Full text
24 MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING PEDAGOGIK ASARLARI ORQALI TALABALARNI MA’NAVIY - AXLOQIY TARBIYALASH Axrarova Zebuniso Baxromovna O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Pedagogik ta’lim” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.18058039 ANNOTATSIYA KALIT SO‘ZLAR Maqolada XX asrda Turkistonda vujudga kelgan milliy uyg‘onish harakatining atoqli rahbarlaridan biri bo‘lgan, o‘z davri ijtimoiy ongining uyg‘onishida muhim rol o‘ynagan ajdodimiz, jadid ma’riftparvari Mahmudxo‘ja Behbudiyning ma’naviy madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi tahlil qilingan. Keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan Behbudiy o‘z asarlarida islom dinini noto‘g‘ri talqin etilmasligi, ma’rifiy jihatlariga e’tibor qaratishga chaqirgan. Behbudiyning maqsadi xalqni ma’rifatli qilish va ularni dunyoning yuksak rivojlangan xalqlari darajasiga olib chiqish, har tomonlama rivojlangan jamiyat, insonparvarlik va demokratiyaning mustahkam tamoyillariga asoslangan davlat qurish edi. Maqolada Behbudiy merosida ilm-ma’rifat, axloq, san’atning yoshlar ma’naviy madaniyati, milliy o‘zlikni anglashga ta’siri masalalarining yoritilishiga e’tibor qaratilgan, asarlarining zamonaviy ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. jadidchilik, ma’naviy madaniyat, ilm, ma’rifat, din, axloq, san’at, siyosat, ma’naviy barkamollik. АННОТАЦИЯ КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА В статье анализируется вклад в развитие духовной культуры просветителя Махмудходжи Бехбуди, который был одним из выдающихся лидеров движения национального возрождения, возникшего в Туркестане в XX веке, сыгравшего джадидизм, духовная культура, наука, религия, просвещения, мораль, политика,
25 важную роль в пробуждении общественного сознания узбекского народа в тот период. Обладая широким кругозором и глубокими знаниями, он всегда выступал против консерватизма и невежества и в своих произведениях призывал к правильному пониманию и толкованию исламской религии. Он ставил перед собой цель просветить народ и вывести его на уровень высокоразвитих народов мира, построить передовое во всех отношениях общество, государство основанное на незыблемых принципах гуманизма и демократии. В наследии Махмудходжа Бехбуди уделяется внимание освещению вопросов науки, морали, влияния искусства на духовную культуру молодежи, на понимание национальной идентичности. В сатье исследована современное значение произведения Бехбуди. духовное совершенство. ABSTRACT KEY WORDS The article analyzes the contribution to the development of spiritual culture of the educator Mahmudhoja Behbudi, who was one of the outstanding leaders of the national revival movement that emerged in Turkestan in the XX century, who played an important role in awakening the public consciousness of the Uzbek people at that time. Possessing a broad outlook and deep knowledge, he has always opposed conservatism and ignorance and in his works called for the correct understanding and interpretation of the Islamic religion. His goal was to enlighten the people and bring them to the level of highly developed peoples of the world, to build an advanced society in all respects, a state based on the unshakable principles of humanism and democracy. In the legacy of Mahmudhoja Behbudi, attention is paid to highlighting the issues of science, morality, the influence of art on the spiritual culture of youth, on the understanding of jadidism, spiritual culture, science, religion, enlightenment, morality, politics, art, spiritual perfection.
