Full text
35 BO‘LAJAK TARBIYACHINING RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLAR FAOLIYATIDA O‘YIN MUHITINI TASHKIL ETISHI Ergashova Munisa Hoshim qizi Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.18058047 ANNOTATSIYA KALIT SO‘ZLAR Ushbu maqolada bo‘lajak tarbiyachining rivojlantiruvchi markazlar faoliyatida o‘yin muhitini tashkil etish masalasi yoritilgan. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yin faoliyati bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirish, ijtimoiylashuvi va shaxsiy sifatlarini shakllantirishda yetakchi omil ekanligi asoslab beriladi. Rivojlantiruvchi markazlarda yaratiladigan o‘yin muhiti nafaqat bolalarning qiziqishi va ehtiyojlariga mos kelishi, balki ularning mustaqil fikrlashi, ijodkorligi hamda kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligida o‘yin muhitini tashkil etish bo‘yicha zarur bilim, ko‘nikma va metodik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etishi tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘yin muhitini yaratishda bolaga yo‘naltirilganlik, ijodiylik, faollik va xavfsizlik tamoyillari asosiy mezon sifatida ko‘rsatilgan. bo‘lajak tarbiyachi, rivojlantiruvchi markaz, o‘yin muhiti, maktabgacha ta’lim, ijodkorlik, metodik yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, ta’lim muhiti. АННОТАЦИЯ КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА В данной статье рассматривается проблема организации игровой среды в деятельности развивающих центров будущим воспитателем. Обосновано, что игровая деятельность в системе дошкольного образования является ведущим фактором развития познавательных процессов, социализации и формирования личностных качеств детей. Отмечается, что игровая среда, создаваемая в развивающих центрах, должна не только будущий воспитатель, развивающий центр, игровая среда, дошкольное образование, креативность, методический подход, компетентностный
36 соответствовать интересам и потребностям детей, но и способствовать развитию их самостоятельного мышления, творческих способностей и коммуникативных навыков. В статье анализируется важность необходимых знаний, умений и методических подходов к организации игровой среды в профессиональной подготовке будущих воспитателей. Кроме того, подчеркивается, что при создании игровой среды ключевыми критериями выступают ориентированность на ребёнка, креативность, активность и безопасность. подход, образовательная среда. ABSTRACT KEY WORDS This article examines the issue of organizing a play environment within the activities of developmental centers by future preschool educators. It substantiates that play activity in the preschool education system is a leading factor in the development of children’s cognitive processes, socialization, and the formation of personal qualities. It is noted that the play environment created in developmental centers should not only meet children’s interests and needs, but also foster the development of their independent thinking, creativity, and communication skills. The article analyzes the importance of acquiring the necessary knowledge, skills, and methodological approaches to organizing a play environment as part of the professional training of future educators. In addition, it emphasizes that childcenteredness, creativity, activity, and safety serve as key criteria in creating such an environment. future educator, developmental center, play environment, preschool education, creativity, methodological approach, competencybased approach, educational environment. KIRISH Maktabgacha ta’lim tizimida rivojlantiruvchi markazlar faoliyati bolalarning har tomonlama kamol topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu markazlarda tashkil etiladigan o‘yin muhiti nafaqat bolalarning bilish jarayonlarini faollashtiradi, balki ularning ijtimoiylashuvi, shaxsiy sifatlari, nutqiy hamda jismoniy rivojlanishini ta’minlaydi. Shu boisdan bo‘lajak tarbiyachilar rivojlantiruvchi markazlarda o‘yin muhitini tashkil etish bo‘yicha yetarli bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari zarur. O‘yin muhiti-bu bolaning tabiiy
