scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BASKETBOL O'YININING RIVOJLANISH TARIXI

Jiemuratova Alima Sag'inbaevna

Abstract

Ushbu maqolada basketbol oyining poyda bolishi haqqida so`z boradi Neysmit o‘yinda ishtirokchilar sonini qat’iy cheklab qo‘ymagan. Uning ta’riflashicha, o‘yinda uch o‘yinchidan boshlab 40 o‘yinchigacha qatnashishiga ruxsat berilgan. Futbol o‘yinidan nusxa ko‘chirib, o‘yinchilarni uch hujumchiga uch himoyachiga ajratib qo‘yilgan edi. Ularga faqat o‘z "hududlarida" o‘ynashga ruxsat berilgan edi.1892-yil 11-martda, ana shu qoidalar asosida birinchi marta tomoshabinlar oldida o‘yin o‘tkazilib, uni tomosha qilish uchun 200 kishi to‘plandi. Talabalar o‘z o‘qituvchilari bilan o‘ynaydi. va 5:1 hisobida g‘olib bo‘ldi. Shundan keyin o‘yin keng ko‘lamda rivojlanib ketdi va 1892-yilning o‘zida Meksikada ham basketbol o‘yinlari boshlandi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, Lyu Allan Xartford shahrida noqulay savatchalarni - shaftoli terishga mo‘ljallangan bu savatchalarni (4-rasm) simdan to‘qilgan silindr shaklidagi og‘ir savatchalar bilan almashtirdi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1102 BASKETBOL O‘YININING RIVOJLANISH TARIXI Jiemuratova Alima Sag'inbaevna Berdaq nomidagi QDU. Jismoniy madaniyati nazariyasi va metodikasi kafedrasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18059013 Annotatsiya. Ushbu maqolada basketbol oyining poyda bolishi haqqida so`z boradi Neysmit o‘yinda ishtirokchilar sonini qat’iy cheklab qo‘ymagan. Uning ta’riflashicha, o‘yinda uch o‘yinchidan boshlab 40 o‘yinchigacha qatnashishiga ruxsat berilgan. Futbol o‘yinidan nusxa ko‘chirib, o‘yinchilarni uch hujumchiga uch himoyachiga ajratib qo‘yilgan edi. Ularga faqat o‘z "hududlarida" o‘ynashga ruxsat berilgan edi.1892-yil 11-martda, ana shu qoidalar asosida birinchi marta tomoshabinlar oldida o‘yin o‘tkazilib, uni tomosha qilish uchun 200 kishi to‘plandi. Talabalar o‘z o‘qituvchilari bilan o‘ynaydi. va 5:1 hisobida g‘olib bo‘ldi. Shundan keyin o‘yin keng ko‘lamda rivojlanib ketdi va 1892-yilning o‘zida Meksikada ham basketbol o‘yinlari boshlandi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, Lyu Allan Xartford shahrida noqulay savatchalarni - shaftoli terishga mo‘ljallangan bu savatchalarni (4-rasm) simdan to‘qilgan silindr shaklidagi og‘ir savatchalar bilan almashtirdi. Kalit so`zlari: "to‘p" o‘rnida cho‘pdan yasalgan dumaloq shardan foydalanilgan, uni doiraga "tushirish" uchun faqat tirsaklar bilan yoki son bilan sharni urish kerak bo‘lgan. Kirish. Basketbolga o‘xshab ketadigan o‘yin haqidagi dastlabki ma’lumotlar miloddan avvalgi VII asrga mansubdir. Meksikadagi dastlabki qabilaga mansub bo‘lgan hindular "pok-pok-pok" deb atalgan o‘yinni qiziqib o‘ynaganlar. Bu o‘yinning butun mohiyati o‘yinchilarning to‘pni doira ichiga tushirishdan iborat bo‘lgan "to‘p" o‘rnida cho‘pdan yasalgan dumaloq shardan foydalanilgan, uni doiraga "tushirish" uchun faqat tirsaklar bilan yoki son bilan sharni urish kerak bo‘lgan. Bunga doiraning biroz baland joyga o‘rnatilganligini