scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QITUVCHI VA O'QUVCHI O'RTASIDAGI MULOQOTNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK AHAMIYATI

Tojiboyeva Dilafruz

Abstract

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotning psixologik-pedagogik ahamiyati yoritilib, uni samarali tashkil etishda o‘yin texnologiyalarining o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda pedagogik muloqotning ta’lim samaradorligiga ta’siri, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilgan o‘yinli mashg‘ulotlarning o‘quv motivatsiyasi, nutq faolligi va ijtimoiy moslashuv jarayoniga ijobiy ta’siri asoslab beriladi. Maqolada “Taboo Words”, “20 objects”, “Character”, “Aqliy hujum”, “Baliq ovi” va “Raketa” kabi o‘yinlarning dars jarayonida qo‘llanishi orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida erkin, faol va samarali muloqot muhitini shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. O‘yin asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, ularni faol ishtirokchi sifatida shakllantirishi hamda ta’lim jarayonining psixologik jihatdan qulay kechishiga xizmat qilishi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.

Full text

60 O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI O‘RTASIDAGI MULOQOTNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK AHAMIYATI Tojiboyeva Dilafruz Toshkent Amaliy Fanlar Unversteti Pedagogika Psixalogiya yoʻnalishi 4bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.18059647 ANNOTATSIYA KALIT SO‘ZLAR Mazkur maqolada ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotning psixologikpedagogik ahamiyati yoritilib, uni samarali tashkil etishda o‘yin texnologiyalarining o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda pedagogik muloqotning ta’lim samaradorligiga ta’siri, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilgan o‘yinli mashg‘ulotlarning o‘quv motivatsiyasi, nutq faolligi va ijtimoiy moslashuv jarayoniga ijobiy ta’siri asoslab beriladi. Maqolada “Taboo Words”, “20 objects”, “Character”, “Aqliy hujum”, “Baliq ovi” va “Raketa” kabi o‘yinlarning dars jarayonida qo‘llanishi orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida erkin, faol va samarali muloqot muhitini shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. O‘yin asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, ularni faol ishtirokchi sifatida shakllantirishi hamda ta’lim jarayonining psixologik jihatdan qulay kechishiga xizmat qilishi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. pedagogik muloqot, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat, o‘yin texnologiyalari, ta’lim samaradorligi, o‘quv motivatsiyasi, interaktiv metodlar, psixologik muhit АННОТАЦИЯ КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА В данной статье освещается психологопедагогическая значимость общения между учителем и учеником в образовательном процессе, а также анализируется роль игровых технологий в его эффективной организации. В исследовании обосновывается влияние педагогического общения Педагогическое общение, взаимоотношения между учителем и учеником, игровые технологии, эффективность 61 на эффективность обучения, а также положительное воздействие игровых занятий, организованных с учетом возрастных и психологических особенностей учащихся, на учебную мотивацию, речевую активность и процессы социальной адаптации. В статье рассматриваются возможности формирования свободной, активной и продуктивной коммуникативной среды между учителем и учащимися посредством использования в учебном процессе таких игр, как «Taboo Words», «20 Objects», «Character», «Мозговой штурм», «Рыбалка» и «Ракета». Научно доказано, что занятия, организованные на основе игры, способствуют повышению интереса учащихся к уроку, формированию их как активных участников учебного процесса и обеспечивают психологически комфортное протекание образовательного процесса. обучения, учебная мотивация, интерактивные методы, психологическая среда. ABSTRACT KEY WORDS This article highlights the psychological and pedagogical significance of communication between teachers and students in the educational process and analyzes the role of game-based technologies in