37 qiziqishi, ijodiy faoliyatini rag‘batlantiruvchi va uning individual ehtiyojlariga mos sharoit yaratadigan tarbiyaviy hamda pedagogik makondir. Psixolog olimlarning fikricha, o‘yin faoliyati bolaning eng asosiy yetakchi faoliyat turi bo‘lib, shaxsiy va intellektual rivojlanishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi (L.S. Vygotskiy, J. Piaget). Shu bois rivojlantiruvchi markazlarda tashkil etilgan o‘yin muhiti bolalarning yosh xususiyatlariga mos, qiziqarli va rivojlantiruvchi mazmunga ega bo‘lishi lozim. Bolalar uchun xos bo‘lgan turli xil o‘yin turlari mavjud. Ba'zi o‘yinlar o‘qituvchining rahbarligi ostida bolalarning o‘zlari tomonidan yaratilgan -bu ijodiy o‘yinlar; boshqalari oldindan yaratilgan, tayyor tarkibga va ma'lum qoidalarga ega -bu qoidalar bilan o‘yinlar. O‘z navbatida, qoidalarga egao‘yinlar mobil va didaktik o‘yinlarga bo‘linadi. Har bir o‘yin turining tabiati va xususiyatlarini to‘g‘ri tushunish ularni boshqarish usuli uchun katta ahamiyatga ega. Shunday qilib, ijodiy o‘yinlarni boshqarishda o‘qituvchining vazifasi bolalarga o‘yin mavzusini tanlashga, uning syujetini rivojlantirishga yordam berishdir, binoning o‘yin uchun zarur bo‘lishiga yordam berish, bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish. [1] Psixolog olim L.S.Vigotskiy ta’kidlaganidek, bolalar o‘yinining o‘ziga xosligi shundaki, u amalda bajara olmaydigan istaklarni xayolda amalga oshiradi. Bolalarni turli mazmunli o‘yinlarga va izlanishga rag‘batlantirish ularning jismonan, aqlan va his tuyg‘ular borasida kamol topishlari va bilim olishlarida ko‘maklashadi. O‘yin bolaning shaxsiy tashabbusiga ko‘ra vujudga keladigan, o‘zining faol ijodiy yo‘sindagi, yuksak ta’sirchanlik ruhi bilan ajralib turadigan erkin va mustaqil faoliyatidir. Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: ✓ shaxsning ma’lum bir faoliyatga qiziqishi ortadi; ✓ muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi; ✓ shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishga imkon yaratadi; ✓ hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga tayyorlaydi, mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarini hosil qiladi; ✓ shaxsning ijobiy hislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi Rivojlantiruvchi markazlarda o‘yin muhitini tashkil etishda bo‘lajak tarbiyachining quyidagi vazifalari ajralib turadi: Ta’limiy vazifa – bolalarda yangi bilim va tushunchalarni o‘yin faoliyati orqali shakllantirish. Tarbiyaviy vazifa – axloqiy me’yorlarni singdirish, ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishga yo‘naltirish.
38 Rivojlantiruvchi vazifa – tafakkur, xotira, tasavvur va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish. Shuningdek, tarbiyachi o‘yin muhiti orqali bolalarning mustaqil qaror qabul qilish, hamkorlikda ishlash va kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratishi zarur. O‘yin muhitini tashkil etish tamoyillari O‘yin muhitini samarali tashkil etishda quyidagi tamoyillarga amal qilish muhimdir: 1. Bolaga yo‘naltirilganlik-o‘yinlar bolaning qiziqishi, ehtiyojlari va qobiliyatlariga mos bo‘lishi. 2. Faollik va mustaqillik – bolalarning erkin fikrlashiga, tashabbus ko‘rsatishiga sharoit yaratish. 3. Ijodiylik-o‘yin faoliyatida yangicha g‘oya va ijodkorlikni rag‘batlantirish. 4. Xavfsizlik va qulaylik-o‘yin muhiti bolalar salomatligiga xavf tug‘dirmasligi va psixologik jihatdan qulay bo‘lishi. Xulosa. Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, rivojlantiruvchi markazlarda o‘yin muhitini samarali tashkil etish maktabgacha ta’lim sifatini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. O‘yin jarayoni bolalarning bilish faoliyatini faollashtiradi, ijodiy tafakkurini kengaytiradi, ijtimoiylashuvini kuchaytiradi hamda mustaqil qaror qabul qilish, muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu jihatdan, bo‘lajak tarbiyachilar o‘yin muhitini yaratish bo‘yicha chuqur nazariy bilim, puxta amaliy ko‘nikma hamda metodik yondashuvlarga ega bo‘lishlari zarur. Rivojlantiruvchi markazlarda bolaga yo‘naltirilganlik, ijodkorlik, faollik va xavfsizlik tamoyillariga tayangan holda tashkil etilgan o‘yin muhiti nafaqat maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantiradi, balki ularning keyingi bosqich ta’limiga sifatli tayyorgarlikni ham ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, tarbiyachi kasbining kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlanishini, pedagogik mahoratni oshirishni va ta’lim muhitining samaradorligini ta’minlashni talab etadi. Shunday qilib, bo‘lajak tarbiyachining rivojlantiruvchi markazlar faoliyatida o‘yin muhitini tashkil etish bo‘yicha kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish maktabgacha ta’lim tizimi oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri sifatida ilmiyamaliy ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. N.E.Fayzulloyeva. “Didaktik o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish vositasi sifatida”./So‘ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi ilmiy-uslubiy jurnali.2023-yil. 8-son.
39 2. Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh., A’zamova M. Maktabgacha pedagogika. – T.: Ma’naviyat, 2013. 3. 2. Yusupova P., Maktabgacha tarbiya pedagogika.- T.: O‘qituvchi,1993 4. 3. Grosheva I.V., Yevstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixonova Sh.B., Pak S.V., 5. Djanpiyesova G.E. Ilk qadam. Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat O‘quv Dasturi.-Toshkent, 2018