O'LMAS UMARBEKOV DRAMALARI TAHLILI
Abstract
Maqolada istiqlol davrida dramaturgiyaning adabiyotda ya’ni tanqidchilik yo’nalishida o’rganilayotgani shu sohaning o’ziga xos yo’nalishlari kengayotgani va shu bilan birgalikda O’lmas Umarbekovning “Komissiya”,”Kuzning birinchi kuni”,”Arizasiga ko’ra”,dramalari talqini haqida so’z boradi.Bu davrda dramalarda o’zbek xalqiga xos urf-odatlar, ma’naviy-axloqiy muammolar,milliy qadriyatlar,avvalo,xalq ma’naviyatiga,tafakkuri,madaniyati,ma’rifatiga ta’sir qilishi bilan bog’liq voqealar, obrazlar orqali ochib berilganligi va mavzular turfa xilligi bilan qayd etiladi.
Full text
67 O’LMAS UMARBEKOV DRAMALARI TAHLILI Sheraliyeva Ra’no Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy universiteti Jurnalistika va o’zbek filologiya fakulteti 1-kurs https://doi.org/10.5281/zenodo.18059664 ANNOTATSIYA KALIT SO‘ZLAR Maqolada istiqlol davrida dramaturgiyaning adabiyotda ya’ni tanqidchilik yo’nalishida o’rganilayotgani shu sohaning o’ziga xos yo’nalishlari kengayotgani va shu bilan birgalikda O’lmas Umarbekovning “Komissiya”,”Kuzning birinchi kuni”,”Arizasiga ko’ra”,dramalari talqini haqida so’z boradi.Bu davrda dramalarda o’zbek xalqiga xos urfodatlar, ma’naviy-axloqiy muammolar,milliy qadriyatlar,avvalo,xalq ma’naviyatiga,tafakkuri,madaniyati,ma’rifatiga ta’sir qilishi bilan bog’liq voqealar, obrazlar orqali ochib berilganligi va mavzular turfa xilligi bilan qayd etiladi. pedagogik muloqot, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat, o‘yin texnologiyalari, ta’lim samaradorligi, o‘quv motivatsiyasi, interaktiv metodlar, psixologik muhit АННОТАЦИЯ КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА В статье рассматривается изучение драматургии периода независимости в литературе, в частности в критическом направлении, расширение специфических тенденций данной области, а также интерпретация драм Оʻлмаса Умарбекова «Комиссия», «Первый день осени», «По заявлению». Отмечается, что в драматургических произведениях данного периода через события и образы раскрываются присущие узбекскому народу обычаи и традиции, духовнонравственные проблемы, национальные ценности, а также темы, связанные с влиянием на духовность, мышление, культуру и просвещение народа. Подчеркивается тематическое многообразие рассматриваемых драм. Период независимости, своеобразное развитие драматургии, литературоведение, драматургия, драмы Оʻлмаса Умарбекова.
68 ABSTRACT KEY WORDS The article examines the study of dramaturgy of the independence period in literature, particularly within the field of literary criticism, highlighting the expansion of the specific directions of this area, as well as the interpretation of the dramas “The Commission,” “The First Day of Autumn,” and “By Application” by O‘lmas Umarbekov. It is noted that the dramas of this period reveal, through events and characters, Uzbek national traditions and customs, spiritual and moral issues, national values, and themes related to their influence on the people’s spirituality, thinking, culture, and enlightenment. The diversity of themes addressed in these works is especially emphasized. Independence period, distinctive development of dramaturgy, literary studies, dramaturgy, dramas of O‘lmas Umarbekov. KIRISH Istiqlol yillarida dramaturgiya janri ham rivojlandi.O’zbek milliy tafakkuri tizimida bo’lgan yangilanishlar bugungi dramaturgiya rivojiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatdi.O’lmas Umarbekov mohir dramaturg va kinodramaturg sifatida ham san’atning har ikki sohasi rivojiga ham katta ta’sir ko’rsatdi.Yozuvchi bu sohada hayotiy holatlar xilma-xil bo’lishi mumkinligi va undagi o’zgarishlar ana shu vaziyatda harakat qilayotgan qahramonlar tabiatida ham jiddiy evrilishlar yasashi mumkinligi nozik his etgan holda drama-versiya,drama-vaziyat singari ifoda shakllarni o’ylab topganki,bu hol asarlarining bir qadar muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlab bergan.Ayniqsa, yozuvchining ,”Kuzning birinchi kuni,”Arizasiga ko’ra” kabi sahna asarlari hech mubolag’asiz jahon sahnasiga yuz tutdi. Bilishimizcha,yozuvchi Oybek katta bir asar yozishdan avval u haqda biron bir she’rmi, maqolami yozib so’ng katta janrga qo’l urgan.O’lmas Umarbekov ham avvalo bir mavzuda drama yozishdan oldin kichik bir she’rmi, hikoyami yozgan.Shu jumladan “Qiyomat qarz” sahna asariga “Qiyomat qarz” hikoyani yozga.Xususan,uning “Komissiya”,”Kuzning birinchi kuni”,”Arizasiga ko’ra”kabi dramalari o’zbek milliy teatrining o’lmas fondidan joy oldi.Bu pyesalardagi ma’naviy-axloqiy muammolar talqini istiqlol ma’naviyati,etikosi, madaniyatini yanada rivojlantirishga ta’sir qiladi. Drama tahlili va uslublar Istiqlol yillarida adabiyotshunoslikning barcha sohasida bo’lgani kabi dramaturgiyaning o’rganilishi yuzasidan ham qator tadqiqotlar olib borildi.Bu sohada O’lmas Umarbekovning ijodiy faoliyati chuqur tarzda tahlil
69 qilingan.Yozuvchining “Komissiya”,”Arizasiga ko’ra”,”Kuzning birinchi kuni” kabi asarlarida xarakter,ziddiyat, syujet,kompozitsiya,til unsurlari o’rganilgan. Bugungi kunda adabiyotshunoslikda nasr,she’riyat,drama sohalarining tarixi rivoji o’rganilishi nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak,dramaturgiya bu ikki sohadan ortda qolayotgani hech kimga sir emas.Buning sababi,nasr va she’riyatga qiziqish dramaturgiyaga nisbatan ancha yuqori hisoblansa, bu sohada shoir va yozuvchilarning salmog’i ko’pligidadir.Dramaturgiya janri milliy adabiyotimizga XX asr boshlarida kirib keldi.Buning ba’zi bir ko’rinishlari adabiyotimizda ham uchraydi, ammo xalqimizning ba’zi bir orzu-umidlarini o’zida tarannum etgan nasr va nazmdek qalbimizga jo bo’lib ketgan emas. Olimning fikricha,60-70 yillarda dramaturgiyada oz bo’lsa ham rivojlanish sezildi.Bu rivojlanishga O’lmas Umarbekovning asarlari asos bo’ldi.U dramaturg sifatida xalqning hayotiy muammolarini, jamiyatda yuz bergan turli xil o’zgarishlarni tasvirlab, unga o’zining munosabatini ayta oladi.Hafiz Abdusamadovning tahlillariga ko’ra, uning “Komissiya”dramasi dramatur ijodida yangi davr boshlanganidan darak beradi.Asar yangicha bo’yoqlar, hayotiy munosabatlar,eskicha masalalarga yangicha qarashlar bilan javob berishi, drama qahramonlarining tuyg’ulari yozuvchining qalb prizmasidan o’tishi dramatik holatlar satirik bo’yoqlar bilan almashinishini yaqqol aks ettira oladi.Hayotning botiniy qatlamlarini chuqur o’rganish va tahlil etish, inson taqdirida ro’y bergan ziddiyat va holatlarni, undagi belgilarni umumlashtirish badiiy tafakkur tarozisiga qo’yish, inson xarakterini uning ruhiy holati, his-tuyg’ulari orqali ochib berish uning ijodiy uslubiga xos xususiyatdir. “Arizasiga ko’ra” dramasida esa,insonlarni e’zozlash, uning qadr-u qimmatini baland ko’tarish, hayotda insonning tuyg’ularini hurmat qilishi,sha’nini ulug’lash kabi sezimlar alohida e’tiborga olingan.Insonning har qanday holatda obro’sini, jamiyatdagi mavqeyini saqlash, odamiylik kabi tuyg’ularni idrok etish kabi ulug’vor fazilatlar drama talqinida ochib berilgan. O’lmas Umarbekovning “Kuzning birinchi kuni” dramasidagi yoshlarni har davrda uchratish mumkin.Adibning “Qizimga maktublar”qissasini shu drama bilan birlashtirib qayta ishlangani yana bir bor bu pyesaning qimmatini oshirib yubordi.Ota-onalarning o’z jigarbandlarini o’ylab,ularning kelajagi haqidagi iztiroblari yangi shakldagi dramada mustahkam bog’ichlar bilan uzviy bog’langan.Dramada yoshlarning o’zgarib ketayotganidan nolib, qizidan xavotirlanib sahna asari yozayotganini ma’lum qiladi. Sobir,Farhod,Ramz kabi obrazlar orqali voqealar harakatga keladi.Dramadagi har bir voqea keying voqeaga turtki bo’ladi.Dramada Shokir obrazi muhim qahramon,Unga ko’ra,o’g’lining xunrezliklariga chiday olmagan, nafaqaga chiqib,uyda tinch-totuv umr kechiraman
70 deb turgan ota o’g’lining beodobligini ko’tarolmay vafot etadi.Oynisa xola uni qanchalik ehtiyot qilmasin, noqobil farzand iztiroblari drama oxirida o’sha yurakning ado bo’lishiga sabab bo’ladi.Drama chuqur axloq-odob, ota-onaning farzandi uchun har narsaga tayyor ekanligi haqidagi hayotiy kechinmalarni o’zida mujassam etadi. Xulosa O’lmas Umarbekovning dramalari insonning o’zligini anglashga u o’zqadriga yetishga da’vati miliy urf-odatlarimizning sha’nini saqlashga undashi, jamiyatda milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qarashiga g’oyalarni aks ettirishi bilan ibrat namunasidir. Ijodkorning yana bir dramalaridagi tahsinga sazavor jihati shundaki,u insonlarni qanday ekanligini ko’rsatibgina qolmay,hayotda qanday bo’lishi ta’kidlaydi, jamiyatga yangicha g’oya bilan qarashni uqtiradi.H.Abdusamadov fikricha,dramaturgning o’ziga xosligini voqelikning milliy va umuminsoniy muammolar sintezi nuqtai nazaridan talqin etishida, deb belgilaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Nazarov B, Rasulov A, Qahramonov Q, Ahmedova Sh.O’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi.-Toshkent: Cho’lpon, 2012.-B,371 2. O’lmas Umarbekov.Tanlangan asarlarToshkent:”Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyoti, 2002.-442 b. 3. Abdusamadov H. Shoshma quyosh,Yangi asr avlodi,2004.-17b. 4. FarDU, Ilmiy xabarlar 2024.-3-son. 440 b, 5. O’lmas Umarbekov hayoti va ijodi. Tarjimai holi. Asarlari to’plami.