26 national identity. In satya, the modern meaning of Behbudi's work is investigated. KIRISH O‘zbekistonda mustaqillik yillarida pedagogik ta’lim jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan yangi uslubiy yondashuvlar paydo bo‘ldi, ilm-fanning muammoli sohasiga ilgari ishlab chiqilmagan mavzular kirib keldi, ko‘plab tarixiy, ijtimoiy-pedagogik voqealar yangicha talqin qilindi, yangi ta’lim standartlari, dasturlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi. Mamlakatimizda yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo‘llash natijasida ularning o‘zini, o‘z ildizlarini tushunishi, fuqarolik, madaniy, ko‘p madaniyatli va konfessiyali jamiyatga integratsiyalashuviga imkoniyatlar kengaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022– 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida yangi mazmundagi uzluksiz ta’lim tizimini yaratishning huquqiy-me’yoriy asoslarini modernizatsiyalash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Natijada milliy mental xarakterimizga mos keladigan yuksak axloqiy dunyoqarashga ega bo‘lgan respublikamiz yoshlarini ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy axloqiy fazilatlar, empatik g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq ma’naviy tuyg‘ular, ruhiy altruistik yo‘nalishdagi fazilatlarni namoyon qiluvchi psixologik-pedagogik tizimni takomillashtirishga katta imkoniyatlar yaratildi. Shu o‘rinda, buyuk ma’rifatparvar ajdodlar ma’naviy boyligidan
27 foydalanish, ularning ta’sirchan mexanizmlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish asnosida bo‘lajak kasbi uchun zarur bo‘ladigan pedagogik qarashlar tizimini tarkib toptirish zarurati mavjud bo‘lib, bunda pedagogik ta’limotlar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ma’rifatparvarlar, allomalar ijodini o‘rganish, ularning faoliyatiga zamonaviy pozitsiyadan turib, xolisona baho berish ehtiyoji mavjud. Turkiston zaminida ta’lim-tarbiyaning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Maxmudxo‘ja Behbudiyning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini o‘rganish mexanizmlarini takomillashtirish vositasida yoshlarda o‘tmishga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, milliy o‘zlikni anglash, tarixiy tafakkur ko‘nikmalarini egallashga xizmat qilishi shubhasiz. Bo‘lajak mutaxassis sifatida talabalar har qanday vaziyatda tanqidiy fikrlash va muammolar yechimini topish, o‘zaro hamkorlik asosida yetakchilik qobiliyatini namoyon etish, innovatsion bilimlarga chanqoqlik va vaziyatga moslashuvchanlik, tadbirkorlik va ishbilarmonlik, insonlar bilan samarali muloqotni tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonida ma’lumotlarni baholash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tizimni ishlab chiqishga ehtiyoj sezilmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasalari tahsil oluvchilarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish strategiyasini o‘quv jarayoniga tatbiq etish dolzarb muammo hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618son, 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-son Farmonlari, shuningdek, boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan dolzarb vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Bugungi kunda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda ma’rifatparvarlar qarashlarini o‘rganish, pedagogik ta’limotlar tarixiga xolisona baho berish, xususan, Turkistonda jadidchilik harakati va uning yirik namoyandasi Maxmudxo‘ja Behbudiyning ma’naviyaxloqiy qarashlari va ijodiga bo‘lgan qiziqish xorijlik olimlarning doimiy diqqat markazida bo‘lgan. Jumladan, amerikalik olimlarAdib Xolid, Olvort, fransiyalik A.Benningson, germaniyalik I.Baldauf, orleanlik professor E.Lazzeri, yaponiyalik H.Komansu kabi sharqshunos, tarixchi olimlarning jadidshunoslikka oid tadqiqotlarida mazkur masalaning u, yoki, bu jihatlari tadqiq qilingan. Umumjadidchilikka bag‘ishlangan bu tadqiqotlarning barchasida Behbudiy Turkiston jadidlarining yetakchisi sifatida e’tirof etiladi va uning faoliyatidagi o‘ziga xos jihatlar atroflicha talqin qilingan.
