HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODINING XALQARO ADABIYOTSHUNOSLIKDA YORITILISHI
Full text
254 3 5 HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODINING XALQARO ADABIYOTSHUNOSLIKDA YORITILISHI Madaliyeva Zuxraxon Odiljon qizi, University of Business and Science, Filologiya fakulteti, Til va adabiyot ta’limi kafedrasi dosenti v.b. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18058970 Annotatsiya. Mazkur maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodining xorijiy adabiyotshunoslikda, xususan, amerikalik olim Edvard Olvort asarlarida yoritilishi hamda bu qarashlarning o‘zbek adabiyotshunosligida qanday qabul qilingani tahlil qilinadi. Tadqiqotda Laziz Qayumov, Matyoqub Qo‘shjonov, Marat Nurmuhamedov singari olimlarning Olvortga bildirgan e’tirozlari, ularning sabab va asoslari ilmiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Asarda tarjima muammolari, mafkuraviy omillar hamda sovet davri ilmiy muhitining Hamza shaxsiga doir talqinlarga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, Hamza Hakimzodaning vafoti, dramatik merosi va teatr san’atidagi o‘rni Olvort asarlari asosida xolis baholanadi. Maqola Hamza merosining xalqaro miqyosdagi ilmiy talqinlarini qayta ko‘rib chiqish zaruratini asoslaydi. Kalit so‘zlar: Hamza Hakimzoda Niyoziy, Edvard Olvort, o‘zbek adabiyotshunosligi, tarjima muammosi, sovet mafkurasi, jadid adabiyoti, drama va teatr. Аннотация. В статье анализируется освещение жизни и творчества Хамзы Хакимзаде Ниязи в зарубежном литературоведении, прежде всего в трудах американского исследователя Эдварда Олворта, а также отношение к этим взглядам в узбекском литературоведении. Рассматриваются критические оценки Лазиза Каюмова, Матѐкуба Кушжонова и Марата Нурмухамедова, выявляются причины их разногласий с Олвортом. Особое внимание уделяется проблемам перевода, идеологическим факторам и влиянию советского научного контекста на интерпретацию личности и творчества Хамзы. На основе трудов Олворта объективно анализируются вопросы гибели Хамзы, его драматургическое наследие и роль в развитии узбекского театра. Делается вывод о необходимости пересмотра и более взвешенного подхода к международным исследованиям наследия Хамзы Хакимзаде Ниязи. Ключевые слова: Хамза Хакимзаде Ниязи, Эдвард Олворт, узбекское литературоведение, проблема перевода, советская идеология, джадидская литература, драма и театр. Abstract. This article examines the interpretation of Hamza Hakimzoda Niyozi’s life and literary legacy in foreign scholarship, particularly in the works of American historian Edward Allworth, and the response of Uzbek literary studies to these interpretations. The study analyzes critical views expressed by Laziz Qayumov, Matyoqub Qushjonov, and Marat Nurmuhamedov, identifying the scholarly and ideological reasons behind their objections. Special attention is paid to issues of translation, ideological influence, and the impact of the Soviet academic environment on the evaluation of Hamza’s personality and works. Based on Allworth’s studies, the article reassesses the circumstances of Hamza’s death, his dramatic heritage, and his role in the development of Uzbek theatre. The research highlights the necessity of a more balanced and comprehensive approach to international interpretations of Hamza Hakimzoda Niyozi’s legacy. Keywords: Hamza Hakimzoda Niyozi, Edward Allworth, Uzbek literary studies, translation issues, Soviet ideology, Jadid literature, drama and theatre. Kirish. Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti, faoliyati to„g„risida qator tadqiqot ishlari olib borilgan, bir necha o„n yillar avval amalga oshirilgan (Yu.Sultonov, L.Qayumov, M.Rahmonov va boshqalar tomonidan) bu izlanishlar bugun ham izchil ravishda davom etmoqda. Izlanishlarning ayrimlari yondashuvning turfaligi bilan boshqalaridan farq qiladi. Xususan, Laziz Qayumovning ayrim (ba‟zi “xamzashunoslar” haqidagi) ishlari bunga yaqqol
