Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1093 NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNI QO'LLAB-QUVVATLASH BO'YICHA YANGI TIZIMNI YARATISH HAMDA ULAR UCHUN QULAY VA MAQBUL MUHITNI YARATISH Nazarov Elbek Shermaxmatovich Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi kafedrasi o‘qituvchisi. Shaxriyorov Navro‘z Tohirovich Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18058875 Annotatsiya. Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay muhit yaratish masalasi keng yoritilgan. O‘zbekistonda nogironlarning huquqlarini himoya qilish, ularni bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash va raqamli xizmatlarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar tahlil qilingan. Xususan, PF-5270-sonli Farmon va PQ-57-sonli Qaror asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, O‘zbekistonning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya”ni ratifikatsiya qilgani alohida ta’kidlangan. Maqolada shuningdek, nogiron shaxslarning mehnat bozoridagi ishtiroki, ish haqi darajasi, ijtimoiy nafaqalardagi o‘zgarishlar va xalqaro tajriba (Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Kanada kabi davlatlar bilan solishtirish) haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘zbekistonning zamonaviy tizimlar orqali nogironlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalari ham aks ettirilgan. Kalit so’zlar: Nogironligi bor bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, inklyuzivlik, nogironlik nafaqasi, infratuzilma. Annotation: This article provides a comprehensive analysis of issues related to supporting persons with disabilities and creating an accessible and inclusive environment for them. It examines the reforms being implemented in Uzbekistan to protect the rights of persons with disabilities and to involve them in employment, education, healthcare, and digital services, as well as the presidential decrees and government resolutions adopted in this area. In particular, the measures implemented on the basis of Presidential Decree No. PF-5270 and Government Resolution No. PQ-57 are analyzed, and special emphasis is placed on Uzbekistan’s ratification of the Convention on the Rights of Persons with Disabilities. Keywords: support for persons with disabilities, social protection, inclusivity, disability benefits, infrastructure. Har qanday jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri bu – imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar darajasidir. Nogironligi bo‘lgan insonlar hayotini yengillashtirish, ularning huquq va ehtiyojlarini to‘liq hisobga olgan holda qulay muhit yaratish, nafaqat insonparvarlik, balki ijtimoiy adolat tamoyillarining amaliy ifodasi hamdir. Shu bois, bugungi globallashuv va raqamli rivojlanish davrida nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llabquvvatlashga qaratilgan zamonaviy tizimlarni yaratish muhim strategik vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda ijtimoiy himoya tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Xususan, nogironlar huquqlarini himoya qilish, ularni bandlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlariga keng jalb etish borasida muhim qadamlar tashlanmoqda.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1094 Biroq mavjud muammolar hanuz dolzarbligicha qolmoqda — infratuzilmalarning to‘liq moslashtirilmaganligi, xizmatlardan foydalanishda ma’lumot yetishmasligi, zamonaviy texnologiyalarning keng joriy etilmaganligi shular jumlasidandir. Bu holat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligiga, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, nogironligi bo‘lgan fuqarolar ehtiyojlarini chuqur tahlil qilgan holda, ular uchun maxsus ishlab chiqilgan, integratsiyalashgan va barqaror faoliyat yurituvchi yangi tizimni yaratish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunday tizim nafaqat yordam ko‘rsatish vositasi, balki fuqarolarning o‘z hayotini mustaqil tarzda boshqarishiga xizmat qiluvchi raqamli imkoniyatlar maydoniga aylanishi kerak. Hozirgi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash va himoya qilish masalalari