28 MDH davlatlarida A. Maniyozov, G.Ashurov, M.Shukurov, O.Sayfullayev, R.Hodizoda, A.Mirahmedov, I.Nurillin kabi tadqiqotchi va olimlar jadidlarni adabiy-tarixiy faoliyatini tadqiq qilgan. Ularning ham ishlarida M.Behbudiyning faoliyati alohida e’tirofga sazovor bo‘ladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbekistonlik tarixchi olimlardan D.Alimova D.Rashidova, D.Ziyayeva, R. Sharipov, R.Shamsuddinov, Q.Rajabov, H.Sodiqov, adabiyotshunoslardan A.Aliyev, B.Qosimov, B.Nazarov, B.Do‘stqorayev, I.Sulton, M.Xudoyqulov, N.Karimov, O.Sharafiddinov, P.Ravshanov, S.Qosimov, Sh.Rizayev, E.Karimov, Gʻ.Mahmudov, H.Boltaboyevlar tomonidan tarixiy va adabiy jihatdan tadqiq eitlgan. Jadidlarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari faylasuf olimlardan A.Jalolov, A.Aliyev, G.Maxmudova, J.Yaxshilikov, Z.Ahrorova, N.Avazov, S.Ahmedov, U.Dolimov, Sh.Turdiyev, E.Yusupov, H.Saidov, Sh.Abdullayeva, P.Begbudiyeva va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan. Mazkur tadqiqotlarda jadid mutafakkirlar ma’naviy merosining ijtimoiy-siyosiy va falsafiy ahamiyati o‘rganilgan va shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ularning har biri Turkiston jadidlarining yetakchisi sifatida M.Behbudiy ijodi va faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tgan. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, uning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan оliy ta’lim ташкилотларида tarbiya jarayonlarida samarali foydalanish mexanizmlari, deyarli o‘rganilmagan “Talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida bajarilgan. Tadqiqotning maqsadi Mahmudxo‘ja Behbudiyning ma’naviy – axloqiy qarashlaridan oliy Ta’lim tashkilotlarining tarbiyaviy jarayonlarida samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: Turkistondagi ijtimoiy– iqtisodiy sharoit, jadidchilik g‘oyalari va ularning Maxmudxo‘ja Behbudiyning ma’naviy – axloqiy qarashlari shakllanishiga ta’sirini ta’limotlar nazariyasi va metodikasi doirasida tahlil qilish, tajribalar vositasida ilmiy asoslash; Behbudiyning ma’naviy – axloqiy tarbiyaga oid qarashlarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv dasturlari mazmunini takomillashtirish; Behbudiyning inson kamoloti, ilm va ta’limining o‘rni haqidagi qarashlarini oliy ta’lim tashkilotlarining “Axborot soatlari” tarbiya rejasiga yo‘naltirilgan dastur imkoniyatlarini kengaytirish; Behbudiyning Turkistonda xotin-qizlar savodi masalalariga doir qarashlarini talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalariga doir qarashlariga singdirish orqali ular o‘rtasida gender tenglik bo‘yicha qarashlarini rivojlantirish;
29 Behbudiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan oliy ta’lim tashkilotlari tarbiya jarayonlarida foydalanish mazmunini takomillashtirish va shu asnoda talabalarning tarbiya trayektoriyasini modellashtirish; Behbudiy yaratgan maktab darsliklarida ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan oliy ta’lim tashkilotlarining tarbiya jarayonlarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Tadqiqot predmetini Mahmudxo‘ja Behbudiyning ma’naviy – axloqiy qarashlaridan oliy ta’lim tashkilotlarining tarbiyaviy jarayonlarida samarali foydalanish shakllari, texnologiyalari, metod, vositalari tashkil etadi. Tadqiqot usullari. Tadqiqot jarayonida ilmiy manbalar, retrospektiv tahlil, analitik obzor, komparativ tahlil, pedagogik kuzatuv, ijtimoiy so‘rov (test, anketa, intervyu), tajriba-sinov va matematik statistik tahlil, prognoz usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Turkistondagi ijtimoiy– pedagogik sharoit, jadidchilik g‘oyalari va ularning Behbudiy ma’naviy – axloqiy qarashlari shakllanishiga ta’siri ta’limotlar nazariyasi va metodikasi doirasida aniqlashtirilgan; Behbudiyning ma’naviy – axloqiy tarbiyaga oid qarashlarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv dasturlari mazmuni retrospektiv tahlil, prognostik baholash asosida takomillashtirilgan; Behbudiyning inson kamoloti, ilm va ta’limining o‘rni haqidagi mualliflik qarashlariga tayangan videofilm “O‘zbekkino”da ishlab chiqilib, oliy ta’lim tashkilotlarining “Axborot soatlari” mazmuni takomillashtirilgan Asosiy qism. Yuksak ma’naviyat va axloqiy barkamollik har qanday xalq, har qanday davlat rivojining bosh mezoni bo‘lib xizmat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirgi davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir”, – deb ta’kidlashlari bejiz emas. Bo‘lajak mutaxassis sifatida talabalar har qanday vaziyatda tanqidiy fikrlash va muammolar yechimini topishni, o‘zaro hamkorlik asosida yetakchilik qobiliyatini namoyon etishni, zamonaviy bilimlarga chanqoqlikni va vaziyatga moslashuvchanlikni, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni, insonlar bilan samarali muloqоtni tashkil etishni, ishlab chiqarish jarayonida ma’lumotlarni baholashni va tahlil qilishni, yangiliklarga qiziquvchanligini va tasavvur hosil qilish ko‘nikmalarini egallashlarini ustuvor vazifalar qilib qo‘yilgan.