255 3 5 misoldir. Olim “Olamshumul shoirimiz” [9,С.25-34] tadqiqotining aksar o„rinlarida Edvard Olvortning “O„zbek adabiy siyosati” (“Uzbek literary politics”) asaridagi ba‟zi jumlalarga qarshi turadi. Aytilgan ma‟lumotlar tarjima nuqtayi nazaridan to„g„ri, ammo fikrlar ketmaketligi buzilgan. Faqat uzib olingan ayrim qisqa parchalar keltiriladi. Asl matnda ular o„zining haqiqiy ma‟nosini ko„rsatadi va ayrim e‟tirozlar o„z kuchini yo„qotadi. Adabiyotlar tahlili. Misol uchun, L.Qayumov Muqimiy, Zavqiy, Furqat kabi shoirlar davomchilari qatorida Hamzani sanamagani uchun (uni jadidlar ortidan ergashdi degan ma‟noni uqib) Olvortni qoralaydi, lekin asarda aksincha fikr keltiriladi: At the end of the nineteenth and the beginning of the twentieth centuries, after the incorporation of Central Asia into Russia, advanced Russian culture greatly influenced the development of Uzbek democratic literature and the art of its outstanding representatives: Muhammad Amin Muqimiy (1851-1903), Zakirjan Furqat (1858-1909), Ubaydullah Salih Zavqiy (1853-1921), Avaz Otar-oghli (1884-1919), Hamza (1889-1929), and other [3,С.218]. Tarjimasi: XIX asr oxiri XX asr boshlarida O„rta Osiyo Rossiyaga qo„shib olinganidan so„ng o„zbek demokratik adabiyoti va san‟ati rivojiga rus madaniyati katta ta‟sir ko„rsatdi, uning ko„zga ko„ringan vakillari: Muhammad Amin Muqimiy (1851-1903) (Tadqiqotchi ayrim ijodkorlarning tug„ilgan yillarini keltirishda xatolikga yo„l qo„yadi. Xususan, o„zbek tilidagi manbalarda Muqimiyning tug„ilgan yili 1850-yil, Furqatning tavallud yili 1859-yil deb keltiriladi.), Zokirjon Furqat (1858-1909), Ubaydulloh Solih Zavqiy (1853-1921), Avaz O„tar o„g„li (1884-1919), Hamza (1889-1929) va boshqalar. Ko„rinadiki, muallifga Edvard Olvortning ushbu asarining ayrim qismlarigina yetkazilgan yoki tarjimadan ma‟lum “maqsad” ko„zlangan. Bundan tashqari, maqola yaratilgan davr ham muallifning bu turdagi tanqidiy yondashuviga sabab bo„lgan bo„lishi mumkin. L.Qayumov o„z ilmiy faoliyatida Hamza Hakimzoda hayoti va ijodini tadqiq etishga juda katta o„rin ajratgan bo„lib, olim “Inqilob kuychisi” (1962), “Inqilob va ijod” (1964), “Inqilobiy drama” (1970), “Hamza” (1973) kabi ilmiy tadqiqotlar yaratgan. Tadqiqot metodologiyasi. Edvard Olvortning “O„zbek adabiy siyosati” (“Uzbek literary politics”) asarida Hamza Hakimzoda haqida yuqoridagilardan tashqari ko„plab faktlar keltiriladiki, ularning ayrimlari hozirga qadar ham bahslidir. Ulardan biri hanuzgacha manbalarda turlicha tafsiloti keltiriladigan Hamza Hakimzodaning vafoti masalasi. Ma‟lumki, 1928-yil boshlarida o„z davriy nashriga ham ega bo„lgan “Xudosizlar jamiyati” deb nomlangan tashkilot faoliyat olib borgan. Olvort, Hamza Hakimzoda Niyoziy shu davrda unga rahbarlik qilganini aytadi. Hamzaning bu sohadagi faoliyati xudojo„y musulmonlar orasida katta norozilik uyg„otadi va 1929-yilda Shohimardondagi diniy joyni qizil muzeyga aylantiruvchi guruhga rahbarlik qilayotgan vaqtda g„azablangan mahalliy olomon tomonidan o„ldiriladi. “Qizil Qalam” jurnalining o„sha yildagi 2-soni ushbu “shahid”ga bag„ishlanadi. Sovet hokimiyati avvaliga bu qotillikni sodir etgan olomonni dindor musulmonlar yoki ular tomonidan gij-gijlangan shaxslar deb izohladi, keyinchalik ular qatoriga “imperializm
