scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KOMPYUTER TARMOQLARIDA TARMOQ TOPOLOGIYALARI VA ULARNING AFZALLIKLARI

Ergashev Izzatbek Nodirbek o'g'li; Mo'sinova Manzura Zokirjon qizi; Suyumov Jòrabek Yunusaliyevich

Full text

YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 502 KOMPYUTER TARMOQLARIDA TARMOQ TOPOLOGIYALARI VA ULARNING AFZALLIKLARI Ergashev Izzatbek Nodirbek o’g’li Mo‘sinova Manzura Zokirjon qizi Farg’ona Davlat Texnika Universiteti Axborot tizimlari va texnalogiyalari yo‘nalishi 2-talabasi Ilmiy rahbar: Suyumov Jòrabek Yunusaliyevich https://doi.org/10.5281/zenodo.18055745 Annotatsiya: Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlarida qo‘llaniladigan asosiy tarmoq topologiyalari, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari, afzallik va kamchiliklari keng va batafsil yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari rivojida tarmoq topologiyalarining o‘rni, amaliy qo‘llanilishi va tanlash mezonlari ilmiy-uslubiy asosda tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Kompyuter tarmoqlari, tarmoq topologiyasi, shina topologiyasi, yulduz topologiyasi, halqa topologiyasi, to‘r topologiyasi, aralash topologiya. Annotation: This article provides a detailed overview of the main network topologies used in computer networks, their structure, operating principles, advantages, and disadvantages. It also analyzes the role of network topologies in the development of modern information technologies, their practical applications, and selection criteria from a scientific and methodological perspective. Keywords: Computer networks, network topology, bus topology, star topology, ring topology, mesh topology, hybrid topology. Аннотация: В данной статье подробно рассмотрены основные топологии компьютерных сетей, их структура, принципы работы, преимущества и недостатки. Также проанализирована роль сетевых топологий в развитии современных информационных технологий, их практическое применение и критерии выбора с научно-методической точки зрения. Ключевые слова: Компьютерные сети, сетевая топология, шинная топология, звездообразная топология, кольцевая топология, ячеистая топология, гибридная топология. Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bir davrda kompyuter tarmoqlari jamiyat hayotining barcha sohalarida muhim o‘rin egallaydi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, bank-moliya tizimi, sanoat va davlat boshqaruvi sohalarida ma’lumotlarni tezkor va ishonchli uzatish aynan kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Kompyuter tarmog‘ining samaradorligi esa ko‘p jihatdan tanlangan tarmoq topologiyasiga bog‘liq. Tarmoq topologiyasi — bu tarmoqdagi kompyuterlar, serverlar, tarmoq qurilmalari va aloqa kanallarining o‘zaro joylashuvi va ulanish sxemasidir. To‘g‘ri tanlangan topologiya tarmoqning unumdorligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va boshqaruvni yengillashtiradi. Tarmoq topologiyasi kompyuter tarmog‘ining fizik yoki mantiqiy tuzilishini ifodalaydi. Fizik topologiya qurilmalar qanday joylashganini ko‘rsatsa, mantiqiy topologiya ma’lumotlar tarmoq bo‘ylab qanday uzatilishini ifodalaydi. Tarmoq topologiyasini tanlashda tarmoq hajmi, ma’lumot uzatish tezligi, ishonchlilik darajasi, xizmat kòrsatish va kengaytirish qulayligi, moliyaviy xarajatlar kabi omillar hisobga olinadi. Shina (Bus) topologiyasi. Shina topologiyasida barcha qurilmalar bitta umumiy magistral kabel (odatda koaksial kabel) orqali ulanadi. Har bir kompyuter kabelga maxsus T- YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 503 konnektor yordamida bog‘lanadi. Kabelning ikki uchida terminator bo‘lib, u signalning qaytib ketishini oldini oladi. Afzalliklari: kabel sarfi kam, òrnatish oson, kichik tarmoqlar uchun qulay. Kamchiliklari: magistral kabel ishdan chiqsa, butun tarmoq ishlamaydi, tarmoq kengaytirilsa, tezlik pasayadi, xavfsizlik darajasi past. Ma’lumot paket ko‘rinishida umumiy kabel bo‘ylab uzatiladi. Paket ichida manzil MAC-adresi bo‘ladi. Tarmoqdagi barcha qurilmalar paketni ko‘radi, lekin faqat manzil mos kelgan qurilma qabul qiladi. Texnik muammolar ham uchraydi, bular: paketlar to‘qnashuvi (collision) tez-tez yuz beradi, CSMA/CD mexanizmi ishlatiladi, kabel uzunligi cheklangan. Shina topologiyasi arzon va sodda, lekin ishonchliligi