30 Ma’lumki, XIX asr oxiri XX asr boshlarida chor хукуматининг O‘rta Osiyodagi yoki o‘sha davrda nomlangan, Turkistondagi mustamlakachilik siyosati faqatgina siyosiy hukmronlikni emas, iqtisodiy hukmronlikni ham anglatar edi. Ishlab chiqarish, sanoat korxonalarining yaratilishi, texnika, transport tarmog‘ining kengayishi mehnatga yangicha munosabatni talab qilar edi. Chor Rossiyasi uchun aynan mana shu jarayon yangi rus Turkistonini tashkil etishga yordam berdi berdi. Ishlab chiqarishning yangilanishi, yangi aloqalari vujudga keldi, sanoat, temir yo‘llar, qurilish va boshqa sohalarda dastlabki ishchi guruhlari paydo bo‘ldi. Keyingi vaqtlarda olib borilgan tadqiqotlar, kuzatuvlar tufayli chor хукумати Turkistonni mustamlakaga aylantirish jarayonida mahalliy xalqlarga nisbatan kamsituvchilik siyosatini olib borgan, deya olamiz. Aynan bu g‘oya o‘sha davr ma’murlarining O‘rta Osiyodagi strategik rejalarini asosini tashkil qilgan. Bunday harakat Turkistonda amal qilgan ijtimoiy hayot qonunlari va an’analarini izdan chiqarish, mahalliy jamiyatning diniy-ma’naviy negizini barbod qilishi, milliy madaniyat va ta’limni obro‘sizlantirish va sekin-asta betaraflashtirish, pirovard natijada Turkistonni yangicha ruslashtirishdan iborat bo‘lgan. O‘lkani Rossiyaning xoм-ashyo manbaiga va tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirilishi, cheksiz talanishi va qashshoqlanishi jadidlarning hamda milliy burjuaziyaning nafratini uyg‘otib, yurtning iqtisodiy mustaqilligini tiklash g‘oyasi va kurashini shakllantirdi. Turkistonning o‘sha davrdagi ziyoli qatlami rus hukmronligini chetdan sun’iy ravishda yaratilganligi, bu milliy qadriyatlarni ifodalay olmasligiga ishonch hosil qilib, o‘z mamlakatini o‘zgalar emas, o‘zlari boshqarishlari lozimligini tushunib yetdilar. Buning uchun esa kurashish lozimligini, bu yo‘lda bor imkoniyatdan foydalanish Vatanining ozodligi shunchaki oddiy kurash bilan emas, balki yetuk siyosiy iroda bilan amalga oshirilishi lozimligini bor bo‘yi bilan anglab yetdilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy shuning uchun ham “haq olunur, berilmas”, degan bo‘lsa, Fitrat, “...erimiz bosildi, molimiz talandi. Sharafimiz yemirildi, nomusimiz g‘asb qilindi. Insoniyligimiz oyoq-osti qilindi. Tuzimli turdik, sabr etdik. Kuchga tayangan har bir buyruqqa bo‘ysundik. Butun borlig‘imizni berdik” Bunday holat XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston zaminida mustamlakachilik va ulug‘ millatchilikka asoslangan siyosiy-ma’muriy tizimni boshlab berdi. Ozodlikning yo‘qotilishi, siyosiy haqsizlik va adolatsizlik butun jamiyat ahlini rus davlatiga qarshi kuchli muxolifatga aylantirdi. Muxolifat orasida mahalliy yuqori tabaqalarning ilg‘or vakillari ham bo‘lib, ozodlik g‘oyasi kuch-quvvatga to‘lib bordi. Ozodlik,erkparastlik g‘oyalari jadidlar siyosiy faoliyatining asosini tashkil etib, mazlum xalqni ozodlik kurashiga da’vat etdilar. Huquqsizlikka,