256 3 5 xizmatkorlari”, “burjua millatchilari” va boshqalarni qo„shib qo„ydilar. Ehtimol, Sovetlar uchun Niyoziyning tirigidan ko„ra o„ligi ahamiyatliroq bo„lgani sababli ular “shahidlik”ning shunday murakkab mifologiyasini yaratishgandir. Shohimardonda uning haykali o„rnatiladi va shaharga Hamzaobod nomi beriladi va bu jarayon Qarshi shahriga nomi berilgan jadid Mahmudxo„ja Behbudiyga kontrast qo„yiladi [3,С.122]. Olvortning Hamza Hakimzoda o„limi tafsilotlari haqidagi yozganlari Marat Nurmuhamedovga yoqmaydi. Uningcha, amerikalik olim Hamza Hakimzodaning o„limi to„g„risida beparvolik bilan yozadi, ammo bu o„rinda muallif biroz yomon hislarga beriladi [8,С.66]. Holbuki, Hamza Hakimzoda to„g„risida Olvort hech bir o„rinda yomon so„zlamaydi, unga xolis munosabatda bo„lgani, faktlarga tayangani seziladi. Tahlil va natijalar. Xalq orasida ham Hamza Hakimzoda vafoti bilan bog„liq turlicha tafsilotlar mavjud. Hattoki, og„izdan og„izga ko„chib yuruvchi turli qo„shiq-marsiyalar bor [7,С.144-150]: Ul ko‘ringan tepalik, Shohimardon tog‘idir. Tagidan o‘tgan anhor, Hakimzoda qonidir. Tog‘lar bag‘ri go‘zal joy, Hakimzoda bog‘idir. Dushmanlarning qo‘lida, Hamza qurbon bo‘lgandir. Uning vafoti haqida matbuotda juda ko„p chiqishlar bo„lgan. Ana shulardan biri N.Karimovning “Hamzani kim o„ldirgan yoxud Shohimardonning qora bahori” maqolasi hisoblanib, ushbu maqola tarixiy faktlarga asoslanganligi bilan ahamiyatlidir. “Yoshlik” jurnalida e‟lon qilingan ushbu ishda olim masalani tarixiy faktlar bilan ochiqlaydi [5,С.5059]. Olvort Hamza Hakimzodaning asarlari xususida so„z yuritar ekan, manbalarda “Boy ila xizmatchi” asarining ilk marta e‟lon qilinishi sanasi farqli ekanini aytadi: ayrim manbalarda 1919-yil, ayrimlarida esa 1922-yil ko„rsatilgan. Olvort bu sanalarning ikkisi ham to„g„ri bo„lishi mumkin, degan taxminni ilgari suradi: asarning ba‟zi ko„rinishlari yo„l-yo„lakay (qisman) taqdim qilingan, 1922-yilda esa O„zbek teatrida to„liq holda sahnalashtirilgan [3,С.216]. Bundan tashqari, Amerika o„zbekshunosi Niyoziyni o„zbek teatr san‟atidagi rusparast dramaturglarga boshchilik qilganini aytadi. Olvortga ko„ra, Hamza Hakimzodaning “Farg„ona fojiasi”, “Xorazm inqilobi” nomli asarlari yo„qolgan[3,С.218]. Chindan, bizga qadar yetib kelmagan “Farg„ona fojiasi” asari muallif hayotligida bir necha shaharlarda sahnalashtirilgan, hatto, Cho„lpon tomonidan qoralangan [6,С.152]. Shuningdek, Hamza sharq adabiyotida mavjud bo„lgan “Toshbaqa va chayon” masaliga (Jomiy, Gulxaniy) yangicha yondashgan edi [3,С.239].
257 3 5 “Uzbek literary politics” asarida Hamza Hakimzoda haqida keltirilgan ma‟lumotlardan adabiyotshunos Matyoqub Qo„shjonovning ham ko„ngli to„lmaydi. Unga ko„ra, Olvort asarda Hamza Hakimzodaning o„zbek realistik dramasini asoslagan asarlari haqida atayin (ta‟kid bizniki – Z.M) lom-mim demaydi [10,С.74]. Bu o„rinda Matyoqub Qo„shjonovning fikriga to„liq qo„shilib bo„lmaydi. “Uzbek literary politics” (“O„zbek adabiy siyosati”) ning XXIV bobi Drama va teatr deb nomlangan bo„lib, bu qismda muallif Hamza Hakimzodaning 1918-yilda Farg„onada tashkil qilingan O„lka sayyor dramatik truppasiga boshchilik qilgani haqida yozar ekan, keyingi o„rinlarda uning “Farg„ona fojiasi” dramasi yo„qolgan, “Zaharli hayot” dramasi saqlangan ekanini, G„arbiy Turkistondagi rus inqilobiy faoliyatini aks ettiruvchi “Boy ila xizmatchi” dramasi eng ko„p eslanishi, o„zbek ayollari muammolariga bag„ishlangan “Paranji sirlari” asarlari mavjudligini sanab o„tadi. Komediyalari “Tuhmatchilar jazosi”, “Maysaraning ishi” bo„lsa, “Xorazm inqilobi”, “Yer islohoti”, “Saylov oldida”, “Eshon o„pkasiga javob” kabilar sahna uchun yozilgan boshqa asarlaridir [3,С.218]. Ko„rinadiki, bu o„rinda M.Qo„shjonovning Olvortga e‟tiroz bildirishiga aslo o„rin yo„q. E‟tiborlisi, olimning Olvort bilan bog„liq yuqoridagi “e‟tiroz”i M.Nurmuhamedovda ham