida maydonga chiqadi. 3. Metodologiya va tadqiqot usullari Mazkur tadqiqotning metodologik asoslari tilshunoslik, pedagogika, psixologiya, aksiologiya, etnopedagogika va zamonaviy ta’lim texnologiyalari yutuqlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, yoshlarning ma’naviy barkamolligini o‘zbek tili ta’limi orqali rivojlantirish jarayonini chuqur va tizimli o‘rganishni maqsad qiladi. Bo‘limda tadqiqotning nazariy-metodologik poydevori, ilmiy yondashuvlar hamda qo‘llanilgan tadqiqot usullari keng yoritiladi. Tilni xalqning tarixiy taraqqiyotida shakllangan ijtimoiy-madaniy tajriba sifatida o‘rganish ushbu tadqiqotning asosiy metodologik tayanchlaridandir. Bu yondashuvga ko‘ra til – madaniy merosning tarkibiy qismi, til – qadriyat va axloqiy me’yorlar tashuvchisi, til ta’limi – shaxsning ma’naviy shakllanishi uchun muhim psixologik omildir. Tadqiqot ma’naviy barkamollikni shakllantirish jarayonini qadriyatlarga asoslangan holda o‘rganadi. Aksiologik yondashuv ma’naviy qadriyatlar, axloqiy normalar, milliy g‘oyalarni ta’lim mazmuni va metodikasiga integratsiya qilishni nazarda tutadi. Zamonaviy ta’lim siyosati shaxsning bilim, ko‘nikma va qadriyatlar majmuasini kompetensiyalar orqali o‘lchaydi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘zbek tili darslarida ma’naviy-axloqiy kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, lingvistik va madaniy kompetensiya, tanqidiy va ijodiy fikrlash kompetensiyasi shakllantirilishi ko‘zda tutiladi: Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv-bu yondashuv har bir o‘quvchining individual ehtiyojlari, qobiliyati, shaxsiy ma’naviy tajribasini inobatga olishni ko‘zlaydi. O‘zbek tili ta’limi o‘quvchi tajribasini faollashtiradi, shaxsiy fikrni mustaqil ifodalashga undaydi, ma’naviy qarorlar qabul qilish jarayonida ijodiy tafakkurga tayanadi. O‘zbek xalqining boy madaniy merosi, odob-axloq qoidalari, badiiy adabiyot, xalq og‘zaki ijodi o‘quv materiallarining asosiy manbai sifatida qaraladi. Etnopedagogik yondashuv yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, e’tiqod va odob madaniyati, vatanparvarlik hissini mustahkamlaydi. 3.2. Tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan usullar 1. Nazariy tadqiqot usullari a) Ilmiy–nazariy tahlil Tilshunoslik, pedagogika, psixologiya, ma’naviyatga oid ilmiy manbalar, o‘quv dasturlari, darsliklar chuqur tahlil qilindi. Bu jarayon nazariy asoslarni aniqlash, muammo bo‘yicha tadqiqotlar holatini belgilash, yetishmayotgan ilmiy bo‘shliqlarni aniqlash imkonini berdi. b) Kontent-tahlil O‘zbek tili darsliklari (5–11-sinflar), badiiy matnlar, maqollar, hikmatlar tarkibidagi ma’naviy mazmun strukturalashtirildi. Kontent-tahlil orqali qaysi mavzularda ma’naviy komponent kuchli, qaysi mavzularda yetarli emas, qaysi matnlar ma’naviy-indikativ qimmatga ega ekanligi aniqlab chiqildi. c) Komparativ tahlil INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 03, Issue 1, 2025 16 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Rivojlangan davlatlarda (Finlyandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya) ona tili ta’limida ma’naviy tarbiya tajribasi o‘rganildi. Bu tahlil ta’lim jarayoniga global tajribalarni singdirish imkonini berdi. 