Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1061 BOSHLANGʻICH SINFLARGA DARS OʻTISH METODIKASI Rustamova Sarvinoz Akmal qizi Qarshi xalqaro universiteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi. Murojat uchun Tel:+998952236522 https://doi.org/10.5281/zenodo.18058605 Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi zamon ta’lim jarayonida metodika va dars o‘tish metodlarining ahamiyati, ularni samarali tashkil etish yo‘llari hamda ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Xususan, interfaol metodlardan foydalanish jarayoni, ularning o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ta’siri tahlil qilingan. Maqolada “zinama-zina” metodi, nazariy ta’limotlar va kompyuter modellashtirish texnologiyalarining ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi orqali o‘quvchilarning bilimni puxta egallashi va uni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari kengayishi asoslab berilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ta’lim jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan yoritilgan. Kalit so‘zlar: metodika, interfaol metodlar, ta’lim metodlari, zinama-zina metodi, nazariy ta’limot, kompyuter modellashtirish, bilim va ko‘nikmalar, pedagogik texnologiyalar. Abstract. This article describes the importance of methodology and teaching methods in the current educational process, ways of their effective organization, and their role in improving the quality of education. In particular, the process of using interactive methods, their influence on the formation of students' cognitive activity, independent thinking and practical skills was analyzed. In the article, the "step-by-step" method, theoretical teachings and the application of computer modeling technologies to the educational process are justified by the expansion of opportunities for students to acquire knowledge and apply it in practice. Also, the use of modern pedagogical technologies serves to increase the effectiveness of education, to strengthen the cooperation between the teacher and the student, and to organize the educational process based on innovative approaches. Key words: methodology, interactive methods, educational methods, step-by-step method, theoretical teaching, computer modeling, knowledge and skills, pedagogical technologies. Аннотация. В данной статье описывается значение методологии и методов обучения в современном образовательном процессе, пути их эффективной организации, а также их роль в повышении качества образования. В частности, был проанализирован процесс использования интерактивных методов, их влияние на формирование познавательной активности учащихся, самостоятельного мышления и практических навыков. В статье метод «шаг за шагом», теоретические занятия и применение технологий компьютерного моделирования в образовательном процессе обосновываются расширением возможностей учащихся приобретать знания и применять их на практике. Также использование современных педагогических технологий служит повышению эффективности образования, укреплению сотрудничества между учителем и учеником, организации образовательного процесса на основе инновационных подходов.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1062 Ключевые слова: методика, интерактивные методы, методы обучения, поэтапный метод, теоретическое обучение, компьютерное моделирование, знания и умения, педагогические технологии. KIRISH Metod (yunoncha “metodos”-bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot)-voqelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻl-yoʻriqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash uchun yaratilgan usullarda biridir. Metodning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish metodikani egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. Metodikani egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. Metodlar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ham ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va hodisalarni kuzatish, ularni birbiriga taqqoslash, oʻxshatish, farq qilish asosida voqelik haqida bilimlarini toʻplab borgan. Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda qoʻllaniladigan yoʻl-yoʻriqlar, metodlar ham takomillashib borgan. Fanning amaliy yani (empirik) va nazariy metodlari vujudga keldi. Fan metodlarining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy nazariyalar tashkil etadi. Har qanday ilmiy nazariya mohiyati jihatidan metod funksiyasiga egadir. ASOSIY QISM Metod oʻz navbatida, yangi ilmiy nazariyalar va qonuniyatlarning ochilishiga vosita boʻladi. Har qanday ilmiy kashfiyotlarga nisbatan olimning biror yangilikni kashf qilishda qoʻllagan ilmiy metodi koʻproq ahamiyatga egadir, chunki boshqa kashfiyotchilar ham shu olim qoʻllagan ilmiy metodga tayanib koʻplab kashfiyotlarni ochishi mumkin. Oʻrta Osiyo olimlaridan Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa fan metodlarini rivojlantirganlar. Xorazmiy olimlarni uchga boʻlib, ularning bir qismi ilmiy kashfiyotlarni ochishda qoʻllaniladigan yoʻlyoʻriq va usullarni ishlab chiqib boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarini osonlashtiradi, deb yozganida, aynan shu metodlarni ishlab chiquvchi olimlarni nazarda tutgan. Yaqin davr Yevropa faylasuf olimlari ham M. Taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshishdi. F. Bekon, G. Galiley, R. Dekart, G. Leybnits singari faylasuflar metodar haqida ʼmaxsus