O‘zbekiston Respublikasining 200 dan ortiq normativhuquqiy hujjatlari, jumladan Konstitutsiya, 40 dan ortiq qonunlar va 160 dan ziyod qonunosti hujjatlari orqali tartibga solinmoqda.1 Bu esa davlatning nogironligi bo‘lgan fuqarolarga nisbatan ijtimoiy adolat va teng imkoniyatlar prinsipiga asoslangan siyosat yuritayotganidan dalolat beradi. Mazkur me’yoriy hujjatlar nogironlar huquqlarini himoya qilish, ularni ta’lim, tibbiyot, transport, axborotkommunikatsiya texnologiyalari, bandlik va ijtimoiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu sohadagi yondashuvlarni tizimli asosda amalga oshirish maqsadida, 2017yil 1dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5270-sonli Farmoni — “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5270-sonli Farmoni hujjati qabul qilindi. Ushbu Farmon nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun mavjud xizmatlar sifatini oshirish, yangi zamonaviy reabilitatsiya markazlarini tashkil qilish, nogironlar bandligini rag‘batlantirish va ularning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash yo‘nalishlarida amaliy mexanizmlarni shakllantirishga zamin yaratdi. Keyinchalik ushbu siyosatning davomi sifatida, 2021-yil 21-dekabrda Prezidentning PQ57-son Qarori — “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat orqali nogironlar uchun yaratiladigan infratuzilmalarni takomillashtirish, ularning kasb-hunar o‘rganishlari va mehnat bozorida faol ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, ular uchun qulay axborot va xizmatlar tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalar belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi”ni ratifikatsiya qilgani, ushbu yo‘nalishdagi xalqaro yondashuvlar va standartlarni milliy huquqiy tizimga uyg‘unlashtirishga bo‘lgan siyosiy iroda va sodiqlikni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bu esa mamlakatda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va maqbul muhit yaratishga qaratilgan tizimli islohotlarning xalqaro darajadagi huquqiy majburiyatlar asosida amalga oshirilayotganini anglatadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy maqomini mustahkamlash, ularning ijtimoiy tenglik va inklyuziya tamoyillari asosida jamiyat hayotida to‘liq ishtirok etishini ta’minlash xalqaro miqyosda ham dolzarb masala sifatida e’tirof etilgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1095 Bu boradagi eng muhim qadam — 2006-yil 13-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida qabul qilingan va 2007-yil 30martdan imzolash uchun ochilgan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya” hisoblanadi. Mazkur Konventsiya inson huquqlari bo‘yicha XXI asrdagi birinchi keng qamrovli xalqaro shartnoma bo‘lib, u mintaqaviy integratsiya tashkilotlari tomonidan ham imzolanishi uchun ochiq bo‘lgan ilk konvensiya sifatida tarixga kirdi.Ushbu hujjat Konvensiyaning ochilish kunida imzo chekkanlar soni bo‘yicha BMT tarixida rekord darajaga yetgan bo‘lib, bu masalaning global miqyosdagi dolzarbligini yaqqol ko‘rsatadi. Konventsiya 2008-yil 3-mayda rasmiy kuchga kirgan va u 2002yildan 2006-yilgacha BMT Bosh Assambleyasining Maxsus qo‘mitasi tomonidan sakkizta sessiyada muhokama qilingan. Bu esa uni inson huquqlari sohasida eng tezkor va samarali tarzda ishlab chiqilgan xalqaro shartnomaga aylantirdi. Hozirda ushbu Konventsiyani 190 dan ortiq davlat ratifikatsiya qilgan, bu esa nogironlar huquqlarini himoya qilish global ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi ham bu yo‘nalishda muhim siyosiy qadam tashlab, 2021-yilda “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya”ni ratifikatsiya qilgan. Shu orqali mamlakat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xalqaro standartlarga mos shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va erkinliklarini to‘liq ta’minlash bo‘yicha o‘z zimmasiga aniq majburiyatlar olgan. Bu esa milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlar tizimini moslashtirish, nogironlar bandligini va ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, davlat va jamiyatning barchasini inklyuzivlik ruhida harakat qilishga undaydi. Aynan mana shu siyosiy