2. Empirik tadqiqot usullari a) Pedagogik kuzatish O‘zbek tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy faolligi, ma’naviy mazmundagi matnlarga munosabati, axloqiy qaror qabul qilish qobiliyati muntazam ravishda kuzatildi. Pedagogik kuzatish natijalari ma’naviy tarbiyaning o‘zbek tili orqali qanday shakllanishini aniq ko‘rsatdi. b) So‘rovnoma (anketa) va suhbat 120 nafar o‘quvchi va 35 nafar o‘zbek tili o‘qituvchisi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada quyidagi savollar o‘rganildi: 1. Qaysi darslar ma’naviy tarbiya beradi? 2. O‘quvchilarda qaysi fazilatlar kuchli shakllanmoqda? 3. Qaysi metodlar ma’naviy ta’sirni kuchaytiradi? 4. Badiiy asarlar ta’siri qanday baholanadi? Suhbatlar orqali o‘quvchilarning shaxsiy ma’naviy qarashlari tahlil qilindi. c) Eksperimental-ta’limiy metod Sinov-sinf va nazorat-sinf o‘rtasida taqqoslovchi eksperiment o‘tkazildi. Sinov guruhida badiiy matn asosida ma’naviy tahlil, rol o‘ynash, qadriyatga yo‘naltirilgan case-study, muloqotli o‘yinlar qo‘llandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sinov guruhidagi o‘quvchilarda ma’naviy fikrlash, mulohaza qilish, ijtimoiy mas’uliyat, muloqot madaniyati aholida sezilarli o‘sish kuzatildi. 3. Diagnostik tadqiqot usullari a) Test sinovlari O‘quvchilarning lingvistik saviyasi bilan birga, ma’naviy-axloqiy bilimlarini aniqlovchi test topshiriqlari ishlab chiqildi. b) Refleksiya varaqalari O‘quvchilar har bir mavzu bo‘yicha o‘rgangan ma’naviy g‘oyalar, shaxsiy xulosalar, kelajakdagi faoliyatga tatbiqi haqida fikr yozdilar. Refleksiya ma’naviy o‘zgarishlarni monitoring qilish uchun juda muhim bo‘ldi. c) Ekspert baholash O‘zbek tili o‘qituvchilari va metodistlar tomonidan dars jarayonidagi ma’naviy komponentning ifodalanishi baholandi. Ushbu tadqiqot manbalar tanlovining ilmiyligi, metodlarning ko‘p qirraliligi (nazariy + empirik), eksperiment natijalarining taqqoslamali tahlili, ekspertlar fikri bilan tasdiqlanishi, statistik ma’lumotlar bilan mustahkamlanishi orqali ilmiy asoslandi: Natijalar qayta-qayta tekshirildi va umumlashtirildi, bu esa tadqiqotning ishonchliligi va validligini ta’minladi. Natijalar Tadqiqot davomida o‘zbek tili ta’limi yoshlar ma’naviy barkamolligini qanday shakllantirishi, dars jarayonidagi psixologik-pedagogik omillar, o‘quvchilarning nutqiy va ma’naviy faolligi, qadriyatga yo‘naltirilgan metodlarning samaradorligi chuqur o‘rganildi. Olingan natijalar nazariy yondashuvlar va amaliy kuzatuvlar asosida tizimlashtirildi. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 03, Issue 1, 2025 17 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us O‘zbek tili ta’limi yoshlar ma’naviyatini shakllantirishning tabiiy va ustuvor omili ekanligi tasdiqlandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek tili darslari shaxsning nutqiy kompetensiyasini, axloqiy ongini, ijtimoiy faolligini, milliy o‘zlikni anglashini, madaniy tafakkurini kompleks rivojlantiruvchi eng samarali fanlardan biri hisoblanadi. O‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan anketa natijalariga ko‘ra, 85% pedagoglar o‘zbek tili darslari o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy qarashlarini shakllantirishda eng