organizing effective interaction. The study substantiates the impact of pedagogical communication on educational effectiveness and demonstrates the positive influence of game-based activities, designed with consideration of students’ age and psychological characteristics, on learning motivation, speech activity, and social adaptation processes. The article explores the possibilities of creating a free, active, and effective communicative environment between teachers and students through the use of games such as “Taboo Words,” “20 Objects,” “Character,” “Brainstorming,” “Fishing,” and “Rocket” in classroom practice. It is scientifically proven that lessons organized on a gamebased approach enhance students’ interest in learning, Pedagogical communication, teacher– student interaction, gamebased technologies, educational effectiveness, learning motivation, interactive methods, psychological environment. 62 foster their active participation, and contribute to a psychologically supportive educational environment. KIRISH Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida shakllanadigan pedagogik muloqot sifatiga bog‘liq. Ushbu muloqot o‘zaro tushunishni ta’minlash, bilimlarni mazmunli va samarali yetkazish hamda ta’lim maqsadlariga erishishda yetakchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogik muloqot faqat axborot uzatish bilan cheklanmay, balki o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish, tanqidiy tafakkurini shakllantirish hamda mustaqil o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘qituvchi aynan muloqot orqali o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan ichki motivatsiyasini kuchaytiradi va ularni belgilangan ta’limiy maqsadlarga yo‘naltiradi. Pedagogik muloqot o‘quvchining individual psixologik xususiyatlari, ijtimoiy tajribasi va shaxsiy ehtiyojlari inobatga olingan holda tashkil etilganda yanada yuqori samaradorlikka erishiladi. Biroq ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar har doim ham oldindan rejalashtirilgan ssenariy asosida kechavermaydi. Aksincha, bu jarayon ko‘pincha noaniqlik va kutilmagan holatlar bilan boyib boradi. Bunday vaziyatlar o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi, ularning individual farqlari, o‘qituvchining pedagogik pozitsiyasi hamda ta’lim muhiti murakkabligi bilan bevosita bog‘liqdir. Pedagogik muloqotda kontekstning doimiy o‘zgarib turishi ta’lim jarayonida turli kutilmagan holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Jumladan, o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishi yoki tushunish darajasining o‘zgarishi o‘qituvchini dastlab belgilangan reja va metodlarni qayta ko‘rib chiqishga undashi mumkin. Shuningdek, dars davomida paydo bo‘ladigan yangi savollar yoki tushunmovchiliklar mashg‘ulotning yangi yo‘nalishda davom etishiga olib keladi. Mantiqan olib qaraganda, bolalar va ularning psixologiyasi bilan ishlash pedagoglar uchun juda qiyin masala hisoblanadi. Uning bir davri bog’cha bolalarida, ikkinchi davri esa balog’at yoshida hisoblanadi. Bog’cha bolalarida uchraydigan qiyinchiliklardan biri bu-ularda muloqot ko’nikmalarining yaxshi rivojlanmaganligidir. Tabiiyki, oilasidan endi ajralgan yosh bolaga yangi davraga, do’stlar va tarbiyachilarga tez o’rganib ketishi qiyin masaladir. Va mana shu yerda tarbiyachi-pedagoglarning asl mahorati namoyon bo’ladi. Yuqorida aytilganidek, muloqot bu shunchaki gaplashish emas, balki bolalarning ko’ngliga yo’l topish, ularning ichki psixologiyasini o’rganish demakdir. Lekin ba’zida ayrim bog’chalarda tarbiyachilar bolalarning ichki dunyosini yaxshi o’rganmaganliklari natijasida ularning har bir harakati bolalarga qo’pollik bo’lib tuyiladi va natijada ular 63 yangi davralarga moslashishga o’zida immunitet hosil qila olmay, “introvert” xususiyatlarini o’zida shakllantirishni boshlaydi. Hozirgi kunda bog’cha va maktablarda o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi muloqotni samarali yo’lga qo’yish maqsadida pedagogika yo’nalishida ko’plab metodika va texnikalar ishlab chiqilgan. Bularning asosiysini o’yinli mashg’ulotlar tashkil etadi. O’yinli mashg’ulotlar bog’cha va maktab bolalarning aktivligini oshirishga, harakatchanligini kuchaytirishga, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini kuchaytirishga, jamoa bo’lib ishlash ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Quyida: bir nechta o’yinli mashg’ulotlarning bolalar psixologiyasiga ta’siri haqida aytib o’tiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda dars jarayonini o‘yin shaklida tashkil etish ta’lim samaradorligini oshiruvchi muhim pedagogik omillardan biri hisoblanadi. Mazkur yosh davrida bolalar tabiatan sho‘x, qiziquvchan va faol bo‘lib, ularning e’tiborini uzoq vaqt davomida an’anaviy, faqat qoidaga asoslangan tushuntirishlar orqali ushlab turish qiyin kechadi. Shu sababli o‘quv materialini o‘yin elementlari bilan boyitish o‘quvchilarda darsga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi, ularning faol ishtirokini ta’minlaydi va o‘rganish jarayonini tabiiy hamda qiziqarli holga keltiradi. Dars jarayonida rangli qalamlar, mavzuga mos rasmlar, ko‘rgazmali qurollar, shuningdek, elektron ekran orqali namoyish etiladigan qisqa multfilm va animatsiyalardan foydalanish o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Bunday vizual va interaktiv vositalar nafaqat bilimni oson o‘zlashtirishga yordam beradi, balki o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni jonlantirib, o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini yaratadi. Natijada o‘quvchilar o‘z fikrini erkin ifodalashga, savollar berishga va dars jarayonida faol muloqotga kirishishga intiladi. Boshlang‘ich sinflarda samarali qo‘llaniladigan o‘yinlardan biri- “Taboo Words” (ta’qiqlangan so‘zlar) o‘yinidir. Ushbu o‘yin o‘quvchilarda sinonim so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish, so‘z ma’nosini izohlash va nutqni boyitish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Sinonimlardan o‘rinli foydalanish nutqning ravonligi va ifodaliligining oshishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, ingliz tili darslarida bir xil ma’noni anglatuvchi so‘zlarning kontekstga mos holda qo‘llanishi muhim ahamiyat kasb etadi. “Taboo Words” o‘yini aynan shu jihatdan o‘quvchilarda tilga nisbatan sezgirlik va ehtiyotkorlikni rivojlantiradi. O‘yin jarayonida o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi va jamoaviy hamkorlik asosida faoliyat olib boradi. Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi qarama-qarshi tomondagi stulga o‘tiradi. O‘qituvchi esa o‘quvchilar orqasida turib, katta qog‘ozda yozilgan so‘zni ko‘rsatadi. O‘rindiqda o‘tirgan o‘quvchi bu so‘zni ko‘rmaydi va jamoa a’zolari ta’qiqlangan so‘zlardan foydalanmasdan, unga so‘zning mazmunini 64 tushuntirishga harakat qiladi. Ushbu jarayon davomida o‘quvchilar faol muloqotga kirishadi, bir-birini diqqat bilan tinglaydi va o‘z fikrini aniq ifodalashga intiladi. Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalaridan maqsadli foydalanish o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, ularning darsga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali muloqotni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilarida o‘yin orqali tashkil etilgan mashg‘ulotlar xotira, diqqat va nutq faoliyatini rivojlantirish bilan bir qatorda, o‘zaro hamkorlik va erkin muloqot muhitini yaratadi. Shu jihatdan samarali o‘yinlardan biri- “20 objects” o‘yinidir. Ushbu o‘yin orqali o‘quvchilarning bir vaqtning o‘zida xotirasi va so‘z boyligini aniqlash mumkin. O‘yin jarayonida sinfxonada mavjud yigirmata buyum doska yoki stol ustiga joylashtiriladi va o‘quvchilar ularni diqqat bilan kuzatishga undaladi. So‘ng buyumlar yopilib, o‘quvchilar o‘z joylariga qaytib, eslab qolgan buyumlarning nomlarini yozib chiqadilar. Keyinchalik buyumlar nomi doskaga yozilib, o‘quvchilar o‘z ishlarini mustaqil ravishda tekshiradilar. Bu jarayonda o‘quvchilar xatolarini o‘zlari aniqlashi va tuzatishi orqali bilimini mustahkamlaydi. Eng muhimi, ushbu faoliyat davomida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida doimiy muloqot yuzaga kelib, fikr almashish va tushuntirish jarayoni jonlanadi. Keyingi samarali o‘yin - “Character” o‘yini bo‘lib, u asosan yuqori sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Mazkur o‘yin o‘quvchilardan matnni chuqur anglash, mantiqiy fikrlash va so‘zlarni kontekstga mos holda qo‘llashni talab etadi. O‘yin davomida o‘quvchilarga ayrim so‘zlari tushirib qoldirilgan matnlar tarqatiladi va ular mazmunga tayangan holda yetishmayotgan so‘zlarni topadilar. Ushbu o‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham moslashtirilishi mumkin: bunda tushirib qoldirilgan so‘zlar o‘rniga rasm yoki stikerlar qo‘llaniladi. Natijada o‘quvchilarning vizual idroki faollashadi va o‘qituvchi bilan interaktiv muloqot kuchayadi. Ta’lim amaliyotida keng qo‘llaniladigan samarali metodlardan yana biri- “Aqliy hujum” usulidir. Bu metod o‘quvchilarning darsga faol jalb etilishi va erkin fikr bildirishiga imkon yaratadi. Mazkur usulni muntazam qo‘llash orqali o‘qituvchi dars boshidanoq o‘quvchilarning diqqatini jamlaydi, ularning avvalgi bilimlarini aniqlaydi va muloqotga kirishishini ta’minlaydi. Fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligidan qat’i nazar, o‘qituvchining barcha javoblarga ochiq munosabati o‘quvchilarda ishonch va faollikni oshiradi. Natijada dars davomida o‘qituvchi– o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot tabiiy va samarali shakllanadi. Shuningdek, “Baliq ovi” o‘yini ham o‘quvchilarning qiziqishini kuchaytiruvchi didaktik vosita hisoblanadi. Doskada dengiz va akvarium tasvirlari chizilib, baliqlar savollar bilan ta’minlanadi. O‘quvchi baliqni tutib, savolga javob beradi: to‘g‘ri javob berilganda baliq akvariumga, noto‘g‘ri javobda esa dengizga qaytariladi. 65 Ushbu jarayon o‘quvchilarni faol muloqotga chorlab, ularni o‘z fikrini aniq va ishonch bilan ifodalashga undaydi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan “Raketa” o‘yini esa o‘quvchilarda raqobatbardoshlik, jamoaviylik va tezkor fikrlashni rivojlantiradi. Elektron doskada tasvirlangan raketa savollarga to‘g‘ri va tez javob berish orqali “uchiriladi”. Guruhlarda ishlash jarayonida o‘quvchilar o‘zaro maslahatlashadi, fikr almashadi va o‘qituvchi bilan faol muloqotga kirishadi. O‘yin yakunida raketa yetib borgan “sayyora” haqidagi ma’lumotlarning dars mavzusi sifatida ochilishi o‘quvchilarda qiziqish va motivatsiyani yanada kuchaytiradi. Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali muloqot ta’lim sifati va natijadorligini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada tahlil qilinganidek, o‘yin texnologiyalariga asoslangan darslar o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish bilan birga, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ishonch, hamkorlik va erkin muloqot muhitini shakllantiradi. O‘yinlar orqali tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning psixologik to‘siqlarini kamaytiradi, ularning o‘z fikrini erkin ifodalashiga, savollar berishiga va jamoa bilan faol muloqotga kirishishiga imkon yaratadi. Shuningdek, o‘yinli metodlar o‘qituvchiga o‘quvchilarning individual xususiyatlarini chuqurroq anglash, ularning ehtiyoj va qiziqishlariga mos pedagogik yondashuvni tanlash imkonini beradi. Natijada ta’lim jarayoni bir tomonlama bilim berishdan ko‘ra, o‘zaro muloqotga asoslangan, shaxsga yo‘naltirilgan va psixologik jihatdan qulay muhitda kechadi. Demak, o‘yin texnologiyalaridan maqsadli va tizimli foydalanish o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlab, ta’lim samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abdullaeva M. Pedagogik muloqot asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 2. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2018. 3. Davletshin M.G. Yosh va pedagogik psixologiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017. 4. Ishmuhamedov R.J., Abduqodirov A.A. Ta’limda interaktiv metodlar. – Toshkent: Innovatsiya, 2020. 5. Karimova V.M. Pedagogik psixologiya. – Toshkent: Fan, 2016. 6. Klarin M.V. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Moskva: Pedagogika, 2019. 7. Passov E.I. Kommunikativ yondashuv asosida ta’lim berish. – Moskva: Prosveshchenie, 2018. 8. Vygotskiy L.S. Tafakkur va nutq. – Moskva: Labirint, 2016. 66 9. G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: Sharq, 2021. 10. Xodjayev B.X. Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish. – Toshkent: O‘zbekiston pedagogika jurnali, 2022, №3.