31 kamsitishlarga va och, yalang‘och yashashga mahkum etilgan Turkiston xalqining bosqinchilarga nisbatan g‘azabi kundan-kunga orta bordi. Haddan ortiq ijtimoiy va milliy mustamlakachilik zulmi xalq ommasining istilochilarga qarshi milliy ozodlik harakatining boshlanib ketishiga sabab bo‘ldi. Chor hukumati eng avvalo, din peshvolarini eng xavfli dushman hisoblab, ularni imkon boricha har qanday ishlardan chetlashga harakat qildi. Yangi hukumat maktab va madrasani yot hisoblagan ya’ni, ruslarga qarshi dushmanlik paydo qiluvchi muassasa deb bilib ularni obro‘sizlantirish uchun harakat qilgan. Hukumat ishlovchi lavozimlarga bu maktab va madrasalarni bitirganlar olinmagan. Madrasa va maktabni bitirganlarga jamiyat va davlatning ehtiyoji yo‘q deb e’lon qilgan. Hukumatning bu masaladagi harakati milliy maktablarni sekin-asta tugatishi edi. Bu hukumat qozilik sudini saqlagan bo‘lsa-da, lekin qozilar qattiq nazorat ostida ushlab turildi. Chor ma’muriyatining qozilariga nisbatan qo‘llagan adolatsizligi jamoa ahlini noroziligi va nafratini orttirdi. Viloyat harbiy gubernatori A.A.Abramov qo‘zg‘olon ko‘tarishdan qo‘rqib, agar tartibsizliklar ro‘y bersa, qozilarni Sibirga surgun qilishini ma’lum qiladi. Qo‘qon uyezdining boshlig‘i agar din peshvosi tartibsizlikda qatnashsa, madrasalarning yopilishini va vaqf yerlarini tamomila davlat ixtiyoriga o‘tkazishni bildiradi. Shuni ta’kidlashimiz lozimki, jadilchilik harakatining vujudga kelishining ob’yektiv va sub’yektiv sabablarini Ahmad Donishning “Navodir al-vaqoye” (“Nodir voqealar”), “Risolai tarixi amiron mang‘it” (“Mang‘it amirlari tarixi risola”)sida, tarixchi Mirza Muhammad Abdulazim Somiy Bustoniyning “Tarixi salodini mang‘itiya dor us-saltanai Buxoroi sharif” (“Buxoro sharif saltanatidagi mang‘it hukmdorlari tarixi”), tarixchi Mirzo Salimbek ibn Muhammad Rahimning “Tarixiy Salimiy” asarlariga tayanib va Abdurauf Fitratning “Munozara” va “Bayonati sayyohi hindi” asarlarini asos qilib olishimiz mumkin. Fitrat yurtda sodir bo‘layotgan bunday holatlar haqida kuyunib shunday yozadi: “Olamga to‘rt yuz olimni hadya etgan Buxoroi sharif shunchalik mustahkam kuchga ega bo‘lib edi, oh. Buyuk badbaxtlik bilan iqror bo‘lamanki, hozir bu madaniyat quyoshining osmoni, bu insoniyat jannati, bu fozillar dunyosining ma’mur xonadoni, bu ma’rifat jahonining darsxonasi taraqqiyot uchun barcha vositalariga ega bo‘lsa ham, jaholatning asl makoni, xorlik zanjirining asirligicha qolmoqda. Tirikchilik uchun barcha vositali bo‘lishiga qaramasdan, yoqasini ajal panjasiga topshirgan”, deb yozadi. Jadidlar xorijga chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti darajasini ўргандилар, o‘z o‘lkalari bilan ularni solishtirdilar. Bu kabi, ilg‘or, zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonda ham ko‘rish ishtiyog‘i