va buning ustiga yerga nisbatan tik, ya’ni perpendikulyar tarzda joylashtirilganligini qo‘shadigan bo‘lsak, u doira va doiraga tushirilgan bir dona "to‘p" - shar butun o‘yinning taqdirini hal qilgan bo‘lsa kerak. (1-rasm) Oradan biroz vaqt o‘tib, milodiy XVI asrga kelib, meksikalik "basketbolchilar" bu o‘yinni rivojlantirdilar. O‘yin ijodkorlari og‘ir g‘o‘ladan tayyorlangan to‘p-sharni devorga o‘rnatilgan tosh doira orqali o‘tkazishni ko‘zda tutgan edi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1103 Muvaffaqiyatli harakat qilib to‘pni doiraga tushirgan o‘yinchi tomoshabinlardan istalgan birining libosini o‘ziga "sarpo" qilib olish huquqiga ega bo‘lardi. O‘yinda yutqazgan komanda kapitani esa ko‘pincha shafqatsiz jazoga hukm qilinar, uning boshini tanasidan judo qilar edi. 1603-yilda Bryuis tomonidan ishlangan gravyurada basketbolga o‘xshash tasvirlangan, unda "Sport. ensiklopediyasi" (1818-yil) degan kitobida Floridada odamlar qiziqib o‘ynaydigan o‘yin aytilgan: savatchaga kim ko‘proq tushirsa, o‘sha yutgan hisoblangan, savatcha esa baland ustunning eng uchiga mahkam o‘rnatib qo‘yilgan. Keyinchalik basketbolning zamonaviy o‘yinini eslatuvchi to‘p bilan o‘ynaladigan o‘yin turi paydo bo‘ldi. Masalan, Spartada shunga o‘xshash "episkirus" deb atalgan o‘yin, Qadimgi Rimda "harpastum" deb atalgan o‘yin, Italiyada "aylanaga tushirish" o‘yinlari o‘ynalgan. Qadim zamonlardan beri to‘p bilan o‘ynaladigan qadimiy o‘yinlar yer sharidagi juda ko‘p xalqlar hayotida alohida o‘rin egallab kelgan.Dastlabki jamoa tizimi paydo bo‘lgan dastlabki davrlarda o‘yinlar zamonning og‘ir turmush sharoitiga bardosh berish uchun odamlarni jismoniy chiniqtirishga yaxshi yordam bergan, ularning mehnat faoliyatida ham, xo‘jalik hayotida ham bunday o‘yinlar zarur ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik odamlar qabila-qabila bo‘lib yashaydigan davrlarga kelib, turli o‘yinlar, ayniqsa, dumaloq-to‘p bilan o‘ynaladigan o‘yinlar oz-ozdan mehnat faoliyatidan ajralib chiqqan hamda turli ko‘ngilochar o‘yinlar, raqslar, bayram tantanalari atributlari qatoridan o‘rin olib, an’anaviy tadbirlarning biriga aylangan.Turli o‘yinlar, shuningdek, basketbol o‘yini ham umumiy xususiyatlari bilan ajralib turgan, lekin odamlar o‘rtasidagi turlicha qarashlar, mahdudlik ko‘rinishlari salbiy ta’sir ko‘rsatib o‘yinlarning keng ko‘lamda rivojlanishiga imkon bermagan. Hozirgi zamon basketbol o‘yinining rivojlanish tarixi 1891-yilning dekabr oyidan boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSH, Massachusets shtati) xristian-ishchilar maktabi (hozirgi Springfild kolleji) ning anatomiya va fiziologiya o‘qituvchisi doktor Jeyms A. Neysmit talabalarning qish mavsumidagi jismoniy mashqlarini bir qator jonlantirishga qaror qildi.Keyinchalik odamlar qabila-qabila bo‘lib yashaydigan davrlarga kelib, turli o‘yinlar, ayniqsa, domal Neysmit tomonidan ijro etilgan o‘yinning dastlabki varianti beshta asosiy shartdan va 13 ta asosiy qoidadan iborat bo‘lgan, o‘sha o‘yinning dastlabki qoidalaridan iborat bo‘lgan.O‘yinning dastlabki qoidalari 