ta’sirchan pedagogik maydon ekanini ta’kidladi. Badiiy adabiyot va o‘quv matnlari ma’naviy tarbiyaning kuchli manbai sifatida o‘zini isbotladi. Tadqiqot davomida dars jarayonida turli badiiy matnlar (O. Yoqubov, A. Qodiriy, S. Ahmad, Cho‘lpon, Oybek, Said Ahmad asarlari) asosida o‘quvchilar ma’naviy ongidagi o‘zgarishlar kuzatildi: O‘quvchilar nutqida adolat, halollik, burch, sadoqat kabi tushunchalardan foydalanish soni oshdi; badiiy qahramonlar xatti-harakatlariga axloqiy baho berish ko‘nikmalari shakllandi; kelajak hayoti uchun ma’naviy maqsadlar qo‘yish holatlari ko‘paydi; o‘z hayotidagi qarorlarni axloqiy mezonlar bilan solishtirib baholashga o‘rgana boshladi. Ijtimoiy-madaniy did rivojlanishi: Sinov-sinfda o‘tkazilgan kuzatuvlarga ko‘ra 70% o‘quvchi badiiy matnlardagi ma’naviy g‘oyalarni o‘z hayoti bilan bog‘lab talqin qila boshlagan; o‘quvchilar nutqida ijobiy ma’naviy qadriyatlarni aks ettiruvchi iboralar ko‘lamining kengaygani qayd etilgan. Interaktiv metodlar ma’naviy rivojlanishni sezilarli oshirganini isbotladi. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodlar: bahs-munozara, rol o‘ynash, case-study, klasterlar, axloqiy vaziyatlarni hal qilish, refleksiya. Bu metodlar o‘quvchilarning ijtimoiy mas’uliyati 32% ga oshirdi (anketa natijalari), tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari 41% yuqori natija ko‘rsatdi, ma’naviy mazmundagi bahslar o‘quvchilarda xolis yondashish ko‘nikmasini kuchaytirdi, shaxsiy fikr va pozitsiyani shakllantirish jarayonida o‘quvchilar axloqiy qaror qabul qilish amaliyotiga ega bo‘ldilar. Bu natijalar o‘zbek tili ta’limida interaktiv metodlardan foydalanish yoshlarning ma’naviy yetukligiga bevosita ta’sir etishini ko‘rsatadi. Dars jarayonida milliy filmlar, ijtimoiy-ma’naviy videoroliklar, o‘zbek adabiy merosi haqida hujjatli filmlar qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki o‘quvchilar haqida Vatanga muhabbat, tarixga hurmat, o‘zlikni anglash darajasi 28–35% oshgan, media vositalari orqali o‘rgangan ma’naviy mavzular haqidagi fikrlar o‘quvchilarda yanada mustahkam og‘zaki nutq shakllanishiga yordam bergan, o‘quvchilarda axborotni tanqidiy qabul qilish ko‘nikmasi oshib, mafkuraviy immunitet kuchaydi. Bu esa o‘quvchilarni internetdagi zararli axborot oqimidan himoya qilishda o‘zbek tili ta’limi muhim omil bo‘lishini isbotlaydi. Eksperiment davomida 60 nafar o‘quvchi ikki guruhga bo‘lindi. Sinov guruhiga – ma’naviy yo‘naltirilgan o‘zbek tili darslari o‘tkazildi. Nazorat guruhiga – an’anaviy darslar davom ettirildi. Eksperiment natijalari: Ko‘rsatkich Nazorat guruhi Sinov guruhi Farq (%) Ma’naviy qadriyatlarni fahmlash 54% 82% +28% Axloqiy vaziyatlarni sharhlash 47% 79% +32% INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 03, Issue 1, 2025 18 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Ko‘rsatkich Nazorat guruhi Sinov guruhi Farq (%) Nutq madaniyati 61% 88% +27% Vatanparvarlik g‘oyalarini talqin qilish 58% 85% +27% Tanqidiy fikrlash 52% 83% +31% Ushbu ma’lumotlar o‘zbek tili ta’limi to‘g‘ri tashkil etilganda ma’naviy sifatlar, axloqiy ong, shaxsiy pozitsiya, jamiyatga nisbatan mas’uliyat aniq ravishda oshishini ilmiy isbotlaydi. Tadqiqot davomida o‘quvchilar nutqida “burch”, “mas’uliyat”, “adolat”, “halollik”, “sadoqat”, “odob”, “vatanparvarlik” kabi ma’naviy-leksik birliklardan foydalanish ko‘rsatkichlari 40–55% o‘sgani qayd etildi. Shuningdek o‘quvchilar hissiy-nutqiy boyligi oshdi; ma’naviy xulosalar chiqarish tezligi ortdi; mavzu bo‘yicha argumentlangan fikrlar ko‘paydi; shaxsiy pozitsiyani asoslab izohlash ko‘nikmalari rivojlandi. Refleksiya varaqalari orqali aniqlangan ma’naviy o‘zgarishlar o‘quvchilar 78% holatda o‘zida ma’naviy sifatlar rivojlanganini qayd etdi, sensitiv mavzularda (odob, halollik, mas’uliyat, mehrshafqat) talqin qobiliyati oshgan, o‘quvchilar atrofdagilarga nisbatan hurmat, bag‘rikenglik, xolis yondashuv kabi fazilatlarni ko‘proq namoyon qilgan. Bu o‘zgarishlar o‘zbek tili ta’limi shaxs kamoloti, ichki dunyo tarbiyasi va ijtimoiy ong rivojiga bevosita ta’sir etayotganini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalarining umumlashgan ko‘rinishi shuni ko‘rsatdiki O‘zbek tili darslarida ma’naviy komponentni kuchaytirish yoshlar ongiga juda kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy matnlar, xalq og‘zaki ijodi, interaktiv metodlar va media-resurslar-integriyasi ma’naviy barkamollikni shakllantirishning eng samarali vositalari ekanligi isbotlandi. O‘zbek tili ta’limi – faqat grammatik bilim emas, balki shaxs ma’naviy kamolotining markaziy elementi sifatida namoyon bo‘ldi. Munozara Tadqiqot natijalari o‘zbek tili ta’limining yoshlar ma’naviy barkamolligini shakllantirishdagi yetakchi omillardan biri ekanini ko‘rsatdi. Munozara bo‘limida ushbu natijalar keng tahlil qilinadi, mavjud ilmiy qarashlar bilan solishtiriladi hamda o‘zbek tili ta’limining ma’naviy-tarbiyaviy imkoniyatlari chuqur sharhlanadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek tili darslari nafaqat kommunikativ kompetensiya, balki axloqiy ong, milliy identitet, ijtimoiy faollik, aqliy madaniyat, estetik did, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bu holat Avloniy, Fitrat, Vygotskiy va zamonaviy pedagogik texnologiyalar nazariyalari bilan to‘liq uyg‘un keladi. Til ta’limi jarayonida shaxs o‘z-o‘zini anglaydi, jamiyatning ma’naviy me’yorlarini ichki dunyosiga singdiradi. Dars jarayonida ma’naviy mazmunni qo‘shish majburiy, sun’iy yoki alohida qo‘shiladigan element emas — balki tilning o‘zi tabiatidan kelib chiqadigan uzviy jarayon ekanligi isbotlandi. Matn tahlili orqali — axloqiy g‘oya singadi. Nutq o‘stirish orqali — madaniyatli muomala rivojlanadi. Badiiy obraz orqali — estetik did shakllanadi. Muammoli savollar orqali — tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. Bahs-munozara orqali — shaxsiy pozitsiya mustahkamlanadi. Demak, ma’naviyat til ta’limining tabiiy hosilasidir. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 03, Issue 1, 2025 19 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Zamonaviy interaktiv metodlar ma’naviy rivojlanishning asosiy drayveriga aylandi. Eksperimentlar shuni ko‘rsatdiki: bahs-munozara, axloqiy vaziyatlarni tahlil qilish, ijodiy yozuv, rolli o‘yinlar, casestudy, refleksiya varaqalari yoshlarning shaxsiy ma’naviy fazilatlarini kuchaytiruvchi eng samarali vosita sifatida maydonga chiqdi. Bu metodlar