32 boshlandi. Ularning diqqat markazida birinchi bosqichda ta’limni isloh qilishdek ulkan vazifa turgan. XIX asrning ikkinchi yarmida o‘lkamizning mustamlakachilar tomonidan bosib olinishi natijasida o‘lka xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy huquqlardan butunlay mahrum qilinishi va xalqlarning ayanchli ahvoli jadidchilik harakatining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Jadidchilik harakatining paydo bo‘lishining tashqi omili sifatida tashqi dunyoda sodir bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlarning ham ta’siri bo‘ldi. Yangicha fikrli jadidlarning, xalqning xohishirodasini, manfaatlarini bilan bog‘lanib, negizi mustaqillik va ozodlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan edi. Jadidchilik harakati shakllanish va rivojlanish bosqichlarini uch davrga bo‘lish mumkin: 1. XIX asrning 90-yillaridan 1905 yilgacha bo‘lgan birinchi davr. 2. 1905 yildan 1917 yilgacha bo‘lgan ikkinchi davr. 3. 1918 yildan 1930 yilgacha bo‘lgan uchinchi davr. Jadidchilik harakati haqidagi olib borilgan barcha tadqiqot g‘oyalarining Turkistonda vujudga kelishi XIX asrning oxirgi choragiga to‘g‘ri kelganligini e’tirof etadi. “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida keng tarqalgan ma’rifatchilik harakati xalqimiz tarixida milliy ongni o‘stirish, uni ijtimoiy taraqqiyotning yuqori pog‘onalariga olib chiqish yo‘lida qilingan beminnat va fidoyilarcha urinishlar edi. Bu harakat tariximizning eng yorqin sahifalaridan biri bo‘ldi. U ayovsiz kurashlar, muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlar, quvonch va fojialar bilan to‘la” edi. O‘lkadagi og‘ir tarixiy vaziyat jadidchilik harakatining rivojlanishi, faoliyati darajasiga o‘zining ulkan ta’sirini o‘tkazdi. Jadidlar tafakkurining mohiyati o‘sha davr tarixiy vaziyatlari bilan bog‘lik ekanligi ayni haqiqat bo‘lgani xolda, u ham ancha murakkab yo‘llarni bosib o‘tgan, deya olamiz. Bu harakat dunyoqarash sifatida shu davrda sodir bo‘layotgan dolzarb, voqea va hodisalar bilan bog‘liq holda paydo bo‘ldi. Jadidlarlarning asl muddaosi inqilobiy yo‘l emas, balki islohot yo‘lidan borib, ilm-ma’rifatni keng ko‘lamda yuksaltirish orqali taraqqiyotga erishishdan iborat edi. Chunki, Turkiston barcha taraqqiyot yo‘llaridan juda orqada qolib ketgan edi. Bu davrda rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy sohada vujudga kelayotgan raqobatlarga duch kelib, chor xukumatida mustamlakasiga tobe edi. Taraqqiyparvar jadidlar bunday vaziyatni teran tushunib, mohiyatan anglaganlari tufayli jonajon o‘lkani dunyo sivilizatsiyasi tizimidagi rivojlangan mamlakatlar safiga olib chiqishning yagona yechimibu fan-texnikani taraqqiy ettirish, deb xulosaga kelishgan edilar. O‘lkamiz jadidlari mamlakatni qoloqlik, tarqoqlik, savodsizlik botqog‘idan faqat ma’rifat orqali qutqarish mumkinligini yaxshi tushunib, dastlab asosiy sa’y-