1892-yil 15-yanvarda "Uchburchak" ("Triugolnik") degan gazeta sahifalarida bosilib chiqadi. Neysmit yangi o‘yin uchun futbol to‘pini tanlaydi, chunki bu to‘pni qo‘l bilan ilib olish oson, uni o‘tkazish qiyin va yerga urilganda to‘p yerdan doimo yuqoriga otilib o‘ynashi unga ma’qul bo‘lgan. Bunday o‘yinning kuchayishi hozirgi zamon basketboli muxlislarini hayratga solishi mumkin (o‘sha zamonlarda ham o‘yinning nomi xuddi hozirgidek: "basketbol" deb yozilgan). Neysmit shaftoli terishga mo‘ljallangan savatchani zal ichidagi balkonga o‘rnatib qo‘ygan, savatchaning yonidagi narvon ustida supurgichi o‘tirgan. Uning vazifasi g‘olibona tashlangan va savatchaga tushirilgan to‘pni savatcha ichidan olib, pastga o‘yinchilarga uzatib turishdan iborat bo‘lgan. 1892-yil 21-dekabrda Springfild kollejining gimnastika zalida basketbol bo‘yicha birinchi musobaqa o‘tkazildi (3-rasm). Nashr manbalarida bu o‘yinning uch xil tug‘ilish sanasi belgilangan.1891-yil 21-dekabr, 1892-yil 15 va 20-yanvar. "O‘yin yaratuvchi"ning aytishicha birinchi uchrashuv 1891-yilning "rojdestvo" bayrami arafasida o‘tkazilgan ekan.Guruhda 18 nafar o‘yinchi bor edi, shu sababli o‘yinda har biri 9 nafar o‘yinchidan iborat 2 ta jamoa ishtirok etadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1104 O‘yin ko‘pchilikka juda ma’qul bo‘ldi, tez orada o‘yin qoidasidan nusxa ko‘chirib berishni so‘rab, Neysmitni o‘z holiga qo‘ymaydi. Keyin, 1892-yilda u o‘z o‘yinining birinchi "Qoidalar" kitobini nashrdan chiqardi. U holda 13 ta asosiy band bo‘lib, ularning ko‘pchiligi bizning hozirgi kunlarimizda ham amal qilib turibdi. Prinsip jihatdan u "Qoidalar"ning hozirgi davrdagilaridan farqi to‘pni "olib yurish" qoidalari deb hisoblash mumkin. Neysmit o‘yinda ishtirokchilar sonini qat’iy cheklab qo‘ymagan. Uning ta’riflashicha, o‘yinda uch o‘yinchidan boshlab 40 o‘yinchigacha qatnashishiga ruxsat berilgan. Futbol o‘yinidan nusxa ko‘chirib, o‘yinchilarni uch hujumchiga uch himoyachiga ajratib qo‘yilgan edi. Ularga faqat o‘z "hududlarida" o‘ynashga ruxsat berilgan edi.1892-yil 11-martda, ana shu qoidalar asosida birinchi marta tomoshabinlar oldida o‘yin o‘tkazilib, uni tomosha qilish uchun 200 kishi to‘plandi. Talabalar o‘z o‘qituvchilari bilan o‘ynaydi. va 5:1 hisobida g‘olib bo‘ldi. Shundan keyin o‘yin keng ko‘lamda rivojlanib ketdi va 1892-yilning o‘zida Meksikada ham basketbol o‘yinlari boshlandi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, Lyu Allan Xartford shahrida noqulay savatchalarni - shaftoli terishga mo‘ljallangan bu savatchalarni (4-rasm) simdan to‘qilgan silindr shaklidagi og‘ir savatchalar bilan almashtirdi. O‘yin yildan-yilga rivojlanib borib, uning qoidalari ham biroz takomillashtirildi. Masalan, 1893-yilda birinchi marta shitga tegib qaytadigan va to‘pni tomoshabinlar orasiga borib tushishdan saqlaydigan apparat va unga to‘r xalta biriktirilgan temir halqa o‘rnatildi.Shitining kattaligi 3,6x1,8 m bo‘lgan. Oradan bir yil o‘tganidan to‘pning kattaligi oshirilib aylanasining uzunligi 30 -32 dyuymga (76, 2-81, 8sm) yetkazildi. 