scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INFLUENSER MARKETING VA BREND XABARDORLIGINI OSHIRISH

Usmanova Sohiba Sokibayevna; Murodova E'zoza A'zam qizi

Full text

YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 491 INFLUENSER MARKETING VA BREND XABARDORLIGINI OSHIRISH Usmanova Sohiba Sokibayevna Jizzax Politexnika Instituti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o'qituvchisi Murodova E‘zoza A’zam qizi Jizzax Politexnika instituti Sanoat texnologiyalar fakulteti III bosqich talabasi [email protected] +99894 443 27 26 https://doi.org/10.5281/zenodo.18055628 Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy marketing yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan influenser marketing tushunchasi va uning brend xabardorligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi natijasida influenserlar orqali mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish marketingning samarali vositasiga aylandi. Tadqiqot davomida influenser marketingning afzalliklari, brend imijiga ta’siri hamda iste’molchilar ongida brendni shakllantirishdagi roli yoritilgan. Maqola natijalari marketing strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar. Influenser marketing, brend, brend xabardorligi, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli marketing. ANNOTATION. This article analyzes the concept of influencer marketing, one of the modern marketing trends, and its role in increasing brand awareness. As a result of the development of digital technologies and social networks, promoting products and services through influencers has become an effective marketing tool. The study highlights the advantages of influencer marketing, its impact on brand image, and its role in shaping the brand in the minds of consumers. The results of the article are of practical importance in developing marketing strategies. Keywords. Influencer marketing, brand, brand awareness, social networks, digital marketing. АННОТАЦИЯ. В данной статье анализируется концепция инфлюенс-маркетинга, одного из современных маркетинговых трендов, и его роль в повышении узнаваемости бренда. В результате развития цифровых технологий и социальных сетей продвижение товаров и услуг через инфлюенсеров стало эффективным маркетинговым инструментом. В исследовании освещаются преимущества инфлюенс-маркетинга, его влияние на имидж бренда и роль в формировании бренда в сознании потребителей. Результаты статьи имеют практическое значение при разработке маркетинговых стратегий. Ключевые слова. Инфлюенс-маркетинг, бренд, узнаваемость бренда, социальные сети, цифровой маркетинг. KIRISH Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot sharoitida marketing faoliyati an’anaviy usullardan zamonaviy, innovatsion yondashuvlarga o‘tmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning keng ommalashuvi natijasida iste’molchilar bilan bevosita va ishonchli aloqa o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shunday sharoitda influenser marketing marketingning eng samarali yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllanmoqda. Influencer marketing bu - ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyaga ega bo‘lgan shaxslar orqali brend, mahsulot yoki xizmatni targ‘ib qilish YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 492 jarayonidir. Ushbu marketing turi iste’molchilarning qaror qabul qilishiga kuchli ta’sir ko‘rsatib, brend xabardorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Influencer buo‘zining obunachilari orasida ishonch qozongan va ularning fikriga ta’sir ko‘rsata oladigan shaxsdir. Influencerlar blogerlar, mashhur shaxslar, mutaxassislar yoki ijtimoiy tarmoqlarda faol foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin. Ular Instagram, YouTube, TikTok va Telegram kabi platformalarda faoliyat yuritadilar. Influencer marketingning asosiy ustunligi shundaki, reklama tabiiy va ishonchli shaklda taqdim etiladi. Oddiy reklamalardan farqli ravishda, influenserlar mahsulotni shaxsiy tajribasi asosida tavsiya qiladi. Bu esa iste’molchilarda brendga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi. Brend xabardorligi bu - iste’molchilarning ma’lum bir brendni tanishi, eslab qolishi va uni boshqa brendlar orasida ajrata olish darajasidir. Influencer marketing brend xabardorligini oshirishda bir necha jihatlar orqali samarali hisoblanadi. Birinchidan, influenserlar katta auditoriyaga ega bo‘lib, qisqa vaqt ichida brend haqida keng ommaga axborot tarqatish imkonini beradi. Ikkinchidan, influenser va uning obunachilari o‘rtasidagi ishonch brendga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uchinchidan, kontent vizual va qiziqarli bo‘lgani sababli brend esda qolarli bo‘ladi. Natijada, iste’molchilar brendni tezroq tanib oladi va unga bo‘lgan qiziqish ortadi. Influencer marketingning afzalliklari va muammolari nimalardan iborat buni tahlil qilamiz. Influencer marketingning asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi: – keng auditoriyani qamrab olish; – nisbatan past xarajat bilan yuqori samaradorlik; – brend imijini mustahkamlash; – iste’molchilar ishonchini oshirish. Shu bilan birga, ayrim muammolar ham mavjud. Masalan, noto‘g‘ri influenser tanlash brend obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, sun’iy reklama sifatida qabul qilinadigan kontent iste’molchilarda salbiy munosabat uyg‘otishi ehtimoli bor. XULOSA Xulosa qilib aytganda, influenser marketing zamonaviy marketing strategiyalarining muhim qismi hisoblanadi. U brend xabardorligini oshirish, iste’molchilar bilan ishonchli aloqa o‘rnatish va bozor raqobatbardoshligini ta’minlashda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. To‘g‘ri tanlangan influenser va puxta rejalashtirilgan strategiya orqali brendning ijobiy imiji shakllantiriladi. Kelgusida influenser marketingning yanada rivojlanishi va yangi shakllarda qo‘llanilishi kutilmoqda. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Kotler P. Marketing asoslari. – Toshkent, 2021. 2. Brown D., Hayes N. Influencer Marketing. – London, 2020. 3. Chaffey D. Digital Marketing. – UK, 2022. 4. Karimov A. Marketing va brend menejmenti. – Toshkent, 2020