asarlar ham ѐzishdi. Hozirgi zamon fanlarida koʻplab umumiy, xususiy ilmiy metodlar qoʻllaniladi. Ayniqsa, keyingi asrda modellashtirish va matematik metodlarning yangi shakllari rivojlandi, kibernetik modellashtirish va kompyuter modellashtirish metodlari jamiyatning qariyb barcha sohalarida keng miqyosda qoʻllanilmoqda. Shuningdek, boshlangʻich sinfga dars oʻtish metodikasi haqdai koʻplab maqolalar va shunga doir boʻlgan turli xildagi kitoblar ham ishlab chiqilmoqda. Biz hozirgi kunda oʻqituvchining dars oʻtish metodikasi kelib chiqqan holda baʼzi bir maʼlumotlarni bilib olishimiz mumkin. Bilamizki, taʼlim oʻqituvchi va oʻquvchilarning hamkorlikdagi faoliyatligini. Darslarda oʻqituvchi oʻz bilimi, koʻnikma va malakalarini mashgʻulotlar vositasida oʻquvchilarga yetkazadi, oʻquvchilar esa uni oʻzlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bolgan, oʼrganish jarayonida oʻquvchilar oʻzlashtirishning turli koʻrinishlaridan foydalanishadi, yaʼni oʻzlashtirilaѐtgan maʼlumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda oʻziga xos tafovutlarga tayanadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1063 Taʼlim jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, oʻquvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida taʼlim va tarbiya masalalari ham hal etiladi. Taʼlimning maqsadi jamiyat ehtiѐjiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, taʼlimtarbiya maqsadi mos va mutanosib boʻlishi kerak. Maʼlumki, taʼlimda ilgʻor pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish oʻquv mashgʻulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qoʻllash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak maʼnaviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol taʼlim metodlari quyidagilar sanaladi. Interfaol metodlar: "Keys-stadi" (yoki "Oʻquv keyslari"), "Blist-soʻrov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Muammoli taʼlim" va boshqalar. Interfaol taʼlim strategiyalari. "Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zig-zag", "Zinama-zina", "Muzyorar", "Rotastiya", "Yumaloqlangan qor" va h.k. Interfaol taʼlim metodlari tarkibidan interfaol taʼlim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv maʼlum maʼnoda strategik yondashuvga qiѐslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham koʻproq jihatdan interfaol taʼlim metodlariga tegishli boʻlib, ularning orasida boshqa farqlar yoʻq. Interfaol taʼlim metodlarini koʻpincha turli shakllardagi oʻquv mashgʻulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qoʻllanmoqda. Bu metodlarni qoʻllash mashgʻulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, taʼlim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Dars mashgʻulotlarida oʻyin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsagina ijobiy natija beradi. Oʻyin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf oʻquvchilarining oʻyin-topshiriqlarni bajarishga oʻrgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, oʻrganilganlarni xotirada tez tiklay olishga qaratilgan zamonaviy usullaridan biri boʻlib kelmoqda. Bularning barchasi hozirgi zamondagi eng ilgʻor va koʻp qoʻllaniladigan zamonaviy metodlardan bolib. Bugungi kun oʻqituvchidan ilgʻor pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan oʻquv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashgʻulotlarida interfaol metodlarni qoʻllash orqali taʼlim-tarbiya berish yoʻllariga doir fikrlarimizni aytishimiz mumkin. Oʻylaymizki, u oʻquv mashgʻulotlari samaradorligini oshirishda oʻquvchilarga amaliy ѐrdam beradi. Shuningdek, oʻquvchilarni oʻz yoʻnalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik koʻnikmalarini shakllantirishdek masʼuliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin koʻmakchilardan biriga aylanadi. Hozirda oʻzimizning koʻpgina maktablarda boshlangʻich sinflarga dars oʻtish metodikasi turli xildir. Masalan, shulardan bir zigzag va zinama-zina metodlarini koʻrishimiz mumkin. Zinamazina usulida bir oʻquvchi boshqa oʻquvchiga savol beradi agar u javobni topolmasa, savol bergan oʻquvchi bir pogʻona yuqoriga koʻtariladi shu kabi metodlardan foydalanish anchagina darsning sifatli va yaxshi oʻtishiga sabab boʻla oladi. XULOSA Mazkur maqolada keltirilgan fikr va tahlillar asosida shuni xulosa qilish mumkinki, hozirgi ta’lim tizimida zamonaviy va interfaol metodlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday metodlar o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini kuchaytirish, mustaqil va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, zamonaviy metodlar ta’lim jarayonini qiziqarli, mazmunli va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1064 Interfaol va innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilgan darslar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, ta’lim jarayonida ochiq muloqot va ijodiy muhitni shakllantiradi. Natijada o‘quvchilarda zarur bilim, ko‘nikma va malakalar bosqichma-bosqich rivojlanadi hamda ularning zamonaviy jamiyat talablariga mos shaxs sifatida shakllanishiga zamin yaratiladi. Demak, hozirgi zamon ta’limida zamonaviy metodlardan samarali foydalanish nafaqat davr talabi, balki ta’lim sifatini ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) 3. Gʻ. Ernazarov Boshlangʻich sinflarga ona tili oʻqitish metodikasi Toshkent –2013 4. I.Gʻulomov, L.Rasulov, X.Rahmatov, M.Mirzaahmedov, Oʻzbek tili oʻqitish metodikasi T.., 2000 5. www.arxiv.uz 6. www.fayllar.uz