1895-yilga kelib o‘yin qoidalariga jarima to‘pi tashlash kiritildi. Jarima to‘pi 15 fut (5, 25 sm) masofadan turib tashlanar edi. Oradan ko‘p o‘tmay savatcha hozirgi zamon shaklini oladi, lekin shit o‘zining hozirgi kattaligiga 1895-yilda erishadi. Hozirgi davrda chitni yaltiroq plastinadan tayyorlay boshlagan. Maydonda to‘pni olib yurish qoidasi 1896-yilda kiritilgan. Oradan uch yil o‘tgach, basketbolda foydalanilayotgan futbol to‘pi maxsus tarzda tayyorlangan basketbol to‘piga almashtirildi.O‘yin texnikasining tez rivojlanishi va o‘yinchilar tezligining oshib borishi shunga olib keladi. O‘yinda necha kishilik jamoa qatnashishi o‘yin maydonining kattaligiga bog‘liq bo‘lgan. Tez orada jamoadagi o‘yinchilar soni butunlay standart holatga keltirildi: ya’ni bir vaqtning o‘zida 5 nafardan ortiq o‘yinchi ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ldi.1892yilning mart oyida bu o‘yinni "dastlabki ixtirochilari" jamoalari o‘rtasida dastlabki o‘yin o‘tkazildi. Ular Bekingem maktabining o‘quvchilari va stenografistlari edi. Jamoadagi o‘yinchi qizlardan biri Mod Sherman bu o‘yinda o‘z baxtini ham topdi - u Jeyms Neysmitga turmushga chiqdi (5-rasm).1893-yil 22-martda juda ko‘p tomoshabinlar oldida Smit kollejining birinchi kurs qizlari bilan ikkinchi kurs qizlari o‘rtasida birinchi rasmiy o‘yin o‘tkazildi. U holatda katta qizlar 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Qizig‘i shundaki, o‘yinni tomosha qilgan tomoshabinlar ishqibozlar orasida birorta ham erkak kishi bo‘lmagan. Chunki, erkaklarga zalga kirish taqiqlangan bo‘lib, 1896-yilda qizlarning Xristian assotsiatsiyasi bu o‘yinni kam harakat va qizlar uchun qulay qilish maqsadida basketbol bo‘yicha o‘yin qoidalarini qayta ko‘rib chiqadi. O‘sha vaqtdan boshlab, basketboldan mustaqil ravishda nettor, fol-tap o‘yini rivojlana boshlaydi.O‘sha yilning o‘zida AQShda basketbol bo‘yicha rasmiy musobaqalar bo‘lib o‘tadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1105 Oradan 6 yil o‘tgach, ilk bor talabalarning mintaqalararo o‘yini tashkil etiladi. Xuddi shu yili Buffalo shahrida ishlangan Panama-Amerika qo‘shma ko‘rgazmasida basketbol o‘yini "eksponat" sifatida namoyish etildi. AQShda yaratilgan basketbol o‘yini oradan ko‘p o‘tmay Xitoy, Filippin, Angliya, Fransiya, Italiya kabi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tarqalib ketadi. POYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida”gi 60-sonli Qarori. 2022 yil 28 yanvar'. 2. O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risidagi”gi Qonuni. –Toshkent. 3. Ózbekstan Respublikası Prezidenti Shavkat Mirziyoevtiń Oliy Majlis hám Ózbekstan xalqına múrájatı. 21.12.2022 j. 4. O‘zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» gi qonuni (04-sentyabr 2015-yil). 5. Ivankov Sh. T. Teoreticheskie osnovi metodikalıqı fizicheskogo vospitaniya.- M., Insan, 2000.-351 c. 6. Kpayze D., Meyer D. Basketbol -sortıki i uprajnenie.- M.: ACT, Astrel, 2006.- 216 c. 7. Metodı podgotovki basketbolistov. Metodicheskie jurnal. Sovremenniy basketbol. // pod ped. Belash V. V.g. Yujniy. Oktyabr, 2005.56 s