va huquqiy asoslarO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yilgi PF-5270-son Farmon hamda 2021-yilgi PQ-57-son Qarorida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ular orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga mos va qulay muhit yaratish, zamonaviy raqamli tizimlar orqali xizmat ko‘rsatish kabi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, har yili 3-dekabr sanasining Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanishi ham bu toifadagi insonlarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatiga e’tibor qaratilishining ramziy ifodasidir. O‘zbekist onda nogiron shaxslarning mehnat bozoridagi ishtiroki har bir jamiyatning inklyuzivlik darajasini ko‘rsatib beruvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Garchi Konvensiyaga aʼzo bo‘lgan bo‘lsa-da, mamlakatda bu borada hali ham ko‘plab muammolar mavjud. Siyosiy qarorlar, amaliy tashabbuslar va qonunchilikdagi yondashuvlar boshqa davlatlarnikidan farq qiladi va ular nogiron shaxslarning bandlik darajasi hamda ish haqi miqdoriga bevosita ta’sir qiladi. Masalan, 2024-yil dekabr oyida O‘zbekiston Prezidenti raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda 40 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ish bilan ta’minlangani aytilgan bo‘lsa-da, bu raqamlar mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan. 3 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institute rasmiy statistikasiga ko‘ra, 2024-yil mart holatida mamlakatda 755 mingdan ortiq mehnatga layoqatli nogiron shaxslar mavjud bo‘lib, ularning bor-yo‘g‘i 3,7 foizi doimiy ish bilan ta’minlangan. Bu esa Konvensiyada belgilangan huquq va majburiyatlarning amaliyotda to‘liq ijro etilmayotganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, nogiron shaxslar asosan kam maoshli va past malakali lavozimlarda ishlaydi. 2024-yil sentabr oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 579 nafar nogiron xodimning daromadi nolga teng bo‘lgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1096 161 nafar xodim 2 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha maosh olgan, aksariyat maoshlar esa 1-8 mln so‘m oralig‘ida bo‘lgan. Juda kam foiz xodimlar 12 mln so‘mdan ortiq maosh olgan (taxminan 10 kishi). Umuman olganda, nogiron shaxslar asosan kam haq to‘lanadigan sohalarda ishlaydi. Nogiron shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartibi belgilangan. Har bir nogiron xodim uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi. Bunda ish beruvchi nogiron shaxsni ishga qabul qilgandan keyin subsidiya olish uchun tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi. O‘zbekistonda nogiron shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024yilda nogironlik nafaqalari miqdorida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, 2024-yil 1fevraldan boshlab mehnatga layoqatsiz fuqarolarga, shuningdek, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori oyiga 800 000 so‘m etib belgilandi. Keyinchalik, 1-sentabrdan e’tiboran ushbu nafaqa miqdorlari yana oshirildi. Yangi tartibga ko‘ra: I guruh nogironlik nafaqasi oyiga 1 027 000 so‘mni II guruh nogironlik nafaqasi esa 920 000 so‘mni tashkil etdi. Ushbu o‘zgarishlar nogiron fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, davlat tomonidan nogironlar huquqlarining ta’minlanishiga bo‘lgan e’tibor ortib borayotganini ko‘rsatadi. Lekin, nogiron shaxslarning mehnat bozoridagi ishtiroki darajasi hali ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Quyidagi jadvalda O‘zbekiston va bir qator xorijiy mamlakatlarda nogiron shaxslarning bandlike darajasi ko‘rsatilgan: Davlat Bandlik darajasi (%) Manba O‘zbekiston 3.7 IMRS Buyuk Britaniya 57.7 Daryo.uz Yevropa Ittifoqi 50.6 Daryo.uz AQSh 31 IMRS Kanada 59 IMRS Avstraliya 54 IMRS Shvetsiya 53 IMRS Norvegiya 44 IMRS Xitoy 80 IMRS Qozog‘iston 30 IMRS Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda nogiron shaxslarning bandlik darajasi 3,7% ni tashkil etib, boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan ancha past. O’rtacha 50 foiz boshqa davlatlarda. Bu esa nafaqat ijtimoiy yordamni, balki nogironlar uchun bandlik imkoniyatlarini kengaytirish, ular uchun maxsus ish o‘rinlari yaratish va ishga joylashishdagi to‘siqlarni bartaraf etish zarurligini ko‘rsatadi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda nogiron shaxslarning bandlik darajasi 3,7% ni tashkil etib, boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan ancha past.