past. Shu sababli zamonaviy tarmoqlarda deyarli ishlatilmaydi. Yulduz (Star) topologiyasi: Yulduz topologiyasidabarcha qurilmalar markaziy qurilma switch yoki hubga alohida kabel orqali ulanadi. Ko‘pincha UTP (twisted pair) kabel ishlatiladi. Agar hub ishlatilsa ma’lumot barcha portlarga uzatiladi. Agar switch ishlatilsa ma’lumot faqat kerakli portga yuboriladi (MAC address table asosida) collision deyarli bo‘lmaydi, tezligi yuqori (100 Mbps, 1 Gbps, 10 Gbps), tarmoqni segmentlash mumkin (VLAN). Bitta kompyuter kabeli uzilsa faqat o‘sha qurilma uziladi, agar switch ishdan chiqsa butun tarmoq to‘xtaydi. Yulduz topologiyasi eng ommabop va amaliy topologiya bo‘lib, hozirgi LAN tarmoqlarining asosini tashkil qiladi. Halqa (Ring) topologiyasi. Halqa topologiyasida barcha qurilmalar yopiq halqa shaklida ulanadi va ma’lumotlar bir yo‘nalishda uzatiladi. Qurilmalar yopiq halqa shaklida ulanadi. Har bir qurilma qo‘shni qurilmalar bilan bog‘langan. Token Ring texnologiyasi ishlatiladi. Maxsus token faqat bitta qurilmaga uzatish huquqini beradi. Bunda ma’lumotlar faqat bitta yo‘nalishda harakatlanadi. Texnik afzalligi colloision bo‘lmaydi, tarmoq yuklamasi nazorat ostida bo‘ladi. Kamchiliklari: bitta qurilma yoki kabel uzilishi butun tarmoqni to‘xtatadi, qo‘shimcha qurilma ulash qiyin. Nazariy jihatdan barqaror, ammo amaliyotda murakkabligi sabab kam qo‘llaniladi. Daraxt (Tree) topologiyasi. Daraxt topologiyasi yulduz va shina topologiyalarining kombinatsiyasidir. Daraxt topologiyasi ierarxik ko‘rinishga ega: asosiy (root) switch, oraliq switchlar, oxirgi qurilmalar. Ma’lumot yuqoridan pastga yoki aksincha uzatiladi. Segmentlar o‘rtasida marshrutlash amalga oshiriladi. Bu tarmoq katta tarmoqlarni mantiqiy bo‘limlarga ajratish, tarmoqni markazdan boshqarish, VLAN va subnetlashni qo‘llash kabi imkoniyatlarga ega. Xavfli tomoni shuki, yuqori darajadagi switch ishdan chiqsa katta tarmoq qismi ishlamaydi. Yirik korxonalar va universitetlar uchun juda qulay topologiya. To‘r (Mesh) topologiyasi: To‘r topologiyasida har bir qurilma bir nechta qurilma bilan bevosita ulanadi. Har bir qurilma boshqa barcha qurilmalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi. Kabel soni juda ko‘p bo‘ladi. Bir nechta muqobil yo‘llar mavjud. Agar bitta yo‘l ishdan chiqsa, ma’lumot avtomatik boshqa yo‘ldan o‘tadi. Afzalliklari : juda yuqori ishonchlilik, minimal kechikish, yuqori xavfsizlik. Kamchiliklar esa juda qimmat, sozlash va xizmat ko‘rsatish murakkab. Muhim tizimlar (bank, harbiy, datacenter) uchun mos. Aralash (Hybrid) topologiya. Aralash topologiya bir nechta topologiyalar kombinatsiyasidan iborat. Bir nechta topologiya kombinatsiyasi: Yulduz + Daraxt, Yulduz + Mesh. Afzalliklari: moslashuvchan, kengaytirish qulay, xatolarga chidamli. Katta kampuslar, ISP tarmoqlari, zamonaviy korxonalarda qòllaniladi. 1-rasmda kompyuter tarmoqlarida keng qo’llaniladigan asosiy tarmoq topologiyalari grafik ko’rinishda tasvirlangan. Rasmda shina (bus), halqa (ring), yulduz (star), to’r (mesh), hamda daraxt (tree) topologiyalaraning tuzilishi YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 504 va tugunlar o’rtasidagi bog’lanish usullari aks ettirilgan. Har bir tarmoq topologiyasi ma’lum sharoit uchun yaratilgan. Kichik tarmoqlarda soddalik muhim bo‘lsa, yirik tarmoqlarda ishonchlilik va kengayish asosiy omil hisoblanadi. Zamonaviy tarmoqlarda yulduz va aralash topologiyalar eng samarali yechim sifatida tan olinadi. 1-rasm.Tarmoq topologiyalari turlari. Xulosa. Kompyuter tarmoqlarida tarmoq topologiyasini to‘g‘ri tanlash tarmoq samaradorligi, ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Har bir topologiyaning o‘ziga xos afzallik va kamchiliklari mavjud bo‘lib, ularni tarmoqning maqsadi va sharoitiga mos holda tanlash zarur. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Turov, A.V. Kompyuter tarmoqlari va internet texnologiyalari – Toshkent: “Texnologiya”, 2020. 2. Qodirov, S. Tarmoq topologiyalari va ularning afzalliklari – Toshkent: “Axborot texnologiyalari”, 2019. 3. Peterson, L., Davie, B. Computer Networks: A Systems Approach – 6th edition, Morgan Kaufmann, 2021. 4. Abdullaev, R. Axborot texnologiyalari asoslari – Toshkent: “Fan va Texnologiya”, 2018. 5. Kumar, N. Introduction to Computer Networks – New Delhi: “Technical Publications”, 2020.