uchraydi. Bu hol ishning avvalida to„xtalganimiz, tarjima materiallaridan ayrim qisqa parchalar keltirilganligi, ayni davrda Sovet-Amerika munosabatlari keskinlashganligi bilan izohlanishi mumkin. Olim 1982-yil yozgan “A document about the cultural life of Soviet Uzbeks outside their SSSR” (“Sovet o„zbeklarining SSSRdan tashqaridagi madaniy hayoti haqida hujjat”) maqolasida ma‟rifatparvar adibning “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” asarini 1973-yilda teatr sahnasida tomosha qilgani haqida yozar ekan, bu ijroga nafaqat ijodiy, balki tashkiliy tomondan ham jiddiy kamchiliklarga boy edi, deya baho beradi [1,С.103-125]. “Modern Uzbeks”da ushbu asar orqali oila ichidagi buyuk insoniy baxtsizlikning halokatli oqibatlarini tasvirlab, jadidcha islohotlarni erkin tanlashni targ„ib qiladi deydi [4,С.150]. Olvort keyingi yillarda yaratilgan “Modern Uzbeks. From the fourteenth century to the present. A cultural history” asarida esa Niyoziyning maktablar uchun “Yengil adabiyot” nomli qo„llanma yaratgani, 45 darsdan iborat ushbu qo„llanmada yoshlarni o„qishga, kamtar, halol va taqvodor bo„lishga chorlovchi ko„plab kichik hikoyalar berilganini aytar ekan, har bir dars boshida uni ochib beruvchi sodda, qofiyali misralarda diniy mavzular yoritib borilganini eslaydi: Xudo birdur, yo‘q sherik, O‘lmas hech, doim tirik kabi [4,С.136]. 1994-yilda nashr qilingan “Central Asia. 130 years of Russian Dominance. A historical overview” asarida esa “Yangi saodat: milliy roman”, “Boy ila xizmatchi” asarlari haqida so„z yuritar ekan, pyesa yaratilgan davrga kelib, O„rta Osiyo sahnasiga “ko„z yosh to„kkan ayollar” obrazi kelganini aytadi: “Nodonlik qurbonlari” (qozoq dramasi), “Boy ila xizmatchi” (o„zbek), “Qayg„uli Kakey” (qirg„iz adabiyoti). Xulosa. Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodining xalqaro adabiyotshunoslikda yoritilishi tarjima aniqligi, mafkuraviy omillar hamda ilmiy yondashuv bilan chambarchas
258 3 5 bog„liqdir. Edvard Olvort asarlarida Hamza shaxsiga doir ayrim bahsli jihatlar mavjud bo„lsa-da, uning tadqiqotlari Hamza merosini xalqaro ilmiy muhitda tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi. O„zbek olimlarining Olvortga bildirgan e‟tirozlari ko„p hollarda asarlarning to„liq kontekstini hisobga olmagan holda yuzaga kelgani kuzatiladi. Asl manbalar bilan qiyosiy tahlil Hamza Hakimzoda ijodiga nisbatan xolis va muvozanatli baho berish zarurligini ko„rsatadi. Ushbu yondashuv Hamza merosining jahon adabiy jarayonidagi o„rnini aniqlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Allworth E. A document about the cultural life of Soviet Uzbeks outside their SSR. Central Asian Survey, 1:2-3, 103-125. 2. Allworth E. Central Asia. 130 years of Russian dominance, A historical overview. Duke University Press. Durham and London. 1994. –P. 427 3. Allworth E. Uzbek literary politics. The Hague: Mouton. 1964. –P. 218. 4. Allworth E. The Modern Uzbeks. From the fourteenth century to the Present. Hoover Institution Press. Stanford University, 1990. –P. 150. 5. Каримов Н. Ҳамзани ким ўлдирган ёхуд Шоҳимардоннинг қора баҳори//Yoshlik. –Тошкент, 1991. № 10. – Б. 50-59. 6. Каримов H. ХХ аср адабиёти манзаралари. (Биринчи китоб.) -Тошкент: Ўзбекистон, 2008. –Б.152. 7. Mуродов M. Халқ ижодида Ҳамза образи. Ҳамза ижоди ҳақида. (Tадқиқотлар). –Tошкент:. Фан, 1981. –Б. 144-150. 8. Нурмуҳамедов M. Адабиётимизнинг буржуача талқинини танқид. Aдабиёт ва мафкура. –Tошкент: Адабиёт ва санъат. 1977. –Б. 66. 9. Қаюмов Л. Оламшумул шоиримиз. Ҳамза ижоди ҳақида. Tадқиқотлар. –Tошкент: Фан, 1981. –Б. 25-34. 10. Қўшжонов M. Танқидчиликдаги ҳалоллик – поклик рамзи. Қалб ва қиёфа. -Tошкент: Адабиёт ва санъат. 1978. –Б. 74