scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YOSHLARGA NISBATAN G'OYAVIY TAHDIDLAR VA ULARGA QARSHI KURASHDA MEDIASAVODXONLIKNING AHAMIYATI

Abdurahmonov Shahobiddin

Full text

YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 512 YOSHLARGA NISBATAN G‘OYAVIY TAHDIDLAR VA ULARGA QARSHI KURASHDA MEDIASAVODXONLIKNING AHAMIYATI Abdurahmonov Shahobiddin Termiz Pedagogika Instituti “Ma’naviyat asoslari” yo‘nalishi 1-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.18055840 Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi globallashuv davrida yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan mafkuraviy xurujlarga kurashda “mediasavodxonlik”ning roli va yoshlarimiz ongini turli yot g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilishda “mediata’lim”ning o‘rni ochib berilgan. Shuningdek hozirgi texnologiyalar asrida medianing jamiyat hayotiga salbiy va ijobiy tomonlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Axborot madaniyati, g‘oyaviy bo‘shliq, vayronkor g‘oyalar, mafkuraviy xurujlar, ommaviy madaniyat, diniy ekstremizm, tolerantlik, mobil qaramlik, mafkuraviy immunitet, mafkuraviy ekspansiya. Аннотация. В данной статье рассматривается роль медиаграмотности в противодействии идеологическим атакам, оказывающим негативное влияние на сознание нашей молодежи в эпоху глобализации. Также подчеркивается значение медиаобразования в защите молодежи от различных чуждых идеологических угроз. Кроме того, анализируются как положительные, так и отрицательные стороны влияния медиа на современное общество в век технологий. Ключевые слова: Информационная культура, идеологический вакуум, разрушительные идеи, идеологические атаки, массовая культура, религиозный экстремизм, толерантность, мобильная зависимость, идеологический иммунитет, идеологическая экспансия. Annotation. This article explores the role of media literacy in combating ideological attacks that negatively impact the mindset of our youth in the era of globalization. It also highlights the importance of media education in protecting young people from various foreign ideological threats. Additionally, the article analyzes both the positive and negative aspects of media in modern technological society Keywords: Information culture, ideological vacuum, destructive ideas, ideological attacks, mass culture, religious extremism, tolerance, mobile addiction, ideological immunity, ideological expansion. XXI asrda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan arzimas kichik xabar ham internet olamida globallashuv shiddatidan kuch olib ko‘rinmas, lekin zararini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan voqealarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu kunlarda yoshlarimizda axborot madaniyati yetarli darajada shakllanmagani sababli mobil telefonlardan noto‘g‘ri foydalanib turli xil yot g‘oyalar va milliy qadriyadlarimizga zid filmlar ta’sirida dunyoqarashlarida salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu haqida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar har qaysi odamning tom ma’noda erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarishga qaratilgan mafkuraviy-g‘oyaviy va informatik xurujlarni nazarda tutish lozim deb o‘ylayman” [3]. Hozirgi texnologiyalar zamonida video o‘yinlari ham g‘oyalarni singdirish quroli sifatida foydalanilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 10 va undan katta yoshdagilarning 99,1% mobil telefonlardan foydalanadi. “Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko‘rsatadiki, – deb yozadi birinchi YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 513 prezidentimiz I.A.Karimov, – har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va taʼlimotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz” [3]. Zamonaviy mobil o‘yinlarda diniy ekstremizm, terrorizm, ommaviy madaniyat targ‘ib qilinmoqda, shuning uchun ota-onalar va o‘qituvchilar bolalarning telefon va kompyuterlardan foydalanishida axborot madaniyatiga e’tibor qaratish dolzarb masalalardan biriga aylangan. Shunday sharoitda yoshlar orasida kitobxonlik va mediasavodxonlikni oshirish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov bu haqda: “Mana shunday vaziyatda odam o‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlariga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimahol”, – degan edi [3]. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha keng tarqalgan g‘oyaviy tahdidlardan biri bu millatchilik hisoblanadi. Hozirgi kunda arzimasdek ko‘ ringan reklama, film, sport intervyulari orqali ko‘plab millatlararo nizo keltirib chiqaruvchi kontentlar tarqalmoqda. Shunday vaziyatda O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va tolerantlik g‘oyalari targ‘ibotiga doim maktab, kollej, litsey va oliy o‘quv yurtlarida jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bu xususda davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev quyidagilarni aytib o‘tgan edi. “Millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib bormoqdamiz. BMT bosh assambleyasi tomonidan xalqaro do‘stlik kuni deb atalgan 30-iyul sanasini “Xalqlar do‘stligi” kuni deb e’lon qildik. Ishonchim komilki, bu bayram ezgu an’anaga aylanib, xalqimizni jonajon vatanimiz bayrog‘i ostida birlashtirishga xizmat qiladi” [1]. Yana bir ko‘zga ko‘rinarli ma’naviy xavflardan biri “madaniy ekspansiya” hisoblanadi. “Eʼtibor berib qaraydigan bo‘lsak, jamiyat hayotining barcha sohalarida savdo-sotiq munosabatlari ustuvor bo‘lmoqda, “yemak va tomoshalar” shiori ostida insonlarda isteʼmolchilik ruhiyati avj oldirilmoqda, “insonning hamyoni qayerda bo‘lsa, uning qalbi ham o‘sha yerda” degan halokatli g‘oya singdirilmoqda. Molparastlik va xudbinlikning shu tariqa hammabop qadriyat sifatida tiqishtirilishi esa maʼnaviyatni qashshoqlashtirib, madaniy gegemoniya o‘rnatish uchun qulay zamin va individual huquqlar yaratishi tabiiydir. Ma’lumki g‘arb dunyosi ustuvor hisoblagan qadriyatlar sifatida shaxsiy erkinlik ustun qo‘yilsa, Sharq xususan O‘zbekistonda jamoa manfaatlari, oila sha’ni va muqaddasligi, ijtimoiy an’ana va tartiblar, kattalarga hurmat kabi qadriyatlar bor. Bugungi kunda yoshlarimiz orasida g‘arb kiyinish madaniyati va ijtimoiy qarashlari keng tarqalmoqda. Buning zararli oqibatlarining oldini olish maqsadida yurtimizda har juma kunlari milliy liboslar kuni etib belgilangani va turli xil muassasalarda bu jarayon keng targ‘ib qilinayotganini ijobiy baholash mumkin. Globallashuv jarayoni boshqa jihatdan insonga mafkuraviy-maʼnaviy tahdid o‘tkazishning o‘tkir quroliga aylanib bormoqda, bu tahdid inson erkinligini bo‘g‘ish, fikriy mutelikni qo‘llabquvvatlash, turli-tuman jozibador shiorlar orqali uning ruhiyatiga mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlar ko‘rinishida daxl qilmoqda, xalqlarning milliy va diniy ildizlariga xavf solmoqda, eng xavflisi, yot g‘oya va zararli qarashlarni yoshlar qalbi va ongiga singdirishga urinmoqda [2]. “Nega deganda, insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 514 qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, yaʼni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va maʼnaviyatidan judo qilishga urinadi”. Bundan tashqari yurtimizda faoliyat yuritayotgan diniy bilim yurtlari ham yoshlarimizga islom madaniyati va milliy odatlarimiz to‘g‘risida bilim berib ularda g‘arb mafkurasiga qarshi mafkuraviy immunitet shakllanishiga xizmat qilmoqda. Bunday o‘quv yurtlariga misol qilib Imom Termiziy nomidagi islom o‘rta maxsus bilim yurti, Imom Termiziy nomidagi islom instituti kabilarni aytib o‘tish mumkin [4]. Xulosa qilib aytganda, g‘oyaviy tahdidlar tushunchasi bugungi kunda doimgidan ko‘ra ko‘proq mazmun va ma’no kasb etmoqda. Biz yashab turgan zamonda bizga bog‘liq bo‘lmagan holda gohida pinhona, gohida oshkora tarzda harakat qiluvchi “g‘oyaviy xurujlar” deb atalgan qurollar paydo bo‘lmoqda va bu qurol vositasida endi inson ongiga egalik qilish imkoniyati paydo bolmoqda. Bu salbiy illatdan xalqimiz, xususan yoshlarimizni himoya qilish har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Mirziyoyev SH.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2022. – 486 b. 2. Abbosxo‘jayev O., Umarova N., Qo‘chqorov R. Mafkura poligonlaridagi olishuvlar. – Toshkent: Akademiya, 2007. – B. 48-49. 3. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 1998. 276 b. 4. Karimov I.A. Yuksak manaviyat yengilmas kuch. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2008. 5. Mirzayev N. Ma’naviy meros va uning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni. – Toshkent. 2022.