o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat, halollik, bag‘rikenglik, adolatparvarlik, vatanparvarlik, hamkorlikda ishlash madaniyati kabi sifatlarni aniq tarbiyalagan. O‘zbek adabiyoti namunalarida mujassam milliy qadriyatlar, xalqona donishmandlik, ruhiy-axloqiy saboqlar, tarixiy shaxslar fazilatlari o‘quvchilarda chuqur ta’sir uyg‘otdi. Tadqiqot ko‘rsatdiki, aynan badiiy matnlar o‘quvchida empatiya, tasavvur, axloqiy mulohaza, insonparvarlik, ezgulikka intilish kabi ma’naviy-psixologik mexanizmlarni faollashtiradi. Bu esa til ta’limida matn tanlovining pedagogik ahamiyatini yanada oshiradi. Zamonaviy o‘quvchilar ko‘proq vizual va axborotli resurslar orqali o‘rganadi. Media-integratsiya milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat, ijtimoiy ong, mafkuraviy immunitet kabi fazilatlarni rivojlantirdi. Bu natija o‘zbek tili ta’limida raqamli texnologiyalarni qo‘llash ma’naviy-ta’limiy samaradorlikni ko‘paytirishini ko‘rsatadi. Xulosa Yuqoridagi nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida quyidagi umumiy xulosalar chiqarildi: O‘zbek tili ta’limi yoshlar ma’naviy barkamolligining asosiy manbai. Til shaxs ma’naviyatining asosiy ifodachisi bo‘lgani uchun, o‘zbek tili ta’limi yoshlar ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdiruvchi markaziy pedagogik maydon hisoblanadi. Til ta’limi orqali ma’naviy-axloqiy sifatlar samarali shakllanadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek tili darslarida halollik, adolat, mas’uliyat, vatanparvarlik, bag‘rikenglik, estetik did, madaniyatli muomala, ijtimoiy faollik kabi sifatlar uzviy ravishda shakllanadi va mustahkamlanadi. Badiiy matnlar ma’naviy tarbiyaning eng kuchli vositasi. O‘zbek adabiyoti namunalarida mujassam ruhiy-axloqiy saboqlar o‘quvchilarning hissiy olami, empatiyasi, tanqidiy fikrlashi, axloqiy mezonlari, milliy o‘zlikni anglash darajasi yuksalishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Interaktiv metodlar va media-resurslar ma’naviy ta’lim samaradorligini oshiradi. Bahs-munozara, axloqiy vaziyatlarni tahlil qilish, case-study, refleksiya, rolli o‘yinlar o‘quvchilarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash, axloqiy qaror qabul qilish, madaniyatli muloqot ko‘nikmalarini kuchaytiradi. Media-resurslar esa ma’naviy immunitet va milliy ongni mustahkamlaydi. O‘zbek tili ta’limi — yoshlar ma’naviy barkamolligining eng muhim pedagogik drayveridir. Til ta’limi orqali yoshlar jamiyatning ma’naviy negizlarini chuqur anglaydi, axloqiy qarorlar qabul qila oladi, milliy madaniyatning haqiqiy davomchisiga aylanadi. Shu bois o‘zbek tili ta’limini ma’naviy-tarbiyaviy jihatdan boyitish davlat, jamiyat va ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi. 2. Fitrat A. O‘zbek tili va adabiyoti masalalari. – Toshkent. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari. – 2017–2024. 4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat. 5. Rashidov S. Inson va ma’naviyat haqida. – Toshkent. 6. Vygotskiy L.S. Pedagogik psixologiya. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 03, Issue 1, 2025 20 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us 7. Komenskiy Ya.A. Buyuk didaktika. 8. Mavjud o‘zbek tili darsliklari (5–11-sinflar). 9.