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1097 O’rtacha 50 foiz boshqa davlatlarda. Bu esa nafaqat ijtimoiy yordamni, balki nogironlar uchun bandlik imkoniyatlarini kengaytirish, ular uchun maxsus ish o‘rinlari yaratish va ishga joylashishdagi to‘siqlarni bartaraf etish zarurligini ko‘rsatadi. Masalan, Buyuk Britaniyada yashovchi nogiron shaxslar bir qator muhim huquq va imtiyozlarga ega. Ular oyiga o‘rtacha £679.90 miqdorida nogironlik nafaqasi olishlari mumkin. Shuningdek: -100% gacha kengash solig‘i chegirmasi, -Qish mavsumida £300 gacha yoqilg‘i to‘lovlari, -Gaz yoki elektr uchun £140 issiq uy chegirmasi, -Suv to‘lovlari uchun WaterSure dasturi orqali kompensatsiya, -Yashash sharoitlarini yaxshilash uchun £25,000 dan £36,000 gacha grant ajratilishi kabi imkoniyatlar mavjud. Bundan tashqari, nogiron shaxslar uchun sayohat va transport sohasida ham bir qator qulayliklar yaratilgan. Jumladan: -Bepul avtobus chiptalari, -“Moviy nishon” sxemasi orqali maxsus to‘xtash joylaridan bepul foydalanish huquqi, -Harakatlanish sxemasi orqali nogironlik tufayli transport xarajatlarini qoplash yoki avtomobil xaridiga yordam, -Temir yo‘l chiptalarida Nogironlar kartasi orqali uchdan bir qismgacha chegirma, -Avtotransport soliqlaridan to‘liq ozod qilish imkoniyati mavjud. Shuningdek, fuqarolar qancha imtiyoz va yordam olish huquqiga ega ekanliklarini rasmi gov.uk sayti orqali onlayn tarzda tekshirishi ham mumkin. Bu kabi kompleks va tizimli qo‘llab-quvvatlovchi choralar nogironlarning jamiyatda to‘laqonli hayot kechirishi, ijtimoiy tenglik va inklyuzivlikka erishishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston ham bu yo‘nalishda xalqaro ilg‘or tajribalardan foydalanib, nogironlar huquqlarini ta'minlash va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni davom ettirishi zarur. Xulosa Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash va ularni jamiyat hayotiga to‘liq jalb etish har bir demokratik davlatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda ham ushbu sohada sezilarli yutuqlarga erishilgan, ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy islohotlar amalga oshirilgan. Xususan, “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya”ning ratifikatsiyasi va unga asoslangan normativ hujjatlarning qabul qilinishi bu borada muhim qadamlardan bo‘ldi. Buyuk Britaniya tajribasi nogiron shaxslarni qo‘llabquvvatlashda mukammal tizimni shakllantirganini ko‘rsatadi. Bu mamlakatda nogiron shaxslar uchun maxsus mehnat bozorini rivojlantirish, ularning ta’lim va kasbiy tayyorgarligini qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani moslashtirish va nogironlikni inklyuziv siyosat orqali jamiyatning barcha jabhalariga integratsiya qilishga yo‘naltirilgan samarali dasturlar amalga oshirilgan. Ayniqsa, nogiron shaxslarning o‘z huquqlarini mustaqil ravishda himoya qila olishlari uchun yaratilgan huquqiy va raqamli imkoniyatlar jiddiy e’tiborga loyiqdir.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1098 O‘zbekistonda ham Buyuk Britaniya Yevropa desakchi? tajribasidan o‘rganish, nogiron shaxslarni bandlik, ta’lim va raqamli xizmatlardan foydalanish sohalariga yanada faolroq jalb etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish uchun kompleks va uzviy yondashuvlarni joriy etish zarur. Moddiy yordam bilan cheklanmasdan, balki ularning hayot sifatini oshirishga qaratilgan inklyuziv siyosat va infratuzilma rivojlantirilishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Kun.uz; 2. un.org – BMT rasmiy sayti e’lon qilingan ma’lumotlar. 3. mjdc.uzZamonaviy Jurnalistikani Rivojlantirish Markazi rasmiy sayti. 4. Daryo.uzsayti ma’lumotlaridan foydalanilgan. 5. Lex.uz – sayti ma’lumotlaridan 6. oaktreemobility.co.ukBuyuk Biritaniyada nogironlarni qo’lla quvvatlovchi kompaniya rasmiy sayti .