INFLUENCER MARKETING VA BREND XABARDORLIGINI OSHIRISH
Full text
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 482 INFLUENCER MARKETING VA BREND XABARDORLIGINI OSHIRISH Usmanova Sohiba Sokibayevna Jizzax Politexnika Instituti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o'qituvchisi Ochilova Farangiz Husniddin qizi JizPi Sanoat texnologiyalari fakulteti talabasi [email protected] +99895 449 16 66 https://doi.org/10.5281/zenodo.18055521 Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli marketingning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan influencer marketing tushunchasi hamda uning brend xabardorligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ushbu maqolada influencer marketingning mohiyati, shakllari (mega, mikro, makro va nano influencerat) ilmiy jihatdan o‘rganiladi. Kalit so‘zlar. influencer marketing, brend xabardorligi, ijtimoiy tarmoqlar, reklama strategiyasi, content. Abstract. This article analyzes the changes in the registration of influencer marketing, one of the important areas of marketing, and its branding. This article studies the scientific research on influencer marketing, control (mega, micro, macro and nano influencerat). Keywords. influencer, marketing, branding, social networks, advertising strategy, content. Аннотация. В данной статье анализируются изменения в регистрации инфлюенсмаркетинга, одной из важных областей маркетинга, и его брендинга. В статье изучаются научные исследования в области инфлюенс-маркетинга, контроля (мега, микро, макро и наноинфлюенсеры). Ключевые слова. инфлюенс-маркетинг, брендинг, социальные сети, рекламная стратегия, контент. Kirish. Influencer marketing (ta’sirchan marketing)-bu brendni tanitish, xabardorligini oshirish (brand awareness) va mijozlar ishonchini qozonish uchun mashhur shaxslar (influencerlar) bilan hamkorlik qilish; ular orqali mahsulot yoki xizmatlar haqidagi ma’lumotni maqsadli auditoriyaga yetkazish, ijobiy munosabatlarni shakllantirish va xaridga undash kabi maqsadlarga erishiladi. Influencer marketing bu - ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p obunachiga ega, odamlar ishonadigan shaxslar (blogerlar, mashhur insonlar, mutaxassislar) orqali mahsulot yoki xizmatni targ‘ib qilish usulidir. Bu yerda reklama oddiy e’lon ko‘rinishida emas, balki influencerning shaxsiy tavsiyasi sifatida beriladi. Odamlar reklamalarga ko‘pincha shubha bilan qaraydi, lekin influencerga ishonadi. Influencer o‘z auditoriyasi bilan do‘stona va yaqin aloqaga ega bo‘lgani uchun uning tavsiyasi ishonchli qabul qilinadi. Shu orqali brend ongda ijobiy tasavvur qoldiradi. Influencerning marketingning brend xabardorligini oshirishdagi ro‘li qanday? Maqsadli auditoriyaga erishish, influencerlar o‘z obunachilariga ta’sir o‘tkazishi, bu esa brendni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi xaridorlar qatlamiga tanishtiradi. Ishonch va ijobiy munosabat, obunachilar influencerga ishonishi, bu ishonch brendga ham o‘tadi va ijobiy effekt yaratadi. Kontent yaratish, influencerlar brend uchun original, qiziqarli kontent (postlar, videolar, stories) yaratadi, bu esa brendning ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rinishini yanada boyitadi. Kengaygan qamrov (Reach), kompaniya qamrovi influencerning o‘z obunachilari va
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 483 ularning do‘stlariga tarqalib, brend xabardorligini keskin oshiradi. Samarali influencer marketing strategiyasi. Maqsadni aniqlash, xabardorlikni oshirishga, savdoni ko‘paytirishga, maqsadni konkretlashtirishga mos bo‘lishi shart. To‘g‘ri influencerni tanlashda, maqsadli auditoriyaga mos, ishonchli va yashirin maqsadlari bo‘lmagan (reklama ekanligini ochiq aytadigan) influencerning qobiliyatiga ahamiyat berish zarur. Qiziqarli kontent yaratish, influencer brendni real hayotda qanday ishlatayotganini ko‘rsatishi lozim, zerikarli reklama emas, balki qiziqarli hikoya yarata olishi kerak. Natijalarni o‘lchash, e’lonlar soni, ko‘rishlar, layklar, sharhlar, havolalarni bosish (click-through rate) kabi metrikalar kuzatib boriladi. Influencer, marketing brendiga yangi mijozlar topishga, obro‘sini oshirishga va raqobatchilar orasida ajralib turishga yordam beradigan samarali vositachidir. Influencerlar tomonidan yaratilgan kontent shaxsiy tajriba, tavsiya va kundalik hayot misollari orqali brendni auditoriyaga yaqinlashtiradi. Bunday yondashuv iste’molchilarda brendga nisbatan ishonch hissini shakllantiradi hamda, reklama xabarining qabul qilinish darajasini oshiradi. Natijada brend nomi tezroq esda qoladi va auditoriya ongida ijobiy obraz hosil bo‘ladi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda muntazam takrorlanadigan vizual va matnli kontent brendni tanib olish darajasini kuchaytiradi. Influencer marketing brend xabardorligini oshirishda maqsadli auditoriyaga aniq yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Har bir influencer o‘zining demografik, psixografik va ijtimoiy xususiyatlarga ega auditoriyasiga ega bo‘lib, bu brend uchun reklama xabarini to‘g‘ri iste’molchiga yetkazish imkonini beradi. Shu orqali marketing resurslaridan samarali foydalaniladi va brend xabardorligi sifat jihatidan mustahkamlanadi. Mazkur marketing usulining muhim jihatlaridan biri - influencerlarning obunachilar bilan o‘zaro muloqotga kirishishidir. Izohlar, jonli efirlar va savol-javoblar orqali auditoriya brend bilan faol aloqaga kirishadi. Bu esa brendni oddiy nom yoki logotip sifatida emas, balki ijtimoiy muhitning bir qismi sifatida qabul qilinishiga olib keladi. Shu tariqa brend xabardorligi faqat tanishlik darajasida qolmay, balki hissiy bog‘liqlik bilan mustahkamlanadi. Influencer marketing zamonaviy raqamli muhitda brend xabardorligini oshirishning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan vositasidir. U reklama jarayonini insoniylashtiradi, iste’molchi ishonchini kuchaytiradi va brendning bozor maydonidagi tan olinuvchanligini oshiradi. Shu sababli influencer marketing bugungi kunda ko‘plab kompaniyalar marketing strategiyasining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Influencer marketing, zamonaviy marketing strategiyalarining ajralmas qismiga aylanib borayotganini tasdiqlaydi. Influencerlarning o‘z auditoriyasi bilan shaxsiy aloqalari va ularga bo‘lgan ishonch darajasi iste‘molchilarning xarid qilish qarorlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, mikro-influencerlar kichikroq, lekin ko‘proq jalb qilingan auditoriyasi tufayli yuqori konversiya darajalariga erishishlari mumkin. Shuningdek, shaffoflikka asoslangan, nishonli auditoriyaga mos keladigan va qiziqarli bo‘lgan kampaniya mazmuni muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Shunga qaramay, influencer marketing har doim ham samarali bo‘lavermaydi. Samaradorlik influencerning ishonchliligi, uning auditoriyasi bilan bog‘lanishi, kampaniyaning sifati va brendning qadriyatlariga mos kelishiga bog‘liq. Soxta izdoshlar, yolg‘on ma‘lumotlar va avtentik (haqiqiy) bo‘lmagan reklama iste‘molchilarning ishonchini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, influencerga marketingning samaradorligini o‘lchash va baholash qiyin b‘lishi mumkin. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, Influencerlar, marketingning samaradorligini oshirishda quyidagi tavsiyalarni berishi mumkin. Influencerni to‘g‘ri tanlash, marketing menejerlari influencerni tanlashda ehtiyot bo‘lishlari kerak, influencerga o‘z ijodiy uslubini qo‘llash va
YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 484 auditoriya bilan haqiqiy munosabatlarni o‘rnatishga imkon berish lozim. Iset’molchilarning ishonchini saqlash uchun reklama kampaniyalarida shaffoflikni ta’minlash muhim, hamkorlik haqida aniq ma’lumot berish va yolg‘on ma’lumot tarqatishdan qochish kerak. Influencer marketing kampaniyalarining samaradorligini o‘lchashi va baholashi muhim, buning uchun turli analitik vositalardan foydalanish mumkin (masalan, veb-saytga tashriflar soni, konversiyalar, ijtimoiy media yutuqlari). Sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish texnologiyalaridan foydalanish, influencer tanlash va kampaniyani optimallashtirish jarayonlarini yaxshilashga yordam beradi. Influencer marketingning etik jihatlariga e‘tibor qaratishi, iste‘molchilarni himoya qilishi va sohada o‘zini tartibga solish mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlashi kerak. Influencer marketingni uzoq muddatli marketing strategiyasining bir qismi sifatida ko‘rib chiqishi muhim, muvaffaqiyatli kampaniyalar brendga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantiradi va mijozlarning sodiqligini oshiradi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Raimova M. Iste’molchi xulq-atvori. O’quv qo’llanma. – Qarshi, “Qarshi davlat universiteti”, nashriyori, 2024 y. – 274 y. 2. Brown D., Fiorella S. Influence Marketing: How to Create, Manage, and Measure Brand Influencers in Social Media Marketing. – Que, 2013. – 227 p 3. Brown D., Fiorella S. Influence Marketing: How to Create, Manage, and Measure Brand Influencers in Social Media Marketing. – Que, 2013. – 227 p 4. Kim, A., & Lee, H. (2020). The effects of influencer marketing on brand attitude and purchase intention. Journal of Business Research, × 111 ×, 271-280. 5. Nаrkulоvа Sh.Sh. Соnsumer behаviоur: Textbооk. – Sаmаrkаnd: SаmIES, “STАR-SELL” L.L.С. editоriаl оffise, 2022. – 394 p. 6. Keller, K. L. (2011). Strategic brand management: Building, measuring, and managing brand equity. Upper Saddle River, NJ: Pearson Prentice Hall 7. Philip Коtler: Marketing Essentials, 1984. / Филип Котлер: Основы маркетинга. Перевод на русский язык: В. Б. Бобров. — М., 1990. 8. Rаimоvа M. (2025). RАQАMLI TЕХNОLОGIYАLАR АSОSIDА ISTЕ’MОLСHI ХULQАTVОRINI BОSHQАRISH. Iqtisоdiy tаrаqqiyоt vа tаhlil. https://dоi.оrg/10.60078/2992877Х2025-vоl3-iss1-pp130-138 9. Nazarov, K. (2017). Marketingni rivojlantirishda brendni shakllantirishning o'rni. Tashkent: O'zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti.