scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YUQORI MAHSULDOR QORAMOLLARDA TUYOQ KASALLIKLARI VA NEKROBAKTERIOZ PROFILAKTIKASINING IQTISODIY SAMARASI

Xudoyorova F.A.

Abstract

Maqolada yuqori mahsuldor qoramollarda uchraydigan tuyoq kasalliklari, jumladan nekrobakteriozning iqtisodiy zarari hamda uning oldini olish va davolash choralari tahlil qilingan. 200 bosh sog‘in sigir saqlanadigan xo‘jalik sharoitida profilaktika tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqilgan va chorvachilik rentabelligiga ta’siri asoslab berilgan.

Full text

71 YUQORI MAHSULDOR QORAMOLLARDA TUYOQ KASALLIKLARI VA NEKROBAKTERIOZ PROFILAKTIKASINING IQTISODIY SAMARASI Xudoyorova F.A. v.f.f.d., katta ilmiy hodim, UDK: 636.2.034.084 https://doi.org/10.5281/zenodo.18059681 ANNOTATSIYA KALIT SO‘ZLAR Maqolada yuqori mahsuldor qoramollarda uchraydigan tuyoq kasalliklari, jumladan nekrobakteriozning iqtisodiy zarari hamda uning oldini olish va davolash choralari tahlil qilingan. 200 bosh sog‘in sigir saqlanadigan xo‘jalik sharoitida profilaktika tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqilgan va chorvachilik rentabelligiga ta’siri asoslab berilgan. qoramol, nekrobakterioz, tuyoq kasalliklari, profilaktika, iqtisodiy samaradorlik, sut mahsuldorligi. АННОТАЦИЯ КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА В статье проанализированы заболевания копыт, встречающиеся у высокопродуктивного крупного рогатого скота, в том числе экономический ущерб, наносимый некробактериозом, а также меры по его профилактике и лечению. В условиях хозяйства, содержащего 200 дойных коров, рассчитана экономическая эффективность профилактических мероприятий и обосновано их влияние на рентабельность животноводства. Крупный рогатый скот, некробактериоз, заболевания копыт, профилактика, экономическая эффективность, молочная продуктивность. ABSTRACT KEY WORDS The article analyzes hoof diseases occurring in high-yielding cattle, including the economic losses caused by necrobacteriosis, as well as measures for its prevention and treatment. Under the conditions of a farm keeping 200 dairy cows, the economic efficiency of preventive measures is calculated, and their impact on livestock production profitability is substantiated. Cattle, necrobacteriosis, hoof diseases, prevention, economic efficiency, milk productivity. 72 KIRISH Chorvachilik sohasi qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda strategik ahamiyatga ega. Ushbu soha nafaqat aholining sut va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, balki qayta ishlash sanoati uchun ham muhim xomashyo manbai hisoblanadi. Ayniqsa, yuqori mahsuldor qoramollardan oqilona foydalanish xo‘jaliklarning iqtisodiy barqarorligi, rentabelligi va raqobatbardoshligini belgilab beradi. Biroq intensiv chorvachilik sharoitida yuqori mahsuldor qoramollar orasida uchraydigan kasalliklar, xususan tuyoq kasalliklari va nekrobakterioz, ishlab chiqarish samaradorligini pasaytiruvchi asosiy omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Bu kasalliklar nafaqat hayvonlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki sut mahsuldorligiga, go‘sht yetishtirish hajmi va reproduktiv funksiyalarni sezilarli darajada kamaytiradi. Natijada xo‘jalik daromadining qisqarishi, qo‘shimcha veterinariya xarajatlarining ortishi va majburiy so‘yishlar ko‘payishi kuzatiladi. Shu sababli yuqori mahsuldor qoramollarda tuyoq kasalliklari va nekrobakteriozning oldini olish, ularni erta tashxislash va samarali davolash masalalari chorvachilik tarmog‘ining iqtisodiy rivojlanishi uchun alohida dolzarblik kasb etadi. Profilaktika tadbirlarining to‘g‘ri tashkil etilishi xo‘jaliklarda ishlab chiqarish samaradorligini saqlab qolish, iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish imkonini beradi. Mavzuning dolzarbligi So‘nggi yillarda chorvachilik xo‘jaliklarida mahsuldorlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi kasalliklar orasida tuyoq kasalliklari va nekrobakterioz alohida o‘rin tutmoqda. Ushbu kasalliklar intensiv saqlash sharoitida tez tarqalishi, yuqori darajada asoratlar qoldirishi va katta iqtisodiy zarar yetkazishi bilan xavfli hisoblanadi. Nekrobakterioz nafaqat tuyoq va oyoq to‘qimalarini chuqur shikastlaydi, balki hayvonning umumiy fiziologik holatini susaytirib, uning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini keskin kamaytiradi. Tajribalarimiz shuni ko‘rsatadiki, nekrobakterioz bilan og‘rigan sigirlarda sut ishlab chiqarish 20–30 foizgacha kamayadi, buzoq berish ko‘rsatkichlari pasayadi, qoramollarni yurish qobiliyati cheklanib, servis davri sezilarli darajada uzayadi. Kasallik og‘ir kechgan hollari ko‘pincha tuyoq to‘qimalarida qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar keltirib chiqaradi va bunday qoramollarni majburiy so‘yishga to‘g‘ri keladi. Natijada xo‘jalik katta miqdorda moliyaviy zarar ko‘radi: sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish kamayadi, qo‘shimcha veterinariya xarajatlari ortadi hamda mehnat unumdorligi pasayadi. 73 Ayniqsa yuqori mahsuldor qoramollarda bu jarayonlar yanada og‘ir oqibatlarga olib keladi, chunki bunday qoramollar ko‘proq ozuqa talab qiladi, ko‘proq sut beradi va ularning genetik salohiyati nekrobakterioz va boshqa tuyoq kasallilariga chalinish yuqori bo‘ladi. Shu sababdan ularni yo‘qotish nafaqat joriy iqtisodiy zarar, balki xo‘jalikning kelajakdagi genofond imkoniyatlarini ham cheklaydi. Shu nuqtayi nazardan, tuyoq kasalliklari va nekrobakteriozning profilaktikasi, ularni erta aniqlash va samarali davolash usullarini ishlab chiqish veterinariya va qishloq xo‘jaligi amaliyoti uchun dolzarb masala hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan profilaktika choralari yordamida xo‘jaliklar katta iqtisodiy yo‘qotishlarning oldini olishi, mahsulot tannarxini pasaytirishi va umumiy rentabellikni oshirishi mumkin. Maqsad va vazifalar Tadqiqotning asosiy maqsadi — 200 bosh sog‘in sigir saqlanadigan xo‘jalik sharoitida tuyoq kasalliklari, xususan nekrobakteriozning oldini olish va davolash choralari samaradorligini o‘rganish, ularning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlash hamda iqtisodiy jihatdan maqbulligini baholash. Materiallar va metodlar Tadqiqotda 200 bosh sog‘in sigir saqlanadigan xo‘jalikda mavjud zoogigiyena sharoitlari, tuyoq parvarishi amaliyoti, tuyoq va nekrobakterioz kasalliklar statistikasi, davolash va profilaktika xarajatlari, shuningdek, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari asosida iqtisodiy tahlil o‘tkazildi. 1.Tuyoq kasalliklarining veterinariyadagi ahamiyati Yuqori mahsuldor qoramollarda tuyoq kasalliklari tez-tez uchrab turadi va ular ko‘pincha tuyoq atrofidagi yumshoq to‘qimalarning yallig‘lanishi yoki chirishi bilan kechadi. Bunday holatlar hayvonlarning umumiy sog‘lig‘iga ham, ishlab chiqarish samaradorligiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, nekrobakterioz anaerob bakteriyalar sababli rivojlanadigan kasallik bo‘lib, u nafaqat tuyoqning shikastlanishiga, balki qoramolning og‘ir yurishi yoki umuman yurish qobiliyatini yo‘qotishiga olib keladi. Kasallangan qoramollarda og‘riq kuchli bo‘lgani uchun ular oziqlanishni kamaytiradi, bu esa organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sir etadi. Natijada sut ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 20–30 foizgacha kamayib, fermer xo‘jaliklari uchun katta iqtisodiy yo‘qotishlarni keltirib chiqaradi. 2. 200 bosh sog‘in sigir uchun iqtisodiy yo‘qotishlar Agar xo‘jalikda muntazam ravishda profilaktika tadbirlari amalga oshirilmasa, 200 bosh sog‘in sigir parvarish qilinadigan fermada yiliga o‘rtacha 250–300 million so‘m atrofida iqtisodiy zarar yuzaga kelishi mumkin. Bunday yo‘qotishlar bir nechta omillar natijasida shakllanadi: 74 Sut mahsuldorligining pasayishi – kasallik tufayli sigirlarning oziqlanishi va umumiy sog‘lig‘i yomonlashadi, natijada sut hajmi keskin kamayadi. Davolash xarajatlarining ortishi – tuyoq va nekrobakterioz kasalliklariga qarshi doridarmonlar, veterinariya xizmatlari va qo‘shimcha mehnat xarajatlari ko‘payadi. Majburiy so‘yish – kasallik og‘irlashib, davolash samara bermagan hollarda ayrim hayvonlarni muddatidan oldin so‘yishga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi – kasallangan sigirlarning ishlab chiqarishdagi roli pasayishi tufayli xo‘jalikning umumiy samaradorligi sezilarli darajada kamayadi. Shunday qilib, profilaktika choralarini o‘z vaqtida qo‘llamaslik xo‘jalik uchun nafaqat iqtisodiy zarar, balki uzoq muddatli ishlab chiqarish barqarorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 3. Profilaktika tadbirlari va xarajatlar Profilaktika choralari tuyoq kasalliklarini davolashga nisbatan ancha arzon va yuqori samaradorlikka ega. 200 bosh sog‘in sigir boqiladigan xo‘jalik sharoitida quyidagi tadbirlarni muntazam amalga oshirish tavsiya etiladi: • tuyoqlarni doimiy ravishda tozalash va mexanik ishlov berish; • antiseptik vositalar (mis kuporosi, formalin) yordamida profilaktik vannalardan foydalanish; • xo‘jalikdagi gigiyena talablarini kuchaytirish va muntazam veterinariya nazoratini yo‘lga qo‘yish. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur yillik xarajat miqdori nisbatan kam — taxminan 20–25 million so‘mni tashkil etadi. Ushbu xarajatlar davolash uchun sarflanadigan mablag‘larga qaraganda bir necha baravar kam bo‘lib, iqtisodiy samaradorlik nuqtayi nazaridan ham, ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash nuqtayi nazaridan ham ancha afzal hisoblanadi.Bu tadbirlarning umumiy xarajati yiliga atigi 20–25 mln so‘mni tashkil etadi. 4. Iqtisodiy samaradorlik hisob-kitobi Agar xo‘jalikda profilaktika tadbirlari o‘tkazilmasa, 200 bosh sigir boqiladigan fermada yiliga o‘rtacha 250–300 million so‘m miqdorida iqtisodiy yo‘qotish yuzaga keladi. Ushbu zarar asosan sut mahsuldorligining pasayishi, davolash xarajatlarining ortishi va majburiy so‘yishlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liqdir. Biroq muntazam ravishda profilaktika choralarini amalga oshirish orqali bu yo‘qotishlarning oldi olinadi. Profilaktik tadbirlarning yillik qiymati atigi 20–25 million so‘mni tashkil etadi. Demak, profilaktika xarajatlari davolash va yo‘qotish summasiga nisbatan bir necha baravar kam bo‘lib, xo‘jalikka sezilarli iqtisodiy ustunlik beradi. 75 Natijada xo‘jalik o‘rtacha 5–6 baravar yuqori iqtisodiy samaraga erishadi va ishlab chiqarish jarayonining barqarorligi ta’minlanadi. Xulosa 200 bosh sigir boqiladigan xo‘jalik sharoitida tuyoq kasalliklari va nekrobakteriozning oldini olish choralarini amalga oshirish davolash tadbirlariga nisbatan iqtisodiy jihatdan samaraliroq hisoblanadi. Chunki davolash jarayoni nafaqat veterinariya xizmatlari va dori-darmon xarajatlarining oshishiga, balki sut mahsuldorligining pasayishi, majburiy so‘yishlar sonining ko‘payishi va ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishiga olib keladi. Profilaktika tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirish esa, aksincha, hayvonlarning sog‘lig‘ini mustahkamlaydi, sut ishlab chiqarish hajmini barqaror saqlashga yordam beradi, majburiy so‘yishlar miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi hamda dori-darmon va qo‘shimcha xizmatlarga sarflanadigan mablag‘larni qisqartiradi. Bu jarayon xo‘jalikning umumiy samaradorligi va iqtisodiy barqarorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, tuyoq kasalliklari va nekrobakteriozga qarshi profilaktika choralarini joriy etish chorvachilik xo‘jaliklarida uzoq muddatli barqaror rivojlanish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va iqtisodiy yo‘qotishlarni minimallashtirishning eng maqbul yo‘li hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Самоловов.А.А. Некробактериоз животных //-Новосибирск 1993. –С.56-58. 2. Инфекционные болезни животных //Справочник. -1987. – с183-185. 3. Xudoyorova F.A. Yuqori mahsuldor qoramollar nekrobakteriozi etiologik omillari, davolash va oldini olish. Veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